Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar:
1. Gormonlar qanday funksiyalarni bajaradi? 
2. Ichki sekretsiya bezlari qanday tuzilgan va ularga qaysi bezlar kiradi? 
3. Gipofiz bezini tuzilishi va uni funksiyalarini
tushuntiring?
4. Qalqonsimon bez gormonlari haqida tushuncha bering? 
5. Ayrisimon bez funksiyasini
tushuntiring?
6. Oshqozon osti bezining ichki sekretor faoliyatini tushuntiring? 
7. Buyrak usti bezining tuzilishini tushuntiring? 
8. Buyrak usti bezlarining po‘stloq qavati faoliyatini tushuntiring? 
9. Buyrak usti bezlarining mag’iz qavati faoliyatini tushuntiring? 
10.
 
Homiladorlik davrida kuzatiladigan gormonal o‘zgarishlarni tushuntiring? 
11. Gormonlar asosida sintezlangan dorivor preparatlarni bilasizmi? 


143 
11-Bob. Muskullar va asab fiziologiyasi. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar umumiy 
tarkibi. Muskullar va muskul hujayrasi fiziologiyasi. Turli ta’sirlarni 
qo’zg’aluvchi to’qima membranasiga ta’siri. 
Qo‘zg‘aluvchanlik - hujayra va to‘qimalarning tashqi ta’sirlarga o‘zining u 
yoki bu faoliyati bilan (masalan, metabolizmning kuchayishiga o‘sish va 
bo‘linishning tezlashishi, shira ajratish, harakat, elektr impulsi) javob berish 
qobiliyatidir. Bunday hujayra va to‘qimalarga asab, mushak, ayrim bezlarning 
to‘qimalari kiradi va ular qo‘zg‘aluvcha to‘qimalar deb ataladi. 
Qo‘zg‘aluvchan ob’ektlar javob reaksiyasining kuchi, muddati va tezligi 
juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu, qo‘zg‘aluvchining tarkibiy tuzilishi, funksional 
holati va xarakteriga bog‘liq. Hujayra javob reaksiyasining energiyasi (kuchi) va 
shakli tashqi ta’sirchining energiyasi bilan belgilanmaydi, balki hujayra ichidagi 
metabolik jarayonlar natijasida, uning javob reaksiyasi uchun energiya (kuch) 
paydo bo‘ladi. Javob reaksiyasi, ayrim hollarda, tashqi ta’sirchilarning kuchiga 
asosan proporsional bo‘lishi mumkin (ammo doim emas). Qo‘zg‘aluvchanlikni 
chaqiruvchi tashqi ta’sirlar - mexanik, kimyoviy, tovush va yorug‘lik bo‘lishi 
mumkin. Har bir qo‘zg‘aluvchan hujayra va to‘qimalar uchun barcha turdagi tashqi 
ta’sirlar ikki qismga bo‘linadi, ya’ni adekvat (mos keladigan, ixtisoslashgan) va 
noadekvat (umumiy, ixtisoslashmagan) ta’sirlovchilar. Adekvat ta’sirlovchilar 
ushbu hujayra turiga mos keladi va u xattoki juda kuchsiz energiyadagi (miqdorda) 
ta’sirda ham qo‘zg‘alish paydo qiladi. 
Adekvat ta’sirchilar minimal energiya (miqdor) bilan, ushbu turdagi 
ta’sirlarni qabul qilish uchun maxsus moslashgan hujayra va retseptor apparatlarda 
qo‘zg‘alishni chaqirish qobiliyatiga ega.Masalan, yorug‘lik - fotoretseptorlar 
uchun, tovush - eshitish retseptorlari uchun, asab impulslari - mushak tolalari 
uchun, karbonat angidridi - qonning gazli tarkibini qabul qiluvchi xemoretseptorlar 
uchun adekvat ta’sirchilardir.Noadekvat ta’sirlovchilar ham qo‘zg‘aluvchan 
strukturalarning javob reaksiyasini chaqiradi (masalan, ko`z kosasi ezilgan 


144 
paytda yorug‘ nurni his qilish), lekin buning uchun, uzoq muddat va ancha katta 
kuch bilan ta’sir qilish kerak.
To‘qimalar qo‘zg‘aluvchanligining o‘lchovi bo‘lib qo‘zg‘alish bo‘sag‘asi 
hisoblanadi. Bu, qo‘zg‘alish jarayonini chaqirish qobiliyatiga ega ta’sirlovchining 
minimal kuchidir. To‘qimalar qo‘zg‘alishini paydo qilish uchun zarur bo`lgan 
ta’sirlovchining eng kam energiyasi bo‘sag‘a kuchi deyiladi. Bo‘sag‘a kuchidan 
kam va ko`p kuchga ega bo`lgan ta’sirlovchilar mavjud. Bo‘sag‘a kuchining 
kattaligi turli to‘qimalar qo‘zg‘alishi tavsifini solishtirish imkonini ko‘rsatadi. 
Bo‘sag‘a kuchi qancha kichik bo‘lsa (rag‘batning kuchi), qo‘zg‘alish shunchalik 
kuchli bo‘ladi. Asab qo‘zg‘alishining bo‘sag‘a kuchi mushak va, ayniqsa, bezlar 
qo‘zg‘alishining bo‘sag‘a kuchidan pastdir. To‘qimaning funksional holati 
(mehnat, charchash, metabolizm darajasi) ham bo‘sag‘a kuchi kattaligiga ta’sir 
qiladi. Qo‘zg‘aluvchanlik, ta’sirchining harakat nuqtasida paydo bo‘lib, ko‘pchilik 
holatlarda butun hujayraga tarqalishi mumkin. Bu, elektrli javob bilan bog‘liq 
bo‘lib, asab tizimi va, ayniqsa, uning o‘tkazuvchi yo‘llarining (asabli 
signalizatsiya) faoliyatida katta ahamiyatga ega. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar, 
yetarli ta’sirlar bo‘lmagan paytda, fiziologik osoyishta holatda bo‘lish qobiliyatiga 
ega. Lekin, bu holat, mutlaq faoliyatsizlik emas, chunki u joriy metabolizm bilan 
birgalikda kechadi. Ayrim tashqi ta’sirlar hujayralarda manfiy reaksiyalarni 
(matabolizm va o‘sishni sekinlashuvi, ta’sirchilarga nisbatan qo‘zg‘alishning 
pasayishini) chaqirishi mumkin. Bunday reaksiyalar tormozlanish deb ataladi. 
Tormozlanish hodisasi ko‘p hujayrali organizmda hujayra faoliyatlarining 
integratsiyasi va koordinatsiyasi jarayonlarida keng miqyosda ishlatiladigan, juda 
muhim va noyob hodisadir. Qo‘zg‘alish jarayonlarining asosiy komponenti 
hujayralarning membrana potensialini o‘zgarishlari, ya’ni bioelektrik jarayonlar 
bo‘lganligi tufayli ushbu hodisalarni kengroq o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
To‘qimalarni qo‘zg‘atish usullarining ichida, elektr energiyasi, barcha 
qo‘zg‘alishlarni hosil qiluvchilarni harakat holatiga keltirishi mumkin bo‘lgan, 
universal qo‘zg‘atuvchi sifatida alohida o‘rin tutadi. Elektr tokining qo‘zg‘atuvchi 
sifatidagi bunday alohida o‘rin tutishi chuqur biologik sabablarga ega. Qo‘zg‘alish 


145 
jarayonlarining paydo bo‘lishi, elektr harakatlantiruvchi kuchlarni rivojlanishi 
bilan tarqalishi esa elektr tokining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish