Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Gipotalamo-gipofizar tizim



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Gipotalamo-gipofizar tizim. 
Bu tizim ikkita asosiy qismga bo‘linadi: 1) 
gipotalamo - orqagipofizar tizim bo‘lib, unda visserotrop neyrogormonlar 
(vazopressin va oksitotsin) sintezlanadi; 2) gipotalamo-oldgipofizar tizim bo‘lib, 
unda gipofizotrop omillar - liberinlar va statinlar sintezlanad peptidlar guruhi 
gipotalamo-gipofizar majmuada qo‘shimcha tizimni tashkil etadi. Gipotalamo – 
orqa gipofiz tizim yirik neyrosekretor hujayralardan tuzilgan bo‘lib, insonlarda 
ikkita asosiy: supraoptik va paraventrikulyar yadrolarda joylashgan. Neyrosekretni 
o‘tkazuvchi va gipotalamo-gipofizar traktni tashkil qiluvchi tolalar neyrogipofizda 
yoki gipofizning orqa sohasida tugaydi. Ushbu yadrolarning hujayralarida 
visserotrop gormonlar - vazopressin yoki antidiuretik gormon (ADG) va oksitotsin 
sintezlanadi. Supraoptik yadrodan ko‘proq vazopressin, paraventrikulyar yadroda 
esa - ko‘proq oksitotsin sintezlanadi. Bu gormonlar to‘qqizta aminokislotadan 
tashkil topgan, ya’ni nanopeptid hisoblanadi.
Vazopressin - buyraklarning 
osmotik boshqarish funksiyalarini yo‘naltirishda muhim omil hisoblanadi, siydik 
ajralishini kamaytiradi va siydikning osmotik konsentratsiyasini oshiradi. 


127 
Oksitotsin - bachadonning silliq mushaklariga va boshqa a’zolariga (jinsiy 
kanalchalarga, qon tomirlarining devorlariga va b.) ta’sir ko‘rsatadi, tug‘ish va sut 
ajralish holatini rag‘batlantiradi. ADG sekretsiyasining rag‘batlashi uchun 
osmoretseptorlar qo‘zg‘alishi kerak. Oksitotsin sekretsiyasining kuchayishi, tug‘ish 
paytida bachadonning cho‘zilishi oqibatida sodir bo‘ladi. Bolani emish paytida ona 
ko‘kragi uchidagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi ham oksitotsin ajralishini 
rag‘batlantiradi. Gipotalamusning gipofizotrop sohasi, gipofizning glandotrop 
gormonlarini va o‘sish gormonini qonga o‘tishini boshqaradi. Bu sohadagi kichik 
neyrosekretor 
hujayralar, 
gipofizning 
oldingi 
bo‘lagi adenogipofizdan 
gormonlarning sintezlanishi va qonga o‘tishini tezlashtiradigan rilizing gormonlari 
(liberinlarni) va bu jarayonlarni tormozlaydigan ingibitor omillarni (statinlarni) 
ishlab chiqaradi. Liberin va statinlarni adenogipofizga qon yetkazadi. Yuqori 
gipofizar arteriya gipotalamusning gipofiziotrop sohasida mayda kapillyarlarga 
bo‘linib, neyrosektor hujayralar atrofida qalin to‘r hosil qiladi. Bu kapillyarlar 
to‘ridan qon oqib o‘tayotgan paytda, unga gipofiziotrop gormonlar o‘tadi. 
Kapillyarlar yig‘ilib gipofizning portal tomirlarini hosil qiladi va ulardagi qon 
adenogipofiz hujayralariga liberin va statinlarni olib keladi.
Adenogipofiz faoliyatini boshqarishda 6 ta rilizing-gormon va 3 ta statin 
ishtirok qiladi. Bu gormonlarning nomi qonga o‘tishini boshqarib turadigan 
gipofizar gormonga bog‘langan. Masalan, gipofizdan tiretrop gormonning qonga 
o‘tishini tezlashtiradigan gormon tireotropin-rilizing-gormon yoki tireoliberin deb 
ataladi. Gipotalasumning gipofizotrop rilizing-gormonlaridan (liberinlar) 
tireotropin-rilizing gormon (TRG)(tireoliberin) tiretrop gormonni, lyuteinlovchi 
gormonning 
rilizing-gormoni 
(LG-RG)(lyuliberin) 
gonatron 
gormonlarni, 
kortikotropin-rilizing gormon (KRG)(kortikoliberin) adrenokortikotrop gormonni 
(AKTG), o‘chmsh gormonining rilizing-gormoni (O‘G-RG)(somatoliberin) o‘sish 
gormonni, 
prolaktinning 
rilizing-gormoni 
(PLG)(prolaktoliberin) 
prolaktinnimelanotsitlavrni rag‘batlantiruvchi gormonning rilizing-gormoni 
(MRG-RG)(melanoliberin) melanotsitlarni rag‘batlanitruvchi gormonni ishlab 
chiqarilishigata’sir qiladi. Gipoltalamusning ingibitor gormonlaridan (statinlar) 


128 
o‘sish gormonining ingibitor omili (O‘G-IO) (somatostatin) o‘sish gormonini, 
prolaktinning ingibitor omili (PIO)(prolaktostatin) prolaktinni, melanotsitlarni 
rag‘batlanitruvchi 
gormonning 
ingibitor 
omili 
(MG-IO)(melanostatin) 
melanotsitlarni rag‘batlanitruvchi gormonni ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Gipofizotrop gormonlarning qonga o‘tib, gipofizga etib kelishi chetdagi 
endokrin bezlar gormonlarining qondagi miqdoriga bog‘langan. qonda kortizon 
miqdori ortsa, gipotalamusdan adrenokortikotrop gormonning rilizing omili qonga 
kam miqdorda o‘ta boshlaydi, natijada gipofiz adrenokortikotrop gormonining 
qonga o‘tishi kamayadi va kortizonni, buyrak usti bezidan qonga o‘tishi 
sekinlashadi. Oqibatda kortizonning qondagi miqdori me’yoriga tushadi. Periferik 
bezlar, gipofiz va gipotalamus ishtirokida yuzaga chiqadigan, qaytar aloqa 
tamoyilida boshqarilish, gipotalamus miyaning yuqori qismlaridan ajratilganidan 
keyin ham sezilarli buzilmaydi. Ammo, tabiiy sharoitda MAT bu boshqarilishni 
organizmning o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi ehtiyojlariga moslashtiradi. 
Masalan, stress holatlarida buyrak usti bezi ko‘p miqdorda kortizon chiqara 
boshlaydi. Bu miya po‘stlog‘i va limbik tizimdan kelgan impulslar ta’sirida medial 
gipotalamusdagi 
neyronlar 
faolligini 
oshishi, 
adrenokortikotrop-rilizing-
gormonining qonga ko‘proq o‘tib, buyrak usti bezini stimullashtirishi natijasi 
hisoblanadi. Gipotalamus asab va gumoral boshqarishlarni birlashtiradigan soha 
bo‘lib, uning oldingi va preoptik qismlaridagi neyronlari, bir tomondan, endokrin 
hujayra sifatida gormonlarni sintezlaydi, ikkinchi tomondan, bu neyronlarning 
aksonlari miyaning ko‘p qismlariga etib boradi. O‘z navbatida, gipotalamusning 
neyrosekrektor hujayralarida miyaning boshqa sohalaridagi neyronlarning afferent 
tolalari tugaydi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish