5 - Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: Intakt hayvonlarda statik va statokinetik reaksiyalarni tekshirish - 2 soat
Tonik reflekslar. Miya o‘zanining – bo‘lbar bo‘limining va ayniqsa mezensefal bo‘limining eng muhim funksiyasi shuki, u gavdaning fazodagi vaziyatiga qarab muskullar tonusiniqayta taqsimlaydi. Muskullar tonusi refleks yo‘li bilan qayta taqsimlanib, gavda muvozanatining saqlanishini ta'minlaydi.
R.Magnus xilma-hil tonik reflekslarning jami yig‘indisini ikki guruhga bo‘ldi: 1) gavdaning fazodagi muayyan vaziyatini taqozo qiladigan statik reflekslar; 2) gavdaning surilishi bilan yuzaga chiqadigan statokinetik reflekslar. Statik reflekslarning o‘zi ikkita katta guruhga ajratiladi. 1-guruhi gavdani muayyan vaziyatini yoki fazasini ta'minlaydi va vaziyat reflekslari yoki pozatonik reflekslar deb ataladi. 2-guruh gavdaning g‘ayritabiiy vaziyatdan normal vaziyatga qaytishini ta'minlaydi va rostlash reflekslari beb ataladi.
Vaziyat reflekslarida tonus qayta taqsimlanadi, masalan, qo‘l yoki oyoqning yuzuvchi muskullari tonusi kamayib, bukuvchi muskullar tonusi oshadi. Bunday reflekslarni uzunchoq miya markazlari yuzaga chiqaradi. Gavda vaziyati reflekslarining kelib chiqishida vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‘yin muskullarining proprioretseptorlaridan keluvchi afferent impulslar katta ahamiyatga ega.
Rostlash reflekslari. Tonik rostlash reflekslarini o‘rta miya yuzaga chiqaradi va binobarin, bulbar hayvonlarda bunday refleslar bo‘lmaydi. Miyani to‘rttepalik yuqorisidan qirqib qo‘yish operatsiyasidan keyin hayvon bir necha vaqt o‘tgach boshini, so‘ngra butun tanasini ham ko‘tarib, oyoqqa turadi. Ya'ni tabiiy vaziyatini tiklaydi. Bunday refleklar faqat o‘rta miyasi butun hayvonlarda kuzatiladi. Bu reflekslarning yuzaga chiqishida labirintlar, bo‘yin muskullari va gavdaning teri yuzasidagi retseptorlar ishtirok etadi.
Umuman olganda bosh va tanani rostlaydigan ikkita mexanizm mavjud: birinchi mexanizmda vestibulyar apparat retseptorlari va teri retseptorlari ta'sirlansa, ikkinchi mexanizmda bo‘yin muskullarining proprioretseptorlari va tana terisidagi retseptorlar ta'sirlanadi. Bu tonik reflekslarning markazlari o‘rta miyada bo‘lib, ularning yuzaga chiqishida qizil yadro faol ishtirok etadi.
Vestibulyar apparat retseptorlaridan va bo‘yin muskullarining proprioretseptorlaridan keluvchi impulslar boshning turli vaziyatlarida ko‘zning burilishiga sabab bo‘ladi.
Statokinentik reflekslar.
Gavda aylantirilganda yoki gavdaning ayrim a'zolari bir-biriga nisbatan siljiganda stato-kinetik reflekslar kelib chiqadi. Gavda aylantirilganda boshning quyidagi harakatlari kuzatiladi: bosh avval gavda aylanishiga teskari tomon sekin buriladi, so‘ng tez ravishda me'yoriy holatiga qaytadi; shundan keyin bosh aylanish yo‘nalishiga qarshi sekin burilib, yana tez oldingi holaiga qaytadi va hokazo. Boshning bunday harakatlari bosh nistagmi deyiladi.
Gavda aylantirilganda ko‘z bosh nistagmiga o‘xshash harakat reyksiyasini namoyon qiladi. Gavda harakatlarida ayrim a'zolar vaziyati o‘zgarib, tana va qo‘l-oyoqlardagi muskullar tonusi qayta taqsimlanadi. Hayvonlarda statokinetik reflekslar o‘rta miya yadrolarining muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |