Aminokislotalar-molekulasi tarkibida ham amino-(NH2), ham karboksil -(COOH) guruhi bo’lgan moddalardir. Oqsillar esa turli xil -aminokislotalarning qoldiqlaridan tashkil topgan yuqorimolekulyar polipeptid birikmalardir. Oqsillar tirik hayotning asosi bo’lib murakkab tuzilishga egadir.
Aminokislotalar tarkibidagi 2 ta funksional guruhning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab -, - va -aminokislotalar bo’ladi. Masalan:
NH2-CH2-COOH glikokol Aminokislotalar tarkibida asimmetrik uglerod atomi bo’lganligi uchun ularga ham optik izomeriya xosdir.
Ular ham qutblangan nurni ingga (+) yoki chapga (-) buradi. D va L qatorlarga bilinadi.
Oqsil tarkibiga kiruvchi -aminokislotalar o’ziga xos nomlarga ega. Masalan:, glisin
Aminokislotalar ham aminlarning, ham karbon kislotalarning xossalariga ega. Ular odatda, ichki tuz shaklida bo’ladi va shuning uchun suvda eruvchan, kristall moddalardir.
Oqsillar tarkibiga 20 taga yaqin -aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalarning bir qismi organizmda sintez bo’ladi, bir qismi esa tayyor holda ovqat bilan organizmga ko’rishi kerak. Organizm uchun zarur bo’lgan, ammo organizmda sintez bo’lmaydigan -aminokislotalar almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar deyiladi. Ular quyidagilardir
2-amino-4-metiltiobutan kislota
2-amino-3-gidroksibutan kislota
2-amino-3-metilbutan kislota
2-amino-4-metilpentan kislota
2-amino-3-metilpentan kislota
2,6-diaminogeksan kislota
2-amino-3-fenilpropan kislota
2-amino-3-(3-indolil) propan kislota
Aminokislotalarni olish usullari ham aminobirikmalar va karbon kislotalarni olish usullariga o’xshash. Masalan -aminokislotalarni -galogenkislotalardan va aldegidlardan quyidagi reaksiyalar yordamida olish mumkin:
-Aminokapron kislotasi kaprolaktamni gidroliz qilib olinadi:
-, -va -aminokislotalar bir-biridan qizdirish vaqtida qanday moddalarga aylanishi bilan farq qiladi.
Bunda -aminokislotalar diketopiperazinlar, - aminokislotalar -to’yinmagan kislotalar va -aminokislotalar esa laktamlar hosil qiladi:
-aminokislotalar qizdirilganda ochiq zanjirli oligopeptidlar yoki polipeptidlar hosil bo’lishi mumkin. Umuman, aminokislotalar amfoter birikmalar bo’lib, asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Ular aminoguruh hisobiga va karboksil guruh hisobiga alohida reaksiyalarga kirishadi. Masalan, nitrit kislota ta’sirida -aminokislotalar diazobirikmalarga aylanadi. Odatda bu reaksiyada aminokislota efiridan foydalaniladi:
Aminokislotalar og’ir metallarning ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi, Masalan:
Aminokislotalar og’ir metallarning ionlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi, Masalan:
Suvda eruvchan komplekslar hosil qiluvchi aminokislotalar kompleksonlar deb ataladi. Eng muhim kompleksonlardan biri etilendiamintetrasirka kislota(trilonB)dir:
Oqsillar ham amfoter xossaga ega bo’lib birlamchi, ikilamchi va uchlamchi tuzilishga egadir. Oqsillarning polipeptid molekulasidagi -aminokislota qoldiqlarining ketma-ketligi ularning birlamchi strukturasi deyiladi. Oqsillarning ichki (-) va molekulalararo (-) vodorod bog’lari hosil bo’lishi tufayli spiralsimon tuzilishi ularning ikilamchi strukturasi deb ataladi. Silindrsimon -spirallarning fazoda turlicha joylashishi va makromolekula turli qismlarida S-S disul’fid ko’priklarini hosil qilishiga oqsillarning uchlamchi strukturasi deb ataladi. Bir nechta polipeptid zanjirlarning vodorod bog’lari, ion juftlari hosil qilib birlashishi oqsillarning to’rtlamchi strukturasi deb ataladi.

Oqsillarga biuret, ksantoprotein, millon va ningidrin reaksiyalari xosdir. Oqsillar organizmda muhim hayotiy vazifani bajaradi.