O‘tga chidamli xom ashyolar
–1000
o
dan yuqori haroratda havo va boshqa
gazsimon muhit ta’sirida kimyoviy emirilishga chidamli olovbardosh metallar (temir
yoki temir-nikel materiallari).
27. QIMMATBAHO TOSHLARNIG SANOAT TURLARI
“Qimmatbaho va bezak toshlar” deb zargarlik buyumlari, taqinchoqlar va bezak
berib ishlanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan mineral va tog‘ jinslariga aytiladi.
O‘ziga xos ranglar jilosi, shaffoflik, yaltiroqlik, qattiqlik, nur qaytarish, qirralanish,
ishlov berilganda estetik zavq beradigan manzara paydo qiladigan mineral va tog‘
jinslari shular jumlasiga kiradi.
“Texnik toshlar” deb ayrim fizik xossalari (qattiqlik, pishiqlik, nur sindirish va
boshqa) bo‘yicha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mineral xom ashyoga aytiladi.
Texnik toshlarga – tog‘ xrustali, kvars, xalsedon, agat, morion va boshqalar kiradi.
Texnik toshlarga: korund, granat, kvars, rubin, sapfir kiradi. Ular aniq priborlarda,
soatlarda, laboratoriya anjomlari, kvantli generatorlarda, toshlarga jilo berishda
ishlatiladi (45-rasm).
169
O‘zbekiston qimmatbaho va bezak toshlarga juda boy o‘lka hisoblanadi.
Olimlarning aniqlashi bo‘yicha (A.F.Sosedko, 1935) qadimgi Rim faylasufi Piniy
eramizning 1-asrida Qizilqumni dunyodagi unga ma’lum bo‘lgan beshta feruza
konidan biri deb atagan.
Markaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan qimmatbaho toshlarga ahamiyat
berganlar. Bunga ametist, nefrit va ayniqsa feruza uchun qazilgan ko‘plab qadimgi
lahmlar guvohlik beradi.
Bezak berib ishlatiladigan toshlarga: labrodorit, lazurit, nefrit, malaxit, qahrabo,
tog‘ billuri, charoit, opal, yashma, yozuvli granit, flyuorit, marmar kiradi (46-rasm).
170
Qimmatbaho va bezak toshlarining hosil bo‘lishi konlari asosan endogen va
qisman ekzogen hisoblanadi. Olmos, pirop-magmatik; rubin, sapfir, shpinel,
granatlar-metasomatik; berill, topaz, turmalin, morion, zumrad, aleksandrit, sapfir,
rubin-pegmatit jarayonlarda; tog‘ billuri, ametist, sitrin – gidrotermal jarayonda;
feruza qadimgi nurash po‘stlarida hosil bo‘ladi.
Qimmatbaho va bezak toshlari konlari O‘zbekistonning barcha geologik-ma’danli
regionlarida uchraydi. Jumladan, feruza Qizilqumda (Ayakashi), berill G‘arbiy
O‘zbekistonda (Barkrak, Ketmonchi, Fan), korund Quramada (Oqtosh), ametist
Toshkent viloyatida (Miskonsoy, Maydontol), almandin Sulton Uvays tog‘ida
(Qahrali, Darvozatov), topaz quramada (Olmabuloq, Kenkol, Gava, CHorkesar),
kvars Muruntov, Nurota, Qoratepa, Quljuqtov, Sulton Uvays tog‘larida, xalsedon
Angren va Farg‘ona vodiysida, Nurota va Tomdi tog‘larida joylashgan. Olmos uchun
Tomdi, Hisor, Qurama tog‘lari istiqbolli hisoblanadi.
171
CHet ellarda qimmatbaho va bezak toshlar Birma, Tailand, Kampuchiya,
Kolumbiya, SHri-Lanka, Hindiston, AqSH, Tanzaniya, Janubiy Afrika Respublikasi,
Avstraliya, Namibiya, Zambiya va Janubiy Amerikada qazib chiqariladi.
Qimmatbaho zargarlik toshlariga quyidagilar kiradi: olmos, zumrad (berillning
yashil ranglisi), berill, yoqut (qizil pirop), feruza, sapfir (kul rang korund), aleksandrit
(oltin rang berill), rubin (qizil korund), shpinel, ametist (47-rasm).
Xulosa
Mavzuda qimmatbaho toshlarning qanday genetik kon turlari bilan bog‘liqligi,
tog‘ jinslari va ularning xususiyatlar, dunyodagi davlatlar misolida zahiralar va
ularning qazib olinadigan miqdorlari, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq
xo‘jaligining qaysi sanoat va sohalarida foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi barcha
ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |