113
Buyraklarning qon bilan ta’minlanishi portal tizimlar prinsipi bo‘yicha
tuzilgan,
ya’ni qon, tuguncha kapillyarlaridan kanalchalar oldi kapillyarlariga kelib tushadi,
olib chiqib ketuvchi qon tomiri esa, bu ikkala kapillyar tizimlar orasida joylashgan
bo‘lib, portal vena rolini bajaradi. Mag‘iz moddaning po‘stloq va tashqi
qatlamlarida qalin kapillyar tarmoq mavjud, mag‘iz
moddaning chuqur
qatlamlariga kelib tushadigan uzun kapillyarlar sirtmoqlari esa, nisbatan siyrak
shoxlangan bo‘ladi. Buyrak arterialari aortaning qorin qismidan chiqib, u erda qon
bosimi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Kalta buyrak arteriyalari
bir necha marta
bo‘linib, koptokchalarga qon olib keluvchi tomir shaklida kirib boradi. Bu tomir
20-40 dona kapillyarlarga bo‘linib, Malpigi koptokchasini hosil qiladi. Kapillyarlar
yig‘indisi qonni koptokchadan olib ketadi. Odamning har ikkala buyraklari
arteriyasidan 1 daqiqada 1200 ml qon yoki organizmdagi hamma qonning 20-
25 % oqib o‘tadi. Buyraklarning massasi tana massasining atigi 0,43 % ini tashkil
qilishini eslasak, qon bilan ta’minlanishining ahamiyati
naqadar katta ekanligi
yaqqol bilinadi. Buyraklar tomirlarining o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati juda
mukammal bo‘lib, umumiy arterial qon bosimi 90-190 mm s.u. atrofida
o‘zgarganida ham buyrak arteriyalardan oqib o‘tuvchi
qonning miqdori
o‘zgarmaydi. Koptokchadan sal uzoqlashib, qonni olib ketuvchi tomir yana
kapillyarlarga bo‘linib ketadi va proksimal va distal
burama kanalchalar atrofida
qalin kapillyarlar to‘rini hosil qiladi. Demak, buyraklarda qonning ko‘p qismi
kapillyarlardan ikki marta - avval koptokchalardan so‘ngra kanalchalar atrofidan
o‘tadi. Yukstamedulyar nefronlarning qonni olib ketuvchi
tomiri kapillyarlarga
bo‘linmaydi. Bu tomir bevosita mag‘iz moddaga o‘tib ketadi. Nefronning hamma
qismi siydik hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bu jarayon, koptokchalarda
filtrlanish
yo‘li bilan birlamchi siydik hosil bo‘lishidan boshlanadi. Siydikning tarkibi buyrak
kanalchalari va yig‘uvchi naylardan o‘tayotganida o‘zgradi: suv va ba’zi moddalar
naylarning devori orqali qonga qayta so‘riladi, ayrim moddalar esa bu suyuqlikka
ajratildi. Bu jarayonni kanalchalardagi reabsorbsiya va sekretsiya deb ataladi.
Shunday qilib, tashqariga chiqarib yuboriladigan oxirgi siydik tarkibini -
koptokchalardagi reabsorbsiya va kanalchalardagi sekretsiya jarayonlari belgilaydi.