Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Gonadalar va jinsiy gormonlar.
Gonadalarda jinsiy hujayralarning 
rivojlanishi va yetilishi, hamda jinsiy gormonlarning chiqarilishi sodir bo‘ladi. 
Turli umurtqalilarda jinsiy hujayralarning rivojlanishi, yetilishi va ko‘payish 
jarayonlari turlicha bo‘lib, ularning gormonal boshqarish mexanizmlarida ham 
o‘ziga xoslik kuzatiladi. Baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar va qushlarning 
tuxumlarida rivojlanish uchun zarur bo‘lgan tuxum sarig‘i yig‘iladi, bu hol 
ko‘pincha urg‘ochi hayvon tanasidan tashqarida sodir bo‘ladi. Sut 
emizuvchilarning reproduktiv (ko‘payish) tizimi juda mukammal bo‘lib, ular 
embrionning rivojlanishi urg‘ochi hayvon tanasida sodir bo‘ladi. Sut- 
emizuvchilarning ko‘pchilik turida maxsus a’zo - platsenta hosil bo‘lib, u 
homilaning rivojlanishini va o‘z gormonlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 
Odam va hayvonlarning ko‘payish jarayonida qator gormonlar ishtirok etadi, lekin 
jinsiy gormonlar asosiy ahamiyatga ega va ular steroidlarga mansubdir. Jinsiy 
bezlar ajratadigan gormonlarni uch guruhga bo‘linadi: 1) estrogenlar; 2) 
gestagenlar; 3) androgenlar. Birinchi va ikkinchi guruh gormonlar ayollar jinsiy 
gormonlari hisoblanib, ular orasida eng muhimi estradiol, estron va progesteron. 
Uchinchi guruh gormonlar - erkaklar jinsiy gormonlari bo‘lib, ulardan eng muhimi 
testosteron. Jinsiy bezlarning gormonal faolligi ham adenogipofizga bog‘liq. Bu 
bezlarda gormonlardan tashqari, jinsiy hujayralar (spermatozoidlar va tuxum)


139 
hosil bo‘ladi. Jinsiy gormonlar homila jinsini aniqlaydi, jinsiy a’zolar va 
ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishini ta’minlaydi. Bu gormonlar ta’sirida 
organizm va jinsiy a’zolar rivojlanib, jinsiy aloqa qilish va bola ko‘rish darajasiga 
yetadi. Bundan tashqari, jinsiy gormonlarning ekstragenital samarasi (jinsiy 
a’zolardan tashqari boshqa faoliyatlarga ham ta’sir qilish qobiliyati) ham 
kuzatiladi. Odam embrioni taxminan 3 oylik bo‘lganda moyak testosteronni 
sintezlay boshlaydi. Uning ta’sirida jinsiy a’zolar erkaklarga xos shaklga kiradi. Bu 
davrda ishlab chiqariladigan testosteron gipotalamusning erkakcha tipda 
rivojlanishi va balog‘atga yetgandan so‘ng jinsiy xatti-harakatlarning erkaklarga 
xos bo‘lishi uchun ham zarur. Erkak embrionning jinsi aniqlangandan so‘ng, 
moyaklarda gormon ishlab chiqarilishi to‘xtaydi. Ayol embrionning tuxumdonlari 
gormonlar ishlab chiqarmaydi, uning gormonlari faoliyati, qiz bolaning balog‘atga 
yetish davrida boshlanadi. Jinsiy gormonlar ovotsitlarda tuxum sarig‘ini sintezi 
va ovulyasiya bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi, sutemizuvchi hayvonlarda esa 
bachadon endotermiyasidan o‘zgarishlarni indutsirlashtiradi va homiladorlikni 
normal o‘tishini (progesteron) ta’minlaydi. Boshqa gormonlar bilan birgalikda, 
jinsiy steroidlar, sut sekretsiyasi uchun zarur bo‘lgan sut bezlarining
o‘zgarishlarini chaqiradi. Jinsiy gormonlar, balog‘atga yetish jarayonida ham
muhim ahamiyatga ega.Qiz va o‘g‘il bolalarning jinsiy bezlari, ma’lum vaqt 
davomida gormonlar ishlab chiqarmaydi, chunki bu davrda jinsiy hujayralarni 
vujudga keltiradigan tuzilmalar hali yetilmagan bo‘lib, faollik ko‘rsatmaydi. 
Bolalar o‘rtasidagi jinsiy tafovut, ya’ni gavda tuzilishi va tabiati buyrak usti 
bezining jinsiy gormonlariga bog‘liq. 
O‘smirlik davri boshlanganda o‘g‘il bolaning moyaklarida gormonlar 
sintezlanishi tiklanadi, qiz bolaning tuxumdonlari ilk bor faoliyat ko‘rsata 
boshlaydi. Natijada, o‘g‘il bolaning qonida testosteronlar miqdori, qiz bola qonida 
esa, estrogenlar miqdori ko‘paya boshlaydi. Testosteron moyaklarda urug‘ hosil 
qiluvchi naychalarning tez rivojlanishini va epiteliyda spermatsitlar hamda 
spermatozoidlar hosil bo‘lshini ta’minlaydi. Estrogenlar esa follikulning o‘sishi, 
rivojlanishi va ulardan Graaf pufakchalari hosil bo‘lishi uchun zarur. O‘spirinlik 


140 
davri, o‘g‘il va qiz bolalarning tashqi qiyofasi o‘zgarishi, shuningdek ikkilamchi 
jinsiy belgilarning tez rivojlanishi bilan ta’riflanadi. Yigitlarning tanasi va jinsiy 
a’zolarining rivojlanishi, jinsiy aloqa qilish, urug‘ otish (eyakulyasiya), 
urug‘lantira olish darajasiga yetadi. Qizlarda estrogenlarning qondagi miqdori, 
ayollarning jinsiy sikliga yaqin muddatlarda siklik ravishda o‘zgara boshlaydi. Bu 
gormonlar qonda va siydikda ko‘payar ekan, yaxshi yetilgan Graaf pufakchasidan 
biri yorilib, undan tuxum hujayra chiqadi, oradan bir necha kun o‘tgach, qiz bola 
birinchi marta hayz ko‘radi. Keyingi bir necha oy mobaynida jinsiy sikl muntazam 
takrorlanadigan va ko‘pincha tuxum hujayra paydo bo‘lishi (ovulyasiya) bilan 
o‘tadigan bo‘ladi, ya’ni qiz bolaning balog‘atga yetganidan dalolat beradi. Ayol 
jinsiy sikli shundan iboratki, qizlar balog‘atga yetgach, ovulyasiya har 27-28 kunda 
takrorlanib turadi. To‘rt hafta davom etadigan bu jinsiy sikl to‘rt davrga bo‘linadi: 
1) ovulyasiyadan oldingi davr; 2) ovulyasiya; 3) ovulyasiyadan keyingi davr; 4) 
tinchlik davri. Ovulyasiyadan oldingi davrda bachadon kattalashadi va qonga 
to‘ladi, bachadon shilliq pardasi o‘sadi, uning va fallopiy naylar mushaklarining 
peristaltikasi kuchayadi va tezlashadi. qinning shilliq pardasi o‘sadi va undan 
ko‘chgan shilimshiqda epiteliy hujayralar soni ko‘payadi. Bu o‘zgarishning sababi, 
gipofizdan follikullarni rag‘batlantiruvchi gormonning qonga o‘tishi va 
tuxumdonlarda 
esterogenlar 
ajralishi 
tezlashishidadir. 
Follikullarni 
rag‘batlantiruvchi gormonning qonda ko‘payishi, Graaf pufakchasi yetilishini ham 
ta’minlaydi. Pufakchaning sirti yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, ya’ni 
ovulyasiya sodir bo‘ladi. Ovulyasiya davrida, tuxum hujayra Fallopiy nayiga kirib, 
bachadon tomon siljiydi va naydan o‘tayotgan paytida spermatozoid bilan 
uchrashsa, urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum hujayra bachadoniga yetib borib, uning 
shilliq pardasiga yopishadi. Jinsiy sikl shu yerda uzilib, ayolning bo‘yida bo‘ladi. 
Yorilgan Graaf pufakchasi o‘rnida sariq tana rivojlana boshlaydi va u progesteron 
gormoni ishlab chiqaradi. Tuxum hujayra urug‘lanmasa, keyingi ikki davrni 
kuzatish mumkin bo‘ladi. Ovulyasiyadan keyingi davrda ayollar hayz ko‘radi. 
Urug‘lanmagan tuxum hujayra bachadonga tushib, nobud bo‘ladi. Sariq tanadan 
ajrala boshlagan progesteron, gipofizdan gonatrop gormonlar inkretsiyasini 


141 
susaytiradi. Buning natijasida, qonda estrogenlar miqdori kamayadi, bachadon, 
fallopiy naylari va qinda ovulyasiyadan oldingi davrda yuzaga chiqqan o‘zgarishlar 
kamayadi. Gipofizni lyuteinlashtiruvchi gormoning miqdori qonda progesteron 
ta’sirida kamayadi. Bu esa, sariq tananing atrofiyalinishiga olib keladi. Sariq 
tananing o‘rni, qo‘shuvchi to‘qima bilan almashinishi natijasida progesteron hosil 
bo‘lishi to‘xtaydi. Sariq tana faollik ko‘rsatib turgan vaqtda, qonda tuxumdon 
gormonlarining miqdori kamayadi. Bu, bachadonning tonik qisqarishlarini sezilarli 
kuchaytiradi va shilliq pardasi ko‘chishiga olib keladi. Shilliq parda parchalari qon 
bilan birga chiqadi. Hayz qoni ketib bo‘lgach, bachadon shilliq pardasi tez orada 
tiklanadi. Ovulyasiyadan keyingi davr tugagach, tinchlik davri keladi, undan so‘ng 
yangi siklning ovulyasiyasidan oldingi davri boshlanadi.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish