Buyraklarning osmotik bosimni boshqarishdagi ishtiroki.
Agar
organizmda suv ko‘payib ketsa, qonda erigan moddalarning konsentratsiyasi va bu
ko‘rsatkich bilan bog‘liq bo‘lgan bosim pasayadi. Gipoosmiya gipotalamusning
suprooptik yadrolari atrofida joylashgan markaziy osmoretseptorlarining faolligini
keskin oshiradi. Buyrak, jigar, taloq va boshqa a’zolarda periferik osmoretseptor
faolligining pasayishi, gipofizning orqa sohasidan qonga o‘tadigan antidiuretik
122
gormon miqdorini kamayishiga olib keladi. Bu gormonning asosiy fiziologik
samarasi, suvni nefronning distal qismidan qayta so‘rilishini tezlashtirishdan
iborat. Qonda antidiuretik gormon miqdorining kamayishi, suvni distal
kanalchalarning devoridan deyarli qayta so‘rilmasligiga olib keladi, gipotonik
siydik ko‘p miqdorda ajraladi va ortiqcha suv organizmdan chiqib ketadi.
Organizm suvsizlanganda yoki qonga gipertonik eritma quyilganda qonning
osmotik bosimi ko‘tariladi, natijada, osmoretseptorlarning faolligi kuchayadi,
antidiuretik gormon sekretsiyasi tezlashadi. Bu esa, distal kanalchalarda suvning
qayta so‘rilishini tezlashtirib, gipertonik siydik ajralishini sekinlashishiga olib
keladi.
Siydikning tarkibi va xossalari.
Bir kecha-kunduzda ajralgan siydik
miqdori (diurez) 1000-1800 ml ni tashkil qiladi. Bu miqdor, qabul qilingan va
organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan suvning yarmiga teng
bo‘ladi. Sog‘lom odamning siydigi tiniq, nimsariq rangga ega bo‘lib, u,
bilirubindan hosil bo‘lgan urobilin va uroxromlarga bog‘liq. Siydikning fizik-
kimyoviy xossalari qatorida uning osmotik konsentratsiyasi alohida ahamiyatga
ega. Bu ko‘rsatkich osmotik faollikka ega bo‘lgan moddalarning miqdoriga bog‘liq
bo‘lib, buyraklarning siydikni quyultirish qobiliyatini ifodalaydi. Siydikning
osmotik konsentratsiyasi suv muvozanati holatiga qarab 50 mmol
l -1200 mmol
l
oralig‘ida o‘zgarib turadi. Siydikning solishtirma og‘irligini undagi anorganik va
qisman organik moddalar belgilaydi va bu ko‘rsatkich 1, 001-1,040 ga teng
bo‘ladi. Siydikning kislotalilik darajasi amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u
organizmning kislotali-ishqorli muvozanati holati to‘g‘risida axborot beradi.
Siydikning pH darajasi iste’mol qilingan ovqat tarkibiga bog‘liq bo‘lib, 4,5-8,0
atrofida o‘zgarib turadi. Siydikdagi organik moddalar azotli va azotsizlarga
bo‘linib, azotli moddalarning deyarli hammasi oqsil almashinuvi natijasida hosil
bo‘ladi. Siydik tarkibida ajraladigan azotning 90 % siydikchil tarkibidagi azotga
to‘g‘ri keladi. Siydikchilning siydikdagi miqdori 2 % atrofida bo‘lib, uning bir
kecha-kunduzda ajraladigan miqdori 20-30 g ga teng bo‘ladi. O‘rta yoshli odam
siydigida bir kecha-kunduzda 1-2 g kreatinin ajraladi. Kreatininning o‘zi siydikda
123
bo‘lmaydi, u, mushakdagi kreatinindan hosil bo‘ladi. Purin asoslar almashinuvi
natijasida bir kunda 1 g siydik kislota hosil bo‘ladi. Purin suvda kam eriydi, shu
sababli siydik yo‘llarida quyqaga aylanib, siydik toshlari hosil bo‘lishiga olib
kelishi mumkin. Siydikning azotli moddalariga ozroq miqdorda ajraladigan erkin
aminokislotalar va kichik peptidlar ham kiradi. Siydikda parchalanmagan oqsillar
deyarli bo‘lmaydi. Azotsiz organik moddalardan siydik tarkibida shovul kislota,
sut kislota, juda oz miqdorda keton tanachalari va suvda eruvchi vitaminlar
uchraydi. Yog‘ va uglevodlar odatda siydikda uchramaydi. Siydik tarkibida ko‘p
miqdorda anorganik moddalar ajraladi: natriy xlorid - 10-15 g, kaliy xlorid – 3-3,5
g, sulfat tuzlari - 2,5 g ni tashkil qiladi. Ko‘pchilik hayvonlarda, buyrak yoki
nefridiyalarda hosil bo‘lgan siydik siydik pufagida to‘planadi va keyin
organizmdan chiqarib yuboriladi. Faqatgina ayrim turdagi hayvonlarda (bir qator
suyakli baliqlarda, akulalar, skatlar, qushlar va b.) sidik pufagi bo‘lmaydi va
siydik, siydik yo‘llari orqali klaokaga kelib, chiqarib yuboriladi. Odamda esa, hosil
bo‘lgan siydik buyrak jomiga tushib, uni to‘ldiradi va bosim ko‘tarilib, ma’lum
darajaga etganda, mushaklari qisqaradi, ayni vaqtda siydik yo‘llarining silliq
mushaklari bo‘shashadi va siydik qovuq tomonga qarab oqa boshlaydi. Siydik
oqimini siydik yo‘llarining (uretrning) har daqiqada 1-5 marta qisqarishi
tezlashtiradi. Qovuqdagi siydik miqdori asta-sekin ko‘payib borib, ma’lum
vaqtgacha qovuq bo‘shlig‘ida bosim ortmaydi, chunki devordagi mushaklarning
tarangligi o‘zgarmaydi. Qovuq siydikka ma’lum darajagacha to‘lganda ham, uning
bo‘shlig‘idagi bosimning ortmasligi silliq mushaklarning plastikligi bilan
tushuntiriladi. Qovuqdagi siydik miqdori 150 ml ga etgandan so‘ng, devoridagi
mexanoretseptorlar qo‘zg‘alib, odam siydik qistaganini seza boshlaydi, 250-300 ml
ga etganda esa, bosim 12-15 mm s.u. ga ko‘tariladi, natijada, markazga intiluvchi
impulslarning soni keskin oshadi va juda zahartang qiladi, so‘ngra qovuq refleks
yo‘li bilan bo‘shatiladi. Siydikning ma’lum vaqtgacha qovuqdan chiqib
ketmasligini qovuq sfinkteri va siydik chiqarish nayi - uretra sfinkteri ta’minlaydi.
Qovuq sfinkteri silliq mushak tolalaridan iborat bo‘lib, uning inson idrokiga
bo‘ysinmaydigan faoliyatini, tos asabi tarkibidagi parasimpatik tolalar boshqarib
124
turadi. Uretra sfinkteri ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalaridan tuzilgan bo‘lib, uning
faoliyatiga, odam o‘z xoxishi bilan, olat asabi orqali ta’sir ko‘rsatadi. Siydikning
qovuqdan chiqishi uchun, silliq mushaklar qisqarishi va ayni vaqtda sfinkterlari
bo‘shashi shart. Bu mushaklarning uyg‘un faoliyatini siyish markazi boshqarib
turadi. Bu markaz, orqa miyaning 3-4 dumg‘aza segmentlarida joylashgan.
Qovuqqa siydik to‘planishi va devorining cho‘zilishi tufayli retseptorlarda vujudga
keladigan afferent impulslar, orqa miya orqali MNT ning yuqori qismlariga, miya
po‘stlog‘igacha etib keladi va siydik qistashni shakllaydi. Bosh miya po‘stlog‘i
nazorati siyishni boshlash, kuchaytirish va to‘xtatib turish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |