Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


Marganets konlari va ularning sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet67/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

19.2. Marganets konlari va ularning sanoat turlari
Sof marganets – oqish kulrang kumushsimon metalldir. Marganets temir va misga nisbatan qattiqroq, lekin mo‘rt. Marganetsning klarki 0,1, erish harorati 1244oS, qaynash harorati 2027oS, solishtirma og‘irligi 7,4. qazib olinadigan marganetsning 95% dan ortiqrog‘i metallurgiyada maxsus po‘latlar tayyorlashda qo‘llaniladi, qolgan qismi esa elektr batareyalar ishlab chiqarishda, kimyo va shisha ishlab chiqarish sanoatida, payvandlash elektrodlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Marganetsning dunyo bo‘yicha tabiiy zahirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 5,2 mlrd.t., shu jumladan 4 mlrd. t. JARda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 9 mln. 790ming t. marganets ma’dani qazib olinadi. SHundan 2 mln 200 ming t sini JAR ishlab chiqaradi. Hamdo‘stlik mamalakatlaridan Ukraina yiliga 720 mln t. kazib oladi.
Marganets 100 ga yaqin mineral tarkibiga kiradi, biroq ulardan ozchiligi sanoat ahamiyatiga ega hisoblanadi: Pirolyuzit (MnO-69,5% Mn); Manganit (Mn2O2H2O -62,5% Mn); Psilomelan (MnO∙MnO2∙ H2O -45-60%Mn); Braunit (Mn2O3-60-69% Mn); Rodoxrozit (MnCO3-40-5% Mn); Rodonit (MnSiO3-32-41% Mn); Gausmanit (Mn3O4-65-72% Mn).
Marganets ma’dani konlarining sanoat tiplari turli genetik guruhlarga mansub bo‘lib, ulardan marganetsning asosiy zahirasi va uni qazib olish bo‘yicha cho‘kindi va nurash konlari asosiy tip sanaladi (24-rasm).



O‘zbekistonda marganetsning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlaridan vulkanogen-cho‘kindi va eksfiltratsion turlari mavjud bo‘lib, ularga Samarqand viloyatidagi Dovtosh va Taxtaqoracha, hamda Markaziy Qizilqumdagi Alisoy konlari kiradi (25-rasm).



Taxtaqoracha marganets koni Qoratepa tog‘lari shimoliy-sharqiy qismining shimoliy yon bag‘rida, Samarqand shahridan 40 km janubda, Samarqand-Kitob avtoyo‘lidan 1 km masofada joylashgan. Kon hududida 52 ta ma’dan namoyoni aniqlangan bo‘lib, ular 5 ta uchastkaga birlashtirilgan: Janubiy, SHimoliy, G‘arbiy, SHarqiy va Maydon. Konning VqS1 qS2 toifasi bo‘yicha zahirasi 174 m. chuqurlikkacha hisoblangan bo‘lib, 1 mln 691 ming t.ni tashkil etadi. Marganetsning o‘rtacha miqdori 15,67%.
Marganetsning ma’danlashishi quyi silurning asosan kremniyli va ohakli slanetslari bilan genetik bog‘langan. Maxsuldor gorizont sub kenglik yo‘nalishida 8 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, qalinligi 100-300 m, yotish burchagi 50-80o. Ma’dan tanalari shakli linza va qatlam ko‘rinishida bo‘lib, yondosh jinslar bilan mos holda yotadi.

Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish