Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Buyrak usti bezlarining po‘stloq qavati va kortikosteroidlar.
Buyrak usti 
bezlari juft a’zo bo‘lib, buyrak ustida joylashgan va ikki qismdan iborat. Bu 
qismlar o‘zininng kelib chiqishi, morfologiyasi va funksiyasi bo‘yicha po‘stloq va 
mag‘iz qavati farqlanadi. Odamning buyrak usti bezlarining po‘stlog‘i uch qatlam: 
tashqi koptokli soha, o‘rta tutamli soha va ichki - to‘rli sohadan iborat. Buyrak usti 
bezining po‘stlog‘idan 50 ga yaqin turli steroidlar ajratilgan. Ularning ko‘pchiligi 
faol gormonlar sintezining oraliq mahsuloti hisoblanadi. Steroid gormonlar sintezi 
uchun asosiy substrat xolesterin hisoblanib, u hujayralarga qon bilan kiradi va 
hujayralarda efirlar yoki lipidli tomchilardagi boshqa birikmalar ko‘rinishida 
saqlanadi. Steroidlar sintezi jarayonida mitoxondriyalar, endoplazmatik ritikulum, 
Golji kompleksi kabilarning roli kattadir. Buyrak usti bezlarining po‘stlog‘ida 
asosan kortikosteroid yoki kortikoid deb ataladigan gormonlar va ozroq miqdorda 
jinsiy gormonlar - androgenlar va estrogenlar ishlab chiqariladi. Kortikosteroidlar 
ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: glukokortikoidlar (tutamli va to‘rli sohalar 
ajratadi), mineralokortikoidlar (tashqi koptokchali sohada), jinsiy gormonlar (to‘rli 


136 
sohada) hosil bo‘ladi. Ajraladigan kortikosteroidlarning tarkibi turli hayvonlarda 
turlicha farqlanadi, odamda esa gormon sifatida uchta kortikoid: kortizol 
(gidrokortizon), aldosteron
va 
kamroq 
darajada 
kortikosteron 
ajraladi. 
Gormonlar qonda tashuvchi-oqsil (transkortin) bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. 
Kortikoidlar juda ko‘p jarayonlarga ta’sir qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularning 
asosiysi:1)mineralokortikoid samara - elektrolitlar almashinuviga va 2) 
glyukokortikoid 
samara 

uglevodlar 
almashinuviga 
ta’sir qilishdir. 
Glyukokortikoidlar glyukogenezni tezlashtiradi. Bu jarayonda ishtirok etuvchi 
ba’zi enzimlar faolligining oshishi tufayli, aminokislotalarning azotsiz 
qoldiqlaridan glyukozani sintezlanishi tezlashadi, uning qondagi miqdori 
ko‘payadi.Glyukoza glikogen shaklida jigar va mushaklarda zaxiraga o‘tadi. 
Oqsillarning parchalanishi tezlashib, manfiy azot balansi kuzatilishi mumkin, ya’ni 
glyukokortikoidlar katabolik samaraga ega. Bu gormonlar yog‘larni zaxiradan 
qonga o‘tishini tezlashtirib, energiya manbai sifatida sarflanishini ko‘paytiradi, 
yallig‘lanish va allergik reaksiyalarni susaytiradi, antitanalar ishlab chiqarilishini 
kamaytiradi. Ular yetishmaganda ta’m va hid sezish, eshitish buziladi. 
Glyukokortikoidlar miya markazlaridagi axborot tahliliga ta’sir etishi mumkin. 
Glyukokortikoidlarning qondagi miqdori, maxsus mexanizmlar tufayli nisbatan 
barqaror saqlanadi. Gipotalamusning gipofizotrop sohasidan rilizing gormon 
ajralib, qon orqali adenogipofizga yetib keladi va uning ta’sirida adrenokortikotrop 
gormon qonga o‘tib, buyrak usti bezlarining po‘stloq qismiga ta’sir qiladi, natijada 
glyukokortikoidning qondagi miqdori oshadi. Agar bu miqdor sezilarli darajada 
ko‘paysa, qaytar aloqa tamoyili bo‘yicha adrenokortikotrop rilizing-gormonning 
ajralishi, adrenokortikotrop gormonning qonga o‘tishi kamayadi, bu o‘z navbatida 
glyukortikoidlarning qondagi miqdorini kamaytiradi. Glyukortikoidlarning qonga 
o‘tishi organizm haddan tashqari kuchli ta’sirotlar ostida qolganda, ya’ni stress 
holatlarida keskin o‘zgaradi. G. Sele fikri bo‘yicha, bu uch bosqichdan - 
xavotirlanish, chidash va madorsizlanishdan iborat. Birinchi va ikkinchi 
bosqichlarda buyrak usti bezlari glyukokortikoidlarni ko‘p miqdorda sintezlab, 
ehtiyojini qondirib turadi. Stress ta’siri davom etaversa madorsizlanish bosqichi 


137 
rivojlanishi mumkin. Bu vaqtda, buyrak usti bezlarida kortikoidlar zahirasi 
tugaydi, 
bezning 
po‘stloq qismi yemiriladi. Organizmga tashqaridan 
glyukokortikoidlar kiritilgan taqdirdagina ahvol yengillashadi. Organizmda 
glyukokortikoidlarning ishlab chiqarilishini tezlashishi yoki sekinlashishi jiddiy 
o‘zgarishlarga olib keladi. Qonda kortizolning ko‘payib ketishi - giperglikemiyaga 
(semirib ketishga, qon bosimining oshib ketishiga, shish paydo bo‘lishiga va 
boshqa o‘zgarishlarga) olib kelsa, yetishmovchiligi esa Addison kasalligiga 
(odamning terisi qorayib, jez rangini oladi, skelet va yurak mushaklari quvvatdan 
ketadi, odam salga charchaydi, yuqumli kasalliklarga chalinadigan bo‘lib qoladi) 
olib keladi (ilova: 56–rasm). Gipotalamusning gipofizatrop sohasida hosil bo‘lgan 
korikotropin-rilizing gormon (KRG) gipofizga kelib tushadi va AKTG ajralishini 
chaqiradi. Oxirgisi qon bilan buyrak usti bezining po‘stlog‘iga yetkazilib, u yerda
glyukokortikoidlar sintezi va sekretsiyasini rag‘batlantiradi. KRG ning hosil 
bo‘lishi MAT ni yuksak bo‘limlari tomonidan nazorat qilinadi. Bunda, MATga 
signal organizmning periferik qismlaridan keladi va qayta ishlanadi. Kortikoidlar 
konsentratsiyasining yuqori darajada o‘zgarishi ta’sir kuchi ortgan paytda zarur 
bo‘ladigan tizimlar adaptatsiyasiga olib keladi. Rag‘batlarning juda xilma-xilligi, 
masalan, infeksion agentlar (antigenlar), keskin ajraladigan issiq va sovuq, 
gipoksiya, narkoz, jarohat, gipoglikemiya, baland tovush va boshqa hissiy reaksiya 
chaqiradigan barcha rag‘batlar glyukokortikoidlar sekretsiyasini ko‘paytiradigan 
ko‘plab fiziologik reaksiyalarga (bezovtalanish reaksiyalari) olib keladi. Bu holat 
stress deb ataladi va uni chaqiruvchi omilllar esa stress omillar deyiladi. Ayrim 
hollarda stress omillarga bo‘lgan reaksiya shunchalik jadal o‘tishi mumkinki, 
buyrak usti bezlari po‘stlog‘idagi glyukokortikoidlarning barcha zahirasi tugab, 
po‘stloqni buzilishi (qon quyilishi) sodir bo‘ladi. 
Buyrak 
usti 
bezlari 
po‘stlog‘ining jinsiy gormonlari organizm 
rivojlanishining embrion davridayoq ishlab chiqarila boshlaydi va homilaning 
o‘g‘il - qizligi bo‘yicha shakllanishini ifoda qiladi. Po‘stloq moddasining turli 
sohasida tug‘ma yoki orttirilgan o‘sma bo‘lganda, odamning jinsidan qat’iy nazar, 
erkak jinsiy gormonlari - androgenlarning sintezi tezlashadi. Natijada, ayol 


138 
genotipi bo‘lgan bolalarda soxta germofroditizm (jinsiy bezlar erkak jinsiy 
bezlariga o‘xshab ketadi, bachadon, tuxumdonlar, sut bezlari yetarlicha 
rivojlanmaydi, mushaklar ortiqcha rivojlanadi, jun qoplami erkaklarnikiga 
o‘xshash bo‘ladi, ovoz qalinlashadi va h.k.) rivojlanadi. Erkak genotipi bo‘lgan 
bolalarda androgenlarning ortiqchaligi bo‘yning barvaqt o‘sishiga, genitaliyning 
kattalashuviga, moyaklarning etilmay qolishiga, spermatozoidning bo‘lmasligi, 
ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy mayl, ereksiya kabilarning ilk paydo bo‘lishiga 
olib keladi. Katta yoshdagi ayollarda buyrak usti bezlari po‘stloq sohasi 
faoliyatining buzilishi natijasida ovoz dag‘allashadi, soqol-mo‘ylov chiqadi, teri 
osti to‘qimalarida yog‘ kamayadi, skelet mushaklari erkak tipi bo‘yicha rivojlanadi 
va boshqa ikkilamchi jinsiy belgilar (feminizatsiya hodisasi) paydo bo‘ladi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish