21-rasm. Kureysk grafit konining sxematik geologik qirqimi.
SHartli belgilar: 1—yuqori karbon qumtoshlari; 2 — slanets va kvarsitlar;3 — grafitli slanetslar; 4 — ko‘mir qatlami bo‘yicha hosil bo‘lgan grafit;5 — karbonat jinslari; 6— diabazporfiritlar.
Metomorfik konlarga metamorflanguncha qiymatga ega bo‘lmagan metamorflanishi natijasida qimmatli xomashiyolarga aylanishidan xosil bo‘lgan konlar kiradi. Bu aksariyat metallmas foydali qazilmalar konlaridan marmar tosh kvarsitlar, tom yopish uchun ishlatiladigan siloneplar andaluzit slinit, pionit, yashma, grafit, asbest va boshqalar shular jumlasidandir.
Ular qayta kiristallanish va moddalarning shu qatlamlarining ichida qayta taqsimlanish natijasida hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishida shu qatlamlarning o‘zida ajralgan ma’lum miqdordagi uchuvchi birliklarning ham ishtiroki bor. Marmar toshlar ohak toshlarning qayta kristallanishidan xosil bo‘ladi. Bunda ular bir oz tiniqlanib, chiroyli tusga kiradi, kristallari yiriklashadi. Bunday konlar Qashqadaryo vohasida (O‘zbekiston), Ural, Pribaykaliya (Rossiya) va boshqa joylarda tarqalgan.
Kvarsitlar qumtoshlarning yig‘ma kristallanishidan hosil bo‘ladi. Ular issiqqa chidamli va obrazivli xossalariga ko‘ra sanoatning ko‘p tarmoqlarida qo‘llaniladi. Kvarsit konlari Ural, Donboss, Kareliya va boshqa joylarda mavjud. Tom yopish uchun ishlatiladigan uchraydigan slanetslar gil cho‘kindilarning dinamik metamorflanishidan hosil bo‘lib, yupqa va mustahkam plitalarga ajraladi. Konlar Ural, Qora dengiz sohillariga tarqalgan.
YAshma kremniyli cho‘kma jinslarining yuqori darajada metamorfiklanishidan hosil bo‘lgan chiroyli va pishiq bezaktoshlari siftida ishlatiladi. Konlar Janubiy Ural va Oltoyda tarqalgan. Grafit ko‘mirning intruziv massalar kontaktida metamorfiklanishdan tashqari regionlar metamorflangan gneys va kristall slanetslar bilan birgalikda ham hosil bo‘ladi. Bunda ular tarkibida ko‘pgina organik qoldiqlari bo‘lgan cho‘kma jinslar hisobiga hosil bo‘ladi. Slanetsli grafit konlari Ukraina, Ural va boshqa joylarning Arxey va Proterozoy davri konlarida uchraydi
Andaluzit, geyanet, silllimanit, disten kabi krimnezyomga boy minerallar qadimgi metomorfik qatlamlarning kristall slenetslar tarkibida juda ko‘p cho‘kma kolinitning suvsizlanishi hisobiga hosil bo‘ladi. Ular issiqqa chidamaydi. Qimmat xom-ashyo sifatida metallurgiya va sanoatning boshqa juda ko‘p tarmoqlarida qo‘llaniladi. Konlari, YArim oral, Buryatiston, YOqutiston, Xindiston va boshqa joylarda mavjud. Bulardan tashqari qayg‘oqtosh (korund va boshqalar) granit va titan konlari ham uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |