Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


Mis konlari va ularning sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet71/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

20.2. Mis konlari va ularning sanoat turlari
Sof mis-qizg‘ish rangdagi yumshoq, issiqlikni va elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadigan, yaxshi cho‘ziluvchan va egiluvchan metalldir. quruq havoda deyarli o‘zgarmaydi. Mis klarki 0,01, erish harorati- 1083oS, qaynash harorati- 2360oS, solishtirma og‘irligi 8,95. Ishlab chiqarishda misning 40%ga yaqini elektr simlar va kabellar tayyorlash uchun, qolgan qismi esa turli qotishmalar sifatida qo‘llaniladi (29-rasm).



Bunday qotishmalarning asosiylari: bronza (Cu, Hb, Sn, Al), latun (Cu,Zn), melxior (Cu,Ni).
Bundan tashqari mis dengiz kemalarining quyi qismini himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Mis 50ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Ularning asosiylari: xalkopirit, kuprit, bornit, kovelin, malaxit, kubanit va hokazo.
Misning dunyo bo‘yicha tabiiy zahirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 940 mln t, shu jumladan 140 mln. t. CHilida to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 14 mln. 916 ming t. mis ma’dani qazib olinadi. SHundan 5 mln 320 t.sini CHili ishlab chiqaradi.
Mis ma’danlarining sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi konlar bilan bog‘liq:

  1. Magmatik konlar - Qozog‘istondagi Kounrad, O‘zbekistondagi Qalmoqqir, CHilidagi CHukikamata konlari.

  2. CHo‘kindi konlar - Qozog‘istondagi Jezqazg‘an, Rossiyadagi Udokan konlari.

  3. Likvatsion konlar – Rossiyadagi Norilsk, Talmax konlari.

  4. Gidrotermal konlar - Ispaniyadagi Rio-Tento koni.



20.3. Qo‘rg‘oshin, rux konlari va ularning sanoat turlari
Sof qo‘rg‘oshin-oqish havo rangdagi juda yumshoq, engil eruvchan, kislotalar ta’siriga chidamli bo‘lgan metalldir. qo‘rg‘oshinning klarki 0,0016, erish harorati -327oS, qaynash harorati- 1700oS, solishtirma og‘irligi -11,34.
Sof rux-kumushsimon ko‘kish rangdagi engil eruvchan yaltiroq metalldir. Rux temirdan tayyorlangan mahsulotlarni qoplashda, avtomobilsozlikda, engil eruvchan tipografik qotishmalar tayyorlashda, bo‘yoqlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ruxning klarki 0,008, erish harorati- 419oS, qaynash harorati- 906oS, solishtirma og‘irligi -7,13.
Qo‘rg‘oshin va rux 100ga yaqin mineral tarkibiga kiradi. Qo‘rg‘oshinning asosiy minerali-galenit va serussit. Ruxning asosiy minerali-sfalerit va smitsonit.
Ishlab chiqariladigan qo‘rg‘oshinning asosiy qismi kislotali akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, engil eruvchan tipografik qotishmalar tayyorlashda, elektr kabellarining qomplamalari sifatida, radioaktiv nurlanishdan saqlovchi ekranlar sifatida, o‘q dori tayyorlashda qo‘llaniladi (30-rasm).



Qo‘rg‘oshinning dunyo bo‘yicha tabiiy zahirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 140 mln t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 3 mln 310 ming t qo‘rg‘oshin ma’dani qazib olinadi. SHundan 950 ming t.ni Xitoy ishlab chiqaradi.


Ruxning dunyo bo‘yicha tabiiy zahirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 460 mln t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 10 mln 100 ming t rux ma’dani qazib olinadi. SHundan 2 mln 300 ming t.sini Xitoy ishlab chiqaradi.
Qo‘rg‘oshin va rux ma’danlari odatda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, «polimetallar» deb ataladi.
Polimetallarning sanoat turidagi to‘plamlari quyidagi konlar bilan bog‘liq.
1.Metamorfizmga uchragan konlar – AQSHda Brikinxill, Kanadadagi Sullivan konlari.
2. Vulkanogen cho‘kindi konlar – Oltoy o‘lkasidagi Leninogorsk, Dalnegorsk, Jayrem konlari.
3. Skarn konlar–O‘zbekistondagi “Qo‘rg‘oshinkon”, Tojikistondagi “Oltintopgan” konlari.
4. Gidrotermal cho‘kindi konlar - O‘zbekistondagi Uchquloch, Kozog‘istondagi Mirgalimsoy konlari.
5. Polimetall gidrotermal tomir konlar – Uraldagi Sadon, O‘zbekistondagi Xandiza konlari.

Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish