Gipofiz va uning gormonlari.
Gipofiz, yoki miyaning pastki o‘simtasi
endokrin bez hisoblanib, uning funksiyasi gipotalamik gormonlar tomonidan
boshqariladi.
Shundan
kelib
chiqqan
holda,
gipofiz
organizmni
muvofiqlashtiruvchi tizimining asab va endokrin komponentlarini bog‘lovchi
muhim boshqaruv markazdir. Embriogenez davrida gipofiz ikkita har xil kurtakdan
hosil bo‘lgan. Oraliq miya voronkasining tubidan neyrogipofiz shakllangan bo‘lib,
129
u, yuksak umurtqalilarda gipofizning o‘rtadagi tepaligidan, oyoqchalaridan yoki
shohchalaridan va orqa (asab) sohasidan iborat. Bezli soha yoki adenogipofiz,
oldingi ichakning oldiga turtib chiqqan epitelial qopqog‘idan rivojlanadi.
Rivojlanish jarayonida bu ikkala qismni bitta a’zoga birlashishi sodir bo‘lgan.
Adenogipofizda oldingi yoki distal va oraliq sohalar farqlanadi. Odamning
gipofizida yettita gormon ishlab chiqariladi, shulardan to‘rttasi periferik endokrin
bezlarga ta’sir ko‘rsatadi va trop gormonlar deyiladi, uchtasi - efferent gormonlar
bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri a’zo va to‘qimalarga (nishonlarga) ta’sir qiladi. Trop
gormonlarga - follikulni rag‘batlantiruvchi gormon (FRG), lyuteinlovchi gormon
(LG), tireotrop gormon (TTG), adrenokortikotrop gormon (AKTG) kiradi. Effektor
gormonlarga - o‘sish gormoni, samototrop gormon (O‘G, STG), prolaktin
(lyuteotrop gormon) (PRL, LTG), melanotsitlarni rag‘batlantiruvchi gormon
(MRG) kiradi. Adenogipofizda - atsidofil, bazofil va xromofob hujayralar
farqlanib, ular o‘ziga mos ravishdagi gormonlarni sintezlaydi. Atsidofil hujayralar
o‘sish gormoni va prolaktin, bazofil hujayralar - gonadotrop gormonlar (FRG va
LG) va tireotrop gormonlar ishlab chiqaradi, xromofob hujayralar esa atsidofil va
bazofil hujayralarning oldingi ko‘rinishi bo‘lsa kerak.
Adenogipofizning trop gormonlari
. Adrenokor tikotrop gormon - buyrak usti
bezi po‘stloq qismining tutamli va turli zonalarining o‘sishi va bu yerdagi
gormonlar sintezi uchun zarur. Adrenokortikotrop gormoni 39 ta aminokislotadan
tuzilgan polipeptid. Gormonning turga xosligi yo‘q, u buyrak usti bezidan tashqari
boshqa a’zolarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu gormonning miqdori qonda
oshsa, terining pigmentlanishi kuchayadi, yog‘ning yog‘ zaxiralaridan qonga
o‘tishi tezlashadi, jigarda kortizolning parchalanishiga ta’sir qiladi.
Tireotrop gormonlar
(tireotropin TTG) glikoprotein hisoblanib, alfa va betta
subo‘lchamlardan tuzilgan. Betta subo‘lcham o‘ziga xos biologik faolligini
belgilaydi, alfa subo‘lcham TTG va gonadotroplarga (FRG va LG) to‘g‘ri keladi.
Tireotropin qalqonsimon bezning o‘sishi va rivojlanishini stimullaydi, tiroksin (T
4
)
va triyodtironin (T
3
) kabi qalqonsimon bezning gormonlarini ishlab chiqarish va
ajratilishini boshqaradi.
130
Gonadotrop gormonlar
- ayollar va urg‘ochi hayvonlarda follikulning
rivojlanishi va yetilishini, ovulyasiyani (Graaf pufakchasi yorilib, undan tuxum
hujayraning chiqishini), sariq tananing rivojlanishi va faoliyatini ta’minlaydi.
Erkaklarda urug‘don naychalari rivojlanishi, spermatozoidlarni yetilishi va
spermatozoidlar paydo bo‘lishi uchun gonadotrop gormonlar zarur. Bu gormonlar
jinsiy bezlarda ayollar jinsiy gormonlari estradiol, estron va progesteron va
erkaklar jinsiy gormoni testosteron ishlab chiqarilishini boshqarib turadi.
Adenogipofizning effektor gormonlariga
- o‘sish gormoni (O‘G), prolaktin
(PRL) va melanotsitlarni rag‘batlantiruvchi gormon (MRS) kiradi. O‘sish gormoni
(O‘G, somatotrop gormoni, STG) - oqsil bo‘lib, uning boshqa gormonlardan farqi -
turga oid o‘ziga xosligidadir (ilova: 53–rasm). Odamning o‘sish gormoni 191
aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘lib, organizmda tez parchalanadi. Bu gormon
suyaklarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Somatotropin ta’sirida a’zo va
to‘qimalarda oqsil sintezi tezlashadi, ammo buning uchun yetarli miqdorda insulin,
oqsil va uglevodlar bo‘lishi shart. Bola iste’mol qilayotgan ovqatda oqsil va
energiya miqdori kam bo‘lsa, uning o‘sishi (qonda o‘sish gormoni ko‘p bo‘lishiga
qaramasdan) sekinlashadi. Chunki oqsil yetishmasligi natijasida jigarda
somatomedin peptidining sintezlanishi kamayib ketadi. Bu peptid, sulfat kislota
angidridini tog‘ay to‘qimasiga o‘tishini, DNK, RNK va oqsil sintezlanishini
tezlashtirish yo‘li bilan yosh organizmning o‘sishini ta’minlaydi. Somatotropning
organizmdagi modda almashinuviga bevosita ta’siri hujayralar membranasidan
aminokislotalar tashilishini tezlashtirish va lipolizni kuchaytirishdan iborat. Bu
gormon qonda glukoza miqdorini oshiradi, glukozaning boshqa moddalardan
sintezlanishini tezlashtiradi (kontrinsulyar ta’sir). Bola organizmida STG ko‘p
ishlab chiqarilsa gigantizm kuzatiladi (erkaklarning bo‘yi 200 sm, ayollarning
bo‘yi 190 sm dan oshib ketadi). Gipofizar gigantizmda odamning boshi, tanasi,
qo‘l va oyoqlari nisbatan buzilmagan holda kattalashadi. Skelet mushaklari, ichki
a’zolar ham ko‘pincha yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Organizmning o‘sish davri 30
yoshgacha boradi. Undan katta yoshli odamlarda gipofiz ko‘p miqdorda
somatotropin ishlab chiqarsa, akromegaliya hodisasi ro‘y beradi. Bunda suyaklar
131
va yumshoq to‘qimalar qalinlashadi, odamning burni, lablari, jag‘i, qo‘l-oyoqlari
kattalashadi. Kasalning ko‘krak qafasi, ichki a’zolari ham kattalashadi. Ikki-uch oy
oldin olingan qo‘lqop va poyabzal ham kichkina kelib qoladi. Gipofizar
novchalarda va akromegaliyada jinsiy bezlar ishi sustlashadi, insulin kam
miqdorda ishlab chiqarilganidan diabet xastaligi alomatlari kelib chiqadi. O‘sish
gormonining yetishmovchiligi va gipofizning boshqa glandotrop gormonlari kam
ishlab chiqarilishi natijasida gipofizar nanizm (mittilik) ro‘y beradi. Bu holat
homilada yoki bolaning juda yoshligidan boshlanib, o‘sishning keskin ravishda
sekinlashuviga olib keladi. Organizmning o‘sishiga o‘sish gormonidan tashqari,
qalqonsimon bez va buyrak usti bezlarining gormonlari va jinsiy gormonlari jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga irsiyat, iqlim, ovqatlanishga bog‘liq omillar ham
ta’sir qiladi. Gipofizar nanizmda odamning bo‘yi past bo‘lsa ham, gavda
qismlarining bir-biriga nisbati nisbati saqlanib qoladi, qo‘l-oyoq panjalari kichkina,
barmoqlari ingichka bo‘ladi, jinsiy a’zolar rivojlanmaydi, gipofizar pakana
erkaklar jinsiy zaif bo‘ladi, ayollar esa, homilador bo‘lmaydi. Ba’zi pakanalar
qonida somatotropin miqdori odatdagidan ko‘p bo‘ladi. Ularning yaxshi
o‘smasligining sababi, somatomedinlarning yetishmovchiligidadir (Somatomedin
63 aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptid bo‘lib, jigarda sintezlanadi). U,
nafaqat tog‘ay va suyak to‘qimalari o‘sishini, balki boshqa to‘qimalarda ham
hujayralarning mitotik bo‘linishini tezlashtiradi. Gipofizar pakanalikni odamning
o‘sish gormoni bilan davolash mumkin xolos. Davolash qanchalik erta boshlansa,
natijasi shunchalik yaxshi bo‘ladi. O‘sish gormonining qondagi miqdori, fiziologik
sharoitda ham 10-20 martaga o‘zgarishi mumkin. O‘sish gormonining qonga
o‘tishida sirkad (kecha-kunduzgi) ritm kuzatiladi, uning qondagi miqdori kechasi,
odam qattiq uxlaganda eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Somatotropin sekretsiyasini
gipotalamusning somatoliberini tezlashtiradi, ingibitor gormon bo‘lmish
somatostatin esa, bu jarayonni susaytiradi. Somatotropin sekretsiyasiga qonning
kimyoviy tarkibi, xususan aminokislotalar, yog‘ kislotasi va glukozaning qondagi
miqdori ta’sir qiladi. Qonda glukoza miqdori kamaysa, o‘sish gormoni sekretsiyasi
kuchayadi. Gormonning qonga o‘tishi stress holatlarda ham tezlashadi.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |