Buxoro viloyati o’ziga xos xalq og’zaki ijodi uslublari
Ko’xna va qadimiy, tarixiy vohalardan biri Buxoro viloyati o’zining bebaxo
moddiy yodgorliklari bilangina emas,balki ma’naviy olami,nafis betakror san’ati bilan
xam mashxurdir. Insonga olam, olam shodlik, quvonch baxsh etuvchi, yaxshilik,
ezgulik urug’larini sochuvchi, inson qalbini larzaga soluvchi, ruxiga o’zgacha ta’sir
etuvchi, mumtoz musiqa merosimiz “Shashmaqom”i, adabiyot she’riyati, folklor
etnografiyasi, xalq og’zaki ijodi namunalari, betakror go’zal raqslari bilan o’ziga
41
maftun etadi. Buxoro san’ati moddiy boyliklari – yu ma’naviy boyliklari, o’zining ilk
poydevoridan boshlab, do’st birodarlik asosiga qurilgan,qon – qarindoshlik g’oyalari
bilan yo’g’irilgan. Buxoro viloyati o’ziga xos xalq og’zaki ijodi uslublaridagi qadimiy
kuy qo’shiqlari, raqslari, folklor ijodi namunalari, urf – odat,udumlari o’ziga xos
aloxida o’rni bor.
Buxoroda faoliyat ko’rsatayotgan folklor etnografik xalq ansambllari.
1. ”Moxi sitora folklor etnografik xalq ansambli. Buxoro shahar madaniyat va
aholi dam olish markazida.
2.”Nozanin “ folklor etnografik xalq ansambli. Buxoro shahar madaniyat va aholi
dam olish markazida.
3.”Mardona “ folklor etnografik xalq ansambli. Vobkent tumani madaniyat va
aholi dam olish markazida.
4.”Afshona “ folklor etnografik xalq ansambli. Peshku tumani madaniyat va aholi
dam olish markazida.
5.”Qasri Orifon“ folklor etnografik xalq ansambli. Kogon tumani madaniyat va
aholi dam olish markazida.
6.”Mirishkor“ folklor etnografik xalq ansambli. Peshku tumani madaniyat va
aholi dam olish markazida.
7.”Mavji Buxoro“ folklor etnografik xalq ansambli. Buxoro tumani madaniyat va
aholi dam olish markazida.
Xurmatli kitobxon xozir biz siz bilan fikrimizni Buxoro viloyatida eng ko’zga
ko’ringan folklor etnografik xalq ansambllardan biri.”Moxi sitora folklor etnografik
xalq ansamblining ijodiy faoliyati bilan davom ettiramiz. Ansambl xalq ijodining
o’ziga xos jozibasi–yu, ma’naviy kamolotini, zamonga xamnafasligi-yu nafosatini
tarannum etib kelayotgan jamoalardan biridir. Jamoaning shuxrat qozonishida Tamara
Toshboyeva, folklorshunos olima Saodat Yo’ldoshevalarning beqiyos xizmatlari,
mehnatlari bor. Ansambl repurtuaridagi 200 - dan ortiq xalq qo’shiq va raqslari Buxoro
san’ati uslubining o’z xolatida, o’z jozibasi bilan saqlanganligi sezilib turadi. Jamoada
ijod qilib kelayotgan iste’dodli san’atkorlar Xusan Kozimov, Fozil Sharipov,
Bog’dagul To’rayeva, Olim Bozorov, Manzura Kenjayeva, Shafoat Jumayeva, Alloma
42
Ro’ziyeva, Muazzam Sa’dullayeva, Gulnora To’laganova ijro etgan “Moxi Buxoro “,
“nog’ora”, “Qayroq”, “ Zang”, “Yor omad”, “ Uf dilam”, “ Chorzarb”, “ Orzu”, “
Murg’ak”, “Jon Xasanjon”, “Ko’zlarim senda mudom”, “Begimjon”, “ Sebak”, “
Jamalagi tillo qizgina”, “Sumalak” kabi qo’shiq va raqslarida Buxoroning o’tmishi, urf
odatlari, xalq og’zaki ijodi namunalarini madx etadi.
Buxoro folklor etnografik xalq ansambllari o’ziga xos yo’nalish va uslubga
egadir. Ularni Buxorocha zardo’zi ko’ylaklari, choponlari, do’ppilar, etik
maxsilarigacha xalqimizning boy madaniy merosi va ma’naviy dunyosini ko’z
oldimizga keltiradi. Jamoalarda “Mavrigixon”, ya’ni “Shavod”, “Sarxona”,
“Miyonxona”, “Gardon”, “Chorzarb”ni o’z ichiga olgan termalar, ular repertuarlaridan
o’rin olgan. “Mavrigi “ asosan buxoro vohasiga xos bo’lib, asrlar davomida, qadim
qadimdan ijro etib kelingan xalq og’zaki ijodining boy namunasidir. U qo’shiq va
raqslardan tashkil topgan go’zal oxanglar majmuasi bo’lib, Buxoro ijro maxorati, ijro
uslubi, ijro hususiyatlarini nomoyon etadi. “Mavrigi” iborasining ma’nosi nima degan
savolga javob quyidagicha, “ Mavrigi” iborasi Buxoroga Xurosonning har joylaridan
ko’chib kelgan,ayniqsa Mavriylik Eroniylarga taaluqli bo’lgan “ Mavriy” so’zidan
kelib chiqqan.(Mavriy bu Turkmanistonni Mari shaxridir).
Eroniylar musiqiy ijodiyoti Buxoroliklar orasida keng tarqalib, mahalliy
madaniyat, udum, urf odat, san’ati ta’sirida birmuncha o’zgarishlarga sabab bo’lgan.
Natijada Buxoro musiqiy folklorida yangi musiqiy oqim “Mavrigi ” yaratildi. Ushbu
oqim aloxida turkum sifatida
Asrlar, yillar davomida, ustoz san’atkorlar ijrochilik maktabida sayqallanib,
mukammallashgan holda bizning davrimizga etib kelgan. Xozirda ushbu yo’nalishda
bir necha jamoalar, ko’plab san’atkorlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Buxoro “Mavrigi” 19 -20 – asrlarda rivojlangan qadimiy xalq qo’shiqlaridan
iborat bo’lib asosan doira jo’rligida ijro etiladi. U “Shaxd” – Boshlanishi, “Taraqqiyot”
- rivojlanishi, “Pirovard ” tugun kabi qismlardan iborat bo’ladi. Qismdan qismga o’tish
esa o’zaro zanjir sifatida bir biriga bog’lanadi. “Shaxd” ijro etiladigan qo’shiqlar iungli
nola bilan boshlanadi va erkin usulda kuylanadi. Bu qo’shiqlar o’zining ichki
maqomiga ega bo’lib, guyo bir kichik asar yoki kichik bir dostondek bo’ladi.Bunda
43
lirik va dramatik janrlar uyg’unligi namoyish etiladi. “Shaxd” ila ruxiy kamolotga
erishishga imkoniyat yaratiladi. Qo’shiqlarni avval, mungli, oxista, so’ng biroz
ko’tarinki rux baxsh etishi, yanada o’ynoqi, sho’xroq kuylanishi ruxiy parvozga
boshlaydi, elitadi. Taraqqiyot – bu davr, badiiy kompozisiyaning bir ko’rinishi bo’lib,
unda rang barang ruxiy xolatlar almashinib, ijroda ko’tarinkilik, shiddat kasb etadi. Bu
qo’shiqlar tizimi qisqa bo’lib ichki va tashqi maqomi jixatidan xilma xildir.U inson
qalbini zavqlantirib,ruxiy poklikka chorlaydi., “Pirovard” – ushbu yakuniy davr badiiy
ijroni eng yuqori avjidir, bunda insonni ruxiy olami kuylanadi. Olami sag’ir (inson)
ruxiy xolati, olami kabir (koinot) uzra sayoxat qilib o’zaro uyg’unlikka erishadi. Qalb
ko’zi ochilib iloxiy ishq jozibasi paydo bo’ladi.
Folklor ijrochisi Oliyaxon Xasanova jamoa dasturiga Buxoroning o’ziga xos
raqslari, qo’shiq kuylari, urf odat, udum, marosimlarini kiritib uni jamoa
qatnashchilariga sidqidildan o’rgatgan. “Kelin salom”, “Kuyov salom”, “Xinabandon”,
“Yor yorlar”, beshik to’yi, muchal to’yi jamoa a’zolari tomonidan maxorat bilan ijro
etilgan. Ularning ijrolari, uslublari sof va qadimiyligidan darak beradi. Buxoroning
kuy, qo’shiq, raqslari, o’ziga xos milliy kiyim kechaklari, ramziy, ya’ni ikki tilli,
o’zbek va tojikchada o’z ifodasini topadi, o’zgacha fayz beradi. Buxoro vohasidagi
barcha folklor etnografik xalq ansambllar repertuari hoh o’zbekcha bo’lsin, hoh
tojikcha bo’lsin, ijrolar har ikki xalqning o’tmish xayoti manzaralari, tarixi, barcha xalq
og’zaki ijodi namunalari, o’tgan zamon dard alami, tashvish, nadomatlarini ifoda
etganini, uyg’unlashtirganini xis etamiz. Ayni paytda bu kuy qo’shiq raqslarda va
barcha sahnaviy ko’rinishlarda bugungi farovon turmush tarovati, istiqlolimizning
istiqboli, jozibasi, baxtli hayotimiz tarannum etilayotganini guvoximiz. Buxoro folklor
ijro uslubi, barcha repertuarlari xalqchilligi milliyligi bilan boshqa hududlardan ajralib
turadi.
O’zbekistonda uzoq o’tmishdan, moziydan, uzoq va yaqin tariximizdan
so’zlovchi, eslatuvchi juda ko’p shaharlarimiz, joylardagi obidalar, osori atiqalar, urf
odat, udum va o’ziga xos marosimlarimiz bor. Ana shunday tarixiy shaharlardan biri
go’zal va betakror Samarqand shaxridir. “Samarqand ro’yi zamin ast” iborasi naqadar
to’g’ri ekanligiga yana bir bora ishonch hosil qilamiz. Samarqand viloyati san’ati, ijodi,
44
adabiy muxiti, xalq og’zaki ijodi, mumtoz musiqa merosi o’zining betakror namunalari
bilan uzoq o’tmish, moziydan bevosita habar beradi. Samarqand vohasi xalq og’zaki
ijodi juda ko’p jixatlari bilan Buxoro yo’nalishiga o’ta yaqinligidan dalolat beradi.
Samarqand viloyatida xam o’ziga xos folklor ijro uslubi, kuy, qo’shiq, raqslari,, urf
odat, udum, marosimlari bor.
Samarqand viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan folklor etnografik xalq ansambllari.
1.“Beshqarsak” “ folklor etnografik xalq ansambli. Urgut tumani madaniyat va
aholi dam olish markazida.
2. “Sarbozi” folklor etnografik xalq ansambli. Kattaqo’rg’on tumani madaniyat
va aholi dam olish markazida.
3. “Chavqi” folklor etnografik xalq ansambli. Bulung’ur tumani madaniyat va
aholi dam olish markazida.
Xozirda o’z faoliyatini olib borayotgan. “Chavqi” folklor etnografik xalq
ansambli repertuarlari turlichadir. “Chavqi”o’ziga xos etnofolklor xodisasi bo’lib, turfa
laparlar, raqslar, qo’shiq va o’yinlarni o’z ichiga olgan.
Chavqi kechqurun o’tkaziladigan o’yinlardir. Sunnat to’ylarda, sayillarda ushbu
o’yin ko’rsatilgan. Kech qorong’i tushganda, kunduzi tayyorlangan o’tinlar taxlab
yoqilib, gulxan atrofidi mexmonlar o’tirishadi. Laparchi, qo’shiqchi, o’yinchi,
qarsakbozlar o’z san’atlarini namoyish etadilar. Buni boshqa marosimlardan farqi
musiqa asboblari jo’rligisiz ijro etiladi. Qo’shiq ritmini ishtirokchilar qarsagi boshqarib
usul berib turadi. Boshlanishida bir qarsak, o’yin davomida qarsaklar soni ortib
boraveradi. Ushbu marosim vohaga xos marosimlardan biridir. Bunda qadimiy
laparlar, qo’shiqlar, o’lanlar, aytishuvlar, raqslar, turli turfa milliy o’yinlar ijro etilgan.
Bu marosimlar xozirgi sunnat to’ylarida o’tkazalayotgan “Bazm”larga bir
jixatidan o’xshab ketadi. Usha joydagi yoshi ulug’, keksa otaxonlardan “Chavqi” bu
nima deb so’ralganda “Chavqi” bu gulxan, olov deb javob berganlar.
Ushbu ansambl ijrosidagi asarlarni 6- guruxga bo’lib o’rganish mumkin
1.
Laparlar turkumidagi o’yinlar.
2.
Beshqarsak turkumidagi o’yinlar.
3.
Qo’shqarsak turkumidagi o’yinlar.
45
4.
Yakkaqarsak turkumidagi o’yinlar.
5.
Xalq qo’shiqlari ijrochiligi turkumidagi o’yinlar.
6.
Dutor jo’rligidagi ijro turkumidagi o’yinlar.
Lapar turkumidagi o’yinlarni laparchii o’zi qo’shiq so’zi, mazmuniga mos qilib
bajarib borgan. Jamoa esa naqoratiga qarsak bilan qo’shilib jo’r bo’lgan.
Lapar turkumidagi o’yinlarga “Chamanda gul”, “Gullola”, “Gul shaydo”, “Yorim
uyg’onsin”, “Chamannoringdan”, kabi qo’shiq va laparlar kirgan.
Beshqarsak turkumidagi o’yinlar xazil mutoyibaga xos qo’shiq, lapar, o’lanlar
bo’lgan. Qo’shiqlar harakat va raqs uyg’unligida asar ma’nosini ochib beradi.
Qarsak ritmni boshqarib turuvchi vazifasini bajaradi.
Qo’shqarsak turkumidagi o’yinlarni qo’shiqchi boshqarib boradi, jamoa qarsak
bilan naqoratiga jo’r bo’ladi. Bunga “Hoy bola bola”, “Tarallixo”, “Gul qaychi”, “Hay
yor yor”, “Zebomxon” kabi qo’shiq va o’yinlar kiradi.
Yakkaqarsak turkumidagi o’yinlar bir hil ritmda ijro etiladi.“La’libadaxshon”,
“Mayda mayda”, “Olmacha”, “Yakdona”, “Taralli yalli”, “Kichkina bola” kabi
o’yinlar kiradi.
Chavqi qarsakda ijro etilgan keyinchalik dutor va qo’biz unga jo’r bo’lgan. Unga
“O’ynasin”, “Gulyor”, “Beshqarsak”, “Yodingda tursin”, “Vax vax to’ram”kabi kuy
va qo’shiqlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
Xalq qo’shiqlari ijrochiligi turkumidagi o’yinlar va dutor jo’rligidagi o’yinlarda
xam shu tariqa barcha o’yinlar jamoa bo’lib ijro etiladi.. Samarqand viloyati san’ativa
ijodida milliylik aks etib turadi. O’ziga xos repertuarlari, kiyimlari, to’n, do’ppi,
belbog’, maxsi, etiklarigacha tomoshabin e’tiborini tortadi.
Samarqandda bir necha buyuk ustoz san’atimiz darg’alari yashab ijod etganlar.
Shashmoqom, O’zbek xalq qo’shiqlari mohir ijrochisi, sozanda, bir necha mumtoz
ashulalar bastakori Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomini aloxida xurmat va extirom
bilan tilga olamiz(1854 - 1936). Ustoz yoshligidan san’at va musiqa, qo’shiq, ashula
ilmini chuqur o’zlashtirgan. U xofiz, tanburchi, ijrochi, sozanda bo’lishi bilan birga
mumtoz musiqa merosimiz xazinasidan o’rin olgan bir necha ashula va qo’shiqlarni
bastakori edi.” Guluzorim”. Navoiy g’azali, “Ushshoq” Navoiy g’azali, “Samarqand
46
ushshog’i” Zebuniso g’azali, “Bozirgoni” Fazliy g’azaliga Vola muxammasi,
“Beboqcha” Fuzuliy G’azaliga Amiriy muxammasi, “Abduraxmonbegi” Muqimiy,
“Ko’zlaring” Muqimiy nomli ashulalarni sevib tinglamagan inson topilmasa kerak. Biz
biroz mumtoz musiqa merosimiz xaqida tushuncha berib o’tdik.
Samarqand vohasida xam barcha asarlar o’zbek va tojik tillarida ijro etilgani ikki
xalq o’rtasidagi o’zaro do’stlik, birodarlik qavm qarindoshlik rishtalari bir biriga
mustaxamligidan dalolat beradi.
Samarqandda xalq og’zaki ijodi, folklor etnografiya rivojlangandir. Ushbu voha
san’ati, uslubi, barcha yo’nalishlarini chuqur va mukammal o’rganib uni yosh, kelajak
avlodlarimizga sof, asl holida etkazish barchamizni oldimizda turgan muxim va
dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |