133
uning hujayralarini asosiy vazifasi
tashqi muhitdan yodni yutib, tirozin kislota
bilan kombinatsiyada tireoid gormonlarni sintez qilishdan iborat. Follikulning
devori tireoid epiteliydan hosil bo‘lgan. Follikulning bo‘shlig‘ida kolloid
joylashgan bo‘lib, uning tarkibida tireoidli gormonlar mavjud. Follikullar qon
tomirlari bo‘lgan birlashtiruvchi to‘qimalar bilan o‘ralgan. Qalqonsimon bez qon
bilan ta’minlangan bo‘lib, kapillyarlari orqali gormonlar hosil bo‘lishi uchun zarur
bo‘lgan komponentlar keladi va sintezlangan gormonlar chiqariladi. Qalqonsimon
bez hujayralarining muhim xususiyati, qon plazmasidan yodni kimyoviy va
elektrik
gradientga qarshi tortib olish, uni jamg‘arish va organik bog‘langan yod
hamda fiziologik faol tireoid gormon holiga o‘zgartirish hisoblanadi. Tireoid
gormonlarni sintez qilish yo‘li barcha umurtqalilarda o‘xshashdir. Qalqonsimon
bezda tireotrop gormon ta’siri ostida ikkita gormon - tetrayodtironin (tiroksin, T
4
)
va triyodtironin (T
3
) ishlab chiqariladi. Triyodtironin tetrayodtironinga nisbatan
kam ishlab chiqariladi, lekin faolligi jihatidan ancha ustun bo‘ladi. Tireoidli
gormonlar tarkibida yod bo‘lib, u asosan ovqat va suv bilan kelib tushadi. T
4
tarkibida tironinli yadro bilan bog‘langan 4 atomli, T
3
tarkibida esa 3 atomli yod
bor. Qonga kelib tushgan paytida, T
3
va T
4
proteoliz yo‘li
bilan tireoglobulindan
ajratiladi, lekin plazmada, ular tiroksinni bog‘lovchi globulin bilan qaytadan
birikadi va T
3
hamda T
4
ning faqatgina kichik bir qismi qonda faol holatda qoladi.
Tiroksinni rag‘batlantirish samarasining darajasi erkin tiroksinning miqdoriga
bog‘liq. Tireoidli gormonlarning ta’sir doirasi kengdir. Ularning asosiy samarasi
turli almashinuv jarayonlariga, o‘sish va rivojlanishga ta’siridan iborat, yana ular
adaptiv reaksiyalarda ham qatnashadi. T
3
va T
4
ning energetik almashinuviga
ta’siri ancha yorqin namoyon bo‘ladi. Tireoidli gormonlar bo‘lmagan paytda
almashinuv jarayonlarining tezligi pasayadi, ular ko‘payib ketganda tinch holatdagi
asosiy almashinuv normaga nisbatan ikki marta ortishi mumkin.
Yuksak
umurtqalilarda kalorigen samara ancha aniq va o‘sayotgan organizmning barcha
hujayralarida, ayniqsa asab tizimining hujayralarida namoyon bo‘ladi. Tireoid
gormonlar organizmning muhit o‘zgarishlarga, xususan, mavsumiy o‘zgarishlariga
moslashishini ta’minlaydi. Bu gormonlar organizmga yuborilganda asosiy modda
134
almashinuvi ortadi, kislorod sarflanishi va karbonat angidrid chiqarilishi
ko‘payadi. Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog‘ va uglevodlar ko‘proq
parchalanadi. Mitoxondriyalardagi oksidlanish va oksidlanishli fosforlanish
jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. ATF sintezi sekinlashib issiqlik hosil bo‘lishi
tezlashib ketadi. To‘qimalarning katexolaminlarga nisbatan sezgirligi oshadi. Bu
gormonlarning qondagi miqdori ko‘paysa, adrenalin va noadrenalinning juda ham
kam miqdori periferik qon tomirlarni toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi.
Qalqonsimon bez faoliyatining haddan tashqari kuchayib
ketishi tireotoksikoz
kasalligiga olib keladi. Bunda organizmda: a) MAT qo‘zg‘aluvchanligi oshadi,
odam serjahl bo‘lib qoladi, bexudaga bezovtalanadi, yig‘laydi, uyqusi buziladi, b)
qo‘llarida titrash (tremor) paydo bo‘ladi, c) taxikardiya ro‘y berib, arterial qon
bosimi ko‘tariladi, g) nafas olish o‘zgaradi, o‘pkaning daqiqalik havo almashinuvi
(ventilyasiyasi) ko‘payadi, d) me’da - ichak tizimining harakatlari kuchayadi, e)
ko‘z yorig‘i va qorachiq kengayadi hamda ko‘z chaqchayadi (ilova: 54–rasm).
Agar, odamning qalqonsimon bezi bolalik davridanoq sust ishlasa kretinizm
bo‘ladi. Kretinlarning bo‘yi o‘smay qoladi, gavda nisbatlari o‘zgaradi, ya’ni qo‘l-
oyoqlari kalta, boshi katta bo‘ladi, balog‘atga yetish to‘xtaydi, ruhiy rivojlanishdan
orqada qoladi, tili og‘ziga sig‘may og‘zidan chiqib turadi. Bu miksidema
(shilimshiq shish) belgilaridan biri bo‘lib, voyaga yetgan odamning qalqonsimon
bezi sust ishlaganda kuzatiladigan holat (ilova: 55–rasm). Uning ko‘pgina belgilari
tireotoksikoz alomatlarining teskarisi. Miksidemaga uchraganlarning asosiy modda
almashinuvi 30-40% sekinlashib ketadi, tana harorati pasayadi, bradikardiya,
gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida a’zo va
to‘qimalarning hujayralararo bo‘shliqlarida albumin va mutsin miqdori ko‘payib,
bu yerdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshib ketadi.
Natijada, to‘qimalarda suv
yig‘iladi, «shilimshiq shish» paydo bo‘ladi. MAT faoliyati buzilishi natijasida
miksidema kasaliga uchraganlarning fikr yuritishi va so‘zlashi qiyinlashadi, ularda
hech narsaga ehtiyoj bo‘lmaydi. Boshqa endokrin bezlar, xususan, jinsiz bezlar
faoliyati buziladi. Gipofizning tireotrop gormoni tireoid gormonlarning miqdori
qonda barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Tireotrop gormonning qonga o‘tish tezligi,
135
o‘z navbatida, rilizing gormonlarning faolligiga bog‘liq. Tireotrop gormonlarning
qondagi miqdori kamaysa, yoki organizmning bu gormonlarga ehtiyoji oshsa,
masalan, organizmga sovuq ta’sir qilganda, gipotalamusning gipofizotrop
sohasidan tireotropin-rilizing gormonning adenogipofizga o‘tishi tezlashadi, qonda
tireotrop gormon miqdori oshib, follikullardan tireoid gormonlarning qonga o‘tishi
tezlashadi. Agar, triyodtironin va tiroksinning
qondagi miqdori oshsa, rilizing
gormonning faolligi pasayadi, tireotropin ham kamayadi, natijada qalqonsimon bez
faoliyatini boshqarishda manfiy qaytar aloqa tamoyili muhim rol o‘ynaydi.
Qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar va xususan “Endemik buqoq” mavzusi
Yolqin Xolmatovich To‘raqulov nomi bilan uzviy bog‘liqdir. YO.X.Turaqulov
o‘zbek olimi, biokimyogar, qator mukofotlar bilan taqdirlangan O‘zFAsining
akademigi. Uning qalqonsimon bez faoliyatini o‘rganishda va qalqonsimon bez
kasalliklari, profilaktikasi va davolash mavzusiga doir olib borgan ishlari dunyo
olimlari tomonidan tan olingan. U “El-yurt xurmati”, “Shuxrat”, “Jasorat”, “Buyuk
xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: