Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


Xrom konlari va ularning sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet68/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

19.3. Xrom konlari va ularning sanoat turlari
Sof xrom kumushsimon oq rangdagi yaltiroq, oddiy sharoitda deyarli o‘zgarmaydigan metalldir. Uning klarki 0,008, erish harorati 1890oS, qaynash harorati 2327oS, solishtirma og‘irligi 7,2. Ishlab chiqariladigan xromning 50%ga yaqini metallurgiyada zanglamaydigan, kislotalar va issiqlikka chidamli bo‘lgan maxsus po‘latlar ishlab chiqarish uchun, 40%ga yaqini issiqqa chidamli materiallar (2100oSgacha) ishlab chiqarishda, kolgan 10% kimyo sanoatida, xususan, teri oshlashda va to‘qimachilik sanoatida bo‘yovchi modda sifatida qo‘llaniladi.
Tabiatda xromning 30ga yaqin minerali bor (26-rasm).



Ularning ichida xromshpinelitlar nomi bilan yuritiladigan 4-6 mineral xrom ma’dani bo‘lib, ular qo‘yidagilardan iborat:


magnoxromatit (Mg, Fe) Cr2O4
xrompikotit (Mg, Fe)(Cr, A1)2O4
alyumoxromit (Fe, Mg)(Cr, A1)2O4
xromit FeCr2O4
Xromning dunyo bo‘yicha resursi 12 mlrd.t deb baholanadi. SHundan 95% Kozog‘iston va JARda joylashgan. Xrom ma’dani 2005 yilda dunyo bo‘yicha 18 mln.t. hajmda qazib chiqarilgan. SHundan 8 mln. t.ni JAR, 3mln. 300 ming t.ni Qozog‘iston, 3 mln.t.ni Hindiston qazib chiqargan. Bu 79,4%ni tashkil qiladi.
Xrom konlari magmatik genezisga ega bo‘lib, o‘ta asosli jinslar massivlari bilan uzviy bog‘langan. Bu massivlar ko‘pincha uzunasiga cho‘zilgan poyaslarni hosil qiladi.
Rossiyaning Ural tog‘lari sharqiy yon bag‘rida (Kempersay qishlog‘i yonida) joylashgan ana shunday poyaslardan birida, o‘ta asosli jinslar-peridotit va dunitlarning 1200 km2 yuzaga ega bo‘lgan massivida Kempersay xrom konlari guruhi yuzaga kelgan. Ma’dan tanalari tomirlar, linzalar ko‘rinishida bo‘lib, Sr2O3 miqdori 60%ga etadi. Konda xromit to‘plamlari asosan intruziv massivning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, magmaning qoldiq qismining kristallashishi davrida paydo bo‘lgan deb hisoblanadi.
Xromning dunyodagi yirik konlari qatoriga JARdagi Bushveld, Rodeziyadagi «Ulug‘ dayka» kabi magmatik konlari ham kiradi.
Xromdan sanoatning turli sohalarida – qotishmalar olishda, maxsus po‘latlar, podshipniklar va elektr uskunalari tayyorlashda, , bo‘yoq va charm sanoatida keng qo‘llaniladi (27-rasm).



Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish