Ferma 4-fasl



Download 188,69 Kb.
bet7/33
Sana29.01.2021
Hajmi188,69 Kb.
#57574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
Документ

4-QISM

TUG'ILGAN KUN

Mana nihoyat uzoq kutilgan 6-noyabr ham kirib keldi. Kara Emmaning oyog'ini sindirib, Maykni vampirlarga jo'natib yuborgan va Acaciani o'ldirgan dahshatli kundan beri yana 365 kun o'tib ketdi. Mana shu o'tgan yillar davomida Emma butunlay o'zgardi. U ulg'aydi. Doimo oilasini o'ylaydigan, ularni hech kim va hech narsaga alishmaydigan kuchli va jasur qizga aylandi. U endi hech narsadan qo'rqmaydi. Uning eng katta orzusi esa oilasini fermadan qutqarib kelish.

Ertalabdan barcha bolalar Emmani birma bir tabriklab chiqishdi. Unga har xil bir biridan chiroyli sovg'alar-u, shirinliklar ulashishdi. Bu ham bir baxt! Emma o'zi bilan olib keta olgan bolalar hozir u bilan baxtli hayot kechirishyapti. Shu sabab ham qolgan bolalarni ham qutqarishlari shart. Qolgan bolalar bu baxtdan mosuvo bo'lmasliklari kerak.

–Hammamiz bir dasturxon atrofiga yig'ilgan ekanmiz, Emmani birinchi o'zim tabriklamoqchiman,-dedi o'rnidan turib olgan Mayk. U qo'liga muzdek olma sharbati to'ldirilgan stakanni ushlab olgancha, nutq so'zladi:

–Bundan bir yil-u, 2 oy avval biz Emma bilan yetimxona qoidasini buzib, oyimizning ruxsatisiz darvoza yoniga bordik. Albatta Reyning aldovi sharofati bilan. U yerda nima bo'lgani hammaga ma'lum, ishtahangizni buzishni istamayman. O'sha dahshatli manzaraning guvohi bo'lgan paytimiz men ham, Emma ham yig'lab yubordik. Keyin esa u yerdan qochib ketdik. Men o'z hayotimdan, o'z jonimdan ajralib qolishdan qo'rqib yig'lagandim. O'lib ketishni xohlamagandim. Emma esa bunday qilmadi. U o'z jonini yo'qotib qo'yishdan emas, oilasini ham mana shunday dahshatli qismat kutib turganidan qo'rqib yig'lab yubordi. U bizni jonidan ortiq ko'radi. Shunday ekan biz ham uni yaxshi ko'rishimiz kerak. Tug'ilgan kuning bilan, Emma!

Emma qo'lidagi shirinligidan ozgina tishlab qo'yib, barchaga birma bir rahmat aytib chiqdi. Keyin esa Luna tabrik so'zini boshladi:

–Emma, sen mening eng yaqin dugonamsan. Sensiz bu yerlarga yetib kela olmagan bo'lardik. Yetimxonada ham Reyning tuxmatlariga qaramay, menga ishonishda davom etding. Mening josus emasligimga ishonding. Meni yolg'iz tashlab qo'ymading. Bizning hammamizni oyoqqa turg'azib, shu yergacha olib kelganing uchun senga katta rahmat. Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin!

–Rahmat senga Luna,-Emma o'rnidan turib, Lunani quchoqlab qo'ydi. Keyin esa Don o'z tabrik so'zini qisqagina qilib aytib qo'ydi:

–Har bir jamoaning o'z yo'lboshchisi bo'ladi. Bizning yo'lboshchimiz sensan. Bizni hech qachon tashlab ketmaydigan yo'lboshchi. Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin, Emma!

–Men yo'lboshchi emasman. Bu yerda barcha teng. Nima bo'lganda ham tabrik so'zlaring uchun minnatdorman.

–Men esa meni o'zgartirganing uchun minnatdorman,-dedi Roza o'rnidan turib,-Sizlar mening hayotimni qutqarib qoldingiz. Agar sizlar bo'lmaganinglarda, o'sha zerikarli hayotimda o'lib ketavergan bo'lardim. Barchangizdan minnatdorman. Emma, tug'ilgan kuning muborak bo'lsin!

–Emma...-William o'rnidan turib, Emmaga tilladan yasalgan medal uzatdi,-Bu oddiy medal emas. Haqiqiy tilladan, o'z qo'llarim bilan yasadim. Undagi belgini ko'ryapsanmi? Atirgul.

–Bu vampir gulining belgisi emasmi?

–Xuddi shunday. Sen vampirlardan qochib keta olding. Bu ham yetmaganday o'zing bilan oilangni ham olib ketding. Bu hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Masalan men uddalay olmaganman. Tug'ilgan kuning muborak bo'lsin, qizalog'im...

–Ruxsat bersangiz endi men tabriklasam. Indamasam barcha o'z tabrigida meni birma bir yomonlab chiqyapti,-Rey o'rnidan turib, bolalarga yuzlandi,-Emma bolaligidan quvnoq, hazilkash va xushchaqchaq qiz bo'lgan. Ba'zida bu asabimga tegardi. Agar yetimxona sirini bilib qolsa, u qay darajada o'zgarar ekan deb o'zimga o'zim savol beraverardim. U sirni bilib qolgach esa umuman men kutmagan ishni qildi. U tentaklarcha barcha bolalarni olib ketishga qaror qildi. Qanchalik ahmoqona, telbalarcha tuzilgan reja va o'xshamagan sinovlar...avvaliga uni ahmoqqa chiqardim. Rejalarini va gaplarini nazarga ilmadim. Uni yosh bolaga qiyoslardim. Ammo adashgan ekanman. Juda ham qattiq yanglishuv. Agar u bo'lmaganida men ham haligacha xudbin bo'lib o'tiravergan bo'lardim. Yo'q, biroz adashdim. Allaqachon o'zimni o'ldirib yuborgan bo'lardim. Chunki men uchun yashashdan ma'ni qolmagandi. Ammo endi bor! Bitta emas, juda ham ko'p. Men eski xatolarmni to'g'irlashim kerak. Barcha do'stlarimni o'sha mahluqlar changalidan qutqarishim kerak. Menga esa bu yo'lda faqatgina Emma ruhiyat baxsh eta oladi. Faqatgina u. Uning so'zlari, bir-biridan ahmoqona aytilgan gaplari, fikrlashi...ko'zlari, yuzi...

Men seni sevaman, Emma. Bunga boshqalar qanday qarashi, qanday fikr bildirishi yoki nima qilishi bilan ishim yo'q. Tug'ilgan kuning bilan!

Reyning tabrigidan so'ng hech kim qarsak chala olmadi. Hech kim hech narsa deyolmadi ham. Hamma og'zini ochgancha, biror nuqtaga tikilib turardi, xolos. Oradagi sukunatni buzish uchun William tomoq qirib qo'yib, o'rnidan turdi.

–Mayli...men ishga ketdim. Dasturxonni kechgacha yig'ishtirmay turing. Ishdan kelishimda albatta yana biror shirinlik va tort olib kelaman. Ko'rishguncha...

William ketib bo'lgach, bolalar yana hech narsa bo'lmaganday ovqatlana boshlashdi. Chunki hamma negadir Reydan butunlay qo'rqib turgandi...


Download 188,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish