Foydali qazilma koni
– o‘ziga xos geologik sharoitda vujudga kelgan, sifati
sanoat talabiga javob beradigan, miqdori qazib olishga etarli qazilmalarning bir yoki
bir nechta ruda gavdalari ko‘rinishida to‘plangan joyi.
Foydali qazilma uyumi
–sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy mineral xom
ashyoning er yuzasida yoki er ostida to‘planishi.
2.
FOYDALI QAZILMA KONLARINING SHAKLLARI VA
TABIATDA YOTISH SHAROITLARI
Foydali qazilma konlari va ular joylashgan tog‘ jinslarining hosil bo‘lishiga
qarab, konlar ikki turga bo‘linadi:
1.
Singenetik
konlar.
2.
Epigenetik
konlar.
Singenetik konlarda
foydali qazilmalar tog‘ jinsi bilan bir vaqtda, bir hil
geologik sharoitda hosil bo‘ladi. Bu konlarga toshko‘mir, tuz qatlamlari, boksitlar
misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |