Biosferada suvning davriy aylanma harakati.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Biosferada moddalarning aylanishi;
2. Tabiatdagi moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanma harakatlari;
3. Ekotizimda barqarorlik va ekologik sukssetsiya. Gomeostaz xodisasi.
4. Biosferada moddalarning aylanishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
Suvning tabiatda aylanishi nima? Men bunga onsongina javob bera olaman - bu barcha yerdagi "men"! Suvning tabiatdagi aylanishi shu bilan birga gidrologik doira sifatida ham ko‘pchilikka tanish, u suvning yer ichida, ustida va osmondagi xarakatini va mavjudligini tasvirlaydi. Yerdagi suv har doim xarakatda va har doim o‘z shaklini o‘zgartirib turadi, suyuq holatdan gaz holatiga, undan muzga va boshlang‘ich holatga qaytadi. Suvning tabiatdagi aylanishi milliardlab yillar davomida mavjud bo‘lgan va Yerdagi barcha hayot unga bog‘liq, yerda usiz hayot mavjud bo‘lmasdi.
Suvning aylanishi boshlang‘ich nuqtaga ega emas, lekin o‘rganish uchun boshlangich nuqta deb okeanni olish maqsadga muvofiqdir. Suvning tabiatdagi aylanishini xarakatga keltiruvchi quyosh okeandagi suvni isitadi. Bunda ma’lum qism suv havoga gaz holida bug‘lanadi. Bug‘lanish shu bilan birga ko‘llarda va daryolarda ham yuz beradi. Quruqlikda o‘simliklardan va turpoqdan katta hajmda suv parlanishi yuz berib, o‘z navbatida havodagi suv bug‘lariga kelib qo‘shiladi. Atmosferadagi ma’lum kichik hajmdagi suv sublimatsiya orqali yuzaga keladi, muz va qor erish fazasini mutloq chetlab o‘tib gaz holatiga bug‘lanadi. Havo oqimlari bug‘(gaz)ni atmosferaning shunday qatlamiga olib chiqadiki, u erdagi sovuq harorat uni bulutlarga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Havo oqimlari bulutlarni er yuzi bo‘ylab xarakatlantiradi va bulut parchalari birlashib, o‘sadi va yomg‘ir sifatida osmondan qaytib tushadi. Ba’zi yog‘inlar qor sifatida yerga tushadi va muz parchalari va muzliklar sifatida to‘planishi mumkin. Qor issiq o‘lkalardja bahor kelishi bilan erishni boshlaydi. Yog‘inlarning asosiy qismi okeanlarga tushgani holda, ma’lum qismi yerning ustiga tushadi, bu yerda gravitatsiya yordamida suv yer yuzasi bo‘ylab oqadi.
Ba’zi er yuzasi bo‘ylab okuvchi suv daryolarga kelib qo‘shiladi va okean tomon oqib boradi, ba’zilari chuchuk suv sifatada ko‘l va daryolarda to‘planadi. Barcha suv yer yuzasi bo‘ylab oqmaydi. Suvning ko‘pkina qismi tuproqga so‘riladi (infiltratsiya). Ba’zi suvlar tuproqning chuqur qatlamiga infiltratsiyalanadi va yer osti suv qatlamini to‘ldiradi, u yerda toza, katta hajmdagi yer osti suvlari uzoq vaqt davomida saqlanadi.
Ba’zi yer osti suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‘lib va yer usti suvlariga oqib chiqishi mumkin, kishilar yer yuzasiga yaqin bo‘lgan suv havzalarini qidirib topib, yangi chuchuk suv quduqlarini yaratishadi. Vaqt o‘tishi bilan suv xarakatlanishni davom ettirar ekan, suv okeanga qaytib suvning tabiatdagi aylanishini "yakunlaydi" va qaytadigan boshlanadi.
Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari
AQSH Geologik kuzatish markazi suvning tabiatdagi aylanishini 16 bosqichga ajratgan
Okeanlarda suvning to‘planishi.
Bug‘lanish.
Evapotranspiratsiya
Sublimatsiya
Suvning atmosferadagi holati
Kondensatsiya
Yog‘ingarchilik
Suvning muz va qkor shaklida saqlanishi
Qorlarning erib oqimlarga aylanishi Suvning er sirti bo‘ylab oqimi Suvning o‘zandagi oqimi
Chuchuk suv to‘planishi
Infiltratsiya
Yer osti suvlarining to‘planishi
Yer osti suvlarining qayta yer ustiga chiqishi
Buloq
Jahon bo‘ylab suv taqsimlanishi
Qancha suv yer ustida (va ostida) mavjudligini va qayerda joylashganini aniqlash. Okeandagi suvlar
Okean suvning “ombori”
Picture of an ocean. Tabiatdagi aylanayotgan suv miqdori okeanda mavjud bo‘lgan suv hajmidan kam bo‘lib, okean suv uchun ombor hisoblanadi. Umuman olganda dunyo bo‘ylab 1.386.000.000 km. kub suv miqdori mavjud bo‘lib, shundan 1.338.000.000 km. kub suv okeanlarda to‘plangan. Bu 96.5%ga to‘g‘ri keladi. Tabiatda suv aylanish jarayonidagi bug‘lanish bosqichida okeanlar muhm ahamiyatga ega bo‘lib, ular umumiy bug‘lanishning 90%ni ta’minlab berishadi.
Sovuqroq iqlim davrida katta muzliklar yuzaga kelishi ko‘payadi, tabiatdagi suv aylanish bosqichlarga qaraganda umumiy suv hajmi muzliklarda to‘planadi va boshqa bosqichlardagi suv hajmini kamaytiradi. Buning aksi issiq iqlim davrida kuzatiladi. Oxirgi muzlik davrida muzliklar Yer yuzining uchdan bir qismini qoplagan va okeanlar hozirgi kundagiga qaraganda 122 metr pastroq bo‘lgan. Taxminan uch million yil avval, Yer yuzi issiqroq bo‘lib, okeanlar 50 metrcha baland bo‘lgan.
Okeanlardagi xarakat
Okeanlarda oqimlar mavjud bo‘lib, ular katta xajmdagi suvni dunyo bo‘ylab xarakatlantiradi. Bu xarakatlar tabiatdagi suv aylanishiga va ob-havoga katta ta’sir ko‘rsatadi. Golfstrim Atlantika Okeanidagi mashxur issiq suv oqimlaridan biri, u Meksika bo‘g‘ozidan boshlanib Atlantika Okeani orqali Buyuk Britaniyagacha boradi. Golfstrimda kuniga 97 kilometr tezligida oqib, Yer yuzidagi barcha daryolardagi suv hajmidan yuz martta ko‘proq suv oqadi. Issiq hududlardan kelib, u Shimoliy Atlantikaga issiq suvni olib keladi, bu o‘z o‘rnida Angliyaning g‘arb qismi va shunga o‘xshash boshqa hududlar iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bug‘lanish: suvning suyuq holatdan gaz yoki but holatiga o‘tishi bug‘lanish va u nimaga sodir bo‘ladi.
Rasm bug‘lanish hovuzdan sodir bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Bug‘lanish suvning suyuq holatidan gaz yoki bug‘ holatiga o‘tish jarayonidir. Bug‘lanish suvning suyuq holidan suv aylanish jarayoniga qaytishining birlamchi yo‘lidir. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki okeanlar, ko‘llar, dengizlar, daryolar bug‘lanishi orqali atmosferadagi 90% namlik ta’minlanadi, qolgan 10% o‘simliklardan bug‘lanishi orqali ta’minlanadi.
Issiqlik (energiya) bug‘lanish sodir bo‘lishi uchun juda muhmdir. Energiya suv molekulalarini birga ushlab turuvchi bog‘lamlarini uzish uchun kerak bo‘ladi, shuning uchun ham suv onsongina qaynash nuqtasida (100° S, 212° F) bug‘lanadi, lekin mo‘zlash nuqtasida bug‘lanish bir muncha sekin kechadi. O‘rtacha namlik havoda 100% bo‘lganda, namlik oxirgi nuqtasiga etganida, bug‘lanish to‘xtaydi. Bug‘lanish jarayoni atrofdagi issiqlikni kamaytiradi, shuning uchun ham teridagi suv bug‘langanda teri soviydi.
Bug‘lanish va tabiatda suv aylanishi
Okeanlardagi suvning bug‘lanishi suvning atmosferaga o‘tishining asosiy yuli hisoblanadi. Okeanlarning yuzi (sirti) kengayib borgan sari (Yer yuzining 70% okeanlar bilan qoplangan) katta xajmda bug‘lanish sodir bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. U mumiy yer yuzi bo‘yicha olganda, o‘rtacha bug‘langan suv hajmi Yerga yog‘ingarchiliklar orqali tushgan suv hajmiga teng. Biroq, bu geografik hududlar bo‘yicha farqlanadi. Bug‘lanish yog‘ingarchilikka nisbatan okeanlarda ko‘proq sodir bo‘ladi, shu bilan birga quruqlikda yog‘ingarchilik bug‘lanishdan ustunlik qiladi. Okeanlardan bug‘langan suv hajmining ko‘pi yana okeanga yog‘ingarchilik orqali tushadi. Faqatgina o‘rtacha 10% okeanlardan bug‘langan suv quruqlikka yog‘inganrchilik bo‘lib tushadi. Bug‘langan suv malekulasi o‘rtacha o‘n kun davomida havoda bo‘ladi.
Evapotranspiratsiya: Suv bug‘larini atmosferaga tuproq va o‘simliklardan bo‘lgan bug‘lanishi orqali o‘tishi jarayoni.
Evapotranspiratsiyaning ba’zi ta’riflari yer yuzidagi suvlarning, misol uchun ko‘llarni va xatto okeanlardagi suvning bug‘lanishini ham qamrab olsada, bu Veb saytda, evapotranspiratsiya quruqlik yuzidan, grunt suvlarining kapilyarlar orqali bug‘lanishi va o‘simliklar orqali transpiratsiyasi deb ta’riflanadi.
Transpiratsiya va o‘simlik barglari
Transpiratsiya bu suyuqlikning o‘simlik ildizidan barglari ostki qismidagi kichkina g‘ovakchalariga borib, u yerdan bug‘lanishi va atmosferaga o‘tish jarayonidir. Atmosferadagi taxminan 10% namlik o‘simliklardan bo‘lgan traspiratsiya hisobiga tashkil bo‘ladi deb baholanadi.
O‘simlik transpiratsiyasi ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan jarayon - suv bargning sirtqi qismidan bug‘lanar ekan, barglarning "nafas olishi"ni ko‘rib bo‘lmaydi. O‘sish davrida barg o‘z og‘irligidan bir necha marta katta bo‘lgan suvni bug‘latadi, misol uchun katta dub daraxti yiliga 151.000 litr suvni bug‘latadi.
Transpiratsiyaga ta’sir qiluvchi atmosfera omillari.
O‘simliklarni suv bug‘latish miqdori geografik hududga va o‘sish davriga qarab turlichadir. Transpiratsiya miqdorini belgilaydigan omillar turlichadir:
Harorat: Traspiratsiya darajasi harorat oshishi bilan o‘sib boradi, ayniqsa o‘sish davrida, havo issiq bo‘lganda o‘simlik ham tez o‘sadi.
Nisbiy havo namligi: Agar o‘simlik atrofidagi nisbiy havo namligi oshsa transpiratsiya darajasi kamayadi. Quruq havoga bug‘lanish suv uchun namlikka to‘yingan havoga bug‘lanishga qaraganda onsonroq.
SHamol va havo harakati: o‘simlik atrofidagi havo xarakati oshib borgan sari traspiratsiya ham oshib boradi.
O‘simlik turi: O‘simliklar turli darajada suv bug‘latishadi. Ba’zi quruq hududlarda o‘sadigan, kaktus kabi o‘simliklar boshqa o‘simliklarga qaraganda kam bug‘latish orqali qimmatli suvni saqlab qoladi.
Sublimatsiya: qor yoki muzning erimasdan suv bug‘iga aylanishi.
Tabiatda suv aylanishiga qiziqqanlar uchun aytish mumkinki, sublimatsiya qor va muzni avval erish jarayonini chetlab o‘tib, bevosita bug‘ga aylanishidir.
Sublimatsiya ma’lum iqlim sharoitlarida qorni yo‘q bo‘lib qolishini tushuntiradi.
Odatda sublimatsiya jarayonini ko‘rish onson emas. Sublimatsiya natijasini ko‘rishning bir yo‘li bu nam ko‘ylakni sovuq noldan past haroratda tashqariga osib qo‘yish. Oxir oqibat ko‘ylakdagi muz yo‘qoladi. Umuman olganda, sublimatsiyani ta’savur qilish uchun eng yaxshi yo‘l suv emas, balki karbon dioksidni rasmda ko‘rsatilganidek ishlatish maqsadga muvofiq. "Quruq muz" bu jism, yaxlatilgan karbon dioksid, unda -78.5 oS (-109.3oF) haroratda sublimatsiya jarayoni yuz beradi yoki gaz xoliga o‘tadi. Rasmda ko‘rsatilgan tuman bu yaxlatilgan karbon dioksid va sovuqning aralashmasi, nam havo, bu quruq muz sublimatsiya jarayoniga uchrashi natijasida sodir bo‘lgan.
Sublimatsiya ma’lum sharoitda, o‘rtacha namlik past darajada va quruq shamol esgan sharoitda onson yuzaga keladi. Shu bilan birga u yuqorida, havo bosimi past joyda ko‘proq yuz beradi. Kuchli quyosh nuriga o‘xshash energiya ham zarur. Agar men sublimatsiya eng ko‘p sodir bo‘ladigan joyni tanlashim kerak bo‘lganda, Everest tog‘ining janubiy qismini tanlagan bo‘lardim. Harorat past, kuchli shamol, kuchli quyosh nuri, juda kichik havo bosimi - sublimatsiya jarayoni amalga oshishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Suvning atmosferada bug‘ kabi to‘planishi, bulutlar va namlik. Atmosfera suv bilan to‘la.
Atmosfera suv ombori bula olmasada, u suvning yer yuzi bo‘ylab xarakatlanishi uchun "avtostrada" hisoblanadi. Atmosferada har doim suv mavjud bo‘ladi. Bulutlar atmosferadagi suvning ko‘zga ko‘rinadigan keng tarqalgan shaklidir, lekin har qanday ochiq havoda xam suv mavjud bo‘ladi - bu suv mayda zarrachalarda bo‘lib, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Hamma vaqt atmosferadagi suvning hajmi taxminan 12.900 kilometr kub (3.100 mil kub.)ni tashkil qiladi.
Agarda atmosferadagi barcha suv yomg‘ir bo‘lib bir vaqtning o‘zida tushganida, yerni 2.5 sm. yoki 1 dyuymga qoplagai bo‘lar edi.
Kondensatsiya: suvning but holatidan suyuq xoliga o‘tishi
Kondensatsiya bu suv bug‘ining suvning suyuq holatiga o‘tish jarayoni. Kondensatsiya suvning tabiatda aylanishida muhm rol o‘ynaydi, chunki u bulutlarni shakllantiradi. Bulutlar yog‘inlarni keltirib chiqaradi, bu esa suvning Yerga qaytib kelishining asosini tashkil qiladi. Kondensatsiya bug‘lanishning aksidir.
Kondensatsiya tumanlarning paydo bo‘lishiga ham olib keladi, bu jarayonni
agar sovuq xonadan tashqariga issiq va nam havoga chiqsak ko‘zoynagingizda, ichimlik stkaningizning tashqi sirti "terlaganda", sovuq kunda uyning ichki oynasida suvning yuzaga kelishi bilan ko‘rishimiz mumkin.
Havoda kondensatsiya
Tiniq qum - ko‘k osmonda bulutlar yo‘q bo‘lgan taqdirda ham, suv bug‘ va ko‘zga ko‘rinmas kichik tomchilar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Suv molekulalari havodagi chang, tuz, tutunlar bilan aralashib bulutchalarni tashkil qiladi, u o‘z navbatida o‘sib, rivojlanib katta bulutlarga aylanadi. Suv tomchilari bir biriga aralashib hajm jihatdan o‘sib borar ekan, bulutlar kattalashib yog‘in yuzaga kelishi mumkin.
Havodagi suv bug‘lari miqdori kattalashgani va havo sovugani tufayli atmosferada bulutlar yuzaga keladi. Quyosh Yer ustiga yaqin havoni isitadi, o‘z o‘rnida havo yengillashadi va harorat past bo‘lgan joy tomon xarakatlanadi. Havo sovib borgan sari kondensatsiya jarayoni yuz berishi ko‘payadi va shu tariqa bulutlar yuzaga keladi.
Yog‘ingarchilik: Bulutlardan suvning ajralib chiqishi
Yog‘ingarchilik bu yomg‘ir, yomg‘ir aralash qor, qor yoki dul shaklida bulutlardan ajralib chiqqan suv. Bu atmosferada mavjud bo‘lgan suvning Yerga qaytib tushishi mumkin bo‘lgan asosiy yo‘l hisoblanadi. Ko‘pgina yog‘ingarchiliklar yomg‘ir shaklida bo‘ladi.
Qanday qilib yomg‘ir tomchilari shakllanadi?
Boshimiz uzra suzib yurgan bulutlar suv bug‘lari va xali yog‘ingarchilik bo‘lib tushishga juda kichik, lekin ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan bulut zarrachalaridan tashkil topgan. Suv to‘xtovsiz bug‘lanib va kondensatsiyalanib turadi. Bulutlarda kondensatsiyalangan suv har qachon ham yog‘ingarchilik bo‘lib tushavermaydi, chunki havo oqimlari bulutlarni ushlab turadi. YOg‘ingarchilik yuzaga kelishi uchun birinchi galda kichkina suv tomchilari kondensatsiyalanib bir biri bilan qo‘shilib bulutdan ajralib chiqib tomchi sifatida yog‘a oladigan og‘irlikka ega bo‘lishi kerak. Bir dona yomg‘ir tomchisi yuzaga kelishi uchun millionlab bulut zarrachalari birlashishi kerak.
Yog‘ingarchilik darajasi geografik hudud va vaqtga bog‘liq.
Yog‘ingarchilik dunyo bo‘yicha, davlatlar bo‘yicha yoki shaharlar bo‘yicha bir xil miqdorda yog‘maydi. Misol uchun, AQSHning Jorjiya shtatining Atlanta shahrida yoz vaqtida jala bir joyda qattiq yog‘ib, bu joydan bir necha kilometr narida
umuman yog‘may o‘tib ketishi mumkin. Lekin, Jorjiyada yog‘adigan bir oylik yomg‘ir miqdori Las Vegas, Nevadada butun yil davomida yog‘adigan yomg‘ir miqdoridan ko‘p. Jahonda eng ko‘p o‘rtacha yomg‘ir yogadigan joy Vayalile togi, Gavayya hisoblanadi, u yerda o‘rtacha yiliga yomg‘ir 1.140 santimetr (450 dyuym) yogadi. Buning aksshsh Chili davlatida Arika hududida ko‘rishimiz mumkin, u yerda 14 yildan mobaynida yomg‘ir yog‘maydi.
Kuyida keltirilgan xaritada jahon bo‘yicha o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik millimetr va dyuymda ifodalangan. Och ko‘k rangda keltirilgan hududlarni "cho‘l" deb hisoblash mumkin. Afrikadagi Saxara hududini cho‘l ekanligini taxmin qilgan bo‘lishingiz mumkin, lekin Grenlandiya va Antarktikaning katta qismi cho‘l ekanligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
O‘rtacha yillik yog‘ingarchilikning jahon xaritasi.
Suvning muzlik va qorda to‘planishi
Muzliklarning jahon bo‘ylab joylashishi
Suvning muz, muzliklarda, qorda uzoq vaqt to‘planib turishi tabiatda suv aylanish jarayonining bir qismidir. Yerning jami 90% muzliklari Antarktikada, shu bilan birga 10% jahondagi muzliklar Grenlandiyaga to‘g‘ri keladi. Grenlandiyada muzliklarning qalinligi o‘rtacha 1.500 metrga, lekin bazi joylarda uning qalinligi
4.300 metrga boradi.
Muz va muzliklar yuzaga keladi va erib ketadi.
Dunyo iqlimi har doim o‘zgarib turadi, lekin odatda u odam sezishi mumkin darajada tez o‘zgarmaydi. Yerda ko‘plab issiq davrlar bo‘lgan, misol uchun bundan 100 million yillar oldin dinozavrlar yashagan davr, shu bilan birga sovuq davrlar xam bo‘lgan, misol uchun oxirgi muzlik davri bundan 20.000 yil oldin bo‘lgan.
20.000yil avval muzliklar qayerda joylashganligi tasvirlangan jahon xaritasi. Ba’zi muzliklar va muzlar to‘g‘risida dalillar Muzliklar yerninng 10-11 foizini qoplagan.
Agar hamma muzliklar hozir erib ketganida, dengizlar sathi 70 metrga o‘sgan bo‘lardi. Manba: qor va muz ma’lumotlari milliy markazi.
Oxirgi muzlik davrida dengizlar sathi hozirgi kunga nisbatan 122 metr pastroq bo‘lgan, va muzliklar yerning uchdan bir qismini qoplagan.
Oxirgi issiqlik davrida, 125.000 yil oldin, dengizlar sathi hozirgi kungidan 5.5metr baland bo‘lgan. Bundan uch million yil avval dengizlar sathi 50 metrgacha baland bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qor erib oqimlarga qo‘shilishi Xetch-Xesy havzasida (AQSHning Yosemita shahri, Kaliforniya shtatida) qor erishi. Jahon bo‘ylab qor erib daryolarga kelib qo‘shilishi tabiatda suv aylanishining muhm bug‘ini hisoblanadi. Sovuq hududlarda daryolarga kelib qo‘shiladigan irmoqlar qor va muz erishi hisobiga suv bilan to‘yinadi. Bundan tashqari suv toshqinlari, qorlarning tez erishi yer ko‘chkilari va selni keltirib chiqarishi mumkin.
Qor erishini irmoqlar orqali daryo suviga ta’sirini oson tushunish uchun quyidagi gidrografga nazar tashlash yetarli, unda AKSHning Kaliforniya shtati Nors Fork suv omboriga kelib quyiladigan Nors Fork Amerikaning river daryosiga 4 yil davomida kelib quyilgan kunli irmoq suvi (irmoq suvining o‘rtacha har kunligi) ko‘rsatilgan. Grafikdagi eng yuqori nuqtalar qor erishi natijasida yuzaga kelgan.
Ma’lumotlarni qiyoslasak, 2000 yil mart oyidagi eng kam suv oqgan kunda 1.200 fut kub suv sekundiga bo‘lgan, shu bilan birga qor umuman erib bo‘lgan avgust oyida suv 55-75 fut kub sekundiga oqgan.
AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Nors Fork suv omboridagi Nors
Fork Amerikaning River daryosidagi kunli suv oqimini ko‘rsatuvchi gidrograf chizigi.
Qor erishidan paydo bo‘ladigan suv miqdori faslga, shuningdek, yillarga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 2000 yil suv oqimining eng yuqori nuqtalarini solishtirsak 2001 yilning eng yuqori nuqtalaridan ustunlik qilishini ko‘rishimiz mumkin. Umumiy olib qaraganda 2001 yil Kaliforniyada qurg‘oqchilik bo‘lganga o‘xshaydi. Qishda qor sifatida suvning to‘planishining kamayishi yil davomida olinishi mumkin bo‘lgan suv miqdorini kamaytiradi. Bu esa irmoqning pastki qismida joylashgan suv omborlardagi suv miqdoriga ta’sir qiladi, bu o‘z o‘rnida aholini suv bilan ta’minlash va irrigatsiya uchun ishlatiladigan suvga ta’sirini o‘tkazadi.
Yer usti oqimlari: YOg‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan suvning tuproq ustidan daryolarga kelib qo‘shilishi
Yer usti oqimlari bu yog‘ingarchilikni yer sirtidan oqishi.
Ko‘p odamlar yerga tushgan yomg‘ir yer yuzi bo‘ylab oqib daryolarga kelib qo‘shiladi, daryolar o‘z o‘rnida okeanlarga kelib quyiladi deb o‘ylashadi. Aslida bu bir muncha murakkabroqdir, chunki daryolardagi suv yerga shimilib, yerdagi suv daryolarga qushilib turadi. Biroq, daryolardagi asosiy suv miqdori yog‘ingarchilik orqali tushgan suvdan tashkil topadi.
Jala vaqtida sodir bo‘lgan loyqa oqimning yo‘l ustida oqib borib ariqqa tushayotgan. Odatda, yomg‘irning bir qismi yerga suriladi, lekin yomg‘ir suvga to‘yingan yoki qattiq erga tushganda, misol uchun asfaltlangan yo‘lga yoki mashina to‘xtash joylariga tushganida, yomg‘ir pastlikka tomon oqim singari oqa boshlaydi. Qattiq yomg‘ir vaqtida pastlikka tomon oqayotgan turli yomg‘ir suvi irmoqlarini ko‘rish mumkin. Suv daryolarga kelib qo‘shilgunga qadar turli kanallar bo‘ylab oqib keladi. Quyidagi rasmda yer yuzasi bo‘ylab oqib (bu yerda yullardan oqib kelgan) suvning kichik irmoqlarga kelib qo‘shilishi tasvirlangan. Bu yerda suv sof tuproq ustidan oqib kelib daryoga qo‘shilmoqda (suv sifati uchun salbiy holat).
Yog‘ingarchilikning irmoqlarga kelib qo‘shilishi, bu uning okean tomon boshlangan sayohatining boshlanishidir.
Suvning tabiatda aylanish bosqichlarining barchasida, yog‘ingarchilik va er yuzi bo‘ylab okayotgan suvning o‘zaro bog‘liqligi vaqt va geografik hududlarga qarab turlichadir. Amazon o‘rmondagi va AQSHning shimoliy sharq qismidagi chuldagi bir xil yotgan jala turli xil miqdordagi yer usti oqimlarining tashkil qiladi.
Yer yuzi bo‘ylab suv oqimi ham meteorologik omillar, ham erning geologik va topografik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Yerga tushgan, so‘ng irmoqlarga va daryolarga qo‘shilgan yog‘ingarchilikning uchdan bir qismi okeanlarga kelib qo‘shiladi. Qolgan uchdan ikki qismi bug‘lanadi yoki yer osti suvlariga surilib ketadi. Yer yuzi bo‘ylab oqayotgan suv insonlar tomonidan o‘z maqsadlari doirasida ham foydalanishlari mumkin.
Oqim: Daryo bo‘ylab suv xarakati.
AQSH Geologik kuzatishlar markazi (USGS) "oqim" terminini daryo, irmoq bo‘ylab okayotgan suv miqdorini ifodalash uchun ishlatadi.
Daryolarning muhmligi. Daryo nafaqat kishilar uchun muhm, balkim barcha yerdagi tirik mavjudod uchun muhmdir. Daryolar faqatgina insonlar (va ularning itlari) o‘ynashi uchun joy emas, kishilar daryo suvini ichimlik suvi sifatida va irrigatsiya maqsadida, elektr toki ishlab chiqarish maqsadida, chiqindilarni chiqarib tashlashda (umid qilamizki qayta ishlangan chiqindilarni), mahsulotlarni manzillarga olib borishda va oziq ovqat mahsulotlarini olishda foydalanadilar. Daryolar har qanday turdagi o‘simlik va hayvonlar uchun muhm hisoblanadi. Daryolar yer osti hovuzlarini to‘la turishlarini, o‘z irmoqlari orqali suvning oqib tushishi bilan ta’minlab turadi. Shu bilan birga, okeanlar daryolardagi suv oqib kelib tushgani hisobiga to‘la turadi.
Suv havzalari va daryolar. Daryolar haqida fikr yuritganda bu daryolarning havzalari haqida ham o‘ylash muhmdir. Daryo havzasi nima? Agar shu damda yer ustida turgan bo‘lsangiz, pastga qarang. Siz va har bir boshqa kishi daryo havzasida turibdi. Daryo havzasi yer sirtining shunday bo‘lagiki unga tushgan va oqimga aylangan suv bir joyga oqib boradi. Havza loydagi oyoq izidek kichik o‘lchamdan butun suvi oqib Missisipi daryosi orqali Meksika ko‘rfaziga tushushini ta’minlovchi ulkan o‘lchamgacha bo‘lishi mumkin. Kichik havzalar kattaroq havzalarning qismi bo‘ladi. Havzalar muhmligi shundaki oqim miqdori va suvning sifatiga havzada sodir bo‘ladigan narsalarga (inson omili bilan yoki usiz sodir bo‘ladigan) bog‘liqdir.
Oqim har doim o‘zgarib turadi. Shahardagi irmoqning kam suv oqimi va toshqin sharoiti tasvirlangan. Oqim har doim kundan kun, daqiqadan daqiqa o‘zgarib turadi. Albatta, suv oqimining hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omil yog‘ingarchilikning suv havzasi orqali oqib kelishidir. Yomg‘ir daryoning yiriklashishiga sabab bo‘ladi va daryo faqat yomg‘ir yetarli darajada katta hududda yog`gan bo‘lsa ko‘tariladi, yodda tutish joizki daryo havzasiga tushgan suvning katta qismi daryo bilan tashqari hududga chiqib ketadi. Daryoning hajmi daryo havzasining hajmiga bog‘liq. Xuddi shuning uchun, turli kattalikdagi daryolarga yomg‘ir va do‘l turlicha ta’sir qiladi. Katta daryolar toshishi va ko‘rib qolishi kichik daryolarga nisbatan sekin kechadi. Kichik suv ayirgich mavjud joyda daryolar to‘lib oqishi va ko‘rishi daqiqalarda yoki soatlarda yuz beradi. Katta daryolar to‘lishi va ko‘rishi uchun kunlar talab qilinadi.
Chuchuk suv havzalari: yer yuzidagi mavjud chuchuk suv.
Suvning tabiatda aylanish bo‘g‘inlaridan biri bu yer sathidagi mavjud bo‘lgan chuchuk suv bo‘lib, u yerdagi barcha hayot turlari uchun o‘ta muhmdir. Yer sathidagi suv uz ichiga irmoq, kichik ko‘llar, ko‘llar, suv omborlari (kishilar yaratgan ko‘llar) suvlarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Daryolardagi va ko‘llardagi suv miqdori suvni quyilishi va chiqib ketishiga qarab har doim o‘zgarib turadi. Suv quyilishi yog‘ingarchilik, yer sathidan suv oqimi, yer osti suvlarini kelib qo‘shilishi va boshqalar hisobiga amalga oshadi. Suvni kul va daryolardan chiqib ketishi bug‘lanish va yer osti suvlariga quyilishi hisobiga amalga oshadi. Kishilar ham o‘z maqsadlarida yer sathidagi suvdan foydalanishadi. Yer sathidagi suv miqdori va joylashishi makon va zamonda, tabiiy yoki inson ta’sirida o‘zgaradi.
Yer sathidagi suv hayot davomiyligi manbai
Hayot cho‘lda ham agar yer sathi (yoki yer osti) suv ta’minoti bo‘lsa mavjud bo‘lishi mumkin. Yer sathidagi suv haqiqatdan ham hayotni saqlab turadi. Yer osti suvlari ham faqatgina yer usti suvlari oqib tushgani uchun mavjud bo‘ladi. Tasavvur hosil bo‘lishi mumkinki, sho‘r okeandagi baliqqa chuchuk suv hech ham shart emas deb, lekin chuchuk suv okeanlarni to‘ldirib turmaganida okean suvlari bug‘lanib baliq hayot kechira olmaydigan sho‘r suv hosil bo‘lar edi.
Chuchuk suv yer yuzida tanqisdir. Yerdagi barcha suvning faqatgida uch foizi chuchuk suvdir va chuchuk suv ko‘llari va hovuzlari barcha chuchuk suvning 0.29 foizini tashkil qiladi. 20 foiz chuchuk suv birgina ko‘lda, Osiyodagi Baykal ko‘lidadir. Qolgan 20 foiz chuchuk suv AQSHdagi Buyuk ko‘llarda (Guron,
Michigan va yuqori ko‘l) jamlangan. Daryolar dunyodagi mavjud bo‘lgan chuchuk suvning 0.006 foiz qismini o‘zida ushlab turadi. Aytish mumkunki yerdagi hayot yer yuzidagi barcha suv miqdorini juda kichik qismi hisobiga mavjud.
Infiltratsiya: Suvni yer sathidan tuproq va tog‘ jinslari osti tomon xarakatlanishi. Grunt suvlar yog‘ingarchilik orqali yozaga keladi. Janubiy Jorjiya, AKTP dagi g‘or qarida g‘oyib bo‘layotgan oqimning oqim bevosita yer osti suvlariga qo‘shilishi mumkinligini tasvirlaydi. Dunyoning har bir burchagida, yomg‘ir yoki qor bo‘lib tushgan suv tuproq va tog‘lar tagiga infiltratsiya qiladi. Qancha miqdorda suv infiltratsiya qilinishi bir qator omillarga bog‘liq. Yog‘ingarchilikni infiltratsiyasi Grenlandiya muzliklarida kichik bo‘lishi mumkin, boshqa hududlarda, misol uchun suratda ko‘rsatilgan AQSHning Jorjiya shtatidagi kabi irmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri er osti suvlariga kelib quyilib mumkin. Dunyoning har bir burchagida, yomg‘ir yoki qor bo‘lib tushgan suv tuproq va tog‘lar tagiga infiltratsiya qiladi. Qancha miqdorda suv infiltratsiya qilinishi bir qator omillarga bog‘liq. Yog‘ingarchilikni infiltratsiyasi Grenlandiya muzliklarida kichik bo‘lishi mumkin, boshqa hududlarda, misol uchun suratda ko‘rsatilgan AQSHning Jorjiya shtatidagi kabi irmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri yer osti suvlariga kelib quyilib mumkin. Yer osti suvlari.
Yog‘ingarchilikni yer ostita shimilib borishi diagrammasi. Yog‘ingarchilik tuproq ostita infiltratsiya qilar ekan, odatda u to‘yingan va to‘yinmagan hududlarni hosil qiladi. To‘yinmagan hududlarda, ba’zi toshloq osti yoriqlarida suv mavjud bo‘ladi, lekin tuproq suvga to‘yinmagan bo‘ladi. To‘yinmagan hududning yuqori qismi tuproqli hududdan iborat bo‘ladi. Tuproqli hududda o‘simliklar ildizlari orqali yuzaga kelgan yorikliklar mavjud bo‘ladiki, u erdan yog‘ingarchilik onsonlik bilan infiltrlanadi. Shu tuproqli hududdagi suvdan o‘simliklar foydalanadi. To‘yinmagan hudud ostida to‘yingan hudud mavjud bo‘ladi, u erda barcha bo‘shliqliklarni suv egallaydi. Kishilar shu hududlarda quduqlar qazib suvni tortib olishlilari mumkin.
Grunt suvlari havzasi: yer sathidan pastda uzoq davrga suvlarning to‘planishi.
To‘plangan suv suvni tabiatda aylanishining bir bosqichi sifatida. Tuproq ostida katta miqdordagi suv to‘planadi. Suv o‘z xarakatini to‘xtatmaydi, u juda sekin xarkatlanadi va suvni tabiatda aylanishining bir bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Yer ostidagi suvning asosiy qismini yog‘ingarchilik natijasida yer yuzasidan infiltratsiya orqali kelib tushgan suv tashkil qiladi. Yer qatlamining ustki qismi to‘yinmagan hudud bo‘lib, u yerda suv miqdori vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi, lekin to‘yingan hududda bunday o‘zgarishlar yuz bermaydi. Bu qatlamdan pastdagi qatlam to‘yingan hudud bo‘lib, barcha yer osti jinslari orasidagi bo‘shliklar suv bilan to‘ladi. Grunt suvlari termini shu hududni tushuntirish uchun ishlatiladi. Katta miqdordagi grunt suvlari bo‘shlikdarda to‘planadi va dunyodagi barcha kishilarning kundalik hayoti mana shu grunt suv bilan chambarchas bog‘liq.
Suvni topish uchun satxga qaragan yer osti suv sathiga sohil bo‘yidagi katta o‘ra, yer osti suv sathi misol qilib keltirilgan surat, bu yerda tuproq suv bilan to‘yingan. Men umid qilamanki siz mening bir soat mobaynida issiq quyoshli kunda sohil bo‘yida o‘ra qaziganimni qadirlaysiz. Bu ma’lum chuqurlikda, tuproq, agar u yetarli jarajada o‘tkazuvchan va suvni ushlab tura oladigan bo‘lsa, suv bilan to‘yinganligini tushuntirib berish uchun eng yaxshi yo‘l. Shu o‘radagi suvni usti yer osti suvi sathidir. Okean to‘lqinlari shu o‘radan o‘ng tomonda va suv sathi okean suv sathi bilan bir xilda. Albatta, suv sathi bu yerda har daqiqada to‘lqin oqib kelishi va ketishi bilan o‘zgarib turadi, to‘lqin kelganda suv sathi ko‘tariladi, suv okeanga qaytib ketganda suv sathi tushadi.
Ma’lum ma’noda bu o‘ra er osti suvidan foydalanish uchun quduq kabidir.
Agar bu suv chuchuk bo‘lganda edi odamlar chelak olib bu suvdan foydalanishlari mumkin bo‘lardi. Agar siz xaqiqatdan ham chelak olib bu o‘rani quritmoqchi bo‘lsangiz u deyarli bir zumda yana to‘lib qolgan bo‘lar edi, chunki sohil qumining suv o‘tkazuvchanligi nihoyatda yuqoridir. Chuchuk suvga etish uchun odamlar er osti suv sathiga qadar ancha chuqur bo‘lgan quduq qazishlari lozim. Quduq bir necha o‘n yoki bir necha ming fut chuqur bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy g‘oya huddi bizning sohildagi o‘rada bo‘lganidek suv bilan to‘yingan qatlamgacha etish.
Grunt suvlari oqimi: suvning gruntdan tashqariga xarakati Aydaxo, AQSH da grunt suvlarining yuqori oqimi. Siz suvni atrofingizda har kuni ko‘l, daryo, muz, qor yoki yomg‘ir shaklida ko‘rasiz. Shu bilan bir vaqtda suvning juda katta hajmi borki u ko‘zga ko‘rinmaydi, bu yer ostida mavjud bo‘lgan va u yerda xarakatlanayotgan suv. Odamlar ming yillar mobaynida yer osti suvlaridan asosan ichimlik maqsadida va sug‘orish uchun foydalanib kelganlar va hozir ham foydalanishmoqda. Yerdagi hayot uchun yer usti suvi qanchalik muhm bo‘lsa yer osti suvi ham shunchalik muhm. Grunt suvlari yer ostida xarakatlanadi.
Yog‘ingarchilikning yer ostita shimilishi va u yerdagi xarakatini tasvirlovchi diagramma. Yer ustiga tushuvchi yog‘inning bir qismi tuproqka infiltratsiyalanib yer osti suviga aylanadi. Tuproq ichidagi bu suvning bir qismi yer sirtiga yaqinlashib tezda o‘zanlardagi suvga qo‘shilsa, asosiy qismi gravitatsiya hisobiga pastga chuqurroq singib borishda davom etadi.
Diagrammaning ko‘rsatishicha, yer osti suvi xarakatining yo‘nalishi va tezligi suvli qatlamniing turli ko‘rsatkichlariga va qatlamlar joylashishiga bog‘liq (qattiq qatlam orqali suvning sizib o‘tishi kiyin kechadi). Suvning yer sathidan pastda xarakatlanishi jinslarnig o‘tkazuvchanligi (suvning xarakatlanishining qanchalik onson yoki qiyinligi) va g‘ovakliligiga (jinsda mavjud bo‘lgan ochiq hajmning kattaligiga) bog‘liq. Agar jinslar o‘z ichidan suvning nisbatan onson oqib o‘tishiga imkon bersalar, u holda suv bir necha kun mobaynida uzoq masofalarga etib borishi mumkin. Shu bilan birga suv shunchalik chuqur qatlamlarga singib ketishi mumkinki uning yana tabiatga qaytib chiqishi uchun ming yillar zarur bo‘ladi. Buloq: yer osti suvi yer sirtiga oqib chiqadigan joy Buloq; nima o‘zi?
Buloq bu yer osti suv qatlamining shunday darajaga ko‘tarilishiki natijada suv yer sirtiga oqib chiqadi. Ular faqatgina ko‘p yomg‘irdan so‘ng paydo bo‘ladigan kichik buloqlardan tortib to kuniga bir necha million gallon suv chiqaruvchi ulkan buloqlargacha bo‘lishi mumkin.
Buloqlar har qanday jinslar ichida paydo bo‘lishi mumkin, lekin ular eng ko`p osonlik bilan yoriladigan va kislotali yomg‘irlardan yemiriladigan oxaktosh va dolomit jinslarda sodir bo‘ladi. Agar yer osti oqimi gorizontal yo‘nalishda sodir bo‘lsa u yer sirtiga etib borib buloqka aylaninshi mumkin.
Buloq suvi har doim ham toza emas. Kolorado, AQSH dagi suvda yuqori darajada temir moddasi borligini ko‘rsatuvchi jigarrang buloq. Odatda buloq suvi toza bo‘ladi. Lekin ba’zi hollarda bu Kolorado, AQSH dagi buloqdagidek choy rangidagi suvli bo‘lishi mumkin. Bunday qizg‘ish rangga sabab yer ostida suvniing temir kabi minerallar bilan kontaktda bo‘lishidir. To‘q rangli buloqlar suv yer osti qatlamlar ichidagi katta kanallar bo‘ylab tez oqib o‘tganini va jinslar ularni filtirlab ulgurmagani bilan izohlanishi mumkin.
Issiq buloqlar.
Issiqlik buloqlari oddiy buloqlar bo‘lib, boshqa buloqlardan faqat suvining iliqligi va ba’zan qaynoqliligi bilangina, masalan, Ellov Stoun Milliy Parkida, Vayoming, AQSH da qaynayotgan balchiqli buloqdagidek. Ko‘pgina issiq buloqlar yaqin utmishda faol vulqon faoliyati kuzatilgan hududlarda er osti suvining chuqurda joylashgan qaynoq jinslar bilan kontakti hisobiga sodir bo‘ladi. Chuqurlashgan sari jinslar issiqligi oshib boradi va jinslar orasida katta yoriq bo‘lib u suvni yer ustiga oqib chiqishiga imkon bersa issiq buloq paydo bo‘lishi mumkin.
Issiq buloqlar dunyoning istalgan burchagida mavjud bo‘lishi mumkin va mana bu baxtiyor Grenlandiyaliklar guvohlik berishlaricha issiqщ buloqlar muzliklar bilan birga mavjud bo‘lishi ham mumkin.
Umumjahon suvlarinig taqsimoti.
Yer sharidagi ja’mi suvning qayerda mavjudligini izohlovchi quyidagi grafik va jadvalga e’tibor bering. Shu paytga kelib siz suvning aylanma xarakati yer sharidagi suvning xarakatini tasvirlashini bilasiz va quyidagi grafik va jadval yerdagi suvning ma’lum bir lahzadagi mavjud miqdorini tasvirlaydi. Agar siz ming yoki million yillar ilgariga qarasangiz bu raqamlar albatta boshqacha bo‘ladi.
E’tibor bering, taxminan 1,386 million kub kilometr million kub mil) dunyo suv zahirasidan 96 foizdan ortigi sho‘rlangandir. 68 foizdan ortiq chuchuk suv muzliklar da jamlangan. Yana 30 foiz chuchuk suv er ostidadir. Daryo va ko‘llar kabi yer usti chuchuk suv manba’lari faqatgina 93,100 kub kilometr (22,300 kub mil) ni tashkil qiladiki bu ja’mi suvning bir foizining 1/700 qismigagina teng xolos. Vaxolanki daryo va ko‘llar odamlar har kuni foydalanadigan suvning asosiy manba’idir.
Ular toʹxtovsiz amalga oshadi. Har qanday organizm tashqi muhitdan ozuqa moddalari kelib turgunicha va uning faoliyati mahsuli ana shu muhitga ajralib chiqib turgunicha yashashi mumkin. Hujayra ichida kimyoviy almashinuvlarning gʹoyat murakkab kompleksi uzluksiz davom etib turadi, buning natijasida ozuqa moddalardan hujayra tanasining komponentlari hosil boʹladi. Tirik organizmlardagi doimiy yangilanish bilan birga kechadigan materiyaning almashinish jarayonlari yigʹindisi moddalarning almashinuvi deyiladi1, yoki boshqacha qilib, Moddalarning aylanma harakati deganda kimyoviy elementlarning koʹchib yurishi, yoki migratsiyasi tushuniladi.
4.2. Tabiatdagi moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanma harakatlari. Kichik biologik va katta geologik aylanma harakatlar ajratiladi:
Kichik biologik aylanma harakatda qatnashadigan organizmlarning produtsent, konsument va redutsent ekologik guruhlari ajratiladi.
Produtsentlar uglerod, quyosh energiyasi va suv ishtirokida organik mahsulotlarni yaratadi;
Konsumentlar birlamchi mahsulotni isteʹmol qiladi;
Redutsentlar organik moddalarni parchalaydi.
Yashil oʹsimliklar quyosh energiyasidan foydalanib, tirik moddalarning birlamchi mahsulotini hosil qiladi, SO2 ni oʹzlashtirib O2 ni ajratadi. Hayvonlar oʹsimliklar bilan oziqlanadi, kislorodni oʹzlashtirib SO2 ni ajratadi. Oʹlik hayvon va oʹsimlik qoldiqlarini hasharotlar, zamburugʹlar, bakteriyalar va boshqalar parchalaydi, mineral yoki noorganik birikmalarga aylantiradi. Ular tuproqqa tushib, yana oʹsimliklar tomonidan oʹzlashtiriladi. Katta aylanma harakatda ushbu jarayon quruqlik va okean oʹrtasida amalga oshadi.
Geologik aylanma harakat. Organizmlar togʹ jinslarining nurashida, tuproq hosil boʹlishida, relyef shakllarini oʹzgarishida, qazilma boyliklarning paydo boʹlishida va atmosferaning hozirgi tarkibini vujudga keltirishda katta rol oʹynaydi.
V.I.Vernadskiy aylanma harakatda ishtirok etadigan tirik moddaning quyidagi besh asosiy funktsiyasini ajratadi:
-Gaz funktsiyasi –atmosferadagi asosiy gazlar tirik organizmlar faoliyati natijasida vujudga kelgan va u yangilanib turadi;
-Biogen moddalarni toʹplash funktsiyasi – organizmlar tanasida koʹplab kimyoviy elementlarni toʹplaydi;
-Oksidlanish-qaytarilish funktsiyasi – temir, oltingugurt, marganets, azot va boshqa elementlarning biogen migratsiyasini taʹminlaydi. Tirik xujayralar ishtirokida oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari millionlab marta katta tezlikda amalga oshadi;
-Biokimyoviy funktsiya –tirik moddaning koʹpayishi, oʹsishi va koʹchishi, oʹlgan organizmlarning parchalanishi va chirishi bilan bogʹliqdir.;
-Insonning biogeoximik faoliyati - oraliq moddalarni (koʹmir, neft, gaz va boshqalar) koʹplab chiqarish va ishlatish .
Yer yuzida tirik moddaning asosiy sayyoraviy funktsiyasi fotosintez jarayonida quyosh energiyasini bogʹlash va uni zaxiraga oʹtkazishdir.
Biosferada suvning almashinuvi: Biosferada suvning almashinuvida tirik moddalar katta rol oʹynaydi. Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda toʹxtovsiz aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta.
Biotik aylanishda million tonnalab fosfor va azot, katta miqdordagi kaliy, kaltsiy, temir hamda juda koʹp miqdorda suv ishtirok etadi.
Suvning aylanishida bugʹlanish, transpiratsiya jarayonlari muhim roʹl oʹynaydi. Oʹsimliklarning yer ustki qismlari tomonidan suvning bugʹlantirilishi koʹtarish kuchini hosil qiladi, tuproqdan eritmalarni oladi. Ular oʹsimlikni suv bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham taʹminlaydi. Suv tuproqdan bugʹ holatida atmosferaga koʹtarilib, soviydi, keyin kondensatsiyalanib, yomgʹir holida u yana quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi.
Biosfera mahsuldorligining kamayishiga asosan quyidagilar sabab boʹladi:
- gidromelioratsiya ishlarini amalga oshirish;
- oqova va sizot suvlari, shuningdek tuproqning turli mineral oʹgʹitlar, kimyoviy moddalar, har xil zaxarli moddalar bilan ifloslanishi;
- sanoat chiqindilari bilan muhitning ifloslanishi.
Biosferada hayotning taqsimlanishi nihoyatda murakkab va xilma–xildir. Tabiiy ekotizimlar qanchalik rang-barang boʹlsa biosferaning barqarorligi yuqori boʹladi yoki, aksincha.
Biosfera uchun toza birlamchi mahsulotning mumkin boʹlgan sarflanish ulushi 1% dan katta emas. Bu “1% qoidasi” deb yuritiladi va undan chetlashish biosferadagi tabiiy energetik jarayonlarning buzilishi va chuqur ekologik inqirozga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |