Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Homiladorlik davrida kuzatiladigan gormonal o‘zgarishlar



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Homiladorlik davrida kuzatiladigan gormonal o‘zgarishlar.
Urug‘langan 
tuxum hujayra bachadonga tushgach, bir necha kun erkin holatda bo‘ladi, so‘ngra 
uning shilliq pardasiga yopishadi (implantatsiya ro‘y beradi). Implantatsiya 
jarayoni progesteron va estrogenlarga muxtoj bo‘ladi. Urug‘langan tuxumdan 
rivojlangan blastotsistaning bir qismidan va unga yondosh bo‘lgan endometriydan 
yo‘ldosh rivojlanadi, u orqali homila ona qonidan kerakli moddalarni oladi. 
Yo‘ldoshning bir pardasi xorion-gormonlar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Unda 
xorionlik gonadotropin va platsentar laktogen gormon sintezlanadi. Xorionik 
gonadotropin glikoprotein gormonlaridan bo‘lib, homiladorlikning boshlanishida 
sariq tana faolligini va undan progesteron ajralishini ta’minlaydi. Platsentar 
laktogen gormon esa bu holatda metabolik jarayonlarga ta’sir qiladi. Homiladorlik 
vaqtida qonda progesteron miqdorining ko‘payishi endometriyni yemirilishdan 
saqlaydi. Sariq tana homiladorlikning birinchi oyi oxirida o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 
Homila rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan progesteron va estradiolni sintezlash, 
bundan keyin, yo‘ldosh zimmasiga tushadi. Yo‘ldoshning relaksin gormoni qov 
suyaklari simfizini yumshatib, kichik tos suyaklari bog‘lamlarini bo‘shashtiradi va 
tug‘ruq yo‘llarining kengayishiga imkoniyat yaratadi. Jinsiy gormonlarning 
ekstragenital ta’siri ham sezilarli bo‘lib, androgenlar anabolitik samaraga ega. Ular 
oqsil sintezini tezlashtiradi. Erkaklarda mushaklarning yaxshi rivojlanishi shunga 


142 
bog‘liq. Progesteron, aksincha, katobolik ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sirida asosiy 
almashinuv kuchayadi, ertalab uyg‘onganda tana harorati yuqori bo‘ladi. Boshqa 
gormonlar bilan hamkorlikda jinsiy suyaklar o‘sishini boshqaradi. Jinsiy bezlar 
faolligi oshib ketsa, epifizar tog‘aylar tezroq suyakka aylanib, o‘sish to‘xtaydi. 
Androgenlar yetishmasa, aksincha, o‘sish davri uzayib, ko‘salik novchaligi 
kuzatiladi. Jinsiy gormonlar MAT ga va jinsiy xulq-atvorga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi, ular gipotalamo-gipofizar-gonadali tizimning o‘z-o‘zini boshqarish 
mexanizmida muhim zveno hisoblanadi. Steroid gormonlarning nishon-a’zolari 
urug‘ naychalarining hujayralari, prostata, urug‘ pufakchalari, bachadon, jigar, 
gipotalamus va boshqalar hisoblanadi. Jinsiy gormonlar, qon tarkibida maxsus 
oqsillar bilan bog‘liq holatda bo‘ladi. Erkak jinsiy gormonlari miqdori, deyarli 
doimiy bo‘ladi va oddiy manfiy qaytaruvchi aloqa mexanizmi yordamida
boshqariladi. Testosteron miqdorining ko‘payishi LG sekretsiyasini tormozlaydi, 
bunga sabab gipofizotrop sohada mos ravishdagi rilizing-gormonning ajralishini 
tormozlash deb xisoblanadi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish