Folklor jamoa ijrochiligi


Qoraqalpoq folklor yo’nalishi



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana02.04.2022
Hajmi4,55 Mb.
#524346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
fayl 1607 20210825

Qoraqalpoq folklor yo’nalishi.
Qaraqalpoq qo’shiqlari xalq ijodiyoti bilan 
birgalikda rivojlanib kelgan san’at sifatida. Qaroqalpoq xalq qo’shiqlari tematika 
jihatdan har xil musiqali janrlarga egaligi. Qaroqalpoq xalq qo’shiqlari bir necha 
tiplarga bo’linishini o’rganish. Marosim va bayramlarda qoraqalpoq folklor 
qo’shiqlarining tutgan o’rni haqida dastlabki ma’lumotlarlarni berish. Tanlangan 
asarning tarixi va umumiy ijrochilik tasnifi. Boshlang’ich ijrochilik ko’nikmasini hosil 
etilgandan so’ng bosqichma-bosqich murakkablikka erishish.Musiqiy ijrochilikka xos 
muammolarni o’rganish, ijro usuli va uslubi, dinamik qurulishi, tabiatiga oid 
mashqlarni o’rgatish. 
Yuqoridagi voha va hududlarning o’ziga xos ijro yo’llari, uslublari,urf odat va 
udumlarini qo’llanmaning navbatdagi saxifalarida keng va mukammal yoritib beriladi. 
Xalq og’zaki ijodi qanday va qay xolatda yaratilgan degan savol tug’iladi. 
Qadimiy odamlar, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumida, barcha urf- odat udumlar, 
an’analar,shuningdek qo’shiq, kuy, lapar,o’lanlar, yallalar, allalar, ertak, mif 
asotirlar,rivoyatlar, doston va termalar barchasi ularning turmush tarzidan kelib 
chiqqan. Masalan erkaklar ovga chiqishganda(yakka va jamoa bo’lishib), ovi baroridan 
kelsa ularning barchalari o’z xursandchiligini biror bir narsani, oxangni(balki biror 
qo’shiq yoki ashula desak xam to’g’ri bo’lishi mumkin) xirgoyi qilib kelishgan.Ular 
o’z yashash joylariga etib kelishganda, ayollar va bolalar xam ularga jo’r bo’lishib 
kuylashganlar.
Ov baroridan kelmagan xolatlarda boshqacharoq ovoz bilan nola qilib 
kelishgan(mungliroq, dardliroq oxangda). Xullas shunday jarayonlarda kichik kichik 
oxanglar, qo’shiqlar yaratila boshlagan. Onalar qo’shig’i alla yaratilishini xam o’zga 
xos tarixi bor, ko’plab rivoyatlar bor.Qadim qadimda bir oila, ota ona farzand 
ko’rishgan. Chaqaloq oziqlansa xam yig’idan to’xtamagan va yig’layvergan 
yig’layvergan. Shunda onasi bolaning qiynalayotganini ko’rib chidolmasdan nola 
chekib yuboradi.



Bola birdan yig’lamay qoladi.Lekin onani ovozini eshitmay qolsa yana yig’lay 
boshlaydi. Endi ona uzoqroq oxangni xirgoyi qiladi.Ushbu onasi nolasini eshitib 
chaqaloq tinch yotib quloq soladi va bir muddatdan so’ng orom olib uxlab qoladi. 
Demak har kuni shu tarzda chaqaloq uxlatiladi.Birqancha vaqtdan keyin ona o’zi 
to’qigan so’zlardan alla ayta boshlaydi. Allalar manashunday yaratilgan bo’lsa kerak. 
Keyinchalik alla bu ollox, ya’ni olloxga shukronalik, iltijo, xamdu sano kabi ma’nolari 
borligini ma’lum bo’lgan. Avvalda qadimiy odamlar faqat ovchilik bilan 
shug’ullanishgan bo’lsa, asta sekin erga urug’ ekib erdan hosil undirib dexqonchilik 
bilan tirikchilik qilish sirlarini o’rgana boshlashdi. Albatta erdan hosil o’ndirish, 
dexqonchilik fasllar bilan bog’liq bo’lgani uchun mehnat qo’shiqlari, xamda yil 
fasllariga oid qo’shiqlar yaratila boshlandi. Mehnat qo’shiqlariga; Hosilni yig’ib olish, 
erga urug’ qadash, er haydash, yomg’ir chaqirish, shamol chaqirish, shamol haydash 
kabi marosim qo’shiqlari kiradi. Ushbu marosim qo’shiqlarni yakka va jamoa bo’lib 
ijro etishgan. Marosimlarga mos so’zlar oxangida qo’shiq, o’lan, laparlar yaratishgan. 
Xalq og’zaki ijodi shu tariqa yillar, asrlar davomida shakllanib,sayqallanib bizning 
davrimizgacha etib kelgan. Xalq og’zaki ijodidan o’zbek Xalq qo’shiqlari, 
Shashmaqom, Professonal san’at namunalari, umuman musiqa va san’atimizning 
barcha janrlari rivojlangan va mukammal darajaga etib kelgan. Xozigi kunda xam 
folklor etnografiya, Xalq og’zaki ijodi namunalari xayotimizda alohida o’rin tutadi, 
Xalqimiz turmush tarzi bilan chambarchas bog’liqdir. Yuqorida ta’kidlab 
o’tganimizdek har bir hudud, vohani o’ziga xos ijro yo’li, uslubi, yo’nalishi bor. Urf 
odatlari, an’analari, udumlari, shuningdek marosimlari, marosim va mehnat, yil 
fasllariga xos qo’shiqlari, yor-yor, kelin salom, o’lanu alyorlari bir biridan farq qiladi. 
Ushbu joylarda ijro etiladigan asarlarda, asar so’zlarida hudud, voha shevalari ajralib 
turadi. Raqs harakatlarida, kiyim boshlarida xam o’ziga xosligini anglash qiyin emas. 
Joylardagi Xalq og’zaki ijodi namunalari ijrosi turlicha bo’lishi bilan birga 
qo’shiqlarga jo’r bo’ladigan musiqa asboblari xam o’sha joyni o’ziga xos takrorlanmas 
oxanglari bilan uyg’unlashtiradi. Folklor qo’shiqlariga quyidagi musiqa asboblari jo’r 
bo’lishi maqsadga muvofiqdir:
1. Musiqa jo’rligisiz(akapella) ijro etiladi. 


10 
2. Dutor, doira jo’rligida. 
3. Rubob, doira jo’rligida. 
4. Tor, doira jo’rligida. 
5. Tor va garmon (akkardeon) jo’rligida. 
6. Tor, garmon va qo’shnay jo’rligida. 
7. Dombra jo’rligida. 
8. Doiralar ansambli jo’rligida. 
9. Sozandalar ansambli jo’rligida. 
Joylarga qarab yana quyidagi musiqa asboblari qo’shiq kuylarga jo’r bo’lishi 
mumkin. 
1. Qayroqtosh. 
2. Sibizg’a. 
3. Chanqovuz. 
4. Loyxushtak. 
5. Nay, qo’shnay. 
6. Qo’shnay. 
7. Shiqqildoq. 
8. Turli xil puflab chalinadigan musiqa asboblari. 
Xullas Xalq og’zaki ijodining folklor jamoa ijrochiligi va yakka ijroda barcha 
asarlar yigit qizlar ovoziga mos ravishda o’rgatiladi. Qo’shiq qismlari yigitlar va qizlar 
ovozlariga imkoniyatlariga qarab bo’linadi, o’rgatiladi. Bazi joylarini ijrochilarning 
xammasi jo’rlikda kuylashadi, bazi joylarini yigitlar va qizlar alohida alohida ijro 
etishlari mumkin.Ushbu qo’llanmada “Folklor jamoa ijrochiligi”va “yakkaxon 
qo’shiqchilik”fani uchun ijro usullari, ovoz mashqlari,ovoz ko’lami (diapazoni)ni 
rivojlantirish mashqlari, barcha voha va joylarni urf odatlari, udumlari, ijro uslublari, 
o’z hududlariga xos qo’shiq kuylari, mehnat va marosim qo’shiqlari xaqida batafsil 
ma’lumot berishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. O’ylaymizki bu qo’llanma 
O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti, musiqa va san’at kollejlari talabalari, 
musiqa va san’at maktablari o’quvchilari, folklor etnografik ansambllar jamoalari, 
madaniyat va aholi dam olish maskanlarida tashkil etilgan to’garaklar a’zolari uchun 


11 
mo’ljallangan bo’lib “folklor jamoa ijrochiligi”, “folklor yakkaxon qo’shiqchiligi” 
fanlari xaqidagi bilimlarini, tushunchalarini, tasavvurlarini yanada boyitishga o’z 
xissasini qo’shadi degan umiddamiz. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish