Folklor jamoa ijrochiligi



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/40
Sana02.04.2022
Hajmi4,55 Mb.
#524346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
fayl 1607 20210825

Mas’ul muharrir: 
Sh.Usmonov – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona 
mintaqaviy filiali, dotsent 
Taqrizchilar: 
Sultonali Mannopov - Farg’ona davlat universiteti, professor, O’zbekiston xalq 
artisti 
Rafiqjon Ahmedov - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 
Farg‘ona mintaqaviy filiali “Xalq ijodiyoti” kafedrasi mudiri. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 
Farg‘ona mintaqaviy filiali ilmiy Kengashining 2020-yil 30-iyundagi 10-sonli qaroriga 
asosan chop etildi. 



Kirish 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o’zbek xalqi milliy qadriyatlari, 
milliy madaniyati o’zining betakror san’ati, mumtoz maqom ashulalari, Xalq og’zaki 
ijodi, vaxolangki barcha san’at janrlari qaytadan jonlanib, tiklanib, jaxonga yuz tutdi.
Davlatimiz san’at va adbiyotimiz, teatr san’atimizning rivojlanishi uchun alohida 
e’tibor berib, barcha shart sharoitlarni yaratib berdi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O’zbekiston davlat san’at va madaniyat 
institutining Farg’ona mintaqaviy filialini tashkil etish to’g’risida”gi qarorining qabul 
qilinishi mamlakatimizda madaniy, ma’naviy taraqqiyotiga davlat miqyosida e’tibor 
berilayotganini yana bir yorqin isboti bo’ldi. o’zbekistonda yosh avlodni etuk, bilimli, 
saloxiyatli, barkamol qilib voyaga etkazish, vatanimiz kelajagi vorislari uchun barcha 
g’amxo’rliklar qilinmoqda.Yoshlarimizning ta’lim olishlari uchun ko’plab 
imkoniyatlar mavjud. 
Hurmatli kitobxon, ushbu qo’llanma xam bo’lajak ashulachi, qo’shiqchi, Xalq 
og’zaki ijodi durdonalari bo’lmish folklor etnografiya yo’nalishi talabalari uchun 
mo’ljallangan bo’lib, ularni o’z soxasini mukammal egallashlari uchun xizmat qiladi. 
Ushbu qo’llanmadan Folklor etnografiya yo’nalishidagi, folklor yakkaxon 
xonandalari, folklor jamoa ijrochiligi mutaxassislari, ya’ni O’zbekiston Davlat san’at 
va madaniyat instituti Folklor etnografiya yo’nalishi, Ashula va raqs yo’nalishi, musiqa 
va san’at maktablari o’quvchilari, Tumanlar madaniyat va aholi dam olish 
maskanlarida tashkil topgan folklor etnografik ansambllar, joylarda faoliyat 
ko’rsatayotgan to’garaklar foydalanishlari mumkin. Ushbu qo’llanmada barcha 
jarayonlar milliylik ruxi bilan uyg’unlashgan bo’lib, talabalar, o’quvchilar, umuman 
san’at yo’lini tanlagan yoshlar uchun birinchi ilk qadamida nimalarga e’tibor berish 
kerakligini, ya’ni ovoz shakllantirish, nafas olish mashqlari, ovoz sozlanishi, ovoz 
chiqarish uslublari, unli va undosh tovushlar, so’z, matnlar talaffuzi, sahna madaniyati 
kabi bilimlarni o’z ichiga olgan. O’zbek Xalqining musiqa boyliklarini to’plash va 
o’rganish, uni yosh kelajak avlodlarimizga o’rgatish, ustoz shogird an’analarini izchil 
davom ettirish xozirgi kunda muxim va dolzarb vazifalarimizdan biridir.Ushbu musiqa 



va san’at boyliklaridan ijodiy foydalanish uchun ularni har tomonlama chuqur va 
mukammal o’rganish lozim. 
Tarixiy yodgorliklar, ko’xna yozma asarlar, arxeologik qazilmalar, o’zbek Xalq 
og’zaki ijodini, milliy san’atimizni juda qadimiyligidan dalolat beradi. Har bir san’at 
janrining boshlanishi, ibtidosi Xalq og’zaki ijodi maxsulidir. Demak san’atimizning 
eng qadimiy manbalari Folklor shunoslik Xalq og’zaki ijodi, ya’ni folklor qo’shiqlar, 
allalar, yallalar, mehnat va marosim qo’shiqlari, maqollar, matallar, ertak, afsona, mif, 
asotir, rivoyatlar, doston, o’lanlar asosida tarkib topgan, bunga misol tariqasida 
qadimgi davr folklori, marosim folklori, bolalar folklori, Xalq lirikasi, folklor va 
yozma adabiyot, o’zbek xalqining epik janrlari tizimi, Xalq dostonchiligi, dostonchilik 
maktablari, ularni epik an’analari, turkiy Xalqlar folklorini o’zaro aloqalari, og’zaki 
teatr va Xalq tomosha san’ati, og’zaki, an’anaviy Xalq qo’shiqlari, musiqalari, barcha 
voha va hududlarga xos raqs san’atlarini alohida tilga olishimiz mumkin. 
Qadim qadim zamonlardan folklor asarlari namunalarini laparchilar, o’lanchilar, 
askiyachi va qiziqchilar, qo’g’irchoqbozlar, roviylar, maddox va ertakchilar, baxshilar, 
dostonchilar, qo’shnochlar Xalq o’rtasida ijro etishgan va targ’ib qilishgan. 
Ushbu ijrochilar asrlar davomida Xalq og’zaki ijodini rivojlantirgan va 
mukkammal xolatga keltirgan desak mubolag’a bo’lmaydi.Folklor atamasining o’zi 
nima ushbu atama qanday ma’noni anglatadi degan savol tug’iladi. 
Bu savolga javob shunday.Folklor atamasini birinchi bor 1803-1885 yillarda 
yashab o’tgan ingliz olimi Vilyam Toms o’zining “THE FOJKLORE” maqolasida izoh 
berib o’tgan. Ya’ni “FOJK”-bu Xalq, JORE-bilim, donishmandlik ma’nosini anglatadi. 
Demak, 
“FOLKJORE”- Xalq donoligi, Xalq donishmandligidir. O’zbek 
folklorshunoslari va olimlari yillar davomida Xalq og’zaki ijodiga oid bir necha yuzlab 
asarlarni bizga yozib qoldirganlar.Bulardan G’ozi olim Yunusov, Xodi Zarif, Abdulla 
Alaviy, Yunus Rajabiylar qadimgi Xalq og’zaki ijodi namunalari, folklor asarlar, 
qo’shiq laparlarni, ko’plab asarlarni jamlab kitoblar, risolalar, qo’llanmalar shaklida 
nashr ettirganlar.O’zbek folklor asarlari, Xalq og’zaki ijodi namunalarini, to’plab, 
milliy urf odatlar va udumlarni o’ziga xos uslublarini o’zining ko’plab asarlari, 
risolalari, qo’llanma va maqolalarida keng yoritgan folklorshunos olima Muzayyana 



Alaviya juda ko’plab ijodiy ishlarni amalga oshirgan.U barcha hududlarga borib o’sha 
joyning og’zaki ijodi namunalari, qo’shiq, kuy, laparlari, marosim qo’shiqlari, o’lan, 
yor- yorlari, afsona, rivoyat, ertaklari, joylardagi baxshilar, doston ijrochilaridan Xalq 
dostonlari va termalarini yozib olgan. Olimaning “O’zbek Xalq qo’shiqlari” (1955), 
“Yangi qo’shiqlar” (1959), “O’zbek folkloridan namunalar” (1955),” Oq olma qizil 
olma” (1979),” Xalq qo’shiqlari” (1983) va yana ko’plab asarlari fikrimizning yaqqol 
dalilidir. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish