tizimning markaziy tuzilmalari o‘rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan . O‘rta miya
(mezensefal) qismining yadrosi Silviy suv yo`lining tubida bo`lib, ko‘z muskullariga, so`lak va
ko‘z yosh bezlariga uch juft bosh nervlar tarkibida preganglionar tolalar yo`llaydi. Bu tolalar
ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz va til-halqum nervlar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va
tannglay tugunlariga yetib keladi va postganglionar neyronlarning tana va dendritlarida
sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan preganglionar tolalar
bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi a‘zolarga sayyor nerv tarkibida o‘tadi. Parasimpatik
tizimning dumg‘aza bo`limi orqa miyaning uchta dumg‘aza segmentidagi yon shoxlarda
joylashgan. Bu yerdan tolalar chanoq nervi tarkibida chanoq a‘zolariga yoi oladi.
Parasimpatik tizimning afferent yollari sayyor nerv tolalarining ko‘p qismini tashkil qiladi. Bu
tolalarga aloqador hazm, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a‘zolardagi retseptorlar mexanik,
harorat va og‘riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‘zgarganda
qo‘zg‘aladi. Qon bosimo barqarorligini saqlashda aorta ravog‘idagi va karotid
koptokchalardagi parasimpatik markazlar bilan bog‘langan retseptorlarning ahamiyati juda
katta.
METASIMPATIK NERV TIZIMI. So‘nggi vaqtlarda avtonom nerv tizimining uchinchi bo`limi –
metasimpatik nerv tizimiga katta ahamiyat berila boshlandi. Bu tizim ichki a‘zolar faoliyatini
boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, hazm tizimi a‘zolari tashqi nervlardan butunlay
xalos qilingandan keyin ham, o‘z faoliyatini deyrali o‘zgarmagan holda saqlab qoladi. Demak,
bu a‘zolar faoliyatini ular devorida joylashgan intramural tugunlar boshqarib turadi.
Metasimpatik nerv tizimi ko‘p jihatdan avtonom nerv tizimining boshqa bo`limlaridan farq
qiladi. 1. Metasimpatik tizim faqat o‘zi harakat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan ichki a‘zolarni
nervlaydi; ularning harakat qilish, so‘rish, shira ajratish faoliyatlarini nazorat qiladi; mahalliy
qon aylanishiga va endokrin unsurlar faoliyatiga ta‘sir qiladi. 2. Metasimpatik tizim simpatik
va parasimpatik tizimlar bilan sinapslar orqali bog‘langan, ammo somatik nerv tizimiga
bevosita aloqasi yo‘q. 3. Umumiy ichki afferent yo`llaridan tashqari, o‘zining sensor qismi
bor. 4. Nerv tizimining boshqa qismlari bilan qarama-qarshi munosabatda emas. 5. Markaziy
nerv tizimidan muxtorlik darajasi simpatik va parasimpatik tizimlarnikidan yuqori. 6.
Metasimpatik tizim faoliyatini maxsus dorilar yordamida to‘xtatish a‘zolarning ritmik harakat
qilish qobiliyatini yo‘qolishiga olib keladi. 7. Metasimpatik nerv tizimi o‘z mediatorlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: