Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Ratsional ovqatlanish asoslari



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Ratsional ovqatlanish asoslari. 
Organizdagi yangi hujayra va to‘qimalarni
hosil bo‘lishi va yangilanishi uchun asos bo‘lib ozuqa xizmat qiladi. Shuning uchun 
ovqatlanish ratsional tarzda bo‘lishi muhim. Iste’mol qilinadigan ozuqa tarkibidagi 
plastik va energetik moddalar, vitaminlar, mineral moddalar va suv organizm ehtiyojiga 
mos bo‘lishi talab etiladi. Buning natijasida organizmdagi o‘sish va rivojlanish 
jarayonlari, jismoniy va aqliy yuklamalarga turg‘unligi, zararli omillarga qarshilik 
ko‘rsatish xususiyati yuqori darajada ta’minlanishi kerak. Oziqlanish ratsional bo‘lishi 
uchun bir qancha tamoyillarga rioya qilinishi kerak (ilova: 47-rasm). 
 
1. Oziqa tarkibidagi kaloriyalar organizmning energiya sarfini to‘liq qoplashi 
zarur. Bunda asosan qanday mehnat turi bilan insonning shug‘ullanishi katta 
ahamiyatga ega. Mehnat turiga va undagi energiya sarfiga qarab insonlar 5 
guruhga bo‘linadi: 
- I gruppa – aqliy mehnat bilan shug‘ullanuchi insonlar - 2800-3000 kkal; 
-
II gruppa – mexanizatsiyalashgan mehnat bilan va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi 
insonlar - 3000-3500 kkal; 
-
III gruppa – meyoriy jismoniy mehnat turi bilan shug‘ullanuvchi insonlar -3500-
4000 kkal; 
-
IV gruppa – og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi insonlar - 4000-4500 kkal; 


107 
-
V gruppa – juda og‘ir jismoniy mehnat turi bilan shug‘ullanuvchi insonlar - 4500-
5000 kkal.
2.
Oziqa moddalarning koloriyalik darajasi hisobga olinadi. 
3.
Oziqa moddalarning izodinamikasini o‘rganish, ya’ni oqsil, yog‘ va uglevodlarni 
bir-birini o‘rnini bosish xususiyati. Ularning energetik ko‘rsatgichlarini hisoblash 
orqali o‘rin almashtirib iste’mol qilishni inobatga olish. Ammo bunday almashtirilish 
qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Chunki oziqa moddalar energetik ahamiyatdan 
tashqari plastik ahamiyatini yodda tutish zarur.
4.
Ozuqa moddalar ratsionida har bir guruhga mos oqsil, yog‘ va uglevodlar bo‘lishi 
kerak. Masalan, 1 guruhdagi insonlar uchun 1 sutkalik ratsionda 80- 120 g oqsil, 80-
100 g yog‘, 400-600 g uglevodlar bo‘lishi kerak. Ozuqa ratsionidagi oqsil miqdori 
katta ahamiyat kasb etadi. Organizdagi oqsil miqdorini meyoriy ko‘rsatgichlari azot 
balansi bilan aniqlanadi.
5.
Ozuqa ratsionidagi oqsil, yog‘ va uglevodlar nisbati 1:1:4 bo‘lishi kerak. 
6. Ratsion tuliqligicha organizmni vitamin, mineral tuzlar va suvga bo‘lgan 
ehtiyojini qoplashi zarur. 
7.
Ovqat tarkibida sifatli va sifatsiz oqsillar bo‘lishi kerak. 
8.
Ozuqa ratsioni tarkibiga iste’mol qilinadigan umumiy oqsilning uchdan bir 
nisbatida hayvon oqsili iste’mol qilish tavsiya qilinadi. 
9.
Oziqa moddalarning o‘zlashtirilish darajasini ham inobatga olish zarur. 
10. To‘qlik hissini beruvchi ovqat hajmini inobatga olish ham katta ahamiyatga 
ega. 
11. Surilish jarayonidagi meyor to`g‘ri ovqatlanish bilan ham belgilanadi. 
12.
Iste’mol qilinadigan ozuqa tarkibidagi kaloriyalarni sutka bo‘ylab taqsimlash to‘g‘ri 
bajarilishi kerak. 
13.
Hayvon oqsillariga boy ovqatni kunning birinchi yarmida, sutli va sabzavotli 
mahsulotlarni esa kunning ikkinchi yarmida iste’mol qilish maqsadga muvofiq. 
Oziqa ratsionini tuzishda ovqatning ko`rinishi va undan taralayotgan hid ham katta 
ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. 


108 
Tana haroratini boshqarilishi - termoregulyatsiya
 
deyiladi. Fiziologik 
mexanizmiga qarab kimyoviy va fizikaviy termoregulyatsiyalar farq qilinadi.
Kimyoviy termoregulyatsiya
- organizmda issiqlik hosil bo‘lishini tezlashti-
rib yoki sekinlashtirib boshqaradi.
Fizikaviy termoregulyatsiya
- organizmdan issiqlik uzatilishini o‘zgartirib 
amalga oshadi. Boshqa muhit harorati organizmdagi moddalar almashinuviga ta’sir 
etib, haroratni pasayishi, sovishi moddalar almashinvini tezlashtirib, issiqlik hosil 
bo‘lishi ko‘payadi. Sovuqlik ta’sirida moddalar almashinuvini kuchayishi 
muskullardagi sovuqlik sezuvchi reseptor ta’sirlanib, reflektr ravishda muskul 
titray boshlaydi va energiya sarfi kuchayadi. Kimyoviy termoregulyatsiyada 
muskullardan tashqari jigar, buyrakda ham sovuqlik ta’sirida moddalar 
almashinuvi bir necha marta tezlashadi. Tashqi muhit harorati ko‘tarilganda 
issiqlik hosil bo‘lishi sekinlashib, unda fizikaviy termoregulyatsiyani o‘rni 
muhimdir. Issiqlik ta’sirida moddalar almashinuvi bir muncha pasayib, bu 
organizmni qizishdan saqlay olmaydi. Termoregulyatsiyada asab sistemasi asosiy 
o‘rin egallab, oraliq miyaning gipotalamus qismida issiqlik almashinuvining 
boshqaradigan markaz bo‘lib reflektor va gumoral ta’sirlardan qo‘zg‘aladi. 
Muayyan retseptorlar ta’sirlanib impuls markazga uzatilib, markazni qo‘zg‘alishi 
muskul va organlardagi oksidlanish jarayonlarni, tomirlar sig‘imi, ter ajralishini 
o‘zgartiradi va issiqlik hosil bo‘lishi va uzatilishi o‘zgaradi. Oraliq miyadagi 
gipotalamusga igna sanchilib, markaz shikastlansa hayvonda termoregulyatsiya 
buzilib, tana harorati 2,5-3

C ga ko‘tariladi (ilova: 49-rasm). Gomoyoterm 
hayvonlar gipotalamusi olib tashlansa payqiloterm hayvonga o‘xshab qoladi. 
Gipofiz, qalqonsimon va buyrak usti bez gormonlari moddalar almashinuvining 
intensivligiga ta’sir etib termoregulyatsiyani o‘zgartiradi. Termoregulyatsiyada 
bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtiroki to‘g‘risidagi dalillar bor.
Hozirgi vaqtda ilm-fan rivoji jadal sur’atlar bilan borar ekan, bu oziq-ovqat 
sanoatiga xam o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Peshtaxtalarda ko‘rinishi 
benuqson bo‘lgan ammo transgen yo‘llar bilan olingan oziq-ovqatlarning ko‘payib 
borayotganligini ko‘rish mumkin. Transgen maxsulotlar nima va ularning inson 


109 
salomatligi uchun ta’siri qanday degan savollar har bir insonni o‘ylashga majbur 
qiladi. Transgen maxsulotlar bu DNK tarkibigan unga xos bo‘lmagan gen kiritilgan 
maxsulotlar bo‘lib, ular o’simlikning tashqi muxitning noxush ta’sirlari va 
zararkundalarga 
qarshilik 
qilish 
qobiliyatini 
oshiradi. 
Masalan, 
sut 
maxsulotlarining saqlanish muddati uzayadi, kartoshkaning kalorado qo‘ng‘iziga 
chidamliligi ortadi va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ammo, 
insonlarni bu genlar va ular kiritilgan oziqa maxsulotlarining organizmdagi 
moddalar almashinuviga ta’siri ko‘proq qiziqtiradi. Olimlarning fikrlariga ko‘ra 
bunday maxsulotlar tarkibiga viruslarga qarshi genlarning kiritilishi nafaqat 
o‘simlik balki ularni iste’mol qiluvchi organizmning ham kasalliklar va viruslarga 
nisbatan qarshilik qobiliyatini oshishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda gen 
injenerligi yutuqlari farmatsevtikada ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, insulin, 
interferon va boshqa gormonal preparatlar shular jumlasidandir. Ammo olimlar 
transgenlarning uzoq muddatli ta’siri va ular oqibatida organizmdagi o‘zgarishlar 
to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirmoqdalar. Shu sababli ularning organizmga va 
xususan inson genomiga ta’siri to‘g‘risida ishonchi dalilar keltirilmagan. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish