Folklor hududlariga xos xalq qo’shiqlari bilan tanishtirish, asar matnini
to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish
Farg’ona-Toshkent ijro uslubi
Farg’ona-Toshkent folklor ijrochiligida Xalq og’zaki ijodi ya’ni og’izdan og’izga
ko’chib kelgan yoki ustoz shogird an’anasidagi asarlar alohida o’rin tutadi.
Farg’ona vodiysida folklor san’atining juda ko’p turlari janr uslublari bor.
Vodiydagi Xalq og’zaki ijodi namunalarining bir nechta turlari mavjud
1.
Mehnat qo’shiqlari.
2.
Marosim qo’shiqlari.
3.
Allalar.
4.
Tanovorlar.
5.
Baxshichilik.
6.
O’lan ijrochiligi.
7.
Askiya san’ati.
8.
Dorbozlik.
9.
Qo’g’irchoqbozlik.
10.
Xalq o’yinlari.
11.
Polvonlik. (tosh ko’tarish)
12.
Masharabozlik.
13.
Turli marosimlarga xos asarlar.
14.
Katta ashula.
Har bir hududga xos bo’lgan mehnat qo’shiqlar Farg’ona vodiysida xam mavjud.
Bular: Er haydash, urug’ ekish, yomg’ir chaqirish, shamol chaqirish, Shamol
haydash, hosil yig’ish kabilardir.
12
Ushbu marosimlarni ham o’ziga xos an’analari va qo’shiq kuy raqslari bor.
Barcha san’at turlarini yuqoridagi mehnat qo’shiqlarida aks ettiriladi va
uyg’unlashtirib boradi.
Marosim kuy qo’shiq udum va an’analari to’y marosimlari asosan sovchi
borishdan boshlanadi. Sovchilarni ham o’ziga xos tartib qoidalari bor. Ikki tomon
roziligidan so’ng to’yga tayyorgarlik boshlanadi.
To’ylarda asosan quyidagi kuy qo’shiqlar ijro etiladi To’ylar muborak, Yor-yor,
Kelin salom, Alyorlar, laparlar, o’lan va aytishuvlar.
To’ylarda yigit qizlar ikki jamoa bo’lib bir birlarini madx etishib qo’shiqlar
kuylashadi va raqsga tushishadi.
Kelinni uyiga kuyov jo’ralar borganda yigitlar ijrosida Yor-yor qo’shig’ini kuylab
kirishadi yigitlar aytadigan Yor-yor hozirgi kunda kamdan-kam aytiladi. Ba’zi joylarda
ushbu Yor-yorlar unutilib bormoqda.
Kuyov uyiga borganda barcha qizlar, ayollar Yor-yor aytib kirishadi.
To’ylar muborak qo’shig’i ijro etilib so’ng, kelin salom marosimi o’tkaziladi.
Yuqoridagi barcha udum urf-odat an’ana qo’shiqlar jamoa bo’lib ijro etiladi.
Alla. Allalar ham har bir joylarda o’ziga xos uslubda ijro etiladi. Allalar har bir
onaning o’z so’zi, o’z ohangida alohida aks etadi. Qadim-qadim zamonlardagi xasrat
dard, alam, alamli allalar o’rnini hozirgi kunda tinch farovon obod, go’zal
turmushimizni aks ettiruvchi so’zlar bilan kuylanishi yoki ijro etilishini alohida
ta’kidlab o’tishimiz mumkin.
Alla, birinchi qo’shiq, barcha onalar qo’shig’i, bu qo’shiqda farzandiga yaxshilik,
ezgulik, mehr-muxabbat, yurtiga ona vatanga sadoqat tuyg’ularini singdiradi.
Allalar dastlab har bir ayolning o’z oxangi o’z dardi, o’z yurak nolasi bilan musiqa
jo’rligisiz aytilgan bo’lsa keyinchalik, bir necha vaqtlardan so’ng,bizlarni davrimizga
kelib ayrim ustoz san’atkorlar, bastakorlar tomonidan allalarga xos musiqalar bastalay
boshladilar. Shoirlarimiz alla yo’nalishiga tushadigan vaznda she’rlar yozdilar.
Shunday qilib Xalq og’zaki ijodining yangi yo’nalishi musiqa jo’rligida kuylanadigan
zamonaviy allalar yaratildi. O’zbek ustoz san’atkorlari (asosan ayollar va qizlar)
ko’plab musiqa jo’rligidagi “alla” turkumidagi qo’shiqlarni ijro etib, Ushbu
13
qo’shiqlarni O’zbekiston Teleradio kompaniyasi oltin fondiga milliy musiqa
merosimizning boyligi sifatida yozib qoldirdilar.Ustoz san’atkorlar: Shirin Azizova,
Xabiba Oxunova, Mexri Abdullayeva, Raxima Mazoxidova,Farog’at Raxmatovalar
shular jumlasidandir. Xozirgi kunda biz bilan elkama elka turib o’z san’at maktablarini,
ijro uslublarini,bilimlarini yosh avlodlarga o’rgatib kelayotgan O’zbekiston davlat
san’at va madaniyat instituti o’qituvchilari O’zbekistonda xizmat kursatgan artist ustoz
san’atkor Shafoat Rahmatullayeva,O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Xursanoy
Umarova, Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan artist Yorqinoy Xotamovalar xam “alla”
turkumidagi bir necha qo’shiqlarni maromiga etkazib ijro etadilar. Xozir musiqa
jo’rligida kuylangan alla namunalaridan misollar keltiramiz:
Alla
Alla aytay jonim bolam,
Quloq solgil, alla.
Shirin allam tinglab asta,
Uxlab qolgin alla.
Yuzlaringa tomgan suvga,
Hayron bo’lma, alla-yo,
Baxtimga sen katta bulgin,
Xazon bo’lma alla.
Alla
Yulduzim desamda oz,
Kunduzim desamda oz.
Dunyoda nimaiki bor,
Bo’lsa undan o’zing soz
Orom ol qo’zim,alla – yo,
Uxla yulduzim, alla.
Asalmisan, qandmisan,
G’azal muxabbatmisan.
Buncha shirinsan o’zing,
Jonimga payvanmisan.
14
Orom ol qo’zim, alla – yo,
Uxla yulduzim alla.
Alla
Jon bolam do’ndiqqinam,
Alla –yo alla,
Shirin qo’zichog’im
Alla – yo alla.
Uxla qo’zim qunduzim –o alla,
Yum – Yum ko’zing yulduzim – o alla,
Kecha to’yib uxlasang- o alla,
Quvnoq o’tar kunduzing – o alla.
Farg’ona vodiysiga xos alla namunalaridan qo’llanmamizning keyingi
saxifalarida ko’plab misollar keltiramiz.
Xurmatli kitobxon endi Farg’ona vodiysi san’ati durdonalaridan bo’lmish
“Tanovar” turkumiga kiruvchi qo’shiqlar xaqida ma’lumot beramiz.
Tanovar...tanovar...Tanovarlar asosan Farg’ona vodiysiga xos bo’lib ushbu
hududda yaratilgan. Ushbu yaratilgan qo’shiqlar buyuk ustozlar tomonidan ijro etilgan.
Farg’ona vodiysida yashab ijod etgan, O’zbekiston Xalq xofizlari Mamatbuva
Sattorov, Boltaboy Rajabov, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqovlar, O’zbekistonda
xizmat ko’rsatgan artistlar Tavakkal Qodirov, Isroiljon Usmonov, Jalolxon Oxunov,
Murodjon Axmedov, Boboraxim Mirzayev, Mexri Abdullayeva, Raxima
Mazoxidova,Xabiba Oxunova,Tursunoy Mamedova va yana ko’plab san’at ustalari
“Tanovarlar“ turkumidagi asarlarni maxorat bilan ijro etib, ushbu qo’shiqlarni mumtoz
merosimiz darajasiga etishiga o’zlarining buyuk xissalarini qo’shganlar. Xurmatli
kitobxon, endi “Tanovar“ so’zi qanday ma’noni anglatadi degan savol tug’ilishi tabiiy.
Tanovar so’zi – qalblarni, tanni yayratuvchi,xuzur bag’ishlovchi degan ma’noni
anglatadi. “Tanovarlar turkumiga kiruvchi qo’shiqlar 13 – ta bo’lib ular quyidagicha
nomlanadi:
1. Tanovar – 1.
2. Tanovar – 2.
15
3. Tanovar – 3.
4. Tanovar - 4
5. Qadimgi tanovar.
6. Marg’ilon tanovari.
7. Yovvoyi tanovar.
8. Farg’onacha jonon.
9. Namangan tanovari.
10. Gulbaxor tanovar.
11. Sumbula.(tanovar).
12. Yangi tanovar.
13. Andijon tanovari.
Tanovarlar turkumiga kiruvchi barcha qo’shiqlar ustoz shogird an’nasida,
og’izdan og’izga ko’chib yakka ijroda keyinchalik jamoada kuylangan holda bizning
davrimizga etib kelgan. Xozirda ushbu asarlar respublikamizdagi mavjud bo’lgan
ansambllar, Xalq ansambllari, maqom yo’nalishidagi,folklor yo’nalishidagi
ansambllar, barcha xofiz va xonandalar tomonidan sevib kuylab kelinmoqda.Ushbu
turkum qo’shiqlarni ko’plari Muqimiy g’azali bilan kuylanadi. Ko’plari Xalq so’zi
bilan kuylanadi.
Tanovar. Muqimiy g’azali.
Endi sendek jono, jonon qaydadur,
Ko’rib gul yuzingni bog’da bandadur.
Saqlay ishqing toki jonim tandadur,
O’zim har joydaman, kunglim sandadur.
Har bir qo’shiqda takror takror keluvchi,” o’zim har joydaman ko’nglim
sandadur”radifi tanovar qo’shiqlariga o’zgacha joziba, o’zgacha fayz berib qo’shiq
tasirchanligini oshiradi. Mana shu so’zlar san’atsevar Xalqimiz qalbidan o’rin olgan.
Shu joyda Marg’ilon tanovori haqidagi bir rivoyatni xikoya qilishni joiz deb topdim,
qissadan xissa chiqarish har bir kitobxonni o’ziga xavola deb o’ylayman.
Juda qadim qadim zamonlarda Farg’ona, Marg’ilon, Qo’qon tomonlardagi so’lim
qishloqlardan birida bir yigit bilan bir qiz yashagan ekan. Ularning oilasi oddiy
16
oilalardan bo’lib, dexqonchilik bilan tirikchilik qilishar ekan. Yigitning ismi
Yusufjon,qizning ismi Adolatxon edi.ular voyaga etishib bir birini sevishib turmush
qurishga axdu paymon qilishibdi.Lekin ularni muxabbatlari,baxtli kunlari uzoqqa
cho’zilmabdi. Zamona zayli bilan qizni otasi o’z jigarbandini oxu nolasiga qaramay
uni bir boyga beshinchi xotin qilib uzatibdi. Chorasiz qolgan yigit dod faryod chekib,
g’am anduxga botibdi. Lekin nachora taqdirga tan bermay iloji yo’q... Bir tomoni
kambag’alchilik, yo’qchilik, chorasizlik....Badavlat boyga teng kelib bo’larmidi.
Shundan keyin Yusufjon muxabbat dardida devona bo’ldi. So’ng qaylargadir bosh olib
ketib qoldi.Uni qayoqqa, qay manzilga ketganini xech kim, xatto ota onasi xam, yoru
–do’stlari-yu qarindosh urug’lari xam bilmagan edi. O’sha o’sha Yusufjonni xech kim
ko’rmagan, keyingi xayoti,taqdiri nima bo’lganini faqat yaratganni o’zigagina ayon
edi.
Endi gapni boy xonadonni sevimli, erka kelini boyning beshinchi xotini
Adolatdan eshiting. Adolat xam ming azob uqubatlar bilan boy xonadoniga kelin bo’lib
tushdi. Uni chekkan istiroblari,ming alam qayg’ularini qay til bilan so’ylab beray,
ta’rifga so’z topolmadim, axir men xam xamma qatori bir ojiz bandamanda.....Xa o’sha
davrda bizni qiz juvonlarimiz otasiga gap qaytarish u yoqda tursin, ota yuziga tik qaray
olmaganlar.Falonchini, falon yigitni sevib qoldim deyish.......O’lim bilan barobar
bo’lgan. Nachora peshona, taqdir, chorasizlik......Dardini oshkor etolmasdan, xasrat
qayg’ularini ichiga yutib boynig xotini bo’lib yashay boshlaydi. Boyning uyi
hashamatli, keng,baland qo’rg’onlardan iborat bo’lib, orqa tomoni katta bog’u- rog’,
gulzorlardan iborat edi. Bog’ning chetidagi ariqdan shovullab tiniq, zilol suv oqib o’tar
edi. Adolat suv olish maqsadida chelak ko’tarib ariq bo’yiga kelib suv olib ketardi.
Kunlarning birida baland devorning narigi tarafidagi yo’ldan bir otliq aravasini
boshqarib kelardi. Otliq bir qo’shiqni xirgoyi qilib kelardi. U kuylagan qo’shiq so’zsiz
faqat xirgoyidan iborat edi. Ovozidan sezildiki otliq yoshi ulug’ mo’ysafid inson edi.
So’zsiz qo’shiq Adolatga shunchalik yoqib ta’sir etdiki,uning ko’zlaridan shashqator
yosh quyilib keldi. Kechki payt o’sha otaxon aravani haydab yana o’sha xirgoyisi bilan
qaytib o’tib ketdi. Shu shu har kuni ertalab azonda va kechki payt nomozshomda o’sha
otaxonni bozorga ketishi-yu, qaytishini orziqib intizor bo’lib kutadigan bo’ldi. Sababi
17
o’sha qo’shiq (so’zsiz qo’shiq) unga ona yurtini ota onasini, so’lim qishlog’ini, opa
ukalari, yoshligida sochlariga sochpopuk taqishib,quvlashmachoq o’ynagan
jamalaksoch dugonalari va sevgan yigiti Yusufjonni eslatar edida. Sevgan yigiti
majnunu devona bo’lib dom daraksiz ketgani xaqidagi xabarni eshitib yum yum
yig’ladi. Boyni, kundoshlarini jabr zulmlariga sabr bilan chidab keldi. Oradan kunlar,
oylar, yillar o’ta boshladi.Har kuni unga dalda beradigan narsa otliq otaxon va so’zsiz
qo’shiq edi. Bir kuni o’sha otaxon o’tmadi,ertalab xam kechki payt xam. Oradan bir
necha kunlar o’tdi- yu xamon o’sha g’oyibona o’z otasidek ko’radigan insondan darak
yo’q edi.
Devorning narigi tarafidan nogaxon o’sha o’zigagina qadrdon bo’lgan, dardkashi,
dilkashidek bo’lib qolgan otning tuyoq tovushlari –yu arava g’ildiraklarining tovushi
eshitildi. Adolat chelaklarini olib ariq tomonga yugurdi. Otliq aravasini haydab o’tdi –
yu lekin na xirgoyi va na qo’shiq eshitilmadi. Chunki otaxon bu dunyoni tark etib,
olamdan o’tgan edi. Qiz achchiq, alamli ko’z yoshlarini to’kkanicha boshini quyi
solib,suvga tikilganicha o’yga toldi. Otning tuyoqlari tovushi, aravaning
g’ildiraklarining g’ijirashi unga bir nimalarni eslatdi, g’oyibdan so’z va oxang o’z
o’zidan quyulib kela boshladi. Adolat o’sha ota xirgoyisiga o’z so’zlarini
uyg’unlashtirib kuylay boshladi.Qo’shiq kuylar,kuylashi davomida achchiq ko’z
yoshlarini tiya olmasdi.Azizlar Adolat kuylardi, kuylardi...... Bu xammamizga tanish,
xammamiz sevib tinglaydigan, o’sha mashxur ”Marg’ilon tanovori, Adolat tanovori
edi.
Marg’ilon tanovari.(Adolat tanovari).
Qora sochim o’sib qoshimga tushdi,
Ne savdolar meni boshimga tushdi.
Bu savdolar bizga qaydin yopishdi,
Tanamdan o’t chiqib bag’rim tutashdi.
Men Adolatingman-ey,
Men kamina qulingman-ey.
Sumbula.(Tanovar).
O’choq boshida qumg’on,
18
Atrofi baland qo’rg’on,
Ko’ngil qo’ygan yorima,
Etolmayin bag’rim qon,
Qadaminga gullar ochilsin.
Tanovarlar turkumiga kiruvchi barcha qo’shiqlar matni va notaga tushirilgan
yozuvlari qo’llanmaning keyingi saxifalarida batafsil yoritiladi.
Farg’ona vodiysida xam qadimdan baxshichilik janri rivojlangan.
1935-yilda vodiy dostonchilik, baxshichilik iaktabi nomoyondalari, Bo’ri baxshi
Sodiq o’g’li, Usmon baxshi Mamatqul o’g’li, Umrzoq baxshi, Xasan baxshi
Xudoyberdi o’g’li, Xasanboy baxshi Rasul o’g’li kabilarning ijod faoliyatlari
o’rganilgan. Ular o’zbek Xalq dostonlaridan bir nechasini bizga, kelajak avlodlarga
meros qilib qoldirgan. “ Alpomish”,” Go’ro’g’li “, “ Oshiq G’arib va Shoxsanam “, “
Xolbeka” nomli ko’plab dostonlar shular jumlasidandir.
Lekin xozir Farg’ona vodiysida dostonchilar va baxshilar juda juda kam uchraydi.
Ushbu san’atimiz durdonalarini o’rganish, rivojlantirish, xamda uni kelajak
avlodlarimiz uchun etkazish zarur.
O’lanlar.
O’lanlar yakka va jamoa bo’lib kuylanadigan ijro etiladigan san’at turidir.
O’lan ijrosidagi so’zlar barchasi Xalq og’zaki ijodi namunalaridan bo’lib, Xalq
so’zi deb yuritiladi. Barcha o’lanlar so’zlari sodda va oddiy Xalqchilligi bilan ajralib
turadi. O’lanlar yigitlar va qizlar jamoasida, ba’zi xollarda yakka yakka xolatda xam
ijro etilishi mumkin.O’lan so’zlari to’rtlik yoki beshlik bo’ladi. O’lan boshlanishida
barcha jo’rlikda voy, vo..o..oy, yoki, xo..o..o..oy kabi xuddi ashula va qo’shiqdagi
xangiga monand ovoz chiqarishadi.Shundan so’ng yigitlardan biri to’rtlik o’lanni
kuylaydi. O’lan yakunlanishida barcha jamoa yigitlari uni qo’llab quvvatlab unga jo’r
bo’lishadi. Qizlar jamoasidan biri unga javob tariqasida, turtlikni kuylaydi. Unga xam
yakunlanishida qizlar jo’r bo’lishadi. O’lanlar bir xil uslubda kuylanadi, avj pardalarga
xam ko’tarilmaydi. Farg’ona vodiysida o’lan janri mavjud.Farg’ona viloyati,
Uchko’prik tumani chaqa qishlog’ida 1958-yilda tug’ilgan qiziqchi, askiyachi,
o’lanchi Sodiqjon Xasanov o’zining ichak uzdi askiyalari, qiziqchiliklari va vodiyga
19
xos bo’lgan o’lanlari bilan birnecha marta Viloyat, Respublika miqyosidagi ko’rik
tanlovlar festivallar sovrindori bo’lgan. Republikamiz poytaxti Toshkent shaxrida
o’tkazilgan mustaqillik va navro’z bayramlarida ishtirok etib san’at muxlislarini
mexrini qozongan.Sodiqjon Xasanov Mashxur so’z ustasi, qizikchi, askiyachi,
o’zining ijro uslubi, maktabini yaratgan O’rta Osiyo o’iziqchi va askiyachilar sardori
Muxiddin Darvishevning kenja shogirdidir.” Ushbu san’at turini keksa otaxon
onaxonlardan o’rganganman, ulardan o’lan so’zlari, ijrolari, oxanglari, shuningdek
talaffuzlari-yu sahnada, davrada qanday harakat qilishlari, o’ziga xos raqslarigacha
o’rganganman”deydi Sodiqjon Xasanov.
Demak o’lanlarimiz xam har bir bayram, yig’in, to’y xashamlarimizda ijro etilsa
milliy qadriyatlarimizning yana bir turi rivojlanishi yana bir Xalq og’zaki ijodimizning
namunalarini Xalqimiz o’rtasida qadr topishiga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz.
Keyingi saxifalarimizda o’lan ijrochiligi ustasi Sodiqjon Xasanovning o’z og’zidan
yozib qog’ozga muxrlagan o’lanchilik namunalaridan bir nechasini matnini misol
tariqasida keltiramiz.
Askiya.
Askiya asosan Farg’ona vodiysi va Respublikamizning barcha hududlarida ijro
etiladigan san’atimizning bebaxo boyligidir. Republika miqyosidagi barcha bayramlar,
tadbirlar, to’y xashamlar askiya va qiziqchi askiyachilarsiz o’tmaydi. Askiyaning asl
ma’nosi arabcha so’zdan olingan bo’lib, “azkiyo”- o’tkir zexnli, bilimli, zukko,
xozirjavob degan ma’nolarni anglatadi.Askiya Farg’ona, Andijon, Qo’qon, Marg’ilon,
Namangan va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan, rivojlangan. Har bir askiyada
payrov bo’lib, ya’ni bir usulni, mavzuni, fikr va so’zni yaxlit ma’nosini boshdan
oxirigacha ochib beradi. Askiyachilar payrovdan chiqmay bir uslubda askiya qilishadi.
Qadimdan ustoz san’atkor askiyachilar yaratgan va ijro etgan milliy an’anaviy askiya
payrovlari bor:
1. ”Gulmisiz, rayxonmisiz, jambilmisiz”.
2. ”O’xshatdim”.
3. ”Afsona”.
4. ”Ashula yoki qo’shiq payrovi”
20
5. ”Dexqonchilik payrovi”.
6. ”Bog’bonchilik payrovi”.
7. ”Gul payrovi”.
8. ”Qush payrovi”.
9. ”Laqablar payrovi”.
10. ”Bedana payrovi”.
11. ”Kino payrovi”.
12. ”Kasb payrovi”.
13. ”Musiqa sozlari payrovi”.
XX-asrda askiya va qiziqchilikni rivojlantirib sahna san’ati darajasiga etkazgan
ustoz san’atkor mashxur so’z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov, Ijroqo’m buva,
G’oyib ota Toshmatov, Abdulxay maxzum Qozoqov,Zaynobiddin qiziq, Oxunjon
qiziq, Yangiqo’rg’onlik Rasulqori Mamadaliyev, Usta Qurbon ota, Uchko’priklik
Nasriddin buva, Pirtakiy Odil eshon. Obil buva, Meliqo’zi buva kabi askiyachilarni
ulkan xizmatlari bor. Keyinchalik ushbu an’analarni davom ettirgan ustoz askiyachilar
Muxiddin qiziq Darvishev, Akramjon Yusupov, O’ktamjon aka, Qo’qonlik
Yo’ldoshxon Nosirov, Ne’matjon Toshmatov, Jo’raxon Po’latov, G’iyosiddin akalar
bo’ldilar.
Xozirda Farg’ona vodiysida ustoz san’atkor mashxur askiyachi va qiziqchi,
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Jo’raxon aka Po’latov raxbarligida Qo’qon
askiyachilari o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Uchko’prik tumani madaniyat va
axoli dam olish markazida tashkil topgan, Muxiddin Darvishev nomidagi “Xangoma
Xalq kulgu teatri” Faoliyat olib bormoqda. Kulgu teatri raxbari ustoz san’atkor
qiziqchi, askiyachi, so’z ustasi Baxodirjon Shokirovdir. Teatr qatnashchilari:
Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Xasanov, Solijon Inoyatov, Maxmudjon Ismoilov
xamda bir necha yoshlar o’z repurtuarlari, ichak uzdi askiyalari turli teatrlashtirilgan
tomoshalari bilan Respublika miqyosidagi bayram va tadbirlarda qatnashib kelmoqda.
Qo’qonda, Marg’ilonda, Xonabodda, Qorasuvda, Uchko’prikda, Yangiqo’rg’onda
askiyachilar guruxi, jamoasi tashkil topgan. Barcha gurux va jamoalar ustozlar
21
qoldirgan meroslarni, askiyachilik maktablarini kelajak avlodlarimizga etkazishga
o’zlarining ulkan xissasini qo’shmoqdalar.
O’zbek Xalq milliy tomoshalari (dorbozlik, polvonlik, masharabozlik, morbozlik,
ko’zboylash) kabi san’t turlari O’zbekistonni, O’rta Osiyoning barcha hududlarida
keng tarqalgan va rivojlangan san’at turidir. Farg’ona vodiysida xam Xalq o’yinlari
bilan faoliyat ko’rsatadigan guruxlar mavjud.
Farg’ona, Andijon, Namangan, Qo’qonda, Bog’dod tumani, Buvayda tumani,
Farg’ona tumani vaholangki Respublikamizning juda ko’p shahar va tumanlarida
milliy Xalq tomoshalari guruxlari bor.
Farg’ona tumani Vodil shaharchasida uzoq yillardan beri faoliyat ko’rsatib
kelayotgan “Vodil chinori” oilaviy jamoasi xaqida so’z yuritamiz. Jamoa raxbari 1949-
yilda Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani Vodil qishlog’ida tavallud topgan, ustoz va
murabbiy Tursunali Mamajonovdir.
Oilaviy jamoa 1975-yilda tashkil topgan. Xozigi kunda jamoada umr yo’ldoshi
Gulchexra
Mamajonova,
farzanlari
Ravshanbek,
Shavkatjon,
Baxodirjon,
Baxtiyorjonlar, nabiralari Sardarbek, Suxrobbek va yana ko’plab nabiralari faoliyat
olib
borishmoqda
Milliy
tomoshalar
dorbozlik,
polvonlik,
morbozlik,
Xuqqabozlik,masharabozlik, Fokus, illyuziya, ko’zboylag’ich kabi o’yinlari bilan
omma o’rtasida shuxrat qozongan. Bunday Xalq o’yinlari, milliy tomoshalar ochiq
maydonda o’tkazilishi bilan boshqa san’at janrlaridan farq qiladi. Tursunali aka
Shoximardonlik mashxur polvon vodiydagi barcha polvon va dorbozlarni ustozi
Lochin polvonni birinchi shogirdlaridan. U ustozidan polvonlik, dorbozlik, milliy
an’anaviy cholg’ulardan: karnay, surnay, nog’ora, dol chalishni o’rgandi. Yana bir
axamiyatli narsa shundan iborat ediki, tomosha vaqtida albatta so’z san’ati, notiqlik
san’ati kerak edi. Tursunali aka ustozi yordamida mashxur so’z ustasi, notiq va
davralarda tomoshalarni moxirlik bilan boqarish sir asrorlarini mukammal egalladi. U
o’z chiqishlari, tomosha ko’rsatish jarayonida buyuk shoirlarimiz: Alisher Navoiy,
Abduraxmon Jomiy, Bobur, Mashrab g’azallaridan, Zamondosh shoirlarimiz: Rauf
Parfi, Chorsham’ Ro’ziyev, Muxammad Yusuf, Yo’ldosh Eshbek, Baxodir Iso,
G’ulom Fatxiddin, Siddiq Mo’min, A’zam Ismoilllarning g’azallari, she’rlaridan
22
namunalar o’qib Xalqimiz ongiga yaxshilik, ezgulik, yurtga – ona vatanga mexr
muxabbat kabi tuyg’ularni o’rnatadi.Xalqimiz azal azaldan o’g’il farzand ko’rsa
albatta katta bo’lsa polvon bo’ladi,ona yurtimizni ximoya qiladi, vatanimiz posboni
bo’ladi deb yaxshi niyat qiladi. Vaxolangki biz va bizni zuryodlarimiz, Buyuk
bobokalonlarimiz Soxibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur, Alpomish,
Go’ro’g’lilarni izdoshlari, avlodlaridir.
Farg’ona vodiysining har bir viloyat, shahar va tumanlarida Folklor etnografik
Xalq ansambllari tashkil topgan.
1.
Marg’ilonda “Chodirjamol” folklor etnografik Xalq ansambli.
2.
Andijonda “ Zilol” folklor etnografik Xalq ansambli.
3.
Namanganda “ Yor – yor folklor etnografik Xalq ansambli.
4.
Qo’shtepa tumanida “Kabutar” folklor etnografik Xalq ansambli.
5.
Qo’qonda “Yor – yor” va “Qo’qon yor – yori” folklor etnografik Xalq
ansambli.
Toshkent viloyatining har bir tumanlarida xam folklor etnografik Xalq
ansambllari tashkil topgan. Farg’ona vodiysida folklor etnografik jamoalar tashkil etish
va ularni ijodiy faoliyatini rivojlantirishda ustoz san’atkor, O’zbekiston Xalq artisti
Raxima aya Mazoxidovaning beqiyos, ulkan xizmatlari bor. Raxima aya birinchilardan
bo’lib Qo’qonda “Yor – yor” folklor etnografik Xalq ansamblini tuzdi. Xalq o’rtasida
unutilib borayotgan urf odatlar, udumlar, mehnat va marosim qo’shiqlari, jumladan,
yor-yorlar, kelin salomlarni jamlab, ularni jamoa a’zolariga o’rgatdi. O’zining
jarangdor, shirali, yoqimli ovozi bilan bir necha mumtoz ashulalar, bastakorlar ijodidan
yaratilgan qo’shiqlar, Xalq og’zaki ijodi ko’plab namunalarini magnit tasmasiga
yozilib, O’zbekiston Teleradio kompaniyasi xazinasi oltin fondida saqlanmoqda. Ustoz
san’atkor ijro etgan, Omonyor, Omonyor – 2, Yor – yor, Kelin salom,
Chamannoringdan, Kel bo’yingdan o’rgilay, Barakalla paxtakorim, Xo – xo yalli, Aka
duldultoy, Olmacha anoringa balli, Bog’ingizdagi olicha, Oyijon, Qilpillama kabi
qo’shiqlar Xalq o’rtasida xamon sevib, ardoqlanib tinglanadi. Raxima ayaning minglab
izdoshlari, shogirlari bor, ular Republikamizning turli hududlarida faoliyat ko’rsatib
kelmoqda. Ularning ko’pchiligi xozirda o’zlari xam ustoz darajasiga etganlar. Ta’bir
23
joiz bo’lsa Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani asosida, taniqli rejissyor
Yo’ldosh A’zamov su’ratga olgan “ O’tgan kunlar” badiiy filmida ijro etgan
“Omonyor” qo’shig’i filmni muvafaqiyatli chiqishiga o’z xissasini qo’shgan. Xozirda
Qo’qon shahar madaniyat va axoli dam olish markazida Raxima Mazoxidova nomidagi
“Yor – yor ” folklor etnografik Xalq ansambli Respublika miqyosidagi barcha bayram,
tadbir, festivallarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Farg’ona Toshkent ijro yo’nalishida ashula va katta ashula (ustoz va shogird
an’anasida).
Katta ashula janri asosan Farg’ona vodiysiga hosdir. Farg’ona, Andijon,
Namangan viloyatlarida bu san’at yani ashula yo’li keng tarqalgan. Katta ashula
musiqa jo’rligisiz qo’lda tarelka yoki patnis bilan ijro etiladi. Shu bilan ovozni
to’lqinlantirib, jarangini oshirib ba’zi xollarda usul berib tarelkani chertib turiladi.
Ushbu san’at janri “Katta ashula” Yoki “patnisaki ashula deb xam nomlanadi. Shuning
uchun katta ashula bir, ikki, uch va uchun ko’p ijrochilar tomonidan ijro etilishi
mumkin. Ushbu asarni ijro etish uchun ijrochini diapazoni, ovoz jarangdorligi ochiq
ovozda katta avj pardalarda kuylashi alohida ahamiyatga ega. Katta ashula barcha
ijrochilar tomonidan boshlanadi. O’rta va daromad bo’limlari bo’lib-bo’lib ijro etiladi.
Avj qismi ovozi jarangdor lya, si, do kabi notalarga etuvchi ijrochi tomonidan ijro
etiladi.
Katta ashulani maromiga etkazib ijro etgan ustoz san’atkorlar Farg’ona vodiysida
ko’plab yashab ijod etganlar. Barcha katta ashula ijrochilari Ustoz shogird an’anasiga
amal qilib kelganlar. Har bir Ustoz san’atkorni bir necha shogirdlari bo’lgan va ular
bilan hamnafas bo’lib ijod qilganlar. Marg’ilon shaxrida yashab ijod etgan ustoz
san’atkorlar betakror ovoz sohiblari Mamatbuva Sattorov, Boltaboy Xofiz, Jo’raxon
Sultonov, Ma’murjon Uzoqovlar shular jumlasidandir. Ular hamnafas bo’lib bir necha
katta ashulalarni ijro etganlar.
Yovvoyi chorgox (Xaziniy), “Bir kelsun” (Miskin), “Oxkim” (Furqat), “Ko’kardi
chaman” (Lutfiy), “Qoyilman” kabi katta ashulalarni ustoz shogird an’anasida
maromiga etkazib ijro etganlar. Bir necha katta ashulalarni ustoz san’atkorlar, betakror
ovoz soxibi bastakor Jo’raxon Sultonov musiqa bastalab musiqa jo’rligida xam ijro
24
etgan, ko’p ashulalarni shogirdi, beqiyos san’atkor, dovudiy ovoz soxibi Ma’murjon
Uzoqov bilan hamnafas bo’lib kuylaganlar. Qo’qon shaxri yaqinidagi Tumor
qishlog’ida XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Erka Qori Karimov bir
necha katta ashulalarni maromiga etkazib ijro etgan. Keyinchalik ushbu ustoz san’at
yo’lini mohir tanburchi, zukko, so’z ustasi, bastakor, xofiz Rasulqori Mamadaliyev
davom ettirgan.
Rasul Qorining yana bir Yangiqo’rg’onlik Ustozi Kamoliddin Xamroqulov edi.
Rasul Qori Mamadaliyev va Kamoliddin Hamroqulovlar birgalikda xamnafaslikda bir
necha ashulalarni yuksak mahorat bilan kuylaganlar
“Junun vodiysi” (Navoiy), “Topmadim” (Navoiy), “Bo’lmish” (Navoiy),
“Kuygay” (X.Olimjon), “Mo’g’ulchayi dugox” (Navoiy), “Buxoro irog’i” (Navoiy),
“Beboqcha” (Fuzuliy g’azaliga Amiriy muxammasi), “Kezarman” (Navoiy) kabi
ashulalar shular jumlasidandir.
Rasul Qori Mamadaliyev o’zining umri ijodiy faoliyati davomida bir necha
shogirdlarni etishtirgan. Bular Yangiqo’rg’onlik, Buvayda tumanida yashab ijod qilgan
san’atkorlar Abdulatif Xoldorov, Raximjon Kamolov, Muhammadjon Sheraliyev,
Mo’minjon Imomov, Saminjon Qosimovlardir. Ular ustoz san’atkor Rasul Qori
Mamadaliyev yaratgan san’at maktabini chuqur egallab ushbu san’at yo’lini
davomchilaridir. Ular Ustoz yaratgan va ijro etgan ko’plab mumtoz ashulalarni
maromiga etkazib ijro etganlar.Ta’bir joiz bo’lsa Ustozning shogirdi Abdulatif
Xoldorov Xaziniy g’azaliga Muxtorjon Murtazoyev bastalagan “Farg’ona tong
otguncha” ashulasini birinchi bo’lib ijro etgan. “Farg’ona tong otguncha” ashulasini
bilmagan eshitmagan muxlis O’zbekistonda bo’lmasa kerak. Ushbu xofizlar juda
ko’plab katta ashula, mumtoz ashulalar, Shashmaqom tarkibidagi asarlarni yakka va
jo’rnavoz bo’lib ijro etishgan.
“Poshshopirim”, “To etim bo’lmay kishi”, “Oxkim”, “Qoyilman”, “Bu
gulshansoz” kabi katta ashulalar, “Farg’ona tong otguncha”, “Oromijon”, “Girya” – I,
II, “Dugox” – I, II, III, IV, V,VI, “Segox”, “O’rgilay” kabi katta ashulalar shular
jumlasidandir.
25
Rasul Qori Mamadaliyevning yana bir izdoshlaridan Uchko’prik tumani Zig’ir
qishlog’ida yashab ijod etgan iqtidorli xofiz Baxtiyorjon Qo’shoqovni alohida tilga
olsak arziydi. Baxtiyor aka Ustozni barcha asarlarini ijro etgan. Uning boshqa
xofizlardan ajralib turadigan jixatlari juda ko’p edi. Jarangdor, shirali, keng diapazonli,
yoqimli ovoz soxibi bo’lib, o’zi bir necha she’rlar yozib, o’zi musiqa bastalar edi.
Rasul Qori marsiyasi, Qodir dehqon marsiyasini maromida ijro etgan. Xaziniy va
Navoiy g’azallarini bir nechasiga musiqa bastalagan. Bir necha shogirdlarni ustozi
bo’lgan. Shaxsan men xam Ustoz Rasul Qori Mamadaliyevni o’zimga Ustoz deb
bilganman va ko’p ashula va qo’shiqlarini imkoniyat darajada ijro etganman.
Vaxolangki, ko’p ashulalarni Ustozim Bahtiyorjon Qo’shoqov rahbarligida
o’rganganman.
Rasul Qori Mamadaliyevni yana bir shogirdi Uchko’prik tumani Chang
qishlog’ida yashovchi Jo’raqo’zi Xatamovdir, Jo’raqo’zi aka ustozning juda ko’plab
ashulalarini mohirona ijro etib,el ardog’iga sazovor bo’lgan. Jo’raqo’zi Xatamovning
bir necha ashulalari Radio, televidenie oltin fondida chaqlanmoqda.
Rasul Qori Mamadaliyev Buvayda tumani Madaniyat uyi qoshida tashkil topgan
“Tabassum” ashula va raqs xalq ansambli, Uchko’prik tumani Markaziy Madaniyat
uyida tashkil topgan “Tanovor” ashula va raqs xalq ansamblini tashkil topishi va o’zini
beminnat xizmatlarini ayamadi. Ushbu ansambllarga juda ko’p mumtoz musiqa
merosimiz Shashmaqom tarkibiga kiruvchi ashula va musiqalarni o’rgatdi. “Tanovor”
ansamblini o’sha paytdagi badiiy rahbari iqtidorli san’atkor, mohir sozanda Anvarjon
Ashurmatovni o’ziga shogird bilib, san’at sirlarini o’rgatdi. Anvarjon Ashurmatov
mohir sozanda, honanda bo’libgina qolmay, bir necha ashulalarga musiqa bastalagan.
Bir necha bastalagan musiqalari bor. Anvar aka keyinchalik ansambl ijrochilariga
Ustoz o’rgatgan “Soqiynomai savti kalon”, “Mo’g’ulchai dugoh”, “Soqiynomayi
bayot”, “Sarahbori dugox” va uni taronalarini Ushshoq, Chorgox, Dugox, Segox
ashulalarni o’rgatdi.
Anvarjon akani shogirdlari Bahtiyorjon Qo’shoqov, Jo’raqo’zi Hotamov,
Hamidjon O’lmasov, Shahodatxon Davronova (Ismoilova), G’ofurjon Yunusov,
26
Fotima Yunusova, Sanobarxon Raxmatova, Nasibaxon Nedoyeva, G’ofirjon
Oripovich Yunusovlardir.
Ushbu san’atkorlar ko’pi Ustoz darajasiga etgan va ko’plab shogirdlarga san’at
sirlarini o’rgatmoqda. Uchko’prik tumani Katta kenagas qishlog’ini bilmagan
eshitmagan odam topilmasa kerak. Chunki, bu qishloqda mashxur ma’rifatparvar shoir
Ziyovuddin Kattaxo’ja o’g’li Haziniy tug’ilib ijod qilgan. Haziniyni bir necha
g’azallari juda ko’plab hofizlar tomonidan ijro etilgan.
Hozirda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg’ona mintaqaviy
filialida, O’zbekiston davlat Konservatoriyasida ustoz va shogird an’analari davom
etmoqda. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy
filialida Ustozlar Sh.Yu.Usmonov, R.M.Ahmedov, K.Yuldoshev, U.Boltaboyeva,
A.Talaboyev, G’.Yu.Yunusov, T.Akbarov, A.Haydarov, S.Yo’ldosheva, R.Dehqonov,
G.Tursunova, S.Madaminov, Z.Abdunazarov va bir necha ustozlar o’z bilim va
tajribalarini talabalarga o’rgatib kelmoqda. Ustoz-shogird an’analarini davom ettirib
mumtoz musiqa merosimiz, O’zbekiston teatr tarixi, Shashmaqom, Ustoz bastakorlar
yaratgan asarlar, Xalq og’zaki ijodi, ya’ni Folklor ashula va qo’shiqlarni kelajak
avlodga asl holida etkazishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Joylarda ya’ni har bir
viloyat, shahar va tumanlarda maqom ansambllarini tashkil topishi, yanada maqom
san’atiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirdi.
Xalq milliy san’atini anglab ijro etish uchun honandaning avvalo ruhi toza, qalbi
pok bo’lishi kerak. Ana shu ijroni tinglagan muhlis ham o’zida ruhan poklanishni his
qiladi. Xalqimizda “Oltin zanglamas”, degan naql bor. Maqomchilik, katta ashulada
ajdodlarimizning boy ma’naviyati va ma’rifati, ezgu-niyatlari mujassam.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raxnamoligida milliy musiqa san’ati rivojiga
qaratilayotgan yuksak e’tibor, avvalo, yoshlar ongi-qalbini ezgulikka esh qilmoqda.
Muntazam o’tkazilayotgan turli ko’rik-tanlov va festivallar mumtoz merosimizni asrab
avaylash va o’rganish, yangi iste’dod sohiblarini aniqlash va yuksak ijodiy marralar
sari ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev
“Inson tafakkurini yuksaltirish, ayniqsa yoshlar qalbida ezgu fazilatlarni
shakllantirishda san’atning o’rni va ahamiyati beqiyos” ekanligini ta’kidlagan edi.
27
Binobarin, xalqimizning boy madaniy merosi, ko’z-ko’z etsa arzigulik urf-odatlari,
san’ati borki, ular bilan cheksiz fahrlanamiz. Shu bois bugun ajdodlarimiz an’anasini
davom ettirish, targ’ib etish, san’at orqali tinchlik, do’stlik, ahillik, qardoshlikkabi
fazilatlarni mustahkamlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Millati, tili hamda dini
turlicha bo’lgan millionlab odamlarni hech qanday tarjimonsiz do’st qiladigan, ular
o’rtasida hamkorlik va hamjixatlikni yanada mustaxkamlaydigan musiqa san’atining
o’rni hamda ta’siri tobora ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |