1.
FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI,
OB’EKTLARI, BOSHQA FANLAR BILAN ALOQALARI
Ma’danli foydali qazilmalarining hosil bo‘lish sharoitlari, xususiyatlari va
joylanish qonuniyatlarini geologiyaning bir tarmog‘i bo‘lmish foydali qazilma
xaqidagi ta’limot o‘rganadi.
Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, eramizdan bir-necha 10 ming yil avval
yashagan insonlar ayrim mineral xom ashyolar: kremen, rogovik, tuproqni o‘z
extiyojlari uchun ishlatganlar.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda mineral xom ashyo bazasi vujudga keltirilgan.
O‘lkamiz zaminidagi oltin, rangli metallar, uran, fosforit, gaz, ko‘mir, tuz va boshqa
ko‘pgina foydali qazilmalarning zaxiralari bo‘yicha dunyoda etakchi o‘rinlarni
egallaydi.
Respublikamiz raxbariyati zaminimiz boyliklarini qidiruvchi geologlar
zimmasiga yirik industrial va qudratli milliy sanoatimizni mineral xom ashyo bilan
yanada to‘la taminlash vazifasini yuklaydi. Respublika geologlari shu sharafli
vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish maqsadida geologiya-qidiruv ishlarini
kuchaytirib, foydali qazilmalar ta’limotini yangi pog‘onalarga ko‘tardilar.
Ushbu fan, boshqa geologik fanlar orasida birinchilardan o‘qitiladigan fan bo‘lib,
barcha geologik fanlarning bilimiga tayanishi zarur. Bo‘lajak geolog mutaxassis
sifatida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishi uchun barcha geologik fanlarni
6
(umumiy geologiya, stratigrafiya, strukturalar geologiyasi, mineralogiya, petrografiya,
gidrogeologiya, burg‘ilash, kon-qidiruv laximlarini o‘tish) mustahkam egallagan
bo‘lishi kerak. Umumta’lim fanlaridan esa matematika va iqtisodiyot alohida
ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon industriyasi va ilmiy taraqqiyoti rivojlanishining asosini foydali
qazilmalar tashkil etadi.
Jumladan, mamlakatlar og‘ir industriyasining asosini temir tashkil qiladi. U
mashinasozlik, kemasozlik, temir yo‘l qurilishlaridan tortib, keng iste’mol mollari
ishlab chiqarishigacha bo‘lgan birtalay sohalar uchun asosiy materialdir. Temir
rudalarini metallurgiya zavodlarida ishlash orqasida temir, cho‘yan va har hil navli
po‘latlar olinadi. Olinayotgan bu mahsulotlarga ma’lum miqdorda morganets, xrom,
vanadiy, volfram, titan, molibden, nikel kabi elementlar qo‘shilsa, ularning qattikligi,
yaltiroqligi, yopishqoqligi, toblanishi va zanglamaslik xususiyatlari oshadi.
Kishilik hayotida mis, qo‘rg‘oshin, rux, alyuminiy, qalay kabi rangli
metallarning ahamiyati katta. Bu metallar rudalardan maxsus metallurgiya
korxonalarida ajratib olinadi va xalq xo‘jaligida keng miqyosda ishlatiladi. Mis,
asosan, elektr sanoatida, uning qotishmalari esa mudofaa, mashinasozlik sanoatida,
meditsinada va turli nozik mexanizmlarni yasashda keng qo‘llaniladi. Oltin va
kumush zahiralarining ko‘p qismi mamlakatlarda pul sistemasining asosini tashkil
qiladi va savdo munosabatlarida muhim rol o‘ynaydi.
Keyingi 10 yillarda niobiy, tantal kabi siyrak er metallari elektronika,
elektrovakum, yadro texnikasi, meditsina apparatlari ishlab chiqarishda o‘z o‘rinlarini
topdi.
Foydali qazilma – sanoatda yoki xalq xo‘jaligida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan,
er bag‘rida joylashgan minerallarning to‘plami. Qazib olinayotgan foydali qazilmalar
qattiq, suyuq va gaz holida bo‘lishi mumkin.
7
Foydali qazilma koni – o‘ziga xos geologik sharoitda vujudga kelgan, sifati
sanoat talabiga javob beradigan, miqdori qazib olishga etarli qazilmalarning bir yoki
bir nechta ruda gavdalari ko‘rinishida to‘plangan joyi.
Ma’dan – xalq xo‘jaligida ishlatish mumkin, iqtisodiy jihatdan foydali, texnika
taraqqiyotiga muvofiq metall, mineral yoki boshqa birikmalar ajratib olish uchun
qulay minerallar to‘plami.
Ma’dan gavdasi – turli tog‘ jinslari orasidagi foydali qazilma (ruda)larning
alohida to‘plangan joyi.
Ma’dan belgisi – etarli o‘rganilmagan yoki qazib olishga yaroqsiz foydali
qazilmalar yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |