Voha shevalarini tog’ri talaffuz etib, qo’shiqni jamoada ijro etish
Xorazm vohasi Folklor Etnografiya (Xalq og’zaki ijodi) yo’nalishi va uslublari.
Ko’xna va qadimiy Xorazm o’zining takrorlanmas san’at va madaniyati bilan
boshqa voha va hududlardan o’zgacha farq qiladi. Uning ulkan boy san’ati, Xalq
og’zaki ijodi namunalari, o’zbek musiqasi, folklor kuy va qo’shiqlari, mashxur
yodgorliklari, dostonlar, mif, asotir, ertak afsonalari Xalqimizning ko’p asrlik merosi
va boyligidir.Juda qadim zamonlardan Xorazm milliy san’ati vujudga kelgan asrlar
davomida rivojlanib, og’izdan og’izga ko’chib, ustoz shogird an’anasida sayqallanib
to’la xolda mukammallashib shu davrgacha etib kelgan. Xorazm san’tiga,uning
rivojlanishiga o’zlarining beqiyos xizmatlari, takrorlanmas san’atlari bilan o’z
xissalarini qo’shgan so’z va soz ustalari, bilimdonlari: Xofiz va bastakorlari,
Xalfachilik, dostonchilik, qo’shiqchilik, Xalq og’zaki ijodining barcha janrlari
uslublarini ijrochilari bo’lganlar.
Xojixon Boltayev, Madraxim Yoqubov, Kurji ota Avazmatov, Matpano
Xudoyberganov, Ro’zimat Jumaniyozov, Komiljon Otaniyozov, Otaxon Abdullayev,
Qurbonali Ismoilov, Qurbonnazar Abdullayev, Onabibi qori Otajonova (Ojiza), Nazira
Yusupova, Otaxon Matyoqubov, Matniyoz Yusupov, Olmaxon Xayitova, Otajon
Xudoyshukurov, Ortiq Otajonovlarning yaratgan maktablari, betakror ijrochilik
yo’llari, uslublari fikrimizning yaqqol dalilidir. Xorazm maqomlari, Xalq og’zaki ijodi
namunalari, dostonlar va dostonlarda kuylangan kuy va qo’iqlarni jamlab, to’plab nota
yozuvlari bilan kitoblar nashr ettirgan, sozanda xonanda, bastakor Matniyoz
Yusupovning lkan xizmatlari bor. Xorazm san’tini ulug’ darg’alaridan biri Matpano
28
ota Xudoyberganovdir (1886 – 1960).Ustoz Matpano ota Xorazmning san’ati
janrlarini, maqomlar, suvoralar, feruzlar, talqinlar, uforilar, dostonlar, doston
qo’shiqlari, yirik Xalq kuylari, maqomlari, surnayda chalinadigan kuylari,
masharabozlik yo’llari, o’yin kuylari, laparlarini yuzlab shogirdlariga o’rgatganlar.
Uning shogirdlari orasida : Xojixon Boltayev, Matniyoz Yusupov, Nazira Yusupova,
Nurmat Boltayev, Komiljon Otaniyozovlar xam bor edi. Xorazmda asosiy musiqa
asboblaridan biri tanbur bo’lib, bundan tashqari doira (daf), chang, nay, g’ijjak, dutor,
qo’shnay, bulamon, sato, rubob, torlar bo’lgan. Keyinchalik Evropadan garmon
(akkardeon) Xorazm musiqa asboblari safiga qo’shilgan. Mashxur garmonchilardan :
Safo Mug’anniy (Safo sozchi), Madraxim Sheroziy (Madraxim sozchi), Ho’ja
Otajonov (Ho’ja sozchi), Soraxon Olloberganova, Poshshaxon Matchonova, Anash
opa (Anash cho’loq), Onabibi qori Otajonova (Ojiza)lar Xalq o’rtasida mashxur
sozanda,
xalfalar,
go’yanda, folklor qo’shiqlarining mashxur ijrochilari,
nomoyondalari bo’lganlar.
Xorazm Xalq san’tida, musiqasida, o’zining boshqalardan ajralib turguchi lokal
uslubi, o’ziga xos jozibasi, folklor qo’shiq va musiqalari, oxangi, ijrosi va o’ynoqiligi
bilan farq qiladi. Ijrodagi nola va qochirimlar xam o’ziga xosdir. Xorazm san’ti Xalq
og’zaki ijodi, folklor etnografiya bilan uyg’unlashgan, bir biri bilan chambarchars
bog’liqdir. Xorazm qo’shiqlarida ufor usullari, ritmlari o’zgacha yangraydi.
Har bir ijroda Xorazm uslubi, shevasi, kiyim - boshlari o’ynoqi raqslari boshqa
voha, hududlardan ajralib turadi. Xorazm Xalq san’atining o’z vohasiga xos
xususiyatlari bor.Ushbu qo’shiqchilik an’anasida yuqori pardalarda o’zgarishi,
sekinlashtirish yoki tezlashtirish kabi uslublari bor. Xorazmda musiqa ijrochiligi bilan
shug’ullanganlarni sozanda, qo’shiq va ashulachilarni go’yanda, dutor jo’rligida
kuylovchilarni talqinchi, ayol qo’shiqchi, ashulachilarni xalfa deyishadi. Chunonchi
Xalq og’zaki ijodi, folklor qo’shiqlar, doston va barcha boshqa janrlar, qadim qadim
zamonlardan Xalq tomonidan yaratiladi, asrlar, davrlar davomida ustoz shogird
an’anasida, og’izdan og’izga o’tib etib kelgan. Dastlab barcha ijrolar yakka holatda ijro
etilgan. Keyinchalik ustozlarning betakror san’at yo’li, maktabi asosida jamoa ijrosida
xam keng qo’llangan. Xorazm azal azaldan o’zining kuy va qo’shiqlari bilan mashxur
29
bo’lib kelgan.Qo’shiqlari rang barangligi, turli janrlardan tashkil topgan bo’lib, inson
tug’ilishidan xayotining so’ngi kunlarigacha bo’ladigan jami marosimlar, urf odatlar,
udumlar barcha barchasi ijrolarda kuylangan, uyg’unlashgan. Xorazm Xalq xalfalar
asosiy o’rin tutadi. Xalfalar uch kishidan iborat bo’lishadi. Biri garmon chaladi va
qo’shiq aytadi, ikkinchisi doira chaladi va qo’shiqqa jo’r bo’ladi, uchinchisi xam
raqsga tushadi, xam qo’shiq aytadi. Xalfalar mumtoz shoirlarimizinig she’r va
g’azallaridan, Xalq qo’shiqlaridan, marosim qo’shiqlardan, dostonlardagi
qo’shiqlardan kuylashadi. Ko’p hollarda o’zlari so’z yozib o’zlari musiqasini xam
bastalaydilar. Bibijon Qosim Devon qizi, Shukur xalfa Olloquli qizi, Onajon Sobirova
(Anash cho’loq), Onabibi Otajonova (Ojiza), Nazira Sobirova, Roziya Matniyoz qizi,
Saodat Hudoyberganovalar bir necha qo’shiqlar va kuylar muallifidir. Ular yaratgan
san’at namunalari xozirda xam juda ko’p san’at ustalari va ijrochi yoshlar tomonidan
kuylanmoqda. Xalfalar yaratgan qo’shiqlar, Yaxshilik, ezgulik ona vatanga mexr
muxabbat va sadoqat kabi tuyg’ularni tarannum etgan. Xozirda xam Republika
miqyosidagi barcha bayram va tadbirlarda, ko’rik –tanlov, festivallarda ushbu asarlar
o’z qimmatini yo’qotmay xonanda va sozandalar, jamoa ansambllari tomonidan
kuylab, ijro etib kelinmoqda.
Ojiza taxallusi bilan mashxur bo’lgan shoira, sozanda, qo’shiqchi, bastakor,
Onabibi Otajonovaning bir necha qo’shiqlari bor. Bular: “Xurshidi jaxon galdi “,
“Tuninay”, “To’ylar muborak”, “O’lguncha sizni derman”, “Og’a darom”, “Arka
qizlar”, “Xiva dudori “kabi ko’plab qo’shiqlar Ojiza ijodiga mansubdir. Xorazm san’ati
rivojiga
o’zini ulkan xissasini qo’shgan, ustoz san’atkor, O’zbekiston,
Qoraqalpog’iston, Turkmaniston xalq artisti Komiljon Otaniyozov nomini aloxida tilga
olamiz. Komiljon Otaniyozov (1917 – 1975) nomini butun O’zbekiston faxr bilan tilga
oladi. Komiljon aka O’zbakistondagi bir necha san’atkorlarni ustozi xisoblanadi.
Xozirda xam ustoz ijro etgan, yaratgan asarlar shogirdlari ijrosida kuylanib kelmoqda.
Komiljon Otaniyozov ustozlari o’rgatgan va ijro etgan yuzlab qo’shiqlarni, Jumladan:
“Xorazm maqomlari”, “Suvoralar”, Ommaviy Xalq qo’shiqlarini o’rgandi.
“Go’ro’g’li” turkumidagi oltita dostonni, “Yusuf va Axmad qissasi”, “Bozirgon”,
“Sayodxon va Xamro”, “Oshiq g’arib va Shoxsanam”, dostonlarini, ustozi Bola
30
baxshidan o’rgangan “Etti yilga ketgan yorim”, “Dushimda bir bulbul kurdim”,
“Ra’noni ko’rdim”, “Namasan”, “Ustozingdan ayrilma” kabi qo’shiqlarni maxorat
bilan yangicha uslubda ijro etdi. Komiljon aka Xalq og’zaki ijodi namunalarini chuqur
mukammal o’rganishi bilan birga, o’zi xam bilimini san’atini rivojlantirib bordi.
Birnecha she’rlar yozib unga musiqa bastaladi. “Naylayin”, “Na bo’ldi yorim
gelmadi”. “Ayrilmasin nigorinnan”, “Otlan”, “Xush qol endi”, “Og’ang keldi mard
bo’lib”, “Hayr endi” kabi yuzlab qo’shiqlarni yaratdi. Xozirda barcha bayram va
tadbirlarda kuylanib kelayotgan “Lazgi “ musiqasiga so’z qo’yib uni moxirona ijro
etdi. Mashxur san’atkor Komiljon aka vodiylik san’at ustalari, ustoz, san’at darg’alari
Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Rasulqori Mamadaliyev, Murodjon
Axmedov, Tavakkal Qodirovlar bilan doimo ijodiy muloqotda bo’lgan. Bir birlarini
ijodi, san’atiga xurmatda bo’lganlar. Ta’bir joiz bo’lsa Tavakkal Qodirov Komiljon
akani o’ziga ustoz deb bilgan va ustozdan ko’p qo’shiqlarni o’rgangan. Xorazm
maqomlari,folklor asarlari, dostonlari Xalqimizning boy merosidir.
Xozirda Xorazmda quyidagi Folklor etnografik Xalq ansambllari faoliyat
ko’rsatmoqda.
1.”Orazibon” Folklor Etnografik Xalq ansambli.
Viloyat ilmiy metodik markazida.
2.”Doston” Folklor Etnografik Xalq ansambli.
Xiva tumani madaniyat axoli dam olish markazida.
3.”Avazxon” Folklor Etnografik Xalq ansambli
Shovot tumani madaniyat axoli dam olish markazida.
4.”Xiva” Folklor Etnografik Xalq ansambli
Xiva tumani madaniyat axoli dam olish markazida.
5.”Xorazm” ” Folklor Etnografik Xalq ansambli
Urganch shahar madaniyat axoli dam olish markazida.
6.”Sayqal” Oilaviy Folklor Etnografik Xalq ansambli
Xiva tumani madaniyat axoli dam olish markazida.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |