Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Prolaktin 
- oqsil gormon bo‘lib, 198 aminokislota qoldiqlaridan tashkil 
topgan (uning miqdori erkak va ayollarda 2-15 mkg

l atrofida bo‘lib, homilador 
ayollarda 300 mkg

l ga etadi). Prolaktin sut bezlari o‘sishini va sut ishlab 
chiqarilishini, sut oqsillari va boshqa tarkibiy qismlarning sintezlanishini 
tezlashtiradi. Kalamushlarda prolaktin lyuteotrop (sariq tana faolligini saqlash) 
ta’sir ham ko‘rsatadi. Agar balog‘atga yetmagan, yosh urg‘ochi hayvonlarga 
prolaktin yuborilsa, ularda onalik instinkti paydo bo‘ladi. Gipotalamik markazlar 
prolaktin sekretsiyasini reflektor yo‘l bilan kuchaytiradi. Ushbu refleks, bola sut 
emgan vaqtida sut bezlari so‘rg‘ichidagi retseptorlar qo‘zg‘alishi natijasida amalga 
oshadi. Sut sog‘ish ham qonda prolaktin miqdorini oshiradi. Prolaktin suv-tuz va 
yog‘ almashinuviga ham ta’sir qiladi, terining yangilanishi va undagi yog‘ bezlari 
faoliyatini tezlashtiradi. Gormonning qonga o‘tishi reflektor yo‘l bilan tezlashsa, 
gipotalamusning ingibirlovchi omili (dofamin) bu jarayonni sekinlashtiradi.
Melanotsitlarni 
rag‘batlovchi gormon
ham 
gipofizning 
effektor 
gormonlariga kiradi. U alfa-melanotsitlarni rag‘batlovchi va betta-melanotsitlarni 
rag‘batlovchi gormonlarga bo‘linadi. Birinchisi 22 ta aminokislota qoldig‘idan 
iborat 
polipeptid 
bo‘lib, kimyoviy va funksional xossalariga ko‘ra 
adrenokortikotrop gormonga yaqin. Uning ta’sirida odam va hayvon terisi hamda 
juni qorayadi, ya’ni pigment effektini vujudga keltiradi. Junning fasliy o‘zgarishi 
hayvonlar uchun himoya ahamiyatiga ega. Bu gormon ta’sirida melanotsitlarda 
melanin miqdori oshadi, uning zarrachalari hujayra protoplazmasida keng 
tarqalgan. Melanotsitlarni rag‘batlovchi gormon teridagi yog‘ bezlarini, homila 
paytida bachadon o‘sishini tezlashtiradi. Bu gormonning ajralishi reflektor yo‘l 
bilan boshqarilib, u, ko‘z pardasiga nur tushishiga bog‘liq. Gipotalamusning 
ingibitor va rilizing omillari ham melanotsitlarni rag‘batlovchi gormonni ajralishini 
boshqarishda ishtirok etadi. 
Qalqonsimon bez va uning gormonlari.
Bu bez ichki sekretsiya bezlarining 
orasida eng kattasi bo‘lib (odamda,15-30 g), har xil diametrli follikullardan tashkil 
topgan. Bu bez I va II jabrali cho‘ntaklar orasida tomoqning ventral devoridagi 
bo‘rtmadan hosil bo‘ladi. Qalqonsimon bez barcha umurtqali hayvonlarda bo‘lib, 


133 
uning hujayralarini asosiy vazifasi tashqi muhitdan yodni yutib, tirozin kislota 
bilan kombinatsiyada tireoid gormonlarni sintez qilishdan iborat. Follikulning 
devori tireoid epiteliydan hosil bo‘lgan. Follikulning bo‘shlig‘ida kolloid 
joylashgan bo‘lib, uning tarkibida tireoidli gormonlar mavjud. Follikullar qon 
tomirlari bo‘lgan birlashtiruvchi to‘qimalar bilan o‘ralgan. Qalqonsimon bez qon 
bilan ta’minlangan bo‘lib, kapillyarlari orqali gormonlar hosil bo‘lishi uchun zarur 
bo‘lgan komponentlar keladi va sintezlangan gormonlar chiqariladi. Qalqonsimon 
bez hujayralarining muhim xususiyati, qon plazmasidan yodni kimyoviy va 
elektrik gradientga qarshi tortib olish, uni jamg‘arish va organik bog‘langan yod 
hamda fiziologik faol tireoid gormon holiga o‘zgartirish hisoblanadi. Tireoid 
gormonlarni sintez qilish yo‘li barcha umurtqalilarda o‘xshashdir. Qalqonsimon 
bezda tireotrop gormon ta’siri ostida ikkita gormon - tetrayodtironin (tiroksin, T
4

va triyodtironin (T
3
) ishlab chiqariladi. Triyodtironin tetrayodtironinga nisbatan 
kam ishlab chiqariladi, lekin faolligi jihatidan ancha ustun bo‘ladi. Tireoidli 
gormonlar tarkibida yod bo‘lib, u asosan ovqat va suv bilan kelib tushadi. T
4
tarkibida tironinli yadro bilan bog‘langan 4 atomli, T
3
tarkibida esa 3 atomli yod 
bor. Qonga kelib tushgan paytida, T
3
va T
4
proteoliz yo‘li bilan tireoglobulindan 
ajratiladi, lekin plazmada, ular tiroksinni bog‘lovchi globulin bilan qaytadan 
birikadi va T
3
hamda T

ning faqatgina kichik bir qismi qonda faol holatda qoladi. 
Tiroksinni rag‘batlantirish samarasining darajasi erkin tiroksinning miqdoriga 
bog‘liq. Tireoidli gormonlarning ta’sir doirasi kengdir. Ularning asosiy samarasi 
turli almashinuv jarayonlariga, o‘sish va rivojlanishga ta’siridan iborat, yana ular 
adaptiv reaksiyalarda ham qatnashadi. T
3
va T
4
ning energetik almashinuviga 
ta’siri ancha yorqin namoyon bo‘ladi. Tireoidli gormonlar bo‘lmagan paytda 
almashinuv jarayonlarining tezligi pasayadi, ular ko‘payib ketganda tinch holatdagi 
asosiy almashinuv normaga nisbatan ikki marta ortishi mumkin. Yuksak 
umurtqalilarda kalorigen samara ancha aniq va o‘sayotgan organizmning barcha 
hujayralarida, ayniqsa asab tizimining hujayralarida namoyon bo‘ladi. Tireoid 
gormonlar organizmning muhit o‘zgarishlarga, xususan, mavsumiy o‘zgarishlariga 
moslashishini ta’minlaydi. Bu gormonlar organizmga yuborilganda asosiy modda 


134 
almashinuvi ortadi, kislorod sarflanishi va karbonat angidrid chiqarilishi 
ko‘payadi. Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog‘ va uglevodlar ko‘proq 
parchalanadi. Mitoxondriyalardagi oksidlanish va oksidlanishli fosforlanish 
jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. ATF sintezi sekinlashib issiqlik hosil bo‘lishi 
tezlashib ketadi. To‘qimalarning katexolaminlarga nisbatan sezgirligi oshadi. Bu 
gormonlarning qondagi miqdori ko‘paysa, adrenalin va noadrenalinning juda ham 
kam miqdori periferik qon tomirlarni toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi. 
Qalqonsimon bez faoliyatining haddan tashqari kuchayib ketishi tireotoksikoz 
kasalligiga olib keladi. Bunda organizmda: a) MAT qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, 
odam serjahl bo‘lib qoladi, bexudaga bezovtalanadi, yig‘laydi, uyqusi buziladi, b) 
qo‘llarida titrash (tremor) paydo bo‘ladi, c) taxikardiya ro‘y berib, arterial qon 
bosimi ko‘tariladi, g) nafas olish o‘zgaradi, o‘pkaning daqiqalik havo almashinuvi 
(ventilyasiyasi) ko‘payadi, d) me’da - ichak tizimining harakatlari kuchayadi, e) 
ko‘z yorig‘i va qorachiq kengayadi hamda ko‘z chaqchayadi (ilova: 54–rasm). 
Agar, odamning qalqonsimon bezi bolalik davridanoq sust ishlasa kretinizm
bo‘ladi. Kretinlarning bo‘yi o‘smay qoladi, gavda nisbatlari o‘zgaradi, ya’ni qo‘l-
oyoqlari kalta, boshi katta bo‘ladi, balog‘atga yetish to‘xtaydi, ruhiy rivojlanishdan 
orqada qoladi, tili og‘ziga sig‘may og‘zidan chiqib turadi. Bu miksidema 
(shilimshiq shish) belgilaridan biri bo‘lib, voyaga yetgan odamning qalqonsimon 
bezi sust ishlaganda kuzatiladigan holat (ilova: 55–rasm). Uning ko‘pgina belgilari 
tireotoksikoz alomatlarining teskarisi. Miksidemaga uchraganlarning asosiy modda 
almashinuvi 30-40% sekinlashib ketadi, tana harorati pasayadi, bradikardiya, 
gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida a’zo va 
to‘qimalarning hujayralararo bo‘shliqlarida albumin va mutsin miqdori ko‘payib, 
bu yerdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshib ketadi. Natijada, to‘qimalarda suv 
yig‘iladi, «shilimshiq shish» paydo bo‘ladi. MAT faoliyati buzilishi natijasida 
miksidema kasaliga uchraganlarning fikr yuritishi va so‘zlashi qiyinlashadi, ularda 
hech narsaga ehtiyoj bo‘lmaydi. Boshqa endokrin bezlar, xususan, jinsiz bezlar 
faoliyati buziladi. Gipofizning tireotrop gormoni tireoid gormonlarning miqdori 
qonda barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Tireotrop gormonning qonga o‘tish tezligi, 


135 
o‘z navbatida, rilizing gormonlarning faolligiga bog‘liq. Tireotrop gormonlarning 
qondagi miqdori kamaysa, yoki organizmning bu gormonlarga ehtiyoji oshsa, 
masalan, organizmga sovuq ta’sir qilganda, gipotalamusning gipofizotrop 
sohasidan tireotropin-rilizing gormonning adenogipofizga o‘tishi tezlashadi, qonda 
tireotrop gormon miqdori oshib, follikullardan tireoid gormonlarning qonga o‘tishi 
tezlashadi. Agar, triyodtironin va tiroksinning qondagi miqdori oshsa, rilizing 
gormonning faolligi pasayadi, tireotropin ham kamayadi, natijada qalqonsimon bez 
faoliyatini boshqarishda manfiy qaytar aloqa tamoyili muhim rol o‘ynaydi. 
Qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar va xususan “Endemik buqoq” mavzusi 
Yolqin Xolmatovich To‘raqulov nomi bilan uzviy bog‘liqdir. YO.X.Turaqulov 
o‘zbek olimi, biokimyogar, qator mukofotlar bilan taqdirlangan O‘zFAsining 
akademigi. Uning qalqonsimon bez faoliyatini o‘rganishda va qalqonsimon bez 
kasalliklari, profilaktikasi va davolash mavzusiga doir olib borgan ishlari dunyo 
olimlari tomonidan tan olingan. U “El-yurt xurmati”, “Shuxrat”, “Jasorat”, “Buyuk 
xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish