Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Ta’sirotning bo‘sag‘a kuchi



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Ta’sirotning bo‘sag‘a kuchi. 
Membrana potensialini kritik darajagacha 
o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ta’sirot kuchi - ta’sir bo‘sag‘asi deb ataladi. 
Bo‘sag‘a miqdoridan kuchsizroq bo‘lgan ta’sir bo‘sag‘adan past, bo‘sag‘a 
miqdoridan kuchliroq bo‘lgan rag‘batlar esa bo‘sag‘adan yuqori ta’sirlovchilar 
deyiladi. Bo‘sag‘aning mutloq miqdori Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning xossalariga 
va fiziologik holatiga, ta’sir berish usuliga bog‘liq. Ta’sir bo‘sag‘a kuchiga ega 
bo‘lsayu, ammo juda qisqa vaqt ta’sir etsa qo‘zg‘alish ro‘y bermaydi. Demak, 
qo‘zg‘alishni vujudga keltiradigan ta’sir, birinchidan, eng kam (bo‘sag‘a) kuchga 
ega bo‘lishi, ikkinchidan, u ma’lum qisqa vaqt davomida ta’sir etishi kerak. Elektr 
tokining qo‘zg‘alish paydo qiladigan eng kam kuchi reobaza deb ataladi. Bir 
reobazaga teng elektr toki bilan ta’sirlab, harakat potensiali olish uchun kerak 


152 
bo‘lgan eng kam vaqt foydali vaqt deb ataladi. Bo‘sag‘a kuchi bilan ta’sirlash 
vaqti, foydali vaqtdan ko‘paytirish natijasida paydo bo‘lgan qo‘zg‘alishning 
miqdoriga ta’sir qilmaydi, ya’ni vaqtni uzaytirish befoydadir. Ma’lum chegarada 
tokni ko‘paytirish vaqtning qisqarishiga olib keladi. Amalda foydali vaqtni 
aniqlash qiyin, chunki reobaza miqdori membrananing funksional holatiga bog‘liq 
holda o‘z-o‘zidan o‘zgarib turadi. Shu sababdan, boshqa shartli miqdorni - 
xronaksiyani aniqlash kerak. Xronaksiya - ikki reobazaga teng elektr toki bilan 
to‘qimaga ta’sir etib, uni qo‘zg‘atish uchun sarflangan eng kam vaqtni bildiradi. 
To‘qimalar qo‘zg‘aluvchanligini baholashda - ta’sirot bo‘sag‘asi, foydali vaqt va 
xronaksiyalardan tashqari labillik tushunchasi ham ishlatiladi. Labillik yoki 
funksional harakatchanlik deb N.E.Vedenskiy "...qo‘zg‘aluvchan to‘qimaning 
qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan ta’sirotlar miqdori chegarasi»ni ifodalagan. 
Uning fikricha, qo‘zg‘aluvchanlik to‘qimaga tez-tez va ketma-ket beriladigan 
ta’sirotlar tufayli, to‘qima 1 soniyada qancha ko‘p harakat potensialini yuzaga 
chiqara olsa, shu miqdordagi harakat potensiallari labillik o‘lchovi hisoblanadi.
Harakatlantiruvchi asab tolalaridan o‘tadigan ixtiyoriy harakatlarni vujudga 
keltiruvchi impulslar soni 1 soniyada 50 tadan oshmaydi, sezuvchi asab tolalari 
o‘tkazishi mumkin bo‘lgan impulslar soni esa 100 dan ortiq. To‘qimalar labilligi 
ularning faoliyat ko‘rsatish holatiga qarab ham o‘zgarib turadi, ya’ni uning oshishi 
yoki kamayishi ham membrananing ionlar uchun o‘tkazuvchanligi o‘zgarishiga va 
bu o‘zgarishlar natijasida taraqqiy etadigan refrakterlikka bog‘liq. Harakat 
potensiali cho‘qqiga ko‘tarilganda tolaning qo‘zg‘aluvchanligi butunlay yo‘qoladi, 
repolyarizatsiya boshlanishi zahoti qo‘zg‘aluvchanlik asta-sekin tiklanadi. 
Membrana qo‘zg‘aluvchanligi butunlay yo‘qolgan vaqt – mutlaq refrakterlik davri 
deb ataladi. Bu holatning rivojlanishiga natriy kanallari deyarli to‘la 
inaktivatsiyalangani va kaliy kationi uchun membrana o‘tkazuvchanligi oshgani 
sabab bo‘ladi. Repolyarizatsiya natriy kanallarining faolligi tiklanishiga va kaliy 
oqimining sekinlashishiga olib keladi. Natijada, qo‘zg‘aluvchanlik asta-sekin 
tiklanadi. Bu vaqtni refrakterlikning nisbiy davri deb ataladi. Asab 
tolalarida 
mutlaq refrakterlik davrining davomiyligi 1 ms dan kam, nisbiy refrakterlik esa 5-


153 
10 ms davom etishi mumkin. Odamning yurak mushagi tolalarida mutlaq 
refrakterlik davrining davomiyligi 30 ms ni, nisbiy refrakterlik esa 270 ms ni 
tashkil qiladi. Juda qisqa mutlaq refrakterlikka ega bo‘lgan asab tolasi bir soniyada 
mingta harakat potensialini vujudga keltirsa, yurak mushagi esa atigi 3-4 martagina 
qo‘zg‘alish qobiliyatiga ega, ya’ni asab tolasining labilligi 250-300 marta yuqori. 
Asab yoki mushak tolalarining qo‘zg‘alishi iz potensiali bilan tugasa, bu davrda 
ham 
qo‘zg‘aluvchanlik 
o‘zgaradi. 
Iz 
depolyarizatsiyalanish 
vaqtida 
qo‘zg‘aluvchanlik odatdagidan bir oz yuqori, iz giperpolyarizatsiyalanish vaqtida 
esa bir oz pastroq bo‘ladi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish