Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Koptokchalardagi filtrlanish



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Koptokchalardagi filtrlanish.
Siydik hosil bo‘lish jarayoni koptokchalar 
kapillyarlarining devori orqali sodir bo‘ladigan filtratsiyadan va kanalchalarda 
sodir bo‘ladigan reabsorbsiyadan (qayta so‘rilish) iborat. Koptokcha kapillyarlari 
orqali o‘tadigan qon plazmasidan Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga suv va
plazmada erigan barcha moddalar filtrlanib o‘tadi. Koptokchalardagi filtratsiya 
endoteliydagi teshiklar, bazal membrana va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy 
hujayralari orasidagi yoriqlar orqali sodir bo‘ladi. Filtr vazifasini koptokcha 
membranasi bajaradi, u kapillyarlarning endoteliysidan, bazal membranasidan va 
endotelial 
hujayralar 

podotsitlardan 
tuzilgan 
Shumlyanskiy-Boumen 
kapsulasining ichki varag‘idan iborat. Koptokcha kapillyarlarining devori fenestrli 
(darchali) bo‘lganligi sababli suyuqlik va unda erigan moddalarning harakatiga 
to‘sqinlik qila olmaydi. Suyuqlik va mayda molekulali moddalar Shumlyanskiy-
Boumen kapsulasining ichki qavatidagi ko‘p sonli o‘siqlari orasidan bemalol o‘ta 
oladi. Ammo, endotelial hujayralar va podotsitlar oralig‘ida juda ham zich 
joylashgan ingichka tolalar to‘ri - asosiy membrana molekulalar o‘tishini katta-
kichikligiga qarab nazorat qilib turadi. Shunday qilib,kapillyarlarning endoteliysi 
koptokchali filtr orqali shaklli elementlar va oqsillarni o‘tishini chegaralaydi. 
Undan keyingi to‘siq bazal membrana bo‘lib, undan molekulasi 3,4 nm dan katta 
bo‘lgan moddalarning o‘tishi hamda bu membranadagi g‘ovaklarning devori 
manfiy zaryadga ega bo‘lganligi sababli manfiy zaryadli ionlarning o‘tishi ham 
qiyin bo‘ladi. Molekulyar massasi 5500 dan ko‘p bo‘lmagan moddalarning 
koptokchalarida filtrlanish chegaralanmagan. Moddalarning molekulyar massasi 
ko‘paya borgan sari filtrdan o‘tishi tobora qiyinlasha boshlaydi va 8000 ga etganda 
butunlay to‘xtaydi. Shunday qilib, bazal membrana, moddalarning filtrlanishini 
ma’lum miqdorda chegaralaydi. Filtrlanuvchi moddalarning yo‘lidagi oxirgi to‘siq 
podotsitlar bo‘lib, ularning o‘simtalari, koptokcha kapsulasi tomonidan bazal 
membranaga yondoshgan. Podotsitlarning bu o‘simtalari oralig‘ida bo‘shliqlar 
mavjud bo‘lib, ular orqali filtrlanuvchi suyuqliklar oqadi. Bu erda ham, tirqishli 
membaranalar o‘simtalari oralig‘idagi bo‘shliqlar to‘siq vazifasini bajaradi va ular, 
albuminlar hamda yuqori molekulyar massaga ega molekulalarni o‘tishini 


115 
chegaralaydi. Koptokcha membranasidagi bunday ko‘p qavatli filtr qonda oqsillar 
miqdorini saqlab qolishni va amalda, oqsili bo‘lmagan birlamchi siydik hosil 
bo‘lishini ta’minlaydi. Moddalarning filtrdan o‘tishi uning xususiyatiga, asosan 
g‘ovaklarning kattaligiga bog‘liq bo‘lsa, filtrlanish tezligi esa samarali filtratsion 
bosimni belgilaydi (SFB). Bu bosimni aniqlash uchun koptokcha kapillyarlaridagi 
qonning 
gidrostatik 
bosimidan 
(P
qg

Shumlyanskiy-Boumen 
kapsulasi 
bo‘shlig‘idagi suyuqlikning gidrostatik bosimini (P
sg
) va qon oqsillarining onkotik 
bosimini (P
qoo
) ayirish lozim: 
SFB 

P
qg 
- (P
sg 

P
qoo

Odamning buyraklaridagi koptokchaning kapillyarlarida qon bosimini 65 mm s.u. 
ga teng, qon oqsillarining o‘rtacha onkotik bosimi va Shumlyanskiy-Boumen 
kapsulasidagi suyuqlikning gidrostatik bosimi 25 va 15 mm s.u. ga teng bo‘ladi. 
Bunda, o‘rtacha SFB 

65 mm - (25 mm Q 15 mm) 

25 mm s.u. ga teng bo‘ladi. 
Koptokchalardagi filtrlanish tezligi asosan SFB ga bog‘liq bo‘lib, buyraklarda vaqt 
birligida hosil bo‘lgan filtrat hajmi bilan belgilanadi. Filtrlanish tezligi kunduzgiga 
nisbatan kechasi 25 % ga kamayadi. Koptokchalarda filtrlanish tezligi erkaklarda 
125 ml

min ga teng bo‘lsa, ayollarda -110 ml

min ga teng bo‘ladi. Shunday qilib, 
bir kecha-kunduzda 180 l ga yaqin filtrat, ya’ni birlamchi siydik hosil bo‘ladi, 
ajralib chiqadigan siydik hajmi esa 1-1,5 l ni tashkil qiladi, qolgan suyuqlik buyrak 
kanalchalarida reabsorbsiyalanadi. Koptokcha membranasida moddalarning 
o‘tishida farq bo‘lganligi sababli, qon plazmasidagi moddalarning hammasi ham 
filtratga bir xilda o‘tmaydi. Ammo, kichik molekulali moddalar to‘liq 
filtrlanganligi uchun ularning plazmadagi va filtratdagi miqdori deyarli teng 
bo‘ladi. Natriy, kaliy, xlor va HSO
3

lar to‘liq filtrlanadigan ionlarga kiradi. 
Glukoza, siydikchil va aminokislotalar glomerulyar filtrdan to‘liq o‘tadi. Lipidlar, 
oqsillar va oqsillar bilan birikkan moddalar deyarli o‘tmaydi. Faqat eng kichik 
molekulali qon oqsili-albumin juda oz miqdorda filtrlanib o‘tishi mumkin.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish