PROSTATA BEZI PATOLOGIYASI
Prostata bezining eng k o 'p uchraydigan patologiyasi jum lasiga shu
bezning yallig'lanishi (prostatit), giperplastik prostatopatiya, prostata
bezining tugunli giperplaziyasi va raki kiradi.
PROSTATIT
Prostatit - ya ’ni prostata bezining yallig ‘lanishi - о 'tkir va surunkali,
spesifik va nospesifik bo'lishi mumkin. Ko'pincha yosh va o'rta yashar
erkaklarda uchraydi. Bu kasallikning boshlanishida har xil omillarning
ahamiyati bor, shularning orasida infektsiya asosiy o'rinda turadi. O 'tkir
prostatitga ichak tayoqchasi va boshqa grammusbat bakteriyalar sabab
bo'ladi. Surunkali prostatitga mikobakteriyalar, gonokokklar,
trixomonadalar, mikoplazma, xlamidalar sabab bo lishi mumkin.
Prostatit ko'pincha siydik chiqarish kanali orqa bo'lim i va qovuqning
yallig'lanishi bilan birga davom etib boradi. Infektsiya prostata beziga
kanalikulyar yo'l bilan (siydik chiqarish kanalining prostata qismidan),
gematogen va limfogen yo'llar bilan o'tadi.
O'tkir prostatit bez to'qim asida mayda-mayda abssesslar ko'rinishida
yoki parenximasi bilan stromasida yuzaga kelgan diffuz leykositar infiltrasiya
ko'rinishida ko'zga tashlanuvchi yiringli yallig'lanish bilan ta ’riflanadi. Bez
yo'llarida polimorf yadroli leykositlar, ko'chib tushgan hujayralar paydo
bo'ladi. Prostata bezi kattalashib, ilvillab qoladi.Surunkali prostatitda bez kattalashgan, g‘adir-budir, ba’zi joylari
qattiq, ba’zi joylari yumshoq bo‘ladi. Interstisiyda limfogistiotsitar infiltratlar
ko‘p uchraydi, makrofaglar to'planib, kistalar va chandiq to‘qima hosil
qiladi.
Spesifikprostatit tegishli granulyomalar hosil bo'lishi bilan ta’riflanadi.
Prostatitning klinik m anzarasi har xil. Oraliq va dum g'aza sohasida
og'riq bo'lishi, peshobning o'zgarishi (tez-tez zahartang qilishi, siyishning
qiyinlashib qolishi) xarakterlidir. O 'tkir prostatitda qarorat 38-40° С gacha
ko'tarilib, odam qaltiraydi, umumiy intoksikasiya belgilari paydo bo'ladi.
Madda paraprostatik kletchatkaga yoki oraliq kletchatkasiga yorib chiqqanida
ahvol og'irlashadi. Surunkali prostatit aksari simptomsizuD'tadi.
PR O STA TA BEZI RAKI
Prostata bezi raki hammadan ko‘p uchraydigan xavfli o'sma bo'lib,
erkaklar o'limining sababi sifatida o'pka rakidan keyingi ikkinchi o'rinni
egallaydi. Bu rak odatda 50 yoshdan keyin paydo bo'ladi va 75 yashar
odamlar orasida hammadan k o 'ra ko'proq uchraydi.
Etiologiyasi va patogenezi. Prostata bezi karsinomasining etiologiyasi
va patogenezi unchalik aniq emas. Keksalik mahalida kuzatiladigan endokrin
muvozanatning buzilishi ahamiyatga ega deb taxmin qilinadi. Moyakni olib
tashlab, kasalga estrogenlar bilan davo qilishning ijobiy natija berishi shu
nazariyaning to'g'riligiga ishora qiladi. O'sma epiteliy hujayralarining
yuzarida gormonlarga reaksiya ke'rsatuvchi steroicUarga reseptorlar bo'lishi
ham, aftidan, ahamiyatga ega. Epidemiologik tekshirishlaming natijalari
atrofdagi muhit omillari ta’siri, shuningdek irsiy moyillik ham karsinoma
paydo bo'lishida ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Patologik anatom iyasi. Rak odatda prostata bezining periferik
tomonlaridan boshlanadi. Lekin o'sm a multisentrik tarzda o'sib, keyinchalik
yaxlit o'sm aga aylanishi ham mumkin. Oddiy ko'z bilan qaralganida o'sma
aksari prostata bezidan hech bir farq qilmay turadi, lekin bir qadar qattiqroq
va sarg'ish tusda bo'lishi bilan ajralib turishi ham mumkin.Adenokarsinoma limfogen va gematogen yo'llar bilan metastazlar
beradi. Limfogen yo'l bilan regionar limfa tugunlariga metastazlar berishi
o'sm a rivojlanishining bir muncha ilk davrlarida ham kuzatiladi. Gematogen
yo'l bilan metastazlanishda ko'pincha suyak tizimi zararlanib, suyaklar
yemirilib boradi (osteoklastik rak) yoki, aksincha, yangi suyak to'qimasi
paydo bo'lib turadi (osteoplastik rak).
Prostata bezi raki qovuqning orqa devori va urug' pufakchalariga ham
o 'sib kiradi, siydik yo'llarini bosib qo'yadi. Mana shu hoi siydik tutilib qolib,
siydik yo'llari kengayib ketishiga va gidronefroz boshlanishiga olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |