Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet78/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

Nazorat savollari

  • Asl metallarga nimalar kiradi?

  • Oltin va uning qo‘llaniladigan sohalarini aytib bering.

  • Oltin konlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

  • Sof tug‘ma oltin haqida gapirib bering.

  • Kumush va uning qo‘llaniladigan sohalarini aytib bering.

  • Kumush konlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?

  • Sof tug‘ma kumush haqida gapirib bering.

  • Asl metallarning dunyodagi zahiralarini ayting.

  • O‘zbekistondagi asl metall konlaridan qaysilarini bilasiz?



Glossariy
Asl metallar – kimyoviy ta’sirlarga chidamli qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina guruhiga oid metallar (planitoidlar) va ularning qotishmalari. Ular atmosfera, suv va boshqa muhitlar ta’sirida zanglamaydilar.
Kumush – sof kumush - yumshoq, juda cho‘ziluvchan, issiqlikni va elektr tokini eng yaxshi o‘tkazadigan metall.
Oltin – sof oltin - sariq rangdagi yumshoq, issiqlikni va elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan yaltiroq metall, kislotalarda erimaydi.


22. RADIOAKTIV, KAMYOB VA TARQOQ METALLARNING
SANOAT TURLARI
22.1. Radioaktiv metallar
Barcha izotoplari radioaktiv bo‘lgan kimyoviy elementlar radioaktiv elementlar hisoblanadi. Tabiatda uchraydigan, tartib raqami 83 (vismut)dan katta bo‘lgan barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketma-ket yuz beradigan radioaktiv o‘zgarishlar zanjirlarining olohida xalqalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Bir zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil qiladi. Tartib raqami 83 dan kichik bo‘lgan radioaktiv elementlar ham bor. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi elementlar sun’iy usulda olingan transuran elementlaridir.
Tabiiy radioaktiv elementlardan faqat uran (tartib raqami 92) va toriy (tartib raqami 90) izotoplarining yarmi emirilish davri Erning yoshiga yaqin. SHuning uchun barcha radioaktiv elementlar ichida faqat uran bilan toriy birlamchi radioaktiv elementlar hisoblanadi. Qolgan barcha radioaktiv elementlar uzoq mavjud bo‘luvchi izotoplarning parchalanishidan hosil bo‘lib, ikkilamchi radioaktiv elementlar hisoblanadi. YAdro energiyasi olishda uran va plutoniy amaliy ahamiyatga ega.
Radioaktiv rudalar – tarkibida radioaktiv elementli minerallar mavjud bo‘lgan rudalar (masalan, uran rudalari, toriy rudalari).
Radioaktiv minerallar – tarkibida tabiiy radioaktiv elementlar Er po‘stidagi o‘rtacha miqdoridan ko‘proq bo‘lgan minerallar. Tarkibida uran, toriy yoki shu ikkala element bo‘lgan 250 ga yaqin radioaktiv minerallar ma’lum. Ular tarkibida asosiy komponent sifatida uranli minerallar yoki toriyli minerallar mavjud bo‘lgan radioaktiv minerallar hamda radioaktiv elementlar izomorf aralashma (uran va toriy tarkibli minerallar) holida bo‘lgan radioaktiv minerallarga bo‘linadi.
Uranli minerallar 2-guruhga bo‘linadi. Biri uran oksidi – uraninit UO2 va uning silikati – koffinitdan iborat. Nasturan (uraninitning turi) va koffinit gidrotermal va ekzogen uran konlaridagi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy minerallar hisoblanadi. Uraninit minerallari pegmatit va albitlarda ham uchraydi. Uranning kukunsimon oksidlari va gidrooksidlari turli uran konlarining oksidlanish zonalarida to‘plamlar hosil qiladi (masalan, uran rudalari).
Pegmatitlarda, shuningdek ayrim gidrotermal konlarda uran titanatlari (masalan, brannerit va boshqalar) bo‘lishi aniqlangan. Ikkinchi guruhb tarkibida U+6 bo‘lgan minerallarni o‘z ichiga oladi. Bular gidrooksidlar (bekkerelit, kyurit, uranofan, kazolit), fosfatlar (otenit, torbernit), arsenatlar (seynerit), vanadatlar (karnotit), molibdatlar (iriginit), sulfatlar (uranopilit), karbonatlar (uranotalit) dan iborat bo‘lib, ularning hammasi uran konlarining oksidlanish zonasida tarqalgan.
Toriyli minerallar – toriy oksidi (torianit) va toriy silikati (torit) tabiatda kam tarqalgan. Ular granit, sienit va pegmatitlarda aksessor minerallar sifatida uchraydi.
Uran va toriy tarkibli minerallar – titanatlar (davidit), titanotantalniobatlar (samarskit, kolumbit, piroxlor), fosfatlar (monatsit), silikatlar (sirkon) – otqindi va cho‘kindi tog‘ jinslarida ko‘plab tarqalgan bo‘lib, ularning tabiiy radioaktivligiga sababchidir. Radioaktiv minerallarning ko‘pchiligi metamikt (aralash) holatda bo‘ladi. Avtoradiogrammalar hosil qilish radioaktiv minerallarga xos xususiyatdir. Radioaktiv minerallarda barqaror izotoplarning bo‘lishi ulardan geologik hosilalarning mutlaq geologik yoshini aiqlashda foydalanishga imkon beradi.

Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish