Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Membranada ovqat hazm bo‘lishi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 
Membranada ovqat hazm bo‘lishi.
Membranada ovqat hazm bo‘lishi 
ingichka ichak bo‘shlig‘idan adsorbsiyalanuvchi (asosan me’da osti bezi 
ajratuvchi) fermentlar, hamda ichak hujayralarida (enterotsitlarda) sintezlanuvchi 
va membranada o‘rnashgan, xususan ichak fermentlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Ichak hujayralaridagi jiyaklar mikrovorsinkalardan, ya’ni membrana 


96 
bilan chegaralangan sitoplazmaning o‘simtalaridan iborat (ilova: 43- rasm). 
Enterotsitlarning shyotkali jiyagi unversal tuzilma bo‘lib, turli hayvonlar va 
odamga xosdir. Har bir enterotsitlarning apikal yuzasida 3-4 ming 
mikrovorsinkalar bor, ichak epiteliysining 1 kv mm yuzasiga 50-100 mln 
mikrovorsinkalar to‘g‘ri keladi. Odam va sut emizuvchilarda mikrovorsinkalarning 
uzunligi o‘rtacha 1 mkm, diametri-0,1 mkm atrofida bo‘ladi. Membranada ovqat 
hazm bo‘lishi darajasiga ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan molekulalar o‘tadi, 
bakteriyalar bu doiraga o‘ta olmaydi. Ovqat hazm bo‘lishining boshlang‘ich 
bosqichi faqatgina me’da-ichak traktining bo‘shlig‘ida amalga oshadi. 
Yo‘g‘on 
ichak
- ingichka ichakning davomi bo‘lib, quyidagi bo‘limlardan iborat: 1. Ko‘r 
ichak - (chuvalchangsimon o‘simta bilan) 2. Yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak 
3. Ko`ndalang chambar ichak 4. Pastga tushuvchi chambar ichak 5. Sigmasimon 
ichak. 6. To‘g‘ri ichak. Yo‘g‘on ichak bir qancha funksiyalarni bajaradi. Yo‘g‘on 
ichakda asosan suv so`riladi va axlat massasi shakllanadi. Yo‘g‘on ichak devorida 
bakteriyalar yashab, ularning faoliyati natijasida vitamin K va vitamin В 
kompleksi sintezlanadi, hazm bo`lmagan kletchatkani hazm bo`lish jarayoni 
davom etadi.
Jigar
- qorin bo‘shlig‘ining o‘ng qovurg‘aosti sohasida, 
diafragmaning o‘ng gumbazi ostida joylashgan. Og`irligi taxminan 1500 - 2000 g,
qizg‘ish - qo‘ng‘ir tusda, yumshoq bo‘ladi. Jigarning ko‘pchilik qismi qorin parda 
bilan o`ralgan bo‘lib, faqat orqa tomoni diafragmaga tegib turadi. Jigarda ustki - 
diafragmal va ostki - visseral yuzalari farqlanadi. Ustki va ostki yuzalar old 
tomondan birlashib oldingi o‘tkir visseral qirg`oq hosil qiladi. Jigarning 
diafragmal yuzasi o`roq shakldagi boylam orqali o`ng va chap pallalarga ajraladi. 
Jigarning ostki visseral yuzasi H xarfi shaklini hosil qilgan uchta egat orqali uni 
to`rtta pallaga: katta o`ng, kichik chap, dumsimon va kvadrat pallaga ajratadi. 
Ko`ndalang egat sohasida jigar darvozasi joylashgan. Bu yerdan qon tomirlar, 
asablar, jigarning umumiy chiqarish nayi bilan limfa yo‘llari o‘tadi. Uzunasiga 
yo`nalgan o`ng egat old tomonda kengayib chuqurchani hosil qiladi. Chuqurcha 
ichida o‘t pufagi joylashgan. Egatning orqa yarmida pastki kovak vena o‘tadi.
Jigarning morfologik va funksional birligi - bo‘lakchalar hisoblanadi. Har bir 


97 
bo‘lakcha ko‘p qirrali prizmaga o‘xshaydi va eni 1-2 mm ga teng. Mikroskop
ostida tekshirilganda bo‘lakchalar jigar hujayralari - gepatotsitlardan iborat. 
Gepatotsit - ko‘p burchakli hujayra bo‘lib, tarkibida bitta yoki ikkita yadro 
uchraydi. Gepatotsitlar sitoplazmasida 800 gacha mitoxondriyalar uchraydi. 
Mitoxondriyalar yog‘ kislotalarni oksidlanishida va turli oksidlanish- qaytarilish 
reaksiyalarda qatnashib, asosiy energiya ishlab chiqarish manbai hisoblanadi. 
Lizosomalar hujayra ichiga tushgan turli moddalarni va kiritmalarni parchalashda 
ishtirok etadi. Endoplazmatik to`r kanalchalarida turli immunoglobulinlar, 
oqsillar, xolesterin, yog‘ kislotalari, glikogen va o‘t moddasi sintezlanadi. 
Gepatotsitlar
- zanjir kabi bir-biri bilan tutashib jigar tasmalarini hosil qiladi. 
Bo‘lakchada tasmalar radial holda joylashgan. Ikkita qo`shni jigar tasmasidan
jigar plastinkalar hosil bo‘ladi. Ikkita qo`shni jigar plastinkalar orasidan sinusoid 
kapillyar o‘tadi. Bu kapillyarda aralashgan venoz va arterial qon oqadi (ilova: 42 - 
rasm). Sinusoid kapillyarlar bo`lakchada joylashgan markaziy venaga kelib 
quyiladi. Ikkita jigar tasmaning qo`shni hujayralari orasidan o‘t naychalari o‘tadi. 
Demak, o‘t naychasining devori qo`shni gepatotsit yuzalari hisobidan hosil bo‘ladi 
va o`z devoriga ega emas. har bitta gepatotsitning yuzasi bir tomondan o‘t naychasi 
bilan, qarama-qarshi yuzasi esa sinusoid kapillyar bilan bevosita kontaktda bo‘ladi.
Jigar o‘zida boradigan metabolik jarayonlarining turli-tumanligi bilan 
boshqa a’zolardan farqlanadi. Jigar quyidagi asosiy jarayonlarning amalga 
oshirishda qatnashadi: 
1.
Metabolitik faoliyati: ichakdan qopqa venasi orqali kelgan ozuqa moddalar 
jigarga kelib modda almashinuv faoliyatida ishtirok etadi. Jigarda uglevod, 
yog‘, oqsillar, nuklein kislotalar, bioligik faol moddalar, vitaminlar
mikroelementlar, yog‘ kislotalar sintezi amalga oshadi. 
2.
Zahiralovchi faoliyati: jigarda uglevodlar, lipidlar, oqsillar, gormonlar, 
vitaminlar va mineral moddalar zahiralanishi mumkin. 
3.
Himoyalovchi faoliyati: jigarda endogen toksinlar, yot moddalarning 
zararsizlantirilishi amalga oshadi. 


98 
4.
Ekskretor faoliyati: jigarda 40 dan ortiq ekzo- va endogen moddalar o‘t 
yo‘llari orqali, ba’zilari esa qonga chiqarib, buyraklar orqali tashqariga 
chiqariladi. 
5.
Gomeostazlovchi: jigar ichki muxit doimiyligini ushlab turishda, xususan, 
bu jarayon qondan ba’zi moddalarni jigarga so‘rilishi va jigardan qonga 
chiqarilishi orqali amala oshiriladi. 
Turli zaharli moddalarni jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar bilan ikki 
bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik to‘rda (EPT) boradi, 
reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi, ularning kofermenti 
sitoxrom R-450, v5, gem va vitaminlar xisoblanadi. 
Biotransformatsiyaning birinchi bosqichi quidagi reaksiyalarni o‘z ichiga 
oladi: gidrolitik parchalanish, oksidlanish, qaytarilish, metillanish va boshqalar. 
Biotransformatsiyaning ikkinchi bosqichi – kon’yugatsiya jarayonlaridir
,
ya’ni hosil bo‘lgan moddalarni glyukuron yoki sulfat kislotaning faol shakli, 
glutation va boshqa moddalar bilan birikishidir.
Me’da osti bezi - qorin bo‘shlig‘ining orqa tomonida I-II bel umurtqalari 
qarshisida, me’daning orqasida joylashgan. U qorin pardasi bilan faqat - oldingi va 
pastki tomondan o`ralgan bo‘ladi. Me’da osti bezi ovqat hazm tizimida ikkinchi 
yirik bez bo‘lib,uning massasi 60-100 g, uzunligi 15-22sm. Bez qizig`ish-kul 
rangda, ustidan yupqa biriktiruvchi to`qimali kapsula bilan o`ralgan, o‘n ikki 
barmoqli ichak bilan taloq orasida joylashgan. Me’da osti bezida ekzokrin va 
endokrin qismlari ajraladi (ilova: 41- rasm). 
Ekzokrin qismi
tashqi sekretsiya 
bezlariga o`xshash bo‘lib, tuzilishi jihatdan murakkab alveolyar-naysimon bez 
hisoblanadi. Alveolyar qismi atsinuslar deyiladi. Atsinuslar tarkibiga kiruvchi 
hujayralar 
pankreatik shira
ishlab chiqaradi. Pankreatik shira tarkibini proteolitik, 
amilolitik va lipolitik fermentlar tashkil qiladi, oqsillarni, yog`larni va uglevodlarni 
hazm qilish jarayonlarida ishtirok etadilar. Alveolalardan mayda naychalar 
boshlanadi. Bir nechta alveolalardan chiqqan naychalar birikib bo‘lakchalararo 
chiqaruv naychalarni hosil qiladi. Bu naychalar esa asosiy chiqaruv yo‘lga ochiladi 
va natijada ishlab chiqariladigan mahsulot o‘n ikki barmoqli ichakka borib 


99 
quyiladi. Me’da osti bezining 
endokrin qismi
maxsus hujayralardan tarkib topgan. 
Bu hujayralar orolchalar holida uchrab, Langergans orolchalari deb nom olgan va
bezning dum qismida ko‘proq uchraydi. Orolchalarda chiqaruv naylari bo`lmaydi 
va ishlab chiqariladigan maxsulot to‘g‘ridan - to‘g‘ri qonga o‘tadi. Endokrin 
qismida 
insulin
va 
glikogen
gormonlari ishlab chiqariladi. Insulin gormoni 
organizmda uglevodli modda almashinuvini boshqaradi, qonda glukoza miqdorini 
kamaytiradi. Glikogen gormoni insulinga nisbatan antogonist hisoblanib, qondagi 
qand miqdorini oshiradi. Insulin jigarda glikogen moddasini va yog‘ to`qimasida 
yog‘ moddalarini parchalaydi. Demak, me’da osti bezining endokrin qismida 
ishlab chiqadigan gormonlar organizmda uglevodli va yog` modda almashinuvini 
idora etadi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish