O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti 407-guruh SAMARQAND 2022 Omonqulova Binafsha 4-kurs “Pedagogik amaliyoti” bo`yicha Taqdimoti “ Urgut tuman XTB ” GA QARASHLI 44-UMUMTA’LIM MAKTABI Urgut tumani XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 44- UMUMiy o`rta TA`LIM MAKTABINING dars jadvali. Amaliyotim davrida tarix fani darslarim sinflarga to`g`ri taqsimlanib o`quv bo`limi tomonidan tasdiqlangan
PEDAGOGIK AMALIYOTIM DAVOMIDA SINF JURNALI, ISH REJA VA ISHCHI REJAGA MOS TARZDA KUNDALIKNI HA YURITIB BORDIM
Sinf jurnali
O’quv uslubiy ishlar — maktab dars jadvali bo’yicha YoChT rahbari Meyliyev Abduhakim ,Matematika fani o’qtuvchisi Ahrorov Alijon, Geografiya fani o’qtuvchisi Safarov Ixtiyor, va boshqa o’qituvchilarning darslarini kuzatdim va tahlil qildim. Darslarni to’g’ri tashkil qilish maqsadida darsdan bo’sh vaqtlarimda muntazam ravishda maktabning to’la ilmiy bazaga va qulayliklarga ega bo’lgan ARM da tayyorgarlik ko’rdim.
Tarbiyaviy ishlar — 7-“a” sinf rahbari, Texnologiya fani o’qituvchisi Pardayev Laziz. Sinf bilan ishlash tajribasi hamda tarbiyaviy ish rejasi bilan yaqindan tanishdim. Shuningdek, o’zim biriktirilgan 7- “a” sinf o’quvchilari jamoasi bilan tanishdim. Maktab ma'muriyati tomonidan tashkil etilgan
8-dekabr konstitutsiya kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy anjumanda ishtirok etdim. Amaliyotning 18.12.2021 sanasida maktabning faollar zalida maktabning iqtidorli o’quvchilari bilan birgalikda “Yangi yil bayrami” mavzusida tarbiyaviy tadbirda faol ishtirok etdim. Amaliyot davomida universitet o’quv bo’limi tomonidan belgilangan va talab qilingan hujjatlarni tayyorlab bordim va Samarqand viloyati Urgut tumani
44-umumta’lim maktabida o’tkazilgan pedagogik-amaliyot yuzasidan qisqacha hisobot tayyorladim.
Tarix va huquq fan oyligi davomida ko`rgazmali materiallardan devoriy plakat tayyorladik.
Amaliyotim davomida Tarix fani o`qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni,, darsni to`g`ri tashkillashtirish, mavzuga mos bo`lgan materiallar, ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o`yinlar tayyorlashni, barcha o`quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o`quvchilarni rag`batlashni, vaqt taqsimotini to`g`ri tashkil etishni o`rgandim va mustaqil ravishda o`quvchilarga dars o`tdim va darslarim talab darajasidanda yuqori baholandi. Bunda menga Tarix fakulteti ustozlaridan o`zlashtirgan bilimlarim samara berdi
7- ``A`` sinf o`quvchilar jamoasi bilan O’zbekiston tarixi fani doirasida ``Movarounnahrda islom dinining yoyilishi`` mavzusida ochiq dars o`tdik. Maktab o`qituvchilari va uslub birlashma a`zolari tomonidan darsimiz yaxshi baholandi Ochiq dars jarayonidan foto lavhalar
O’tilgan ochiq dars bayonnomasini ham taqdimotimga qo’shdim
Amaliyotim davrida mazkur maktabda bilimlar bellashuvi tadbirini o`tkazdik. Bu tadbirda sinf guruhlarga bo`lindi. Bunday tadbirlar o`quvchilarni Tarix faniga bo`lgan qiziqishini yanada oshirdi. Urgut tumani XTB GA QARASHLI 44-Maktab tadbirlaridan foto lavhalar 403 – guruh talabasi
Omonqulova Binafshaning
Urgut tumani
44-Umumta’lim maktabi o`quvchilari ishtirokida o`tkazilayotgan tadbiridan lavhalar.
“BESH TASHABBUS”
Bunda o`quvchilar amaliy tomoshalar ijro etishdi va
“Yosh kitobxon” musobaqalari bo’lib o’tdi.
URGUT TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 44- UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABIDA AMALIYOTIM DAVRIDA TARIX FANI O`QITUVCHILARI BILAN MUNTAZAM ISH OLIB BORDIM VA MAKTAB ICHKI TARTIB-QOIDALARI BILAN TANISHDIM VA O`RGANDIM. O`QITUVCHILARNING DARS O`TISH JARAYONLARINI KUZATDIM VA DARS JARAYONI UCHUN KERAK BO`LADIGAN TURLI O`QITISH METODLARI, YANGI PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNING DARS DAVOMIDA QO`LLANILISHINI, SHU BILAN BIRGA, NOAN`ANAVIY O`QITISH USLUBLARIDAN FOYDALANISHNI VA ENG ASOSIYSI PEDAGOG SIFATIDA O`QUVCHI BILAN TO`G`RI VA SAMARALI ALOQA O`RNATISHNI KUZATDIM VA O`RGANDIM. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT