Tajriba o‘tkazish tartibi. 1. Dengiz cho‘chqasi polietilin parda salfetkaga o‘tqaziladi va uning tabbiiy holati o‘rganiladi. Uning oldingi va orqa oyoqlari bukilgan va tanasiga yaqin keltirilgan boshining tepasi yuqoriga qaratilgan; boshi, bo‘yni va gavdasi esa tanasining bo‘ylama o‘qi bo‘yicha joylashgan.
2. Dengiz cho‘chqasi tumshug‘idan ushlanib, boshi yuqoriga ko‘tariladi. Bunda oldingi oyoqlari uzatiladi, orqa oyoqlari esa bukiladi va shu turga kiruvchi hayvonlarga xos javob reaksiasi kuzatiladi.
Tananing tabiiy holati buzilganda, masalan, tanani 900 yoki 1800 burganda (biqin yoki chalqancha holat) rostlanish reflekslari yuzaga chiqadi. Bunday sharoitda tabiiy holatni tiklash uchun tonik reflekslarning zanjirli majmuasi namoyon bo‘ladi.
Ish anjomlari: polietilin pardadan tayyorlangan salfetka, dengiz cho‘chqasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |