Nazorat savollari
Temir konlari haqida so‘zlab bering.
Temirning qaysi minerallari sanoat ahamiyatiga ega?
Temir ma’danli konlar genetik turlariga misol keltiring.
Marganets sanoatning qaysi sohasida ishlatiladi?
Marganets zahiralarining davlatlarda joylashishi va qazib olish hajmi.
Xrom sanoatning qaysi sohasida ishlatiladi?
Xrom zahiralarining davlatlarda joylashishi va qazib olish hajmi.
Titan sanoatning qaysi sohasida ishlatiladi?
Titan zahiralarining davlatlarda joylashishi va qazib olish hajmi.
Glossariy
Marganets – oqish kulrang kumushsimon metall bo‘lib, marganets temir va misga nisbatan qattiqroq, lekin mo‘rt.
Temir – kulrang oqish rangdagi yaxshi cho‘ziluvchan, elektr toki va issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan metall.
Titan – oq rangli kumushsimon yaltiraydigan metall bo‘lib, alyuminiy, magniy, temir, xrom, mis, molibden, volfram kabi elementlar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega.
Xrom – kumushsimon oq rangdagi yaltiroq, oddiy sharoitda deyarli o‘zgarmaydigan metalldir.
Qora metallar – temir, marganets, xrom, titan va boshqa foydali qazilmalar.
20. RANGLI METALLARNING SANOAT TURLARI
20.1. Volfram konlari va ularning sanoat turlari
Sof volfram oqish kulrangdagi juda og‘ir va juda qiyin eruvchan metaldir. Volframning klarki 0,0002, erish harorati 3410oS, qaynash harorati 5500oS, solishtirma og‘irligi 19,3. Volfram ajoyib xossalarga ega -qizdirilganda yuqori darajada elektron emissiyaga ega, qizdirilganda deyarli kengaymaydi, ko‘p metallar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Bu xususiyatlari uchun volfram elektr lampalar ishlab chiqarishda, maxsus mustahkam va yuqori haroratga chidamli bo‘lgan qotishmalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari kimyo sanoatida bo‘yovchi modda sifatida, yuqori sifatli benzin ishlab chiqarishda, katalizator sifatida ishlatiladi (28-rasm).
Volfram 20ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari - sheelit va volframit. Volframningdunyo bo‘yicha tabiiy zahirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 2,9 mln.t., shu jumladan 1,8 mln.t. Xitoyda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 76,5 ming t. volfram ma’dani qazib olinadi. SHundan 69 ming t.ni Xitoy ishlab chiqaradi.
Volfram ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi turlardagi konlar bilan bog‘liq: 1) volframli va molibden-volframli skarnlar (Gruziyadagi Tirnauz, O‘zbekistondagi Ingichka, AqSHdagi Pain-Krik va Avstraliyadagi King-Aylend konlari); 2) yuqori haroratli gidrotermal konlar (Rossiyadagi Iulta koni); 3) Magmatik konlar (Rossiyadagi Boguta koni).
Do'stlaringiz bilan baham: |