Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Siydikning osmotik bosimini oshirish va pasaytirish



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 Siydikning osmotik bosimini oshirish va pasaytirish. 
Organizmda suv 
yoki tuzlar konsentratsiyasi ko‘payganda, ularning ortiqchasi buyraklarning 
faoliyati tufayli chiqarib yuboriladi va shu sababli, buyraklar qonning normal 
osmotik bosimini tiklashda qatnashadi. Suv muvozanati holatiga qarab, sut 
emizuvchi va qushlarning buyraklari ba’zan quyuq, ba’zan esa suyuq siydik ishlab 
chiqaradi. Siydikning osmotik bosimini oshirishda nefronning hamma qismlari 
ishtirok qiladi. Bu jarayonga buyraklarning mag‘iz qismidagi qon tomirlari va 
hujayralararo to‘qima ham tortiladi. Nefronning siydikni quyultirishdagi faoliyati 
juda ham unumli bo‘ladi, chunki buyraklarda, burib teskari oqizadigan tizim 
mavjud. Burib teskari oqizuvchi tizimga Genle qovuzlog‘ining tushuvchi va 
ko‘tariluvchi qismlari va to‘plovchi naychalari kiradi. Tizimning uchchala qismi 
bir-birlarining yonida jips taqalib turadi. Atrofdagi to‘qimalar suyuqligi, ro‘y 
beradigan jarayonlarda juda ham sust qatnashadi. Proksimal kanalchada 
reabsorbsiyadan qolib, Genle qovuzlog‘ining tushuvchi qismiga etib kelgan 
suyuqlikning osmotik bosimi qon plazmasining osmotik bosimiga teng. Bu 
suyuqlik, Genle qovuzlog‘ining ingichka tushuvchi qismiga etib kelib, 
buyraklardagi hujayralararo osmotik bosim yuqori bo‘lgan qismidan oqa 
boshlaydi. Osmotik bosimning qovuzloqdan tashqarida yuqori bo‘lishini, Genle 
qovuzlog‘ining yo‘g‘on ko‘tariluvchi qismini qoplovchi hujayralar faoliyati 
ta’minlaydi. Bu hujayralar suvni o‘tkazmaydi, natriy kationi va xlor anionlarini 
to‘qimalararo suyuqlikka o‘tkazadi. Qovuzloq tushuvchi qismining devori esa, 
suvni osonlik bilan o‘tkazadi. Shuning uchun ingichka qism bo‘shlig‘idagi suv 
osmotik bosimlar farqiga qarab tashqariga chiqadi. Demak, suuqlik bir necha marta 


121 
quyulib, miqdori kamayadi. Suyuqlikning Genle qovuzlog‘ining ko‘tariluvchi 
qismidagi harakati davomida suv so‘rilmaydi, ammo xlor va natriy ionlari qayta 
so‘rilishda davom etadi. Natijada, suyuqlik distal kanalchaning bosh qismiga 
gipotonik holda etib keladi va bu yerda, suyuqlikning osmotik bosimi 200 sm


atrofida bo‘ladi. Issiq sharoitda odam va hayvonlarning buyraklari, moddalar 
konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan ozgina miqdordagi gipertonik siydikni ajratib, 
boshqa jarayonlarga, masalan terlash va tana harorati barqororligini saqlash uchun 
zarur bo‘lgan suvni tejab qoladi. Suv juda tanqis bo‘lgan sharoitda odam 
buyraklari ajratgan siydikning miqdori bir daqiqada 0,5-0,6 ml. dan oshmaydi. 
Organizmga ortiqcha suv kirganda buyraklar ko‘p miqdorda gipotonik siydik ajrata 
boshlaydi. Biroq, nefronlarning ko‘pchiligida suyuqlik filtratsiyasi o‘zgarmaydi. 
Proksimal kanalchada suvning reabsorbsiyasi ham odatdagicha bo‘ladi va 
nefronning distal qismiga yetib keladigan suyuqlikning miqdori ham o‘zgrmaydi. 
Ko‘p suv ichilganda, buyrakning mag‘iz qismidagi to‘qimada, osmotik bosim 
pasayib ketadi va nefronning bu yerdan o‘tgan qismi bo‘shlig‘idagi suyuqlikning 
osmotik bosimi ham plazmanikidan kam bo‘ladi. Buning sababi shuki, ko‘p suv 
ichilganda, qonda antidiuretik gormonning miqdori kamayib ketadi, distal 
kanalchalarning devori suvni o‘tkazmay qo‘yadi, natriy reabsorbsiyasi esa davom 
etaveradi. Natijada, osmotik bosimi juda past 50 mosm

l bo‘lgan siydik ko‘p 
ajraladi. Bu vaqtda, distal kanalcha devoridan siydikning o‘tishi ham sekinlashadi, 
u, mag‘iz moddaga o‘ta olmaydi, bu erda osmotik bosim kamayadi. Qayta 
so‘rilmagan siydikchil, gipotonik siydik tarkibida tashqariga chiqariladi. Ko‘p suv 
ichilgandan keyin, odamda siydik ajralishi bir daqiqada 18 ml. dan oshib ketishi 
mumkin. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish