Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Vositasiz (bevosita)

kalorimetriyada 
biokalorimetrlardan 
foydalanilib, 
tekshiriladigan 
odam 
biokalorimetr ichiga joylashtirilib organizmdan vaqt birligida ajralib chiqqan 
issiqlik miqdori o‘lchanadi. Bu kalorimetrni Rossiyada 1893 yil A.A.Lixachev va 
V.V.Pashutin, keyinchalik AQSHda 1899 yil Etuoter va F.Benediktlar yasab, 
maxsus metallardan ishlangan bo‘lib, issiqlik o‘tkazmaydigan kameraga ega, 
devori ikki qavat, bu qavatlar orasida havo bo‘lganligi uchun issiqlik tashqariga 
chiqmaydi. Kameraning yuqori qismidan naychalar o‘tkazilib, bu naychalardan 
tajriba vaqtida suv oqib o‘tib turadi, suvning harorati kameraga kirayotgan va 
chiqayotgan joyida termometr yordamida o‘lchanib, ma’lum vaqt davomida o‘tgan 
suvni va necha gradus isiganini bilib odam chiqargan issiqlik miqdorini 
kaloriyalarda hisoblash mumkin. Keyingi yillarda kompensasion va gradientli 


102 
kalorimetrlar yasalib, hozirgacha yaratilgan kalorimetrlarda organizmning energiya 
sarfini aniqlash qiyin, ko‘p mehnat talab qilinganligi uchun gazlar almashinuvini 
o‘rganishda vositali kalorimetriyadan foydalaniladi.
Vositali kallorimetriya
-
usulida energiya oksidlanish jarayoni evaziga hosil bo‘lganligi tufayli, bunda 
organizmga yutilgan kislorod va ajralib chiqqan karbonat angidridni o‘lchash 
maqsadga muvofiqdir. Demak ma’lum miqdorda kislorod sarflanib karbonat 
angidrid ajralishi natijasida ma’lum miqdorda energiya hosil bo‘ladi. Organizmga 
1 l kislorod olinganida undan 1 l CO
2
ajralib, hosil bo‘ladigan issiqlik miqdoriga 
kislorod yoki karbonat angidridni 
kalorik ekvivalenti 
deyiladi. Yutilgan kislorod va 
ajratilgan karbonat angidrid miqdorini aniqlash uchun ikki xildagi respirasion 
kameralardan foydalaniladi.
1.
Germetik – berk holatda ishlaydigan kameralar.
2.
Atmosfera havosi bilan tutash holatda ishlaydigan kameralar.
1.Germetik berk holatda ishlaydigan respirasion kameralar qopqoqli, qo‘sh qavatli 
metal kamera bo‘lib, qopqoqdan kamera ichkarisiga tajriba hayvoni kiritiladi. 
Qopqoq germetik qilib berkitiladi, kamera ichidagi havo bir maromda nasos 
yordamida so‘rilib, kamerada bosim pasayishi bilan gazometr ishga tushadi va 
kameraga tashqaridan havo kiradi. Demak kameradagi shu havo tarkibidagi 
kislorod miqdorini tajribadan oldingi va keyingi kislorod miqdori qayd qilinib, sarf 
bo‘lgan kislorod miqdori aniqlanadi.
2. Tashqi atmosfera havosi bilan tutash ishlaydigan kameralar tuzilishi bilan farq 
qilib, ularning ichidan tashqariga va tashqaridan ichkariga havo nasos yordamida 
haydalib turiladi. Haydalgan havo miqdori gaz soatlarida qayd qilinib, bir qancha 
moslamalar yordamida kameraga kirgan va chiqqan gaz miqdori aniqlanib, istemol 
qilingan kislorod va ajralgan karbonat angidrid miqdori aniqlanadi. Bundan 
tashqari qisqa vaqt davomida olingan kislorod
va chiqarilgan karbonat angidrid 
miqdorini maxsus nafas niqoblari yordamida aniqlanadi. Shu vaqtning o‘zida 
atmosfera havosining tarkibi o‘rganilib, yig‘ib olingan havoning umumiy 
miqdoriga solishtirilib kislorod va karbanat angidrid miqdorining tafovuti 


103 
aniqlanadi. Demak, bu paytda odam nafasga olgan kislorod va chiqarilgan 
karbonad angidrid miqdori aniqlanadi.
Vositasiz va vositali kalorimetriya usullari yordamida olingan ma’lumotlar 
hamma vaqt ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan: organizmda anaerob 
jarayonlar kuchayganida, ichki rezerv kislorod oksidlanish uchun sarflanganida, 
sintezlanish jarayonlari kuchayganida olingan kalorimetrik ma’lumotlar taxminiy 
bo‘ladi. Kalorimetrik usuldan tashqari odam ma’lum ratsion bilan oziqlantirilganda 
tirik vaznining oshishi yoki kamayishi, organizmda yog‘lar, oqsillar va suvlar 
miqdoroini o‘zgarishiga qarab organizmda moddalar almashinuvining shiddati 
to‘g‘risida xulosa qilsa bo‘ladi. Organizmda organik moddalardan qaysi biri 
parchalanayotganini nafas koeffisientiga qarab bilsa bo‘ladi. Chunki organizmda 
yutilayotgan kislorod va chiqarilayotgan karbonat angidrid hamda hosil bo‘lgan 
energiya parchalanayotgan organik moddalarning turiga bog‘liq. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish