60.Орка мия утказувчи йуллари
Tuzilishiga va bajaradijan ishiga ko'ra uyg'un bo'lgan orqa miyaning turli qismlarini va orqa
miyani bosh miya bilan bog'laydigan tolalar guruhlari o'tkazuvchi yo'llar deyiladi. Har qaysi
yo'lni tashkil qiladigan tolalar bir xil neyronlardan boshlanib, ma'lum bir faoliyatni
bajaradigan neyronlarda tugaydi. Faoliy xususiyatlariga ko'ra assotsiativ, komissural va
proyeksion tolalar tafovut qilinadi. Assotsiativ tolalar orqa miyaningbir tomonidagi turli
segmentlarni bog'laydi. Komissural tolalar esa turli segmentlarning qarama-qarshi tomonlari
o'rtasida o'tgan.Proyeksion tolalarni haqiqiy o'tkazuvchi yo'llar deyish mumkin. Ular pastdan
yuqoriga va yuqoridan pastga o'tib, orqa miyani markaziy nerv tizimining yuqori qismlari
bilan bog'laydi. Bular ko'tariluvchi (markazga intiluvchi, afferent, sezuvchi) va tushuvchilarga
(markazdan qochuvchi, efferent, harakatlantiruvchi) yo'llarga bo'linadi. Tashqi va ichki
muhit o'zgarishlariga javoban qo'zg'aladigan retseptorlarda vujudga kelgan impulslar
ko'tariluvchi o'tkazuvchi yo'llardan o'tadi. Ko'tariluvchi yo'llarga ekstero-, proprio- va
interoretseptiv sezgi yollari kiradi. Tushuvchi o'tkazuvchi yo'llar impulslarni bosh miya
tuzilmalaridan tashqi va ichki muhit o'zgarishlariga javob reaksiyalarini shakllaydigan orqa
miya markazlariga o'tkazadi. Asosiy o'tkazuvchi yo'llarning ta'rifi 3-jadvalda berilgan.
61.Uzunchoq miya fiziologiyasi
Uzunchoq miya nafas olish,yurak-qon tomirlar holati,terlash,hazm a’zolari faoliyatini idora
etishda muhim ahamiyatga ega. Nafas olishni va nafas chiqarishni, organizmning kislorodga
bo`lgan ehtiyojiga qarab nafasning o‘zgarishini nafas markazi ta‘minlaydi. U to‘rsimon
formatsiyaning uzunchoq miyadagi qismida joylashgan ikkita - inspirator (nafas olish) va
ekspirator (nafas chiqarish) qismidan iborat. Bu markazlar qo‘zg‘aluvchanligining o‘zgarishi
orqa miyaning bo‘yin va ko‘krak segmentlarida joylashgan motoneyronlarga ta‘sir qilib, nafas
muskullarining faoliyatini o‘zgartiradi. Natijada nafas o‘zgaradi. Nafas markaziga avvalo
o‘pkaning o‘zidagi, nafas muskullaridagi retseptorlardan kelgan impulslar, qonda kislorod va
karbonat angidrid miqdori o‘zgarishi ta‘sir qiladi. Qon tomirlar harakatini boshqaruvchi
markaz –uzunchoq miyaning ikkinchi hayotiy ahamiyatga ega markazi hisoblanadi. U
to‘rtinchi qorincha tubida kattagina sohani egallagan. Tomirlarni harakatlantiruvchi
markazning tuzilishi, uni tashkil qiluvchi neyronlarning xususiyatlari ham yaxshi
o‘rganilmagan. Bu neyronlarning aksonlari orqa miyaning ko‘krak segmentlariga tushib,
simpatik nerv tizimining preganglionar neyronlarida sinapslar hosil qiladi. Markazdan
tushgan impulslar simpatik neyronlarning tonusini oshirganda tomirlardagi silliq muskullarni
qisqartiradi, tomir torayadi. Bu neyronlarning simpatik nneyronlarga ta‘siri sustlashganda,
tomirlar kengayadi. Qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazga birinchi galda
tomirlarning o‘zida joylashgan xemo- va mexanoretseptorlardan adashgan, hamda til-
halqum nervlarining afferent tolalari bo‘ylab yetib kelgan impulslar ta‘sir qiladi. Nafas va
tomir markazlarining shikastlanishi hayvonni halokatga olib keladi. Miyaning bu qismi hazm
bezlarida shira ajralishini boshqarishda ham ishtirok etadi. Ovqatni chaynash pastki
jag‘ning yuqori jag‘ga nisbatan siljishidan iborat. Og‘iz b‘oshlig’iga tushgan ovqat til, lunjdagi
retseptorlarga ta‘sir qiladi. Ulardan hosil bo`lgan impulslar til-halqum nervining afferent
tolalaridan o‘tadi. Chaynash jarayonida til va og‘iz bo‘shlig‘i devorlari ishtirok etadi.
Chaynash harakatlari asosan jag‘muskullari ishiga bog‘liq. Ularni uchlik nervining motor
tolalari nervlaydi. Ovqatni yutish o‘zaro birin-ketin yuz beruvchi murakkab harakatlardan
iborat. Ovqatni yutishda og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning bosh qismidagi
muskullar ishtirok etadi. Yutish refleksi yoyining afferent qismi uchlik, til-halqum va
adashgan nervlarning sezuvchi tolalaridan, efferent qismi esa shu nervlarning
harakatlantiruvchi tolalridan iborat. Qusish hazm jarayoniga aloqador himoya refleksidir.
Bu odatda halqum va me‘da retseptorlari qattiq ta‘sirlanganda sodir bo`ladi. Juda ko‘p
yeyilgan ovqat va ichimliklar kuchli ta‘srlovchilar bo`lishi mumkin. Qo‘zg‘alish
retseptorlardan adashgan nervning sezuvchi tolalari orqali keyingi miyaga yetib keladi. Bu
refleks yoyinig effektor qismi ancha murakkab. Qusish vaqtida ichak, me‘da, qizilo‘ngach
muskullaridan tashqari, halqum, hiqildoq, til va og‘iz muskullari qisqaradi, so`lak va ko‘z
yoshi ajralishi tezlashadi. Demak, qusish jarayonida qo‘zg‘alish shu muskul va bezlarni
nervlaydigan efferent tolalardan o‘tadi. Vestibulyar apparatning kuchli qo‘zg‘alishi ham
ba‘zi odamlarda qusishni paydo qiladi. Qusish markazi gumoral yoi bilan ham qo‘zg‘alishi
mumkin. Yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblarning zaharlari (toksinlari), ba‘zi
dorilar, masalan apomorfin, qusish markaziga kuchli ta‘sir etadi. Emish refleksi emadigan
bolalar uchun juda muhim. Bu refleks lablarda joylashgan retseptorlardan yuzaga chiqadi.
Afferent impulslar uchlik nervining asezuvchi tolalari orqali, efferent impulslar esa yuz nervi
bilan til osti nervining motor tolalari orqali o‘tadi. Lablar, lunj va til harakatlari natijasida
bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida atmosfera bosimiga nisbatan manfiy bosim paydo bo`lib, u sutning
onaning sut bezlaridan bolaning og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tishini ta‘minlaydi. Ko‘zni uchirish ham
keyingi miyaning himoya reflekslariga kiradi. Ko‘zning shox pardasi ta‘sirlanganda paydo
bo`lgan retseptorlarning qo‘zg‘alishi uchlik nervining afferent tolalari orqali markazga yetib
keladi va bu yarda shakllanngan efferent impulslar yuz nervining harakatlantiruvchi tolalari
orqali qovoq muskullarini qisqartirib, qovoqni yumadi. Shuni ta‘kidlash kerakki,uzunchoq
miya markazlarining faoliyati doim turg‘un bo`lishi kerak. Masalan, yutish markazi qo‘zg‘alib,
yutishni ta‘minlagan vaqtda, nafas markazi to‘rmozlanib, nafasni to‘xtatishi lozim. Aks holda
ovqat zarrachalari nafas yo`llariga ketib qolishi mumkin. Tomirlarni harakatlantiruvchi
markazning qo‘zg‘alishi adashgan nervning vegetetiv neyronlarini tormozlab, yurakning
qisqarishlar sonini ko‘paytiradi. Bulardan tashqari uzunchoq miya oriyentirovka va muskullar
tonusini boshqaradigan reflektor mexanizmlarda ham qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |