Folklor jamoa ijrochiligi



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana02.04.2022
Hajmi4,55 Mb.
#524346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
fayl 1607 20210825

Surxondaryo, Qashqadaryo Xalq og’zaki ijodi namunalarining o’ziga xos 
uslublari. 
Mustaqil yurtimiz san’ati milliy madaniyatimiz va an’analarimiz bilan 
chambarchars bog’liqdir. O’zbekistonda milliy an’analar, urf odatlarimiz, kuy va 
qo’shiqlarimiz o’z xolicha saqlanib qolgan joylarimiz mavjud. Qadimiy madaniyat 
markazlashgan, o’ziga xos uslub va uziga yarasha tarixiy rivojlanishga ega 
Surxondaryo shular jumlasiga kiradi. Surxondaryo san’ati o’lka tabiatining chiroyi, 
uning xayot tarzi, urf odatlari, udumlari qo’shiq kuylari, ertak, matal, dostonlari, xamda 
vohaga xos bo’lgan kiyim – kechaklari, jamoa va yakka folklor ijrochiligi bilan aloxida 
o’rin tutadi. Voha san’ati o’zining an’anaviy madaniyatiga, barcha Xalq og’zaki ijodi 
namunalariga sadoqatini xozirgi zamon bilan uyg’unlashtirgan. Biror bir millat yo’qki, 
turli hil munosabatlar bilan ommaviy bayramlarni nishonlamaydigan. Har bir xalq o’z 
urf odatlari, bayram va marosimlari mavjud. Qadimiy milliy bayram va marosimlar 
og’izdan og’izga o’tib kelayotgan tirik tarihdek go’yo Insonga sog’liq, to’kin-sochinlik 
tilash, uning hayotidagi biror muhim sanani nishonlash maqsadida o’tkaziladigan, 
an’anaga aylanib qolgan harakatlar marosim deyiladi. Marosimlarning mavsumiy va 
oilaviy-maishiy marosim turlari mavjud.. Xalq maishiy hayotidagi har bir bayram, har 
bir marosim, ma’lum davrdagi mavsumlar alohida-alohida, aniq mavzuni ifodolovchi 
mazmunga ega. Aynan mavsumiy folklorchilik namunalarning bugungi kunda ham 
o’zgacha o’rni va ahamiyati bor. Mavsum va marosim qo’shiqlari o’zbek milliy xalq 
og’zaki ijodining eng qadimiy namunalari sirasiga kiradi. Millatimizning qadimiy 
madaniy merosiga, qadriyatlarga bo’lgan munosabat mavsum-marosim qo’shiq va 
raqslarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Mavsum-marosim qo’shiqlari badiiy tuzilishi 
jihatidan aytishuv, hozirjavoblik kabi she’riy birikmalardan iboratdir va aynan 
manashu tuzilish so’z san’ati namunalari sifatida ham alohida ahamiyatlidur.
Mahmud Koshg’ariy ning 

Devonu lug’otit turk

asaridan ma’lum bo’ladi-ki, 
mavsum va marosimlarga oid xalq qo’shiqlarining tarixi qadim o’tmish zamonlarga 
borib taqalar ekan. Bizga ma’lumki avval insonlar vaqt kunlarning aniq hisobini 
kalendarsiz tabiatda sodir bo’ladigan voqea hodisalarga, tabiatning tabiiy ofatlariga 
qarab aniqlaganlar. Shu sababdan bo’lsa kerak aynan tabiat hodisalariga alohida 


32 
e’tibor. Mana shu tabiat hodisalari sabab bo’lsa kerak yomg’irga, suvga, shamolga, 
quyoshga, olovga sig’inishlar murojatlar va aynan mana shu e’tiqodlar sabab 
mavsumiy zikrlar, qo’shiqlar va raqslar yaralgandir. Mavsumiy qo’shiqlar va raqslar, 
diniy e’tiqodlar, tarixiy voqea-hodisalar, milliy udumlar xalq bayramlari mazmunini 
tashkil etadi. Binobarin, mavsumiy marosimlarning o’tkazilishiga qarab, ulardagi so’z 
bilan bog’liq lavhalar rekvizitlarga qarab xalqning aynan o’sha marosim o’tkazayotgan 
hududning milliy xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Masalan 
yurtimizda o’n ikki viloyat va bitta avtanom Respublika mavjud bo’lsa biz ularni 
hududlarga ajratib o’sha hududlardagi udumlar va marosimlarni ham guruhlarga 
ajiratib olamiz. Biz Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarini umumlashtirib 
“Vodiy” deb atasak, azmi poytaxt Toshkentdan Tashqari hududlarni “Voha” deb 
yuritamiz. Demak bizda folklorchilik yo’nalishlarida “Vodiy” va “Voha” hudulariga 
hos mavsumiy marosimlar va ularda ijro etiladigan qo’shiq, raqs va she’rlarga alohida 
ahamiyat qaratamiz. 
Masalan: barchamizga ma’lum, ma’lumligiki milliy bayram sayllarida, ertaklarda 
yohud televidinie orqali bo’lsa ham bilmagan odam yo’qki “Sust hotin” marosimi 
haqida bilmaydigan. Aynan shu marosim mavsumiy folklorchilik namunalarining eng 
qadimiy va omma ichida eng keng tarqalgan namunasidur. “Sust xotin” bu - yomg’ir 
chaqirish marosimi bo’lib, odatda bahor faslida o’tkazilgan. Folklorshunoslarning 
aniqlashlaricha bu marosimlar Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ma’lum 
hududlarida ommaviy tus olgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, hatto yomg’ir 
chaqirish odatimiz qadimgi “Avesto” da ham madh etilgan, osmon suvlari tangrisi 
Tishtriyaning xalq o’rtasidagi boshqacha nomlanishidan iborat ekan. Dehqonchilik 
rivojlangan mahalliy joylarda yomg’irning o’z vaqtida yog’ishi juda muhim 
ahamiyatga egadir. Qurg’oqchilik dehqonchilik bilan shu g’ullanadigan aholiga katta 
kulfat keltirgan. Shuning uchun odamlar “Sust xotin” mavsumiy marosimini o’ylab 
topishgan. Qizig’i shundaki, bu marosimni ko’p nishonlaydigan hududagi insonlarning 
takidlashlaricha “Sust xotin” marosimi o’tkazilgandan so’ng haftalab yomg’ir yoqqani 
haqida o’nlab misollar keltirishgan. Shuning uchun ham xalq bunday marosimlarning 


33 
o’tkazilishiga puxta tayyorgarlik ko’rgan, har bir amallarga rioya qilishni odat tusiga 
kiritgan. “Sust xotin” qo’shig’i shunday boshlanadi: 
Sust xotin, suzma xotin, 
Ko’lankasi maydon xotin! 
Yomg’ir yog’dir ho’l bo’lsin, 
Eru jahon ko’l bo’lsin. 
“Sust xotin” marosimi mavsumiy folklorchilik namunalarining barchaga ma’lum 
namunasi bo’lsa undan tashqari mavsumiy marosimlarning yana ko’plab misollar 
keltirish mumkin. Bularga: 
“Mehrijon” (quyosh ma’nosini anglatib, kun va tunning kuz faslidagi teng 
kelishida nishonlanadigan marosim), “Choy momo” (bug’doy, sholi boshoqlari etilgan 
paytda shamol ularni payhon qilsa, shamol to’xtatish don mahsulotlarini shopirish 
paytida shamol bo’lmasa, shamol chaqirish) “Yo, Haydar” (yil sovuq kelsa, quyoshga 
topinish; umuman, omadsiz yilda qurbonlik keltirish marosimi), “Beshik bola” (yangi 
tug’ulgan chaqaloqni ilk bor beshikka belash marosimi. Asosan ayollar ishtirokida 
nishonlanadigan marosim) “Kelin o’g’irlash” (Bu marosim asosan qozoq, qirg’iz, 
qoraqalpoq, millatlarining qadimiy marosimlari sirasiga kirib, kelinning roziligi bilan 
amalga oshiriladi), “ Xo’p hayda”, “O’rim”, (G’allani yanchish bilan bog’liq marosim), 
“Oblo Baraka” (ohirgi tuman bug’doyini topshirish va hirmon ko’tarish marosimi 
bo’lib, ettim-ettim, oblo baraka bersin deb lapar aytishadi.), “Shox moylar”"Qo’sh-
qo’sh" (Dalaga ilk bor qo’sh yani, qoramolga omoch bog’lab, dalada er haydash 
marosimi), “Alyor”, “Ota sinovi” (To’ydan oldin kelinning otasi kuyovni o’tin yorish, 
hamir ovqat eyish kabi turli hil udumlar bilan sinab oladi), Yoz kuz fasliga oid, “Qovun 
sayli” qishda o’tkazilgan gapgashtaklarda “Yas-yusun” marosimlari mashhur bo’lgan. 
undan tashqari buyuk bobokalonlarimizdan bo’lmish Al Beruniyning “Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida “Navro’z”, “Ramush og’am”, “Boboxvora” 
kabi o’ndan ortiq mavsum marosimlari xususida ma’lumot beriladi. Bularning bari hali 
dengizdan tomchi holos. Folklorchilikda mavsum marosim qo’shiqlarining juda 
ko’plab namunalari xalqimiz ichida to’lib toshib yotibdi. Bularni aniqlash va yangidan 
yangi namunalarni topish va xalqimizga taqdim etish esa bizning asosiy vazifamizdir. 


34 
Mavsumiy marosimlar qatoridan o’rin olgan “Choy momo” marosimi ham 
o’zgachadir. “Choy momo” marosimida aytiladigan qo’shiq namunalari ham 
o’zlarining qadimiyligi bilan e’tiborga loyiqdir. “Choy momo” marosimi dehqon 
etishtirgan hosilga zarar etkazuvchi tinimsiz davom etayotgan qattiq shamolni 
to’xtatish vaqtida o’tkaziladi. Bu marosimni “Sust xotin” kabi O’zbekiston 
viloyatlarida keng tarqalgan deb bo’lmaydi. Folklorshunos olimlar “Choymomo” 
marosimini Chimkent viloyatining Sayram tumanida ko’proq o’tkazilib turilishini 
ta’kidlaydilar. “Choymomo” marosimida asosan shamolni to’htatish uchun huddi 
shamolning o’ziga murojat qilinayotgan holatni yuzaga keltiradi. “Choymomo” 
marosimida quyidagi qo’shiq ijro etiladi: 
Choy, choy, choy momo, 
Choy momosi o’libdi, 
O’g’li etim qolibdi, 
Bosa-bosa beringlar. 
Bosilib qolsin bu shamol, 
Uga-uga beringlar, 
Ugilib qolsin quv shamol, 
Oblo-hu, oblo-hu,.. 
Shamol chaqirish marosimi ham ajdodlarimizning qadim zamonlarda o’tkazgan 
odati hisoblanadi. Bu marosim haqida folklorchi olim B. Sarimsoqov faqat bitta 
qo’shiq saqlanganini ta’kidlaydi. Muhammad payg’ambarning kuyovi Hazrat Aliga 
Haydar nomi bilan murojaat qilinadi va shamolni qo’yib yuborishi so’raladi: 
Haydar, ota-onang o’libdir, 
Moli senga qolibdir. 
Bolang suvga oqibdir, 
Shamolingni qo’yvor. 
O’zbeklarning shamol kulti bilan bog’liq mifologik tasavvurlarining matriarxat 
davri e’tiqodiy qarashlariga aloqador turkumi “yalli momo” yoki “yalala momo”, 
patriarxat davri esa yalang’och ota haqidagi e’tiqodiy ishonchlar tizimini tashkil etadi. 


35 
Ular to’g’risidagi xalq qarashlari quyi Zarafshon vohasi o’zbeklarining shamol 
to’xtatish marosimlari tarkibida saqlanib qolgan. 
“Yalli momo” turkiy xalqlar mifologiyasida shakllangan obrazlardan biri bo’lib, 
“choy momo”ga qaraganda qadimiyroqdir. Chunki unda shamol egalariga qurbonlik 
qilishning o’ziga xos bir ko’rinishi — shamol qo’g’irchoq yasab, dafn etish udumi 
saqlangan. 
Xullas, “Yomg’ir chaqirish”, “Shamol chaqirish”, “Shamol to’xtatish” kabi 
mavsumiy qo’shiqlarning xalqimiz orasida hozirgi paytgacha yashab kelayotgan 
dehqonchilik kasbining o’zbeklarda ham qadimiyligini, ham xalqimizning ajdodlar 
yaratgan qadriyatlariga cheksiz hurmat bilan qarashini isbotlaydi. Ajdodlar merosiga 
ehtirom bilan munosabatda bo’lish esa xalqimiz kelajagiga umid bilan qarashimiz 
uchun ishonch hosil qiladi. Bunday mavsumiy marosimlar bugungi kunda ham 
o’rganilib yangidan yangi juda qadimiy lekin ommalashmagan turlarini ham 
folklorshunos olimlarimiz tomonidan aniqlanmoqda. Bu esa folklorchilik namunalari 
safini yanada kengaytiradi. Milliy madaniy boyliklarimiz hazinasini yanada boyitadi.
Surxon vohasida bir necha Folklor Etnografik Xalq ansambllari mavjud. Xozir 
biz fikrimizni “Boysun “Folklor Etnografik Xalq ansambli misolida yuritamiz. Boysun 
“Folklor Etnografik Xalq ansambli bir necha yillardan buyon muxlislarni hushnud etib 
kelayotgan, serjilo, maftunkor jamoa ko’z oldimizga keladi. Boysun tog’ etaklarida 
yashab ijod etayotgan jamoa,Surxon vohasining udumlari, urf odatlari, marosimlari, 
kuy qo’shiqlari, dostonlarini nisbatan buzilmagan holda o’zining betakror ijrosi orqali 
saqlab qolgan va namoyish etmoqda. Ansambl kiyimlaridagi milliylik, erkaklar chopon 
choriqlari, ayollar o’ziga xos milliylik aks etib turgan kiyim va bezaklari, boshlaridagi 
guldor do’ppi –yu tillaqosh va ko’ksilarini bezab turgan zebigardonlarida aks etib 
turadi. Qizil rangli matodan guldor keng kuylak, boshlaridagi Boysuniy do’ppi, 
zebigardon, sochpopuklar ansambldagi qizlarning go’zal husnlariga yana xusn 
qo’shadi. Boysun ijrochilarining tashqi ko’rinishi, ijrolari, repertuarlari, tomosha va 
raqslari muxlislar ma’naviy dunyosini boyitishga, qadimiy urf odatlar va marosimlar, 
an’analarga nisbatan xurmat va e’tiborni yanada kuchaytiradi. Ansambl dasturi boyligi 
va rangbarangligi bilan ko’pchilikni maftun etdi. “ Boysun” Folklor Etnografik Xalq 


36 
ansambli repertuarlarida juda ko’p qadimiy va milliy folklor qo’shiq, kuy,raqslar o’rin 
olgan. “Chaqiriq”, “Arg’amchi”, ”Lolajon”, Sumalak”, “Boy bola“, “Yaq – qu yaq“, 
“O zan – zan”, “Ox jo’rajon”, “Gajak”, “Ko’pkari”, “Navro’z keldi“, “Do’mbiram” 
kabi yana bir necha folklor qo’shiqlarni misol keltirishimiz mumkin. Surxon 
vohasining kalendar marosimlari folklori, o’zining mavsumiy kasb etishi va tarkibiy 
tuzilishiga ko’ra, baxorgi, yozgi, kuzgi marosimlari folkloriga bo’linadi. Mavsumiy 
marosimlari folklori janrlari o’zbek Xalqining tabiatiga xos tasavvurlari, vaqt xisobini 
yuritish bilan aloqador an’ana asosida yuzaga kelgan. Surxon vohasida mavsum bilan 
bog’liq quyidagi folklor janrlari va marosimlari mavjud: 
1.
Baxor fasli bilan bog’liq urf odatlar va marosimlar folklori : “Navro’z” 
“Sumalak”, “Sumalak sayli”, “Sumalak bazmi”, “Yilboshi oshi”, “Yil ayrilish oshi”, “ 
Loy tutish”, “ Qo’sh oshi”, “ Shox moylar”, “Darvishona”, “Sust xotin”, “Lola sayli”. 
2.
Yoz fasli bilan bog’liq urf odatlar va marosimlar folklori: “Hayrli xudoyi”, 
“Tulki qochdi”, “Shoqol qochdi”, “Quyon qochdi”, ”Baraka urug’i”, “Oblo baraka”, 
“Suv sayli “, “Qovun sayli”. 
3.
Kuz fasli bilan bog’liq urf odatlar va marosimlar folklori: “Mexrjon bayrami”, 
“Shinni pishirish”, “Hosil bayrami”, “Hosil to’yi”. 
4.
Qish fasli bilan bog’liq urf odatlar va marosimlar: “Birinchi qor”, “ Qorxat”, 
“Dandana”, “To’kla” va xokazolar. An’anaga ko’ra. Surxon vohasining chorvachilik 
bilan shug’ullanadigan axolisi orasida qo’llaniladigan “Chorva xisobi taqvimi”ga ko’ra 
qo’y qo’zilarni qishki qo’tondan chiqarish, baxor mavsumining boshlanishi, fevral oyi 
oxiri, mart oylarining boshlariga to’g’ri kelsada,chorvachilik va dexqonchilik mavsumi 
bilan bog’liq mehnat faoliyatining boshlanish muddati yilboshi tantanalari bilan 
bevosita bog’liq bo’lgan. Navro’z bayrami nishonlanishi munosabati bilan Surxon 
vohasida”, “Yilboshi oshi”, “Yil ayrilish oshi”, “Shox moylar”, “Darvishona”, kabi 
mavsumiy marosimlar o’tkazilgan. Shu bois yangi oy chiqqanda Xalq orasida turli 
aytimlar aytilgan va jamoa bo’lib kuylaganlar. 
Oyni ko’rlik omon qurdik,
Oxiratga iymon qurdik, 
Oyni ko’rdik oy bo’ldik, 


37 
Qo’shiq kuyga boy bo’ldik.
Qo’shig’i orqali barchani sayilga chorlagan. Surxon vohasiga xos tikilgan 
kiyimlarni kiygan yigitlar va qizlar milliy raqs harakatlari bilan, baxoriy yangilanish, 
yasharish, va yaratuvchilik moxiyatini ifodalovchi paytda, Kayvoni momolar “Xamal” 
qo’shig’ini ijro etganlar. Xamal oyi bilan bog’liq qo’shiq garchi Xalq orasida og’zaki 
tarzda shakllanmagan. Unda xijriy, shamsiy yilning har bir oyiga xos maqollar, shakllar 
va fonologik kuzatuvlar, Xalq ta’birlari asosida yaratilgan, postfolklor ekanligidan 
dalolat beradi. 
Yil boshi xamal – o, 
Dexqonlarga amal – o, 
Savr,savr,savr kirar, 
Ekinlarga davr kirar. 
Javzoda jugdek ekkan, 
Hosilga ko’zin tikkan, 
Saratonda suv quygin – o, 
Asad oyin tek qo’ygin. 
Asad oyi oralab,
Sumbulada saralab, 
Sumbulada suv sovur, 
Mezon oyida kun sovur. 
Aqrab kelar xayqirab. 
Ayozlarni chaldirib, 
Qavs maxal ekkuncha, 
Qovurmoch qil ilimo, 
Dalv yilni cho’t qilar, 
Jaddi rejani but qilar, 
Yaxshi kelsa xut agar, 
Kadi kadi sut qilar. 
Yuqoridagilardan ko’rinadiki qo’shiqlarni har bir misrasi Xalq orasida yilning u 
yoki bu oyi bilan bog’liq maqol tarzida aytilib kelingan poetik asarlardir bizning 


38 
nazarimizda xalq maqollari asosida yaratilgan bu she’riyat matni an’anaviy folklor 
ushbu ijrolarning sahnaviy folklorizm sifatida qayta badiiy ifoda etilgan shakli 
xisoblanadi. 
Surxon vohasida Navro’z tantanalari o’zgacha nishonlanadi. 
Navro’z bayramiga mos taomlar, urf odat an’analar, qo’shiq kuy, raqslar ijro 
etiladi. 
Jumladan: 
“Sust xotin”, “Boychechak”, “Lolajon”, “Boychechak chiqibdi”, “Bor xo kel xo”, 
“Xamal”, “Sumalak”, “Ko’pkari” kabi yana o’nlab qo’shiq kuylar, raqs va o’ziga xos 
ko’rinish va tomosha o’yinlar shular jumlasidandir. 
Surxon vohasida dostonchilik va baxshichilik rivojlangan. O’zbek xalq dostonlari 
barcha ustoz va shogird an’anasida og’izdan og’izga ko’chib etib kelgan. 
“Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlar: “Go’ro’g’lining tug’ilishi”, “Go’ro’g’linig 
bolaligi”, “Yunus pari”, “Misqolpari”, “Gulnorpari”, “Xasanxon”, “Avazning olib 
kelinishi” va “Alpomish”, “Berdiyor”, “Xilomon”, “Berdiyor otaliq”, “Oshiq G’arib 
va Shoxsanam” kabi yuzlab dostonlar baxshilar tomonidan kuylab kelinadi. 
Surxon dostonlari asosan baxshilar tomonidan do’mbira sozi jo’rligida ijro etiladi. 
Boshqa voha va hududlardan ijroni farqi shundan iboratki yopiq ovozda kuylanishidir. 
Qashqadaryo vohasida ham folklor janri o’ziga xosdir. Folklor qo’shiqlari fasl, 
yil, marosim, mehnat qo’shiqlari, doston o’lanchilik kabilarni aytib o’tishimiz 
mumkin. Qashqadaryo folklor yo’nalishi Surxondaryo bilan chambarchas bog’liqdir. 
Qashqadaryo hududidagi ansambllar kuy qo’shiq marosimlari, urf odatlari, namunalari 
bilan folklor san’ati rivojlanishiga o’z xissasini qo’shmoqda Xalq qo’shiqlarida 
“Sumalak”, “Uchib uchib”, “Yakdona sanam”, “Momogul” qo’shiqlari va bir necha 
Xalq o’yinlari bor. Xalq qo’shiqlaridagi har bir to’rtlik mavzu jixatidan xilma xildir bu 
qo’shiqlar mazmuniga xajviy yumoristik bo’yoqlar singdirilgan o’xshatmalar 
mubolag’alar mavjud. Ular ijro etgan tinglovchilarni ma’naviy yuksalishiga da’vat 
etadi. 
Qizaribman xumoringga boshingdagi ro’molingga 
Etti daryo muzlab qoldi elpib o’tgan shamolingga 


39 
Ular ijro etgan o’lanlar ham ezgu niyatlarini izhori bilan ajralib turadi. 
O’lan ayting deganda 
O’lan ayting-o 
O’lan aytgan odamni
Dardi yo’qtir-o
Yana ularda pichoq, yakka oyoq raqslarida Qashqadaryo hududining o’ziga xos 
usullari o’ziga xos namoyon bo’ladi. 
Qashqadaryoda faoliyat ko’rsatayotgan folklor etnagrafik ansambllar o’z dasturi 
va ijro uslubi bilan qadimiy qo’shiq va raqslari, urf odat va marosimlarni namoyish 
etmoqda. Dasturlar rang barangligi hududiy jixatlari bilan folklor rivoji san’atiga katta 
xissa qo’shib kelmoqda. 
Qashqadaryo Surxondaryo vohasi O’zbek folklor san’atiga o’zining boy jixati 
bilan xissa qo’shgan. Ushbu boyliklarni o’rganish va ijro usullarini o’zlashtirish 
kelajak avlodlar oldida turgan eng dolzarb mavzulardan biri. 
Surxondaryo viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan folklor etnografik Xalq 
ansambllari. 
1.
“Zevari” folklor etnografik Xalq ansambli Sarosiyo tumani madaniyat va 
aholi dam olish markazida. 
2.
“Boysun” folklor etnografik Xalq ansambli Boysun tumani madaniyat va 
aholi dam olish markazida. 
3.
“Bulbuligo’yo” folklor etnografik Xalq ansambli Sho’rchi tumani madaniyat 
va aholi dam olish markazida. 
4.
“Qo’ng’irot” folklor etnografik Xalq ansambli Qiziriq tumani madaniyat va 
aholi dam olish markazida. 
5.
“Quralay” namunali Bolalar folklor etnografik ansambli Boysun tumani 
madaniyat va aholi dam olish markazida. 
6.
“Maxliyo” folklor namunali bolalar etnografik ansambli Qumqo’rg’on 
tumani madaniyat va aholi dam olish markazida. 
7.
“Jayxun” folklor etnografik Xalq ansambli Termiz davlat universiteti. 


40 
8.
“Dashnobod anori” folklor etnografik Xalq ansambli Sarosiyo tumani 
madaniyat va aholi dam olish markazida. 
9.
“Sharshara” folklor etnografik Xalq ansambli Oltinsoy tumani madaniyat va 
aholi dam olish markazida. 
1982 yilda Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida Madaniyat uyi qoshida 
“Bulbuligo’yo” folklor Xalq etnagrafik ansambli tashkil etildi ansamblga Raxmatillo 
Mo’minov raxbarlik qildi o’z faoliyati davrida unitilib ketayozgan yuzdan ortiq folklor 
kuy qo’shiqlar raqslar, mahalliy urf odat, udumlarni qaytadan tikladi.Sibzg’ada 
chalingan “Kakku”, “Bedana sayrashi”, “Xayinchak”, “Yorga salom”, “Bulbul 
sayrashi”, “Chaqiriq”, “Andarxayo”, “Xudoga nola”, “Xililayor”, chanqovuzda 
chalingan “O’yin bazmi”, “Yor izlab”, “Guli ko’ka”, “Cho’pon chalish”, “Oqvo”, 
“Barchinoy”, “Ot chopish” kuylari va “O’zbegim alplari”, “Qshig’im qo’shiq”, 
“Xo’ppa xo’p”, “Xut keldiyo”, “Shodonimchoq”, “Podachi”, “Bibigul”, “Oldimxo”, 
“Sottimxo”, “Xizrispand”, “Sumalak”, “Oynamo”, “O’rmagin”, “Juppa tog’”, 
“Jigitpirlari” va boshqa kuy qo’shiq raqslar omma o’rtasida shuxrat qozondi.
Qashqadaryo viloyatida faoliyat Xalq ko’rsatayotgan folklor etnografik 
ansambllari. 
1. ”Momogul” folklor etnografik xalq ansambli. Qarshi tumani madaniyat va 
aholi dam olish markazida. 
2. ”Chiroqchi chiroqlari” folklor etnografik xalq ansambli.Chiroqchi tumani 
madaniyat va aholi dam olish markazida. 
3. ”Zanjirsaroy” folklor etnografik xalq ansambli. Muborak tumani madaniyat va 
aholi dam olish markazida. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish