.SUT BEZLARI PA TO LO G IY A SI
Sut beziarida ro'y beradigan patologik jarayonlar ju d a har xil. Jumladan
ularda rivojlanish nuqsonlari, distrofik o'zgarishlar, yallig'lanishga aloqador
о zgarishlar (spesifik va nospesifik), disgormonal, giperplastik va o'sm a
jarayonlari bo'lishi mumkin. Bulardan mastopatiya, mastitlar, o'smalar ko'p
uchrab turadigan patologiya jumlasiga kiradi.
MASTOPATIYA
Mastopatiya (kistoz kasallik, kistoz mastit, Reklyu kasalligi) sut bezida
ro'y beradigan disgormonal giperplastik jarayon bo'lib hisoblanadi.
Tuzilisluga qarab mastopatiyaning har xil xillari tafovut etiladi: kistoz,
proliferate, sklerozlovchi adenoz shular jumlasidandir.
M astopatiyaning kistoz xili diametri 2-3 sm keladigan makrokistalar
bo'lishi bilan ta’riflanadi. Ular aksari ko'p bo'ladi va sut bezlarining
ikkaiasida ham topiladi (81-rasm). B;r qancha kistalaming to'p be'lib turishi
noto'g'ri shakldagi yirik tuzilmalar hosil bo'lishiga olib keladi. Kistalar tiniq
qo ng imamo-sariq yoki qon seliga o'xshash suyuqlik bilan to'lib turadi.
Ularning devori silliq, yaltiroq, ba’zan quyilgan qon uyushib, kista
devorlarining qalinlashib ketishiga yoki kalsinozga uchrashiga olib keladi.
Kistani o'rab turadigan stroma zich fibroz to'qimadan iborat bo'ladi.
Mikioskop bilan tekshirib ko'rilganda bir muncha mayda kistalaming
kubsimon yoki silindrsimon epiteliy bilan qoplanganligi ko'zga tashlanadi.
Bu epiteliy ba zan ko'p qavatli bo'ladi yoki so'rg'ichsim on o'simtalar hosil
qiladi. Kistalar kattalashib borgani sayin ulami qoplab turgan epiteliy biqadar yassi tortib, atrofik bo‘lib qoladi. Juda yirik kistalarda epiteliy
batamom yo‘qolib ketishi mumkin. Kistalar devorida petrifikatlar hosil
bo'ladi. Kamdan-kam hollarda ayrim kistalar asidofil sitoplazmasi yaxshi
bilinib turadigan yirik hujayralari bilan qoplangan bo'ladi. Bu hujayralarning
yadrolari o'rtasida turadi. Ularning paydo bo'lishi apokrin metaplaziyaga
bog'liq deb hisoblanadi. Mastopatiyaning kistoz xilini sut bezi rakidan ajratib
olish oson, chunki u ko'pincha ikki tomonlama bo'ladi va kistoz
tuzilmalaming ko'pligi bilan ta’riflanadi, holbuki, karsinoma solitar
tuzilmadan iborat bo'ladi.
Lekin irsiy moyilligi bo'lgan ayollarda kistoz mastopatiya sut bezi raki
paydo bo lish ehtimoiini oshiradi.M ASTIT
Mastit - bu sut bezi parenximasi va interstisiyasining yailig'lanishidir.
Har qanday yallig'lanish jarayoni singari tabiatan o'tkir va surunkali, spesifik
va nospesifik bo'lishi mumkin.0 ‘tkir mastit 80-85 hollarda emizuvchi ayollaming chillasi davrida
paydo bo'lsa (laktasion mastit), bola emizmaydigan va homilador ayollarda
kamroq bo'ladi. Mastit qo'zg'atuvchilari ko'pchilik hollarda stafilokokklar
va streptokokklardir. Lekin ichak tayoqchasi, protey, Ko'k yiring tayoqchasi
tufayli boshlangan mastit hollari ham tasvirlangan. Infektsiyaning kirish
darvozasi aksari sut bezi uchidagi yoriqlardir. Lekin infektsiya
intrakanalikulyar yo'l bilan, gematogen va limfogen yo'l bilan ham o'tishi
mumkin.
Stafilokokk bilan infektsiyalangan hollarda sut bezida yiringli
yallig'lanish o'chog'i - bezillab turgan zichlashmalar ko'rinishidagi
abssesslarhosil bo'ladi. Ular уuza joylashgan bo'lsa paypaslab ko'rilganda
flyuktuasiya seziladi, ustidagi teri qizarib turadi. Streptokokk infektsiyasida
yiringli yallig'lanish tabiatan tarqoq (flegmona tarzida) bo'ladi. Bunday
hollarda sut bezining hammasi kattalashib bezillab turadi, terisi shishib,
yaltiroq, qizargan tusga kiradi, nekroz o'choqlari hosil bo'lishi mumkin
SUT B EZLA R I 0 ‘SMALARI
Sut bezlari o'smalari ayniqsa xavfli bo'lib, ko'p uchrab turadigan
patologiya jum lasiga kiradi. Bulaming xavfsiz xillari asosan epitelial
tuzilishga egadir. Ularga fibroadenoma, adenoma, bez chiqarish yo'Harming
papillomasi kiradi. Sut bezining xavfli o'smalaridan papillyar raklar:intraduktal, infiltrlovchi, medullyar, mutsinoz raklar, Pejet kasalligi ko'proq
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |