Sulfidlar H2S4 kislotasining tuzlari. Boshqacha aytganda sulfidlar metallarning oltingugurt bilan birikkan tabiiy kimyoviy
hossasidir. Oltingugurt bilan birikmalar hosil qiladigan kimyoviy elementlarning soni 40 ga yaqin. Shulardan ruh, qo’rg’oshin, mis, kumush, surma, vismut, kobalt, nikel, molibden va simob oltingugurt bilan asl birikmalar beradi.
Akademik A. I. Vernadskiy hisobiga ko’ra, sulfidlar yer po’sti umumiy massasining og’irligi nisbatan 15% ni tashkil etadi. Shu sinfga tegishli bo’lgan minerallarning umumiy soni hozircha 300 dan ortiq.
Ko’pchilik sulfidlarning yaltirashi metallsimon. Aksariyat sulfidlarning rangi o’ziga xos bo’lib, doimo o’zgarmas – bir xil.
Sulfidlarning aksariyati gidrotermal, ba’zilari haqiqiy magmatic, kontakt – metosomatik jarayonlarda hosil bo’ladi.
Sulfidlar yerning yuza qismida beqaror bo’lib, karbonatlar, sulfatlar, oksidlar va gidroksidlar tarzidagi ikkilamchi minerallarni hosil qiladi. Galent kislorod ta’sirida kimyoviy reaksiyaga kirishib, qo’rg’oshin sulfati ikkilamchi mineral – anglezitga aylanishi mumkin.
Misol. Galenit – PbS+4O2=PbSO4 – anglezit.
Sulfidlar ikki guruhga – sodda va murakkab sulfidlarga ajratiladi. Sodda sulfidlar tarkibida bir metallning kationi oltingugurt bilan birikkan – PbS (galenit).
Ikkinchisi qo’shaloq sulfidlar – ikki yoki uch kationli metallarning oltingugurt bilan hosil qilgan birikmasi - CuFeS2 (xalkopirit), Cu2Fe • SnS4 (stannin)
Sanoatda sulfidlar muhim ahamiyatga ega. Ular qo’rg’oshin, mis, nikel, kobalt, molibden kabi metallarni ajratib olishda muhim ma’danlar bo’lib hisoblanadi.
Xalkopirit. (mis kolchedoni) - CuFeS2 Kristali kam uchrasa ham tetragonal singoniyada qiyofalangan. Odatda zich, donador massalardan iborat.
Yaltirashi metallsimon. Qattiqligi 3,5 – 4, zichligi 4,1 – 4,3 g/sm. Rangi jezsimon sariq. Chizig’I qora-och yashil aralash. Qovushqoqligi yo’q, sinimi notekis, chig’anoqsimon.
Turli geologic: gidrotermal, pnevmatolit, skarn va boshqa jarayonlarda hosil bo’ladi.
Amaliyotda xalkopirit mis rudasi sifatida e’tiborga sazovordir.
Kinovar – HgS. Kristali romboedr. Singoniyasi trigonal. Ko’pincha donador, noaniq qiyofalarda, kukunsimon, yaltirashi olmossimondan metallsimongacha, qattiqligi 2 – 2,5, zichligi 8 – 8,2 g/sm. Rangi va chizig’I qon rangida qizil, sinimi notekis. Genezisi gisrotermal. Kinovar amaliyotda simob rudasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Galenit – PbS tarkibida ko’pincha kumush ham uchraydi. Kristali kub, oktaedr va pentagon dodekaedr. Singoniyasi kub. Yirik va mayday donali va yaxlit massalarda uchraydi. Yaltirashi metallsimon. Qattiqligi 2,5 – 3. Zichligi 7,4 – 7,6 g/sm. O’zi kulnamo, sinimi tekis, yuzasi zinapoyasimon.
Gidrotermal, skarn metomorfogen jarayonlarda bunyodga keladi. Amaliyotda galenit qo’rg’oshin olish uchun asosiy xom ashyodir.
Pirit – (temir kolchedoni) - FeS2 Goho tarkibida oltin, mis, kumush, kobalt, nikel, selen, tellur aralashmasi bo’ladi.
Kristali kub, pentagon dodekaedr shakllarda bo’lib, kristall tallyo’nlarida shtrixsimon parallel, chiziqlar bor. Singoniyasi kub, tabiatda yirik, goh mayda donachali. Yaltirashi metallsimon, qattiqligi 6 – 6,5, zichligi 4,9 – 5,2 g/sm. Rangi poxolsomon sariq, chizig’I qora va yashil aralash, qovushqoqligi yo’q, sinimi notekis.
Turli genetic jarayonlarda hosil bo’ladi. Pirit sulfat kislotasini tayyorlashda kerakli xom ashyodir.
Sfalerit – ZnS. Tarkibida ba’zan temir, marganes goho indiy, kadmiy va boshqa aralashmalar ham qatnashadi.
Kristali kub, rombododekaedr qiyofasida, singoniyasi kub. U zich massalar va har zamonda buyraksimon hosilalar tariqasida uchraydi. Yaltirashi turlicha olmossimon, sadafsimon. Qattiqligi 3,5 – 4. Zichligi 3,9 – 4,2 g/sm. Rangi har xil: sariq, qora, yashilnamo, qizg’ish, qo’ng’ir, rangsiz. Chizig’ining rangi turli tusdagi sariq yoki qo’ng’ir, qovushqoqligi mukammal, sinimi tekis.
Skarn, gidrotermal, pnevmatolit konlarda uchraydi. Amaliyotda sfalerit ruh rudasi sifatida e’tiborlidir.
Xalkozin - Cu2S. Singoniyasi rombik shaklda, qattiqligi 5,5. U metalldek yaltiroqdir, zichligi 5,5 – 5,8. Rangi qo’rg’oshindek kul rang bo’ladi. Gidrotermal jarayonlarda asosiy massasi Cu2S konlarida uchraydi. Mis eng boy oltingugurtlar bo’lib, shuning uchun mis sanoati rudalari ishlatiladi.
Argentit - Ag2S. Singoniyasi kubik, qattiqligi 2 – 2,5. Yaltiroq ko’rinishda, zichligi 7,2 – 7,4. Kulrang randa. U kumushning gidrotermal sulfite rudali konlarida ko’pincha uchraydi. Tarkibida kumush bo’lgan boshqa minerallar bilan ishlatiladi.
Pirotin – Fe(V-I)S. Singoniyasi geksonal. Pirotin juda mo’rt mineral. Yaltiroq, zichligi 4,58 – 4,2. Rangi bronza, sariq. U turli tiplarda va faqat endogen konlarda tarqalgan. Pirotin sanoatda kam ishlatiladi.
Bornit – Cu6FeS. Singoniyasi kubik, qattiqligi 3, zichligi 4,9-5. Rangi mis, qizil bo’ladi. Sanoatda olinadi. U endogen ekzogen jarayonlarda paydo bo’ladi, mis konlarida va boshqa joylarda.
Auripigment – As2S3. Singoniyasi monoklin, qattiqligi 1 – 2. Yaltiroq, zichligi 3,4 – 3,6. Rangi sariq. Tabiatda oltingugurt bilan paragenetik bo’lgan holda uchraydi. Margimush (III) oksid olish ucgun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |