104
suv va karbonat angidrid hosil qilmay, ular
organizmda parchalanganda
mochevina, urat kislotalar va boshqa moddalar hosil bo‘lib siydik bilan chiqariladi.
Organizmda organik moddalar alohida-alohida parchalanmay, balki oqsillar,
yog‘lar va uglevodlar bir vaqtda belgili miqdorda parchalanadi. Shunga bog‘liq
ravishda nafas koeffisienti ba’zan birdan oshiq, ba’zan birdan kam bo‘ladi va hatto
0,7 dan pasayib ketadi. Nafas koeffisientini yuqori bo‘lishi organizmda uglevodlar
yog‘ga aylanayotgan davrga to‘g‘ri kelib uglevodlarda kislorod yog‘lardagiga
nisbatan ko‘p bo‘lib bu vaqtda ajralayotgan kislorod organizmda oksidlanish uchun
sarflanib yutilgan kisloroddan ajralayotgan karbonat angidrid ko‘payib ketadi va
nafas koeffisienti 1 dan baland bo‘ladi aksincha organizm och qolganida
yog‘larning bir qismi uglevodlarga aylana borib,
atmosfera havosidan olingan
kislorod yog‘larni oksidlash bilan uglevod molekulasini hosil qilishda ishtirok etib,
yutilgan kisloroddan hosil bo‘lgan karbonat angidrid ko‘p bo‘lib nafas koeffisienti
0,7 dan pasayadi. Demak organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gazlar
almashinuvini bilib, organizmdagi energiya sarfini koloriyalarda aniqlash mumkin.
Buning uchun:
1. Nafas koeffisienti aniqlanadi.
2.Shu nafas koeffisientiga qarab organizmga 1 l kislorod yutilganda yoki undan 1 l
karbonat angidrid chiqarilganda qancha koloriya issiqlik hosil bo‘lganini jadvaldan
topiladi. 41,5 g. uglerodning oksidlanishi uchun (41,5 x 32 ):12=110,60g. O
2
sarflanadi va 44,5+110,66=152.16 g CO
2
hosil bo‘ladi. 4,4 g vodorodni
oksidlanishiga (4,4 x 16):2=35,2 O
2
sarflanadi. Demak, uglerod va vodorodni
oksidlanishi uchun 110,66+35,2 =145,86 g kislorod sarflanadi. Nafas koeffisienti
organizmda oksidlanayotgan moddalar miqdorini o‘zaro nisbati to‘g‘risida
tushuncha beradi. Yutilgan kislorod, ajralayotgan karbonat
angidrid siydik orqali
chiqarilgan azot miqdorini aniqlab, organizmda qancha uglevod, yog‘ va oqsil
parchalanganligi aniqlanadi. Organizmda biror organik moddaning bir grammi
oksidlanganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini shu moddaning kalorik
koeffisienti deyilib, Rubnerning ma’lumotlariga qaraganda
organik moddalarning
kalorik koffisientlari:
105
1 gramm oqsil 4,1 kkal
1 gramm yog‘ 9,3 kkal
1 gramm uglevod 4,1 kkal
Bu energetik koffisientlar asosida bir modda ikkinchi moddani o‘rnini qoplashi
mumkin bo‘lib, bunga
izodinamiya
deyiladi. Bu qoidaga asosan 1 gramm yog‘
o‘rnini 2,3 gramm oqsil yoki uglevod qoplashi mumkin yoki 1 gramm oqsil o‘rnini
1 gramm uglevod yoki 0,44 gramm yog‘ bosishi mumkin. Bu qoida cheklangan
bo`lib bir modda ikkinchi moddani energetik ehtiyojini qondirgani bilan ularni
plastik ehtiyojini to‘la qondira olmaydi.
Asosiy almashinuv
–
bu
organizm uchun
standart sharoitlarda yashash uchun kerak bo‘ladigan minimal energiya miqdori.
Standart sharoit deganda kiradi:
-
tana gorizontal holatda, mushaklar bo‘shashagan va hissiy zo‘riqishlar ham minimal
miqdorga tushirilganda;
-
oxirgi ovqatlanishdan 14-16 soat o‘tib;
-
temperaturaning tana uchun eng muqobil xolati 18-20 gradusda bo‘lganda;
- hayvon oqsiliga boy ovqat 3 davomida yeyilmagan xolatda.
Asosiy almashinuvni tadqiq qilish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan
bo‘lib, ular asosida asosiy almashinuvni hisoblashni amalga oshiruvchi jadvallar
tuzilgan. Bu jadvallar asosida har bir sog‘lom inson uchun uni jinsi, tana vazni va
bo‘y ko‘rsatgichini inobatga olgan holda asosiy almashinuvni hisoblash imkoniyatini
beradi. Keyingi bosqichda shu odamni asosiy almashinuvini kalorimetriya orqali ham
aniqlanadi va bu ko‘rsatgichlar solishtiriladi. Asosiy almashinuv ko‘rsatgichlariga
ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: ba’zi endokrin kasalliklarda asosiy
almashinuv keskin ortib ketadi. Qalqonsimon bezning giperfunksiya
xolatida aosiy
almashinuv keskin ortadi, aksincha gipofunksiyasida pasayishi kuzatiladi. Asosiy
almashinuvni susayishiga gipofiz va jinsiy bezlardagi yetishmovchilik ham sabab
bo‘lishi mumkin. Asosiy almashinuvni o‘rtacha ko‘rsatgichi1 soatda 1 kg tana vazniga
1 kkal ni tashkil qiladi. Erkaklarda 1 sutka davomidagi asosiy almashinuv 1700 kkalni,
ayollarda 10% ga kam miqdorni tashkil qiladi. Sog‘lom odamning sutkalik energiya
106
sarfi asosiy almashinuvdan kattaroq ko‘rsatgichni tashkil qilgan holda quyidagi
tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.:
- asosiy almashinuv;
-
biron-bir jismoniy yuklamani bajarish uchun saflanadigan energiya miqdori;
-
iste’mol qilingan ovqatni hazm qilish va so‘rilishi uchun sarflanadigan energiya
miqdori. Oqsilga boy ovqat iste’mol qilinganda modda almashinuv 30-40% ga
ko‘payadi, ovqat tarkibi uglevod va yog‘larga boy bo‘lganda 4-15% ga ko‘payishini
ko‘ramiz.Yuqorida keltirilgan ko‘rsatgichlarning yig‘indisi
umumiy almashinuvni
tashkil qiladi. Organizm normal hayotchanlikni namoyon qilishi uchun iste’mol
qilinayotgan ovqat tarkibidagi energiya miqdori sarflanayotgan miqdorga adekvat
bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Organizmda adaptativ mexanizmlar bu jarayonlarni
normal borishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: