26. SOPOL, SHISHA, O‘TGA VA KISLOTAGA CHIDAMLI
XOSH-ASHYOLARNING SANOAT TURLARI
26.1. Sopol va shisha xom-ashyolari
Sopol maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va to‘zg‘oq aralashiasi)dan
ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan mahsulot – kulollik buyumlaridir. Loy 2 xil
usul bilan: qo‘lda va kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, so‘ng gulxan
163
(xumdon)da qizdirib sopol tayyorlanadi. Ro‘zg‘orda piyola, kosa, lagan, ko‘za,
oftoba, xum va boshqalar; me’morlikda koshin, sopolak, parchin va boshqalar;
sanoatda o‘tga chidamli qoliplar va boshqalarda sopol buyumlari keng qo‘llanadi.
Bundan tashqari bolalar o‘yinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik
haykallar) ham shu usulda tayyorlanadi.
Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab sopolning rangi turlicha (och sariq,
qizg‘ish, kulrang va boshqacha) bo‘ladi. Angobga chayib olingan sopol soyada
quritilib, yana xumdonda pishiriladi. Sopolga bezak ishlash ham turlicha: bo‘rtma,
o‘yma naqshlar uning ho‘lligida, qirma gullar sopol angobga chayib olingandan so‘ng
ishlanadi. Xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana
bir bor xumdonda qizdiriladi.
Sopol buyumlar 2 xil – sirlangan sopol hamda sirlanmagan sopolga bo‘linadi.
Sopol neolit davridan ma’lum bo‘lib, sirlanmagan sopol qadimiydir. Sirlangan sopol
buyumlar io‘lab chiqarish O‘rta Osiyoda 10 – 12 asrlardan yuksak taraqqiy etdi.
O‘zbekiston xududida sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. Sopol
buyumlarni bezatilishi jihatidan bir-biridan farqlanuvchi kulollik maktablari
shakllangan.
SHisha – tarkibi shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy,
fosfor, germaniy, oksidlar va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kalsiy,
magniy, qo‘rg‘oshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yo‘li
bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil bo‘lgan amorf mo‘rt material. SHisha
qizdirilganda kristall moddalar kabi ma’lum bir temperaturada suyuqlanmaydi va
qotmaydi, balki asta sekin qattiq holatdan cho‘ziluvchan yumshoq holatga va nihoyat
suyuq holatga o‘tadi. Suyuqlantirilgan shisha eritmasi sovitilganda ma’lum
temperaturalar oralig‘ida avval plastik holatga o‘tadi, so‘ngra qotadi.
SHisha – izotrop, ya’ni uning fizik xossalari (yorug‘lik nurini sindirish
ko‘rsatkichi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalar) turli yo‘nalishlari bo‘yicha
o‘lchanganda bir xil bo‘ladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga ko‘ra shisha
164
quyidagi 4 sinfga bo‘linadi: elementar shishalar; galogenit shishalar; xalkogenid
shishalar va aralash shishalar.
Elementar shishalar – faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen.
Margimush, fosforni, o‘ta tez sovitilganda esa ba’zi metallarni ham shishasimon
holatda olish mumkin.
Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan.
Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha shisha hosil
qiladi.
Xalkogenid shishalar sulfidlar, selenitlar va telluridlar asosida olinadi.
Margimush sulfid, surma sulfid, telluridlar asosidagi shishalar ma’lum.
Galogenid shishalar berilliy ftorid va rux xlorid asosida olinadi.
Oksid shishalar tarkibidagi shisha hosil qiluvchi oksid xiliga ko‘ra quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: silikat shishalar, borat shishalar, fosfat shishalar, germanat
shishalar, borosilikat va alyumosilikat shishalar.
Ishlatilishiga ko‘ra, qurilish shishasi (deraza oynasi, shisha bloklar va
boshqalar), me’morlik qurilish shishasi, avtomobil shishasi, termik barqaror shisha,
kimyoviy laboratori shishasi, tibbiyot shishasi, optik shisha elektrovakuum shishasi,
yorug‘lik texnikasi shishasi, idish shishasi, navli shisha, shuningdek shisha tola va
shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saqlaydigan shisha, yorib o‘tuvchi
radiatsiya indikatorlari shishasi, o‘zgaruvchan yorug‘lik o‘tkazuvchi fotoxrom shisha,
lazer materiallari sifatida qo‘llanadigan shisha, eruvchan shisha va boshqalar ishlab
chiqiladi.
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars shishasi sanoatda kremniy dioksid
asosida olinadi. Deraza oynasi, me’morlik qurilish, navli, idish va boshqa sanoat
shishalari asosini natriy-kaliy-kvars uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi.
Bu oksidlardan tashqari ular tarkibidagi shishaning kristallanishga moyilligini
susaytiruvchi magniy va kimyoviy barqarorligini oshiruvchi alyuminiy kiradi.
165
SHishaning xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bog‘liq. Eng tavsifli
xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83-90%, optik shishaniki
esa 99,95% gacha). SHisha mo‘rt jism, mexanik ta’sirlarga juda sezgir. Zichligi 2200-
8000 kg/m
3
.
Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy shishalar mavjud. Sun’iy shishaning paydo
bo‘lishini, odatda, kulolchilik bilan bog‘laydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan
mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan bo‘lishi, natijada buyum sirtida
shishasimon sir (glazur) hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
SHisha miloddan avval 4-ming yillarda qadimgi Misr va Markaziy Osiyoda
ishlab chiqarila boshlangan. Markaziy Osiyoda eng qadimgi shisha munchoq, tumor
va taqinchoqlar bronza davri (miloddan avval 2-ming yilliklar) madaniy qatlamlarida
uchraydi. Qadimgi dunyo san’atida shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirg‘a,
tamg‘a va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular
bo‘g‘iq (noshaffof), yashil, zangori, feruza rangli bo‘lgan. 6-asrdan badiiy
shishachilik markazi sifatida Vizantiya shug‘rat qozondi, G‘arbiy Evropada gotika
davrida vitraj san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi.
Musulmon SHarqida 12 – 14 asrlarda Suriya shishasi mashhur bo‘lgan. 15 – 16
asrlarda Venetsiya shishasi, 17- asrda CHexiya shishasi dong taratdi. 1770 yillardan
(dastlab Angliyada) billursimon shisha ishlandi. 18-asrdan sun’iy qimmatbaho toshlar
tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida shishadan amaliy bezak san’atida
keng foydalanila boshlandi.
O‘rta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli shisha
mahsulotlar tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari o‘sha davrlarda Samarqandda
ham shishadan bezak buyumlari ishlanganligini ko‘rsatadi. Ulug‘bekning CHinnixona
ko‘shki, ko‘pgina maqbaralarning ganch panjaralarida rangli shisha ishlatilgan.
Buxoro ham qadimdan o‘z shishasi bilan mashhur bo‘lib, o‘rta asrlarda shisha
tayyorlovchi ustalarning do‘konlari bo‘lgan.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |