Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Buyraklarning osmotik bosimni boshqarishdagi ishtiroki



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Buyraklarning osmotik bosimni boshqarishdagi ishtiroki.
Agar 
organizmda suv ko‘payib ketsa, qonda erigan moddalarning konsentratsiyasi va bu 
ko‘rsatkich bilan bog‘liq bo‘lgan bosim pasayadi. Gipoosmiya gipotalamusning 
suprooptik yadrolari atrofida joylashgan markaziy osmoretseptorlarining faolligini 
keskin oshiradi. Buyrak, jigar, taloq va boshqa a’zolarda periferik osmoretseptor 
faolligining pasayishi, gipofizning orqa sohasidan qonga o‘tadigan antidiuretik 


122 
gormon miqdorini kamayishiga olib keladi. Bu gormonning asosiy fiziologik 
samarasi, suvni nefronning distal qismidan qayta so‘rilishini tezlashtirishdan 
iborat. Qonda antidiuretik gormon miqdorining kamayishi, suvni distal 
kanalchalarning devoridan deyarli qayta so‘rilmasligiga olib keladi, gipotonik 
siydik ko‘p miqdorda ajraladi va ortiqcha suv organizmdan chiqib ketadi. 
Organizm suvsizlanganda yoki qonga gipertonik eritma quyilganda qonning 
osmotik bosimi ko‘tariladi, natijada, osmoretseptorlarning faolligi kuchayadi, 
antidiuretik gormon sekretsiyasi tezlashadi. Bu esa, distal kanalchalarda suvning 
qayta so‘rilishini tezlashtirib, gipertonik siydik ajralishini sekinlashishiga olib 
keladi. 
Siydikning tarkibi va xossalari. 
Bir kecha-kunduzda ajralgan siydik 
miqdori (diurez) 1000-1800 ml ni tashkil qiladi. Bu miqdor, qabul qilingan va 
organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan suvning yarmiga teng 
bo‘ladi. Sog‘lom odamning siydigi tiniq, nimsariq rangga ega bo‘lib, u, 
bilirubindan hosil bo‘lgan urobilin va uroxromlarga bog‘liq. Siydikning fizik-
kimyoviy xossalari qatorida uning osmotik konsentratsiyasi alohida ahamiyatga 
ega. Bu ko‘rsatkich osmotik faollikka ega bo‘lgan moddalarning miqdoriga bog‘liq 
bo‘lib, buyraklarning siydikni quyultirish qobiliyatini ifodalaydi. Siydikning 
osmotik konsentratsiyasi suv muvozanati holatiga qarab 50 mmol

l -1200 mmol


oralig‘ida o‘zgarib turadi. Siydikning solishtirma og‘irligini undagi anorganik va 
qisman organik moddalar belgilaydi va bu ko‘rsatkich 1, 001-1,040 ga teng 
bo‘ladi. Siydikning kislotalilik darajasi amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u 
organizmning kislotali-ishqorli muvozanati holati to‘g‘risida axborot beradi. 
Siydikning pH darajasi iste’mol qilingan ovqat tarkibiga bog‘liq bo‘lib, 4,5-8,0 
atrofida o‘zgarib turadi. Siydikdagi organik moddalar azotli va azotsizlarga 
bo‘linib, azotli moddalarning deyarli hammasi oqsil almashinuvi natijasida hosil 
bo‘ladi. Siydik tarkibida ajraladigan azotning 90 % siydikchil tarkibidagi azotga 
to‘g‘ri keladi. Siydikchilning siydikdagi miqdori 2 % atrofida bo‘lib, uning bir 
kecha-kunduzda ajraladigan miqdori 20-30 g ga teng bo‘ladi. O‘rta yoshli odam 
siydigida bir kecha-kunduzda 1-2 g kreatinin ajraladi. Kreatininning o‘zi siydikda 


123 
bo‘lmaydi, u, mushakdagi kreatinindan hosil bo‘ladi. Purin asoslar almashinuvi 
natijasida bir kunda 1 g siydik kislota hosil bo‘ladi. Purin suvda kam eriydi, shu 
sababli siydik yo‘llarida quyqaga aylanib, siydik toshlari hosil bo‘lishiga olib 
kelishi mumkin. Siydikning azotli moddalariga ozroq miqdorda ajraladigan erkin 
aminokislotalar va kichik peptidlar ham kiradi. Siydikda parchalanmagan oqsillar 
deyarli bo‘lmaydi. Azotsiz organik moddalardan siydik tarkibida shovul kislota, 
sut kislota, juda oz miqdorda keton tanachalari va suvda eruvchi vitaminlar 
uchraydi. Yog‘ va uglevodlar odatda siydikda uchramaydi. Siydik tarkibida ko‘p 
miqdorda anorganik moddalar ajraladi: natriy xlorid - 10-15 g, kaliy xlorid – 3-3,5 
g, sulfat tuzlari - 2,5 g ni tashkil qiladi. Ko‘pchilik hayvonlarda, buyrak yoki 
nefridiyalarda hosil bo‘lgan siydik siydik pufagida to‘planadi va keyin 
organizmdan chiqarib yuboriladi. Faqatgina ayrim turdagi hayvonlarda (bir qator 
suyakli baliqlarda, akulalar, skatlar, qushlar va b.) sidik pufagi bo‘lmaydi va 
siydik, siydik yo‘llari orqali klaokaga kelib, chiqarib yuboriladi. Odamda esa, hosil 
bo‘lgan siydik buyrak jomiga tushib, uni to‘ldiradi va bosim ko‘tarilib, ma’lum 
darajaga etganda, mushaklari qisqaradi, ayni vaqtda siydik yo‘llarining silliq 
mushaklari bo‘shashadi va siydik qovuq tomonga qarab oqa boshlaydi. Siydik 
oqimini siydik yo‘llarining (uretrning) har daqiqada 1-5 marta qisqarishi 
tezlashtiradi. Qovuqdagi siydik miqdori asta-sekin ko‘payib borib, ma’lum 
vaqtgacha qovuq bo‘shlig‘ida bosim ortmaydi, chunki devordagi mushaklarning 
tarangligi o‘zgarmaydi. Qovuq siydikka ma’lum darajagacha to‘lganda ham, uning 
bo‘shlig‘idagi bosimning ortmasligi silliq mushaklarning plastikligi bilan 
tushuntiriladi. Qovuqdagi siydik miqdori 150 ml ga etgandan so‘ng, devoridagi 
mexanoretseptorlar qo‘zg‘alib, odam siydik qistaganini seza boshlaydi, 250-300 ml 
ga etganda esa, bosim 12-15 mm s.u. ga ko‘tariladi, natijada, markazga intiluvchi 
impulslarning soni keskin oshadi va juda zahartang qiladi, so‘ngra qovuq refleks 
yo‘li bilan bo‘shatiladi. Siydikning ma’lum vaqtgacha qovuqdan chiqib 
ketmasligini qovuq sfinkteri va siydik chiqarish nayi - uretra sfinkteri ta’minlaydi. 
Qovuq sfinkteri silliq mushak tolalaridan iborat bo‘lib, uning inson idrokiga 
bo‘ysinmaydigan faoliyatini, tos asabi tarkibidagi parasimpatik tolalar boshqarib 


124 
turadi. Uretra sfinkteri ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalaridan tuzilgan bo‘lib, uning 
faoliyatiga, odam o‘z xoxishi bilan, olat asabi orqali ta’sir ko‘rsatadi. Siydikning 
qovuqdan chiqishi uchun, silliq mushaklar qisqarishi va ayni vaqtda sfinkterlari 
bo‘shashi shart. Bu mushaklarning uyg‘un faoliyatini siyish markazi boshqarib 
turadi. Bu markaz, orqa miyaning 3-4 dumg‘aza segmentlarida joylashgan. 
Qovuqqa siydik to‘planishi va devorining cho‘zilishi tufayli retseptorlarda vujudga 
keladigan afferent impulslar, orqa miya orqali MNT ning yuqori qismlariga, miya 
po‘stlog‘igacha etib keladi va siydik qistashni shakllaydi. Bosh miya po‘stlog‘i 
nazorati siyishni boshlash, kuchaytirish va to‘xtatib turish imkonini beradi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish