Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet77/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

Sof tug‘ma kumush – Ag. Tarkibiga bog‘liq ravishda quyidagi xillari ma’lum: kyustelit (oltin miqdori 10% gacha), misli kumush (mis miqdori 0,1% gacha), vimsmutli kumush (tarkibidagi vismut 5% gacha), sur’mali kumush (tarkibidagi sur’ma 11% gacha), simobli kumush – kongsbergit (tarkibidagi simob 5% gacha), arkverit (simob 13% gacha), bordozit (tarkibidagi simob 30,7% gacha). Singoniyasi kubik. Simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik - 3L44L36L29PC. Fazoviy gruppasi: a0=4,0772.
Kumush yupqa plastinkalar, barglar va «to‘qilgan» dendritlar shaklida uchraydi. Simga o‘xshash shakllari ko‘proq uchraydi. Kumushning noto‘g‘ri shaklli donalari va yirik yaxlit bo‘laklari, ya’ni sof tug‘malari tabiatda ko‘proq tarqalgan. Saksoniyadagi SHneeberg konidan 40 tonnali, Freybergdan 5 tonnali sof tug‘ma kumush topilgan. CHilidan 1,5 tonna og‘irlikdagi plastinkasimon sof tug‘ma kumush topilgan. Kristall sifatida kumush juda kam uchraydi. Kumush kristallari odatda kubik, oktaedrik va juda oz miqdorda dodekaedrik qiyofaga ega. Qo‘shaloq kristallari xam uchraydi. Rangi kumushdek oq, usti ko‘pincha qora gard bilan qoplangan bo‘ladi. Qattiqligi 2,5-3. pachaqlanuvchan. Ulanish tekisligi yuq. Solishtirma og‘irligi 10.1-11.1. U eng yaxshi issiqlik va elektr o‘tkazuvchandir. Nurni qaytarish ko‘rsatkichi juda yuqori 95%.
Kumush rangiga, o‘ziga xos ilgaksimon, zirapchasimon sinishiga, qattiqligining kichikligi va soltishtirma og‘irligia qarab aniqlanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,37; 2,05; 1,232. HNO3 va HCl da erib suzmasimon oq cho‘kindi ajralib chiqadi – AgCl. H2S ta’sirda qorayadi. Daxandam alangasida eriydi (erish temperaturasi 960°S ga yaqin).
Sof tug‘ma kumush gidrotermal va ekzogen konlari jarayonlarida yuzaga keladi. Kumushning gidrotermal konlarini uch turga ajratish mumkin: 1) argentit (Ag2S) bilan birgalikda gidrotermal tomirlarda; 2) har xil metallarni murakkab oltingugurtli, margimushli, sur’mali birikmalari bilan bir assotsiatsiyada, bular ichida ko‘proq tarqalganlari kalsitli va baritli tomirlarda uchraydigan kobaltin (CoAsS), safflorit (CoAs2), arsenopirit (FeAsS), nikelin (NiAs). 3) uranit (UO2) va nikel-kobaltli minerallar bilan.
Sof tug‘ma kumushning konlari Norvegiyada (Kongsberg koni), Kanadada (Kobalt koni, bu erda 612 kg li kumush topilgan), Saksoniyada (SHneeberg koni), CHexoslovakiyada (YAximov koni) topilgan. Ekzogen sharoitlarda kumush, tarkibida kumush bo‘lgan oltingugurtli va margimush-sur’mali konlarni oksidlanish zonasida va ikkilamchi boyitish zonasida uchraydi. Bu sharoitdagi konlar Meksikada, Amerikada, Kanadada ma’lum.
O‘zbekistonda sof tug‘ma kumush Qurama tog‘laridagi konlarda, SHarqiy Qoramozor polimetall konlarida gipogen va gipergen holda uchraydi.
Kumush asosan mis bilan qotishtirilib kumush buyumlar, tangalar va boshqa narsalar tayyorlashda ishlatiladi. Sof kumush nozik zargarlik ishlarida, ishqor eritiladigan tigellar tayyorlashda, buyumlarni kumush bilan oqartirishda, ximiyaviy birikmalar xosil qilishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Kumushning asosiy massasi (80% ga yaqin) sof tug‘ma holda emas, balki kumushga boy qo‘rg‘oshin-rux, oltin va mis konlaridan qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi (35-rasm).


Hulosa
Mavzuda asl metallar (oltin, kumush)ning fizik va kimyoviy xususiyatlari, tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi elementlarning miqdori (% hisobida), dunyodagi davlatlar misolida zahiralar va ularning qazib olinadigan miqdorlari, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat va sohalarida foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar keltirilgan.



Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish