Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


Titan konlari va ularning sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet69/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

19.4. Titan konlari va ularning sanoat turlari
Sof titan-oq rangdagi kumushsimon yaltiraydigan metall. Titanning klarki 0,45, erish harorati 1660oS, qaynash harorati 3000oS, solishtirma og‘irligi 4,5. Titan, Al,Mg,Fe,Cr,Cu,Mo,W kabi elementlar bilan qotishmalar hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday qotishmalar nisbatan engilligi va po‘latlarga nisbatan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Titanning qotishmalari samolyotlar, raketalar va zirx ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Undan tashqari titan oksidi oq buyoqlar tayyorlashda, plastmassa, linoleum tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
Titan 80 ga yaqin mineral tarkibiga kiradi, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: rutil (TiO2 -60% Ti); ilmenit (FeTiO3-32% Ti); loparit (Na,Ce,Ca)(Nb,Ti)O3 – 23,5 Ti); titanomagnetit (2-6% TiO2).
Dunyo bo‘yicha ilmenitning zahirasi 2005 yilda 650 mln. t.ni tashkil etgan. Uning 200 mln t – Xitoyda, 130 mln.t Avstraliyada, 85 mln t –Hindistonda, 63 mln t –JARda to‘plangan. 2005 yilda dunyo bo‘yicha 5,16 mln.t titan minerallari qazib olingan. Uning asosiy qismi Avstraliya, JAR, Kanada, Xitoy, Norvegiya, AQSH, Ukraina va Hindistonda ishlab chiqarilgan.
Titan elementi «koinot elementi» deb ham ataladi. Sababi - u temirdan ikki hissa engil, ancha mustahkam bo‘lib, havo ta’sirida yuzasida hosil bo‘luvchi yupqa parda uni korroziyadan to‘la saqlaydi. Titandan yasalgan avtomat stansiyalar, Oyga uchuvchi kemalar, sun’iy yo‘ldoshlar mutlaq vakuum holatidagi qattiq sovuq va yuqori darajadagi issiqqa bardosh beradi. Kosmik apparatlar devorlari koinotda ulkan tezlikda uchib yurgan jinslar zarbasiga uchraydi, kosmik radiatsiya ta’siriga duch keladi. SHunday noqulay sharoitlarga chidash bera oladigan element faqat titan hisoblanadi. Boshqa elementlar bunday sharoitda “qaynab” bug‘lanib ketadi yoki o‘z atomlarini yo‘qotib, fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirib yuboradi. Amerikaning “Apollon”, “CHelenjer” va Rossiyaning “Buran” kabi kosmik kemalarida 60 tonnadan ortiq titan ishlatilgan. Apparatlardagi kimyoviy faol moddalar titandan yasalgan idishlarda saqlanadi, 200 atmosfera bosimidagi havo silindrlari faqat titandan yasaladi. Oyga tushirilgan “Apollon” moduli ham titandan yasalgan.
Suvda suzuvchi kemalarning disklari va boshqa qismlari, o‘ta chuqur (15-20 km) burg‘ilash ishlarida ishlatiladigan quvurlar yasashda titandan foydalaniladi.
Titan ma’danining dunyo bo‘yicha sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan to‘plamlari sochma va magmatik konlar bilan bog‘liqdir. Titan-magnetit ma’danli yirik konlaridan biri Rossiyada-Janubiy Ural tog‘larida joylashgan Kusinsk, JARda-Bushveld konlaridir.
Kusinsk koni asosli jinslar –gabbro va ularning metamorfizmga uchragan turi-amfibolitlarda shakllangan bo‘lib, dayka tanalaridan iborat. Ma’dan tanalari kengligi 0,3-1,5 km va uzunligi 100 km ga etadigan zonani tashkil etadi. CHuqurligi 700-900 m gacha boradi.
Ma’danning mineral tarkibi 90-95%gacha ilmenit va magnetitdan iborat. Bulardan tashqari gematit, leykoksen, rutil, pirit, xalkopirit, xlorit, apatit, granat uchraydi. Ma’dan tarkibida 50-55% temir, 10-20% titan oksidi, 1-2% xrom oksidi, marganets, oltingugurt va vanadiy uchraydi.
Titanning O‘zbekistondagi konlari va ma’dan namoyonlari 2 genetik tipga (magmatik va sochma) mansub. Titan O‘zbekiston xom ashyo bazasida sanoat ahamiyatiga ega emas. O‘zbekistondagi magmatogen konlarga misol tariqasida Qoraqalpog‘istonning Sultonuvays tog‘larining shimoliy yon bag‘rida joylashgan Tebinbuloq konini keltirish mumkin. Kon 1937 yilda YA.S.Visnevskiy tomonidan ochilgan bo‘lib, 8 km2 maydonni egallaydi. Kon hududida o‘ta asosli jinslar – piroksenit, tebinit, goribidit va peridotitlar keng tarqalgan. Ma’danlashish ilmenit-titanomagnetitdan iborat bo‘lib, kengligi 100-400 m, uzunligi 2,5 km gacha cho‘zilgan zonadan iborat.
Ma’dan tarkibi: 80-95% magnetit; 3-15% ilmenit; 5% gematit va 1% xalkopirit, pirit va pirrotindan iborat. Titan miqdori 4,75% ni tashkil qiladi va sanoat talabiga javob bermaydi. Magmatik konlar uchun titanga konditsiya talablari 5%ni tashkil qiladi.
Titanning yirik sochma konlari Rossiya, Hindiston, AQSH, Braziliya va Avstraliyada joylashgan bo‘lib, ular hozirgi va qadimgi qirg‘oqbo‘yi –dengiz va allyuval yotqiziqlarda uchraydi. Bu erdagi qum yotqiziqlarida ilmenit, magnetit, rutil, sirkon, monatsit va boshqa minerallar uchraydi. Sochma qumlar 100-150 km gacha 20-60 m kenglikda joylashgan bo‘lib, mahsuldor qatlam qalinligi 2-4 m ni tashkil etadi. Titan minerallarining miqdori 10 dan 60% gacha, ba’zan 80% ga etadi.
O‘zbekistonda rutil-sirkon-ilmenitli sanoat tipiga mansub titanning sochma konlari Orol dengizining g‘arbiy qirg‘oqlarida, yuqori oligotsen-miotsen yotqiziqlarida tarqalgan. Konning uzunligi 50 km, kengligi 35-200 m, mahsuldor qatlam qalinligi 0,4-1,8 bo‘lib, foydali minerallar (ilmenit, rutil, sirkon) o‘rtacha miqdori 4,5kg/m3 ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu ko‘rsatkich sanoat talablariga javob bermaydi.


Xulosa
Mavzuda qora metallar (temir, marganets, xrom, titan)ning fizik va kimyoviy xususiyatlari, tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi elementlarning miqdori (% hisobida), dunyodagi davlatlar misolida zahiralar va ularning qazib olinadigan miqdorlari, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat va sohalarida foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar keltirilgan.



Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish