Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar: 
1. Ayiruv a’zolariga qaysi a’zolar kiradi? 
2. Buyraklarning joylanish va ularning tuzilishi tushuntiring? 
3. Nefronning tuzilishi qanday? 
4. Birlamchi siydik bu…? 
5. Ikqilamchi siydikning tarkibi nimalardan iborat? 
6. Filtratsiya va reabsorbsiya fazalarni tushuntiring? 
7. Buyraklar faoliyatini idora etilishi gumoral yo‘lini tushuntiring? 
8. Glomerular ultrafiltratsiyasining mohiyati nimada? 
9. Glomerular ultrafiltratsiya jarayniga qanday omillar ta’sir qiladi? 
10. quvurli reabsorbtsiyaning mohiyati nima? 
11. Birlamchi siydik va qon plazmasi o‘rtasidagi farq qanday? 
12. Ikkinchi va asosiy o`rin o‘rtasidagi farq qanday? 
13. Renal tubo`lalarning epiteliyasida qanday jaraynlar sodir bo‘ladi? 
14. Buyraklar faoliyatini qanday mexanizmlar tartibga soladi? 
15.Siydik tarkibini boshqarishda simpatik va parasimpatik nervlarning ahamiyati 
qanday? 
16. Siydikda qanday gormonlar mavjud? 
17. Siydikni bir kunlik miqdori qanday? 
18. Siydik tarkibiy qismlari qanday? 


125 
10-Bob. Ichki sekretsiya. Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari. 
 Y.X. To’raqulov ishlari. 
Endokrin tizimning biologik roli asab tizimining roli bilan uzviy bog‘langan. 
Bu ikkita tizim boshqa a’zolar va ular tizimining (ma’lum bir masofadan uzoq 
bo‘lsa ham) funksiyalarini birgalikda muvofiqdashtiradi. Endokrin tizimning 
o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, u o‘zining ta’sirini bir qator moddalar - 
gormonlar yordamida amalga oshiradi. Kimyoviy jihatdan gormonlar turli xildagi 
guruhlardan iborat bo‘lib, ularda namoyon bo‘ladigan moddalar - steroidlar, 
aminokislotalarning hosilalari, peptidlar va oqsillardan iborat. Ularning umumiy 
xususiyatlari - endokrin (ichki sekretsiya) bezlarda, ya’ni chiqish yo‘llari 
bo‘lmagan maxsus a’zolarda yoki kompakt joylashgan hujayralarda (masalan 
me’da osti bezining orolchasida joylashgan hujayralarda, urug‘donlardagi Leydig 
hujayralarda, o‘n ikki barmoqli ichakning shilliq pardasidagi hujayra guruhlarida 
(sekretin) va gipotalamusda (ADG, oksitotsin va boshqalar)) sintezlanadi, hamda 
qon orqali turli masofada joylashgan a’zolarga etib boradi. Ular, ushbu a’zo-
nishonlarga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi, bunday ta’sirga boshqa moddalar 
qobiliyatli emas. Ta’sirning o‘ziga xosligi shundan iboratki, har bir gormon 
ma’lum bir konkret funksional tizimga yoki a’zoga (“effektor a’zo”) o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Endokrin bezlar va hujayralar guruhi faqatgina o‘zlarining gormonlarini 
sintezi va sekretsiyasi (ajratishi) bilan mashg‘uldir. Barcha gormonlar uchun xos 
bo‘lgan xususiyat shundan iboratki, ular faqat murakkab hujayra tuzilmalariga 
(hujayra membranasi, enzimlar tizimiga) ta’sir ko‘rsatadi.
Endokrin bezlar va ular ajratadigan gormonlar asab tizimi bilan uzviy 
bog‘langan (ilova: 52-rasm). Ichki sekretsiya bezlarining fiziologik faolligini MAT 
tomonidan boshqarilishi gipotalamus orqali amalga oshiriladi. Gipotalamus MAT 
ning boshqa qismlari bilan afferent yo‘llar orqali bog‘langan bo‘lib, ular orqali 
axborot butun organizmdan gipotalamusga keladi, ekstero - va interoretseptorlar 
MAT ga gipotalamus orqali keladigan signallari endokrin bezlar orqali uzatiladi. 
Gipotalamusning neyrosekretor hujayralari afferent asab rag‘batlarini, fiziologik 
faollikka ega gumoral omillarga (xususan, rilizing - gormonlarga) transformatsiya 


126 
qiladi. Gipotalamik rilizing-gormonlar gipofiz hujayra-larining funksiyalariga 
ta’sir ko‘rsatadi. Gipofizning hujayralari ham bir qator gormonlarni sintezlaydi, 
ular ham o‘z navbatida, a’zo yoki to‘qima-nishonlarga ta’sir qiluvchi bir qator 
periferik endokrin bezlar gormonlarning sintezi va sekretsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ushbu o‘zaro hamkorlikdagi ta’sir tizimning barcha pog‘onalari o‘zaro qaytar 
aloqa tizimi bilan bog‘langan. Undan tashqari, turli gormonlar MAT 
bo‘limlarining funksiyasiga ham ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Endokrin bezlar 
funksiyasini boshqarishda simpatik va parasimpatik asab to‘qimalarining 
mediatorlari muhim rol o‘ynaydi, ya’ni ichki sekretsiya bezlari faoliyati ustidan 
ikki tomonlama nazorat mavjud. Lekin, endokrin bezlarining hammasi ham gipofiz 
gormonlarning ta’siri ostida boshqarilmaydi. Masalan, qalqonsimon bez old 
bezlari, me’da osti bezlari va boshqa bezlar antogonist-gormonlar miqdorining 
ta’siri hisobiga, hamda miqdori shu gormonlar tomonidan boshqariladigan 
metabolitlarning (moddalar) konsentratsiyasini o‘zgartirish yo‘li bilan 
boshqariladi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish