Metamorfizm turlari
Regional metamorfizm
Dinamometa -morfizm
Kontakt metamorfizm
Avtome-tamorfizm
Regional metamorfizm kontinental qobig‘ni katta qismida bosim va haroratni o‘zgarishi hisobiga hosil bo‘ladi. Bu odatda tog‘ tizmalarini subduksiya zonasida geotermal gradient bilan birlashma hosil qiladi. Geotermal gradient sekin-asta Erning ustki qismidan pastga tushgan sari 30-40 m masofagacha 10 oshib boradi. Bosim yuqorida yotgan jinslarni qalinligi hisobiga proporsional holda oshib boradi. SHu sababli regional metamorfizmda chuqurga tushgan sari termodinamik sharoit ortib boradi (S. K. Haldar, JosipTisljar, 2014).
Kontakt metamorfizm.Kontakt termal (soviyotgan intruzivni haroratini ta’siri natijasida atrofdagi jinslarning o‘zgarishi).
Dinamometamorfizmtog‘ jinslarini strukturasini va mineral tarkibini o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan jarayondir. Metamorfizmni bu turi bir tomonlama bosimni va past haroratni ta’sirida sodir bo‘ladi. Tektonik jarayonlar ta’sirida jinslar maydalanadi va uqalanadi. Bu metamorfizmni mahsulotlariga kataklazirlangan jinslar – kataklazit, milonit va tektonik brekchiyalar kiradi.
Avtometamorfizmmagmatik massivni sovishi va magmatik jinslarni hosil bo‘lish davridagi jarayondir. Bu jarayon magmatik jinslarni kristallanishi davomida termodinamik sharoitni o‘zgarishi bilan bog‘langan va qoldiq eritmani, uchuvchi komponentlarni va gidrotermal eritmalarni kristallangan jinslarga ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayonga peridotitlarni serpentinizasiyalanish, granitlarni greyzenlanish, sailitlarni albitizasiyalanish jarayonlari kiradi.
18.2. Ultrametamorfizm va foydali qazilmalar
Progressiv metamorfizm rivojlanishida qayta kristalllanish chuqurlashgan sari moddalarning metasomatik ravishda qayta gruppalanishi, boshlang‘ich jinslarning ayrim hollarda qayd etilishi va boshlang‘ich jinslarning eritilishi kabi 4 bosqich ajralib turadi. O.Tattlning tajribalariga ko‘ra 10-20 km chuqurlikdagina erish protsesslariga sharoit yaratilishi mumkin ekan. SHuning uchun, biz uchratadigan o‘zgarmagan jismlarning ichida yotgan intruzivlar boshqa yo‘l bilan kelib chiqqan hisoblanadi.
Ultrametamorfizm protsessi faqatgina uning boshlang‘ich bosqichlaridagi gneyslarning erib qayta kristallanish natijasida hosil bo‘ladi. Psevdopegmatitlarnigina misol qilish mumkin. Bunda muskovit va biotitlarning sanoatbob konlari hosil bo‘ladi. Bunday konlar Ural, Kola yarim oroli va boshqa joylarda mavjud.
Polingel jinslarning bunday mahsulsizligi N.Sudovikov, G.SHneyderxen, K.Sillunov va boshqalarning fikricha quyidagicha tushuntiriladi. Erish protsessi boshlanmasdanoq, metamorfik jinslarning ichidagi foydali birikmalar metamorflanuvchi suv eritmalari yordamida yuqoriga oqib chiqib ketadi va gidrotermal fizik konlari hosil bo‘ladi.
Metamorfik konlarga matamorflangunga qadar qiymatga ega bo‘lmagan metamorflanish natijasida qimmatli xom-ashyolarga aylanishidan hosil bo‘lgan konlar kiradi. Bu aksariyat metall emas foydali qazilmalar konlaridan marmar tosh, kvarsitlar, tom yopish uchun ishlatiladigan siloneplar, andaluzit, slinit, pionit, yashma, grafit, asbest va boshqalar shular jumlasidandir.
Ular qayta kiristallanish va moddalarning shu qatlamlarining ichida qayta taqsimlanish natijasida hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishida shu qatlamlarning o‘zida ajralgan ma’lum miqdordagi uchuvchi birliklarning ham ishtiroki bor. Marmar toshlar ohak toshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘ladi. Bunda ular bir oz tiniqlanib, chiroyli tusga kiradi va kiristallari yiriklashadi. Kvarsitlar qum toshlarning yig‘ma kristallanishidan hosil bo‘ladi. YAshma kremniyli cho‘kma jinslarining yuqori darajada metamorfiklanishidan hosil bo‘lgan chiroyli va pishiq bezak toshlari siftida ishlatiladi. Konlar Janubiy Ural va Oltoyda tarqalgan.
Grafit ko‘mirning intruziv massalar kontaktida metamorfiklanishdan tashqari regionlar metomorflangan gneys va kristall slanetslar bilan birgalikda ham hosil bo‘ladi. Bunda u tarkibida ko‘pgina organik qoldiqlari bo‘lgan cho‘kma jinslar hisobiga hosil bo‘ladi. Slanetsli grafit konlari Ukraina, Ural va boshqa joylarning Arxey va Proterozoy davri konlarida uchraydi
Andaluzit, geyanet, silllimanit, disten kabi krimnezyomga boy minerallar qadimgi metamorfik qatlamlarning kristall slanetslar tarkibida juda ko‘p cho‘kma kolinitning suvsizlanishi hisobiga hosil bo‘ladi. Qimmat xom-ashyo sifatida sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida ishlatiladi. Bunday konlar Buryatiston, YOqutiston, Xindiston va boshqa joylarda mavjud. Bulardan tashqari korund, granit, titan konlari ham uchrab turadi.
Xulosa
Mavzuda metamorfogen konlarining hosil bo‘lish jarayonlari qanday termodinamik faktorlar bilan bog‘liqligi, metamorfizmning turlari (regional, lokal, kontakt, dinamometamorfizm, avtometamorfizm) haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Metamorfizm jarayonida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari (magmatik, cho‘kindi, metamorfik) va ular qanday foydali qazilma konlarining vujudga kelishida muhim ahamiyatga egaligi to‘g‘risida ham etarlicha yoritilgan. Barcha turdagi konlar va ularning nomlari, joylashgan erlari ham misollar tariqasida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |