125
10-Bob. Ichki sekretsiya. Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari.
Y.X. To’raqulov ishlari.
Endokrin tizimning biologik roli asab tizimining roli bilan uzviy bog‘langan.
Bu ikkita tizim boshqa a’zolar va ular tizimining (ma’lum
bir masofadan uzoq
bo‘lsa ham) funksiyalarini birgalikda muvofiqdashtiradi. Endokrin tizimning
o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, u o‘zining ta’sirini bir qator moddalar -
gormonlar yordamida amalga oshiradi. Kimyoviy jihatdan gormonlar
turli xildagi
guruhlardan iborat bo‘lib, ularda namoyon bo‘ladigan moddalar - steroidlar,
aminokislotalarning hosilalari, peptidlar va oqsillardan iborat. Ularning umumiy
xususiyatlari - endokrin (ichki sekretsiya) bezlarda, ya’ni chiqish yo‘llari
bo‘lmagan maxsus a’zolarda yoki kompakt joylashgan hujayralarda (masalan
me’da osti bezining orolchasida
joylashgan hujayralarda, urug‘donlardagi Leydig
hujayralarda, o‘n ikki barmoqli ichakning shilliq pardasidagi hujayra guruhlarida
(sekretin) va gipotalamusda (ADG, oksitotsin va boshqalar)) sintezlanadi, hamda
qon orqali turli masofada joylashgan a’zolarga etib boradi. Ular, ushbu a’zo-
nishonlarga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, bunday ta’sirga
boshqa moddalar
qobiliyatli emas. Ta’sirning o‘ziga xosligi shundan iboratki, har bir gormon
ma’lum bir konkret funksional tizimga yoki a’zoga (“effektor a’zo”) o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Endokrin bezlar va hujayralar guruhi faqatgina o‘zlarining gormonlarini
sintezi va sekretsiyasi (ajratishi) bilan mashg‘uldir. Barcha gormonlar uchun xos
bo‘lgan
xususiyat shundan iboratki, ular faqat murakkab hujayra tuzilmalariga
(hujayra membranasi, enzimlar tizimiga) ta’sir ko‘rsatadi.
Endokrin bezlar va ular ajratadigan gormonlar asab tizimi bilan uzviy
bog‘langan (ilova: 52-rasm). Ichki sekretsiya bezlarining fiziologik faolligini MAT
tomonidan boshqarilishi gipotalamus orqali amalga oshiriladi. Gipotalamus MAT
ning boshqa qismlari bilan afferent yo‘llar orqali bog‘langan bo‘lib, ular orqali
axborot butun organizmdan
gipotalamusga keladi, ekstero - va interoretseptorlar
MAT ga gipotalamus orqali keladigan signallari endokrin bezlar orqali uzatiladi.
Gipotalamusning neyrosekretor hujayralari afferent asab rag‘batlarini, fiziologik
faollikka ega gumoral omillarga (xususan, rilizing - gormonlarga) transformatsiya
126
qiladi. Gipotalamik rilizing-gormonlar gipofiz hujayra-larining funksiyalariga
ta’sir ko‘rsatadi. Gipofizning hujayralari ham bir
qator gormonlarni sintezlaydi,
ular ham o‘z navbatida, a’zo yoki to‘qima-nishonlarga ta’sir qiluvchi bir qator
periferik endokrin bezlar gormonlarning sintezi va sekretsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu o‘zaro hamkorlikdagi ta’sir tizimning barcha pog‘onalari o‘zaro qaytar
aloqa tizimi bilan bog‘langan.
Undan tashqari, turli gormonlar MAT
bo‘limlarining funksiyasiga ham ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Endokrin bezlar
funksiyasini boshqarishda simpatik va parasimpatik asab to‘qimalarining
mediatorlari muhim rol o‘ynaydi, ya’ni ichki sekretsiya bezlari faoliyati ustidan
ikki tomonlama nazorat mavjud. Lekin, endokrin bezlarining hammasi ham gipofiz
gormonlarning ta’siri ostida boshqarilmaydi. Masalan,
qalqonsimon bez old
bezlari, me’da osti bezlari va boshqa bezlar antogonist-gormonlar miqdorining
ta’siri hisobiga, hamda miqdori shu gormonlar tomonidan boshqariladigan
metabolitlarning (moddalar) konsentratsiyasini o‘zgartirish yo‘li
bilan
boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: